Qutluğ qöl
yoki mehnatdan saodat topgan yangiqörğonlik Hoşimxon NAJMIDDINOVni yod etib
Namangan ahli içida döstlariga oqibatli, kasbiga muhabbatli, ustozlariga sadoqatli, şogirdlariga mehribon, bergan kuniga şukur qiladigan va yana eng muhimi, ota-onalarining xizmatlarini qilib, duolarini olgan qadrdonlarim köp. Ana şunday fazilatli insonlardan biri Ikromxon aka Najmiddinovdir. “Hayot ustozimsiz”, – deb özlariga ham aytib yuraman. Keyingi yillarda Namangan diyoriga borsam, albatta, huzuriga kirib, duo olişga odatlanganman. Goh-gohida uzoqroq suhbatlaşib ham qolamiz.
Tabiatim şunday, ota-onasini tez-tez eslaydigan, ular haqida ibratli hikoyalar gapirib yuradigan insonlarga talpinaveraman. Közi tirikligida xizmatlarini qilib, ota-onasining duosini olgan kişilar haqida yozsam, rohatlanaman, xayrli iş qildim deb quvonaman. Ikromxon aka tuman, viloyat hokimi, vazir va boşqa yuqori idoralarda masʼuliyatli lavozimlarda işlaganida ham, bugun Respublika “Nuroniy” jamğarmasi viloyat bölimi raisi, Oliy Majlis Senati aʼzosi bölsa ham heçam özgarmadi. Ikromxon aka qanday otaning farzandi ekan-a, deya könglimdan ötkazib yurardim. Şubham yöq edi, elu yurtimizga, Vatanimizga, Prezidentimizga sidqi ixlosda ilğor bölgan Ikromxon aka uluğ insonlar zurriyoti ekani haqida tafakkur qilardim.
Yaxşi niyatli insonlarni Allohning özi bir-biriga dilkaş qilib qöyar ekan.
Ötgan hafta yana Namanganga yölim tuşdi. Yöqlab kirsam, qalingina albomni varaqlab ötirgan ekan. Unga sarğayib ketgan gazetalarda bosilgan maqolalar yopiştirilgan ekan.
— Otam rahmatli özi haqida çiqqan maqolalarni şunday asrab yurardi, – deb u menga albomni uzatdi.
Albomda ellik-oltmiş yil ilgari çiqqan maqolalar ham bor ekan. Jurnalist kasbi nonini yeb yurgan ijodkor sifatida yozgan maqolalarimni qahramonlarim şunday avaylab-asraşini köz öngimga keltirib, xursand bölib ketdim.
— Ikromxon aka, otangiz haqida har qança yozsa arziydigan inson ekan, — dedim.
Alloh könglimga solibdi-da, hamsuhbatim ham xursandçiligini yaşira olmadi.
— Hayot bölganida, Hoşimxon otam rahmatli şu oyning oxirida yuz yoşga kirar edi. Şu sababdan esdaliklarini öqib, rasmlarini tomoşa qilib ötirgandim…
— Doim ota-onangiz haqiga ehson qilib yuradigan kişi ekaningizni yaxşi bilaman. Ötganlarni, ayniqsa, ota-onani tirikligida xizmatida böliş, duosini oliş, ötganlaridan söng doimo eslaş, xotirlab turiş, haqlariga duo qiliş qobil farzandlar uçun vojib amaldir. Bu tabarruk qoidalarni Ikromxon aka va u kişining yaqinlari juda yaxşi bilişadi, albatta.
— Şu kunlarda aziz ota-onamizni yod etib, ularni yaxşi biladigan döstu birodarlarni taklif qilişni öylab ötirgan edim. Yaxşi böldi kelganingiz, siz ham xonadonimizga albatta, keling. Haqlariga duo qilib, yod etsak, ruhlari şod bölar edi, – dedi Ikromxon Najmiddinov.
…Ön törtinçi iyul. Duşanba. Kunlarning xayrlisi. Yangiqörğonning Iskovot qişloği “Bunyodkor” mahalla fuqarolar yiğini hududidagi Uluğ çinor köçasi. Peştoqiga zarhal harflar bilan “Bu xonadonda I darajali “Mehnat faxriysi” Ikromxon Najmiddinov istiqomat qiladi” deb yozilgan darvozadan içkariga kirdik. Hovlidagi turli xil mevali, manzarali daraxtlar, gullarning alvon ranglaridan bahra olasan kişi. Bu qişloqning havosi Namangan şahrinikiga nisbatan salqinroq va musafforoq ekan. Yozning çillasida poytaxtning dim, issiq va çang havosidan bezib yurganingda, bunday joyga kelişning özi bir neʼmat böldi.
Ikromxon aka, kelaveringlar, deb hovli etagidagi soyabonli ayvonga taklif qildi. Ötgan ota-onasini eslab ehson dasturxoni yozibdi. Sörida ötirgan öttiz beş yoşlar çamasidagi qori domla Iskovot jome masjidi imomi Nizomiddin Ubaydullayev ekan. U: “Şomga yaqin qoldi, men çiqay”, deb bir kalima Qurʼon oyatlaridan tilovat qildi. Ha, ötganlar ruhini duolar bilan şod etiş tiriklarga hadya bergan bilan barobardir. Şom kirib, qoronği tuşa boşlagaç, bir-biriga navbat bermay sayrayotgan quşlarning ovozi ham tindi. Kuzatişimça, sayroqi quşlar ham fayzli, fariştali xonadonlarni makon tutar ekan.
— Ota-bobolarning ibratli işlari bilan zurriyotlarini tanitiş uçun ularni gazeta, kitoblarga yoziş kerak, – dedi Ikromxon aka. — Xotiralar tarixni yaqinlaştiradi. Qarindoş-uruğlar örtasidagi birodarlik aloqalarini mustahkamlaydi. Kelgusi avlodlarga ota-bobolari qanday insonlar bölgani haqida maʼlumot beradi. Avvalo, şunday ota-onaning zurriyoti bölib dunyoga kelganim uçun Allohga şukur deyman. Hoşimxon otam rahmatli ön yetti yoşida akasi Eşondadaxondan bir oy keyin Ikkinçi jahon uruşiga jönatilgan ekan. Ukrainaning Melitopol şahrida nemis-faşistlarga qarşi jangda qölidan oğir yaralanadi. Tibbiy harbiy komissiya jang qiliş qobiliyatini yöqotganligi uçun uyiga qaytariş haqida qaror qilişadi. Otam “jangni davom ettiraveray” deb komandiridan iltimos qiladi. Ularning suhbatini tinglab turgan tatar millatiga mansub vraç kampir uni çetga çaqirib: “Öğlim, judayam yoş ekansan, men Namanganda bölganman, örik, jiyda, yonğoq, mayizlari juda şirin böladi. Ona yurtingga qayt, soğayib ketib mehnat qilsang aslo kam bölmaysan. Ammo qölingdagi jarohat bilan u tuzalgandan keyin ham jang qilişingga, xizmatda bölişingga ruxsat berolmaymiz.
Şu tariqa otamiz uruşdan qaytişga majbur böladi. Qişloqqa qaytsa, qarindoş-uruğlar yiğilib, akasi Eşondadaxon uruşda qahramonlarça halok bölgani haqidagi qoraxatni olişib: “Bir öğlimizdan ayrildik, ikkinçisi uruşdan eson-omon qaytsin”, deya Allohdan sörab muşkulkuşod qilişayotgan ekan.
Akasidan ayrilgani dardi ketmay turib, kelganidan uç kun keyin onasi vafot etadi. Ertasiga beşikdagi singlisi olamdan ötadi. Qayğu va kulfat bir keldi, qator-qator keldi. Oradan yana uç kun ötib, qumğonda çoy qaynatib ötirgan otasi “boşim oğriyapti” deb, peşinga borib, u ham jon taslim qiladi. Oradan bir neça kun ötib, toğasi ham olamdan ötadi. Ön kunda şunça jigaridan ayriladi.
Ikromxon akadan otasining boşiga tuşgan öşa musibatlar haqida eşityapman-u, beixtiyor Abdulla Oripovning “Munojotni tinglab” şeʼridagi misralar yodimga tuşdi:
Eşilib, tölğanib ingranadi kuy,
Asrlar ğamini söylar munojot,
Kuyi şunday bölsa, ğamning öziga
Qanday çiday olgan ekan odamzod!
Yaxşiyam Kotibxon toğasi bor ekan, otamga namoz öqişni, tilovat qilişni örgatib, “Arvohlarning qorni oç böladi, duo qilsang, ketadi”, deb aytgan ekan.
Onadan ham, otadan ham bevaqt yetim qolgan ikki ukasi, bir singlisi Hoşimxon ota qaramoğida qoladi. Xudo rahmat qilsin, xöjalik brigada boşliği Yöldoşali Qirğizboyev otalarça mehribonlik körsatadi. Brigadasiga tabelçi qilib olib, hisob-kitob işlarini örgatadi. Oradan bir-ikki yil ötib, ustozi Yöldoşali brigadirning tavsiyasi bilan Kandabuloqdagi rejalari bajarilmaydigan oğir brigadaga boşliq böladi. Hoşimxon Najmiddinovning qöli qutluğ, qadami xosiyatli kelib, bir yildayoq paxta hosildorligi ikki baravarga oşadi.
Şunday qilib salkam ellik yil davomida eng oğir brigadalarni boşqarib, hayron qoladigan möʼjizaviy natijalarga erişadi. Yerga jon bilan quvvat kiritişga qodir bölgan afsonaviy brigadirga aylanadi. Köksini öşa davrning orden-medallari bilan bezaydi.
Paxtaçilikning şonli tarixida dehqonçilik pirlari bölgan önlab insonlarni bilaman. Masalan, Şarof Raşidov va Botirali Hakimovning otalari ham Hoşimxon Najmiddinov kabi qutluğ qölli, olovqalbli brigada boşliqlari bölgan.
Qadami tekkan yer borki, baraka yoğiladigan, şunday nazarkarda dehqonlar haqida yozmoqçi bölsam, satrlar quyilib kelaveradi.
Hoşimxon Najmiddinov töğri söz, işning közini biladigan, haqiqat uçun heç kimni ayab ötirmaydigan, tartib-intizomni mahkam uşlaydigan tabiatli, mehnat uçun tuğilgan inson bölgan ekan.
Yöqdan bor qiliş kerak, borini hamma ham qilaveradi degan şiorga amal qilib yaşagan ekan. Yana bir qiziq feʼli – amaldan qoçib yurgan. Bir safar kolxozga rais qilib saylaşadi. U paytlari tumanni raykomning birinçi kotibi boşqarardi. Otni minib olib, töğri raykomning uyiga boradi. Çaqirsa, çiqavermaydi. Otni boğlab qöyib, eşigining tagida kutib ötiradi. Ança vaqtdan keyin raykom çiqib: “Biror muammongiz bormi?” deb söraydi. “Rais bölmoqçi emasman. Falonçi rais qamaldi, pistonçi raisning işi tergovda, men ham qamalib ketsam, yetim ukalarimning taqdiri nima böladi? Ikkita ukamni uylaşim, singlimni uzatişim kerak”, deb dangal aytgan ekan.
Raykom kotibi: “Qiziq odam ekansiz, odamlar rais bölay deb ortimdan çopib yursa-yu, siz bölsangiz unamaysiz-a? Mayli, brigadirlik qilib yuravering”, deydi raykom kotibi.
— Dadamdan bir kuni: “Doim dalada bölasiz, örtoqlaringizga öxşab dam olişlarga borib, maza qilib yursangiz bölmaydimi?” deb söradim, — deya yodga oldi Ikromxon aka. — “Uruşda yurganimda Allohga iltijo qilib, agar uruşdan eson-omon qaytsam, faqat mehnat qilaman, deb özimga özim söz berganman. Biror marta sözimdan qaytganimni körganmisan, öğlim? Men dalada işlasam dam olaman”, dedi otam rahmatli. Bu savolni keyin yana qaytarişga botina olmaganman.
Dadamning şu gaplarini eslasam, közimga yoş kelaveradi. Yaratgan Egam unga tinimsiz mehnat qilib, odamlarga yaxşilik qilib, mehr-muruvvat ulaşib, rohat oladigan qalb ato etgan ekan, – dedi Ikromxon aka.
Suhbat mavzusi aylanib-ulgurib maʼnaviyat, kitobxonlik mavzusiga kelib qoldi. Şunda:
— Jurnalistlardan, yozuvçi-şoirlardan döstlaringiz köp, iş stolingizda doimo gazeta-jurnal, kitob böladi, – deb Ikromxon akadan söradim.
— Gazetaga, kitobga mehr dadamdan ötgan bölsa kerak, – dedi u. — Respublika, viloyat va rayon gazetalarini har kuni öqirdi. Moskvaning “Vremya”, Özbekistonning “Axborot” körsatuvini körmasdan uxlamas edilar. Ziyoli inson bölgan.
Rahmatli Muzayyamxon onam dadamning roziligi uçun ahli ayollik vazifalarini bekami köst bajarib ötdi. Qişloğimizdagi hamma mahallalarda ayollar onamdan maslahat söraşardi, töylarni boşqarardi. Teng-tengi bilan degan naqlni hayotga tatbiq etardi…
Ikromxon akaning oz-moz tomoği oğribdi, şekilli, “sut qaynatib kelinglar”, deb buyurdi. “Siz ham içasizmi?” deb mendan söradi.
Takallufni qaytarib ötirmadim. Ustoz bilan bir kosadan issiq sut içdik. Şunda, eh, mana haqiqiy sut qanday böladi devordim öziyam. Biz Toşkentda bir litrini 15-20 mingga sotib olayotgan sut qayerda-yu, xonadondagi çinakam tabiiy sut qayerda. Nimasini aytamiz, biz şaharda içayotgan sutning faqat rangi sutga öxşaydi, lekin neça bor qayta işlanaverib suvdek bölib qolgan böladi-da.
— 1974 yildan beri xonadonimizda mol, qöy, parranda boqamiz. Birovning molining sutini içmaymiz. Qatiq, qaymoq, sariyoğ, tuxum sotib olmaymiz. Ekologik toza mahsulot isteʼmol qilamiz, – dedi xonadon sohibi.
Şu payt katta darvoza röparasidagi sörida ötirgandik, körinişidan Najmiddinovlarga öxşab ketadigan kişi kirib keldi. Bölmasa, suhbatimiz yanada çöğ olib, Ikromxon aka bilan çorvaçilik mahsulotlarining sifatiyu, muammolarigaça davom etişi aniq edi.
— Ukam Tohir. Kelgusi yili yetmişga kiradi. Umr böyi ğaznaçi bölib işladi.
Yangiqörğondan ajoyib taassurotlar bilan qaytişda Çortoqqa — hamkasbim, taniqli yozuvçi Rustam Ummatovni yöqlab bordim. Hoşimxon ota haqida xotira yozayotganimni aytdim.
— Juda yaxşi, xayrli iş– dedi Rustam aka. — Hoşimxon otaning Usmon degan öğli ham bölgan, şu haqda ham yozib ketsangiz, — dedi u. — Juda dasturxoni oçiq, ijod ahliga mehri baland inson bölgan. Usmonxon aka özi yaxşi köradigan narsalarni boşqalarga ham ilinadigan kişi edi. Bir gal radiodan intervyu oliş uçun uning huzuriga borsam, har bir qavatiga qaymoq, qöy yoği bilan qiyma yoyilgan issiq qatlama pişirtirgan ekan. Öşanda Iskovot, avvalgi “Pobeda” xöjaligidagi boğda bir tupidan 2 tonna 800 kilogramm hosil olingan uydek keladigan olma daraxtini körsatgan edi. Haligaça esimda, halim, mehmondöst, yuzidan nur yoğilib turardi…
Hoşimxon Najmiddinov sulolasi haqida öylab turib, Özbekiston Qahramoni, Xalq şoiri Erkin Vohidovning “Qöllar” qasidasidagi quyidagi misralar ham yodga tuşdi. Uluğ şoir Hoşimxon Najmiddinov kabi qutluğ qölli fazilat egalarini madh etganga öxşaydi:
Taningda kamtarin aʼzo
Bu qöllardir, bu qöllardir,
Mudom mehnat uçun paydo
Bu qöllardir, bu qöllardir.
Jahonda toki bunyodsen,
Ki nomi odamizodsen,
Yurakdek tinmagan aslo
Bu qöllardir, bu qöllardir.
Dilmurod QIRĞIZBOYEV,
Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi aʼzosi.
