Bir muhabbat qissasi
Odamzod yaralibdiki, bir his, bir tuyğu uni umrbod tark etmaydi. Bu — sevgi, muhabbat tuyğusi. Agar buning tarixiga qiziqib körsangiz, asli Odam Atodan boşlanganini sezasiz. “Qisasi Rabğuziy”da öqiymiz: “…Hazrat Odam alayhissalom hazrat Havvoni axtarib, çandon yiğladilar. Köz yoşlari tomgan yerdan aççiq-çuçuk dorivorlar undi. Hazrat Havvoning yoşlaridan sunbul, muşki anbar, qalampirmunçoq undi. Har yoş daryoga tomdi, guharlar paydo böldi. Har jonivor içsa qonmas edi. Hazrat Odamning yoşlari tomgan suvni köp taxir taʼrif qilur edilar…”
Jannatdan yerga tuşgan Odam alayhissalom öz jufti — Havvoni neça yuz yil izlagan ekanlar… Demak, bu — şunçalar qadimiy tuyğu. Seviş, seviliş — bir ilohiy möʼjiza. Negaki, uni his qilgan odam özini nihoyatda baxtli his qiladi. Bu tuyğu insonni misli körilmagan bunyodkorliklar sari yetaklaydi. Şu sezim tufayli odam dunyoga qaytadan kelganday böladi göyo. Mana şu hissiyot tufayli bani odam borliq-olamni maʼlum maʼnoda özgartirişga ham qodir böladi.
Bu köhna oçunda eng köp yaratiladigan kitob, afsona va rivoyatlar, aslida, işq qissalari bölsa, ajab emas. Negaki, jahon tarixiga qarasangiz, buyuk kaşfiyotlar zamiriga boqsangiz — anglaysizki, sevikli yor visoli yölida yoki undan ayriliqlar azobida misli yöq ixtirolar, kaşfiyotlar va aql bovar qilmas möʼjizalar bino bölganining guvohi bölasiz: Semiramida osma boğlari, Tojmahal saroyi, misli yöq qasrlar, haykallar, kartinalar va hokazo. “Ey işq, ğarib kimyosen”, deydi Navoiy, “Soçining savdosi tuşdi boşima boşdin yana”, deb yozadi jahongaşta Bobur, “Agar oşiqliğim aytsam, kuyub jonu jahon örtar”, deya nido qiladi devonai Maşrab. “Muhabbatsiz kişi odam emasdur, Gar odamsan, muhabbat ixtiyor et”, deya nola qiladi Nodira. “Muhabbatning saroyi keng ekan, yölni yöqotdim-ku”, hayratga çömdi Çölpon. Bu sohir tuyğu tufayli dunyoga maşhur işqiy qissalar paydo böladi: “Layli va Majnun”, “Otello”, “Romeo va Julyetta”, “Bovari xonim”, “Anna Karenina”, “Jamila”, “Çoliquşi”, “Jenni Gerxard”, “Ötkan kunlar”…
Taʼrifi heç qaçon tugamaydigan işq-muhabbat tuyğusi qöliga qalam olgan barça ijodkorning asosiy mavzusi bölib qoladi. Çunki şu hissiyotgina barça sezgi aʼzolarimizni sehrlab olişga qodir.
Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti talabasi Mahbuba Abdurahimova ham aynan şu mavzuda bir qissa bitganki, u öqirmanni öziga tortadi. Nega? Çunki bunday qissalarda eng avvalo badiiy tasvir, badiiy talqin muayyan badiiyat talablariga javob bermoği lozim. Aytiş mumkinki, bu masalada, yaʼni voqea-hodisalar zanjiri — syujet qurilişi, obrazlar xatti-harakati, işqiy keçinmalarning taʼsirçan va haqqoniyligi, tasvir va badiiy talqinning aniqligi, işonarliligi, badiiy dalillaş va, nihoyat, badiiy yeçim — joyiga tuşgan. Şular tufayli qissa ravon öqiladi, ortiqça murakkabliklarning yöqligi — öqib uqişni, binobarin, qahramonlar ahvoli-ruhiyasini tölaqonli his qilişni osonlaştiradi, öqirmanni qaynoq keçinmalarga tuyğudoş, darddoş qila oladi.
Mahbuba Abdurahimova 2024 yilgi Zomin seminari iştirokçisi. Anjumanda uning “Şamsu Hilol” qissasi mutaxassis va muxlislarda katta qiziqiş uyğotdi. Natijada uning ilk asari Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasining “Adabiyot” naşriyoti tomonidan “Birinçi kitobim” loyihasi doirasida naşr etildi.
Qissa qahramonlari ustoz-u talaba. Oliy öquv yurtining tajribali va mahoratli ustozi hamda taniqli yozuvçi — Şamsiddin Umarov va talaba qiz Hilola örtasida universitetdagi ilk saboqlardan boşlab, asta alangalanib boruvçi muhabbat paydo böladi. Töğri, bu his eng avval Hilolada boşlanib, uning iç-etini kemiradi. Bu vaqtda, yaʼni öqişga kirgan qiz oilali va farzandli edi. Ne ajabki, adabiyot dunyosiga qiziqiş tufayli u tibbiyot öquv dargohidagi öqişini taşlab, yangidan til va adabiyot universitetiga öqişga kiradi. Bu yerdagi darslar qizni haqiqiy işq dunyosiga — möʼjizakor olam içiga olib kiradi. Adabiyot darslarida söylanajak sohir muhabbat hikoyalaridan, muhokama va mubohasalardan mutaassir böladi, zavqiyob saboqlardan yuragining tub-tubidagi armoni uşalgan adabiyotsevar qiz uşbu lahzalarda eng baxtiyor bir insonga aylanadi. Ammo bu baxtiyorlik sevgi hislarisiz tölaqonli bölarmidi?! Unga şu baxt hissini yuqtira olgan kim edi? Albatta, bu donişmand ustoz — Şamsiddin edi. Uning sermaʼno, his-tuyğularga boy saboqlari tufayli qizda muhabbat öt oladi, alangalanadi, jonu jahonini kuydiradi. Şu darajadaki, u endi ustoz diydoriga talpinadigan böladi, uni soğinadigan — qömsaydigan böladi. Ajabki, oila va sevgi — ikki öt orasiga tuşib qolgan talaba endi muttasil öz içki dunyosi bilan murosasiz kuraşga giriftor edi. Oilali böla turib, sevib qoliş… Yanayam töğriroği, umrida özi izlagan ruhiy dalda, kömak, ilm, ziyo, qadriyat, qöyingki, yillar davomida orzu qilganlariga erişiş — çinakam baxt edi. Ammo bu baxt yölida tösiq bor, oh, u tösiqki, bir umr badnom qilişi ham mumkin bölgan ğov — oila! Qissa Hilolaning uzluksiz içki keçinmalari, öz-özini taftiş qilişi, bir qarorga kelolmay azoblanişi, muttasil beomon ruhiy qiynoqlari bilan keçadi. Bir neça marta öz joniga qasd qilişga urinadi. Va har safar ikkinçi tomon — nogahoniy sevgisi tufayli yoki baxtli tasodiflar tufayli omon qolardi. Aslida ham uni hayotga qaytarib turgan narsa — öşa ilohiy tuyğu edi. Toki uni yurakdan his qilar ekansan, u seni bu dunyodan noumid bölişga, erta ketişga qöymaydi.
Hilolaning içki monologlari, oila, turmuş örtoği, bolalar, qaynona va qaynota, qolaversa, öz onasi oldidagi, “odamlar nima derkin?” degan adoqsiz içki iztiroblar oldidagi qiynalişlari öquvçini öylantirmay qöymaydi. Asarning eng haddi aʼlosi — oşiqlarning alaloqibat xoli joyda topişişlari, buning nihoyatda ehtiroslarga va şiddatli keçinmalarga boy tarzda — dramatik keçişi, bu sertahlika va serhayajon yolğiz qolişning intihosi nima bilan xotimalanişi öqirmanni hapriqtirgan hayajonda uşlab turadi…
Işq-muhabbat qissasi toki ikkala tomonning barobar kuyib-yonişi bilangina tökisroq bölişi aniq. Muhabbatning taʼrifini tasvirlaşning imkoni yöq. Bölganida, odamlar bu tuyğudan allaqaçon zerikib qolgan bölişar edi. Bizning qahramonlarimiz — Şamsiddin va Hilola esa köpgina oğriqli ruhiy-iztirobli keçinmalarni boşdan ötkazişadi. Çunki oila qadriyati, jamiyatdagi qaraşlar sahroda paydo bölgan çeçak kabi bu muhabbatga yöl bermaydi, odatda. Lekin na iloj, koşki bu tuyğu odamlar örnatgan qonun-qoidalarga hadeganda böysunsa…
“Şamsu Hilol qissasi” öqib yana va yana öyga tolasiz. Baʼzi xatti-harakatlarimiz borki, aql tarozisiga tuşmaydi, uni maʼnaviy-axloqiy talablar bilan ham önglab bölmaydi, bu — seviş, seviliş baxti. U köngilning tubida böladi. Uni tortib olib bölmaydi, uni mahv etib bölmaydi, uni butkul qalbdan öçirib yuborişning ham iloji yöq. Bu öjar tuyğu — isyonkor, u qayta-qayta boş kötaraveradi. Ajabdirki, bu köhna dunyo işq-muhabbat qissalari tufayli ham mazmunlidir balki…
Qissaning bir jihati — köngilga gözal işqiy keçinmalar solajagi bölsa, yana bir jihati betakror sevgi-muhabbat dunyosiga olib kirgani, ayni paytda asarni yoqimli qiladigan yana bir jozib tomoni — uning şarqona odob çegarasidan çiqmagani…
Hoşimjon AHMEDOV,
Alişer Navoiy nomidagi
Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi.
