Izlaniş va hamkorlik tuhfasi
Ikki jilddan iborat “Özbek jurnalistikasi antologiyasi” kitobi dunyo yuzini kördi
Özbek jurnalistikasi tarixiga nazar solmoq, bu uzoq va şarafli yölda nom qoldirgan insonlarning faoliyatiga nigoh taşlaş, uluğ adib Abdulla Qodiriy taʼbiri bilan aytganda, juda xayrli va ezgu işdir.
Darhaqiqat, özbek jurnalistikasi uzoq va boy tarixga ega. Bu tarixni tadqiq etiş, milliy jurnalistikamizning şakllaniş va rivojlaniş bosqiçlari haqida kengroq maʼlumotlarga ega böliş, har bir davrning eng yaxşi jurnalistik materiallari – asarlarini yoşlarga, kelgusi avlodlarga yetkaziş muhim masala. Töğri, şu paytgaça media sohaga doir köplab darslik va qöllanmalar, milliy jurnalistikamiz şakllanişi va uning rivojlaniş bosqiçlariga oid maʼlumotlar örin olgan kitoblar naşr etilgan.
Ammo ayni kunga qadar özbek jurnalistikasi antologiyasi yaxlit holatda yaratilmagan edi.
Şu örinda aytiş joizki, bir neça yillar avval ham mazkur ezgu işni amalga oşiriş uçun harakatlar bölgan, lekin maʼlum sabablarga köra, iş har doim yakunlanmay qolaverardi.
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning 2022 yil 27 iyundagi “Ommaviy axborot vositalarini qöllab-quvvatlaş va jurnalistika sohasini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori va tegişli hujjatlarda “Özbek jurnalistikasi antologiyasi” kitobini naşrga tayyorlaş belgilangani, buning uçun zarur mablağ ajratilgani uşbu qutluğ vazifani yaratiş imkonini berdi.
Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Özbekiston Milliy axborot agentligi va Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, jurnalist kadrlar tayyorlovçi oliy taʼlim muassasalari hamkorligida ana şu xayrli işga kirişildi. Dastlab antologiyani naşrga tayyorlaş masalasi soha olimlari, ustoz va tajribali jurnalistlar iştirokida keng muhokama qilindi, işçi va ijodiy guruhlar şakllantirildi. Mahalliy va xalqaro tajribalar örganildi.
Örganişlar, izlanişlar, bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida “Özbek jurnalistikasi antologiyasi” kitobini naşrga tayyorlaş böyiça reja işlab çiqildi. Unda belgilanganidek, yaratiladigan antologiya “Qadimgi davr jurnalistikasidan lavhalar”, “Milliy jurnalistika şakllanişi va takomilining asosi (örta asrlar)”, “Jadid jurnalistikasi (XIX asr oxiri – XX asr boşlari)”, “Ikkinçi jahon uruşi davri jurnalistikasi”, “Turğunlik davri jurnalistikasi: murakkab siyosiy jarayon va matbuotdagi evrilişlar”, “Qayta quriş va oşkoralik davri jurnalistikasi”, “Mustaqillik davri özbek matbuoti”, “Özbekiston fotojurnalistikasidan lavhalar”, “Mustaqillik yillari televideniyesi va radiosi”, “Özbekiston internet jurnalistikasi” davr va yönalişlarini öz içiga olişi kerak degan töxtamga kelindi. Har bir davr va yönalişga oid materiallar tayyorlovçi işçi guruh aʼzolari va rahbarlari belgilandi.
Bir söz bilan aytganda, uşbu kitob jildlarini naşrga tayyorlaş oson keçmadi. Iş jarayonida arxiv va kutubxona fondlarida saqlanayotgan tarixiy hujjat va gazetalardan fotonusxalar, turli davrlarda çop etilgan eng sara publitsistik maqolalar, oçerk va felyetonlardan namuna va parçalar olişga töğri keldi. Özbekiston Milliy kutubxonasi masʼullari bu borada yordamini ayamadi.
Uzoq vaqt izlaniş va hamkorlikda qilingan mehnat natijasida 2 jildlik “Özbek jurnalistikasi antologiyasi” dunyoga keldi. Mazkur antologiyaga milliy jurnalistikamiz va uning şakllaniş bosqiçlariga doir eng muhim maʼlumotlarni kiritişga harakat qilindi.
Maʼlumki, jurnalistika har bir xalqda ijtimoiy taraqqiyotning yuqori poğonasida bosqiçma-bosqiç şakllarda paydo bölgan. Yurtimiz ötmişi şu darajada qadimiy va boyki, uning axborotga, jurnalistikaga oid tarixi ham öşa qadim-qadim davrlarga borib taqalgan. Aytaylik, turkiy xalqlarning ilk ijodi dastlab mifologiyaga tayangan bölsa, keyinçalik özaro va boşqa xalqlar bilan madaniy, siyosiy, iqtisodiy aloqalari natijasida jurnalistika janrlari kengaygan, badiiy ijodning yangi-yangi qirralari kaşf etilgan. Örxun-Enasoy yozma yodgorliklaridan tortib, toşga öyib yozilgan Kultegin bitiklariga qadar murojaat etilsa, ota-bobolarimiz öz hayotini, quvonçu taşvişlarini, ötmişini öşa zamonlardayoq tarixga muhrlab yozib qoldirganiga, aytiş mumkin bölsa, öşa davrlardagi jurnalistika elementlariga guvoh bölişimiz mumkin. Bu bitiklar turli körinişlarda: nomalar, xatlar bölsin yoxud esdaliklar, xotiralar bölsin, bari-bari milliy jurnalistikamizning şakllanişi hamda takomilining asosi bölib xizmat qilganligini isbotlaydi.
Filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborov uşbu antologiyadan örin olgan materialida milliy jurnalistikamiz şakllanişi va takomilining asosi örta asrlarga taalluqli ekanligini taʼkidlaydi. Unda Nosiruddin Burhoniddin Rabğuziy, Alişer Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abulğoziy Bahodirxon, Muhammad Rizo Ogahiy kabi buyuk bobolarimiz tomonidan yaratilgan köplab asarlarda öşa zamon ruhiyatini, voqeligini yoritişda adabiy tarixiy manbalardagi badiiy publitsistik yoki tarixiy publitsistik talqin xususiyatlari kuzatilişini uqtiradi. Taniqli olim, filologiya fanlari doktori, professor Halim Saidov esa XIX asr oxiri – XX asr boşlariga oid davr, yaʼni özbek milliy matbuotining boşlaniş davri jadidlik harakati bilan çambarças boğliqligini eʼtirof etgan. Şubhasiz, bu mulohazalarga qöşilmasdan iloj yöq.
Antologiyaning turli bölimlariga oid tadqiqotlarda Karim Bahriyev, Akbar Nurmatov, Alijon Safarov kabi taniqli ijodkorlarning izlanişlari örin olgan.
Kitobning ikkinçi jildida esa “Mustaqillik davri özbek matbuoti” (Nazira Toşpölatova sözi bilan), “Özbekiston fotojurnalistikasidan lavhalar”, “Mustaqillik yillari televideniyesi va radiosi” (Amrillo Karimov maqolasi bilan), “Mustaqillik yillari televideniyesi”, “Mustaqillik yillari radiosi”, “Özbekiston internet jurnalistikasi” (Beruniy Alimov materiali bilan) hamda Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasiga (1957-2024 yillarda) kimlar rahbar bölganligi haqidagi maʼlumotlar yoritilgan.
Aytiş kerakki, bu bölimlarning har birida özbek matbuotining muhim pillapoyalari, sohaga xizmati singgan taniqli jurnalistlar faoliyati haqida muxtasar maʼlumotlar, ularning turli yillarda, turli gazeta va jurnallarda, turli janrlarda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan jurnalistik materiallari bilan tanişiş mumkin böladi.
Töplamda ilk bor mustaqillik davri jurnalistikasiga bağişlangan tarixiy maʼlumotlar va tahlillar, hayotiy kuzatuvlar, ijtimoiy-siyosiy voqealarni yoritişda faol iştirok etgan mualliflarning materiallari jamlangan. Uşbu ijod namunalari turli yoşdagi, jumladan, sohaga endi kirib kelgan yoşlar uçun muhim qöllanma, tajriba maktabi vazifasini ötaydi.
Uşbu kitobda milliy jurnalistikamiz rivojida katta maktab yaratgan ustoz ijodkorlar, ziyolilar, faxriylar qatorida Özbekiston Qahramoni Ozod Şarafiddinov, Özbekiston xalq yozuvçisi, özining tiğli felyetonlari bilan jamiyatning ötkir muammolarini kötarib çiqqan ijodkor Xudoyberdi Töxtaboyev, Özbekiston xalq yozuvçisi Farhod Musajonov, özbek tarjima qiroli, Özbekiston Qahramoni Ibrohim Ğafurov, olimlar Saydi Umirov, Boyböta Döstqorayev, tahrir sanʼati ustasi Mahmud Saʼdiy kabi söz sehrgarlarining hayoti va ijodidan namunalar örin olgan.
Şuningdek, töplam orqali biz milliy jurnalistikamizning öz yöli, öz maktabi borligini, özbek jurnalistikasi umuminsoniy qadriyatlarga suyangan holda milliylikni asrab-avaylaş yölida xizmat qilib kelayotganini yana bir bor anglaymiz.
Antologiyaning II jildidan örin olgan Özbekiston fotojurnalistikasidan lavhalar qismida milliy fotojurnalistikamiz tarixiga oid qimmatli maʼlumotlar bilan tanişiş mumkin. Qayd etilganidek, Toşkent şahrining ilk fotosuratlari Turkiston general-gubernatori fon Kaufman bayroği bilan Politexnika körgazmasi uçun şarqşunos va etnograf Aleksandr Kun tomonidan 1871-1872 yillarda tuzilgan “Turkiston albomi”da çop etilgan. Şahar fotosuratlari N.Nexoroşev, K.Ssiborovskiye, D.Nazarov va S.Nikolay kabilar tomonidan olingan.
Kitobda özbek fotojurnalistikasining asosçilaridan biri Xudoybergan Devonov (1878-1938) ijodi, faoliyati va u tomonidan suratga olingan tarixiy lavhalar yoki Georgiy Zelma (1906-1984) tomonidan tuşirilgan bir-biridan noyob rasmlar, Rasul Alibekov (1936-2022), Sodiq Mahkamov (1945-2021), Abduğani Jumayev (1955 yilda tuğilgan) singari maşhur fotojurnalistlarning ijod namunalari bilan hayajonsiz tanişib bölmaydi.
Albatta, ilk tajriba sifatida naşrga tayyorlangan mazkur kitobda maʼlum kamçilik va noaniqliklar bölişi mumkin. Xususan, sohada öz örniga ega yoki milliy jurnalistikamiz rivojiga barakali hissa qöşgan, qöşayotgan, katta obrö-eʼtibor qozongan jurnalistlar – ustoz ijodkorlarning hammasini ikki jildlik kitobda qamrab olişning imkoni yöq. Binobarin, bu boradagi işlarni davom ettiriş rejalaştirilgan. Demak, öşa kamçiliklar örni töldirilib, I-II jildlarga kirmay qolgan fidoyi jurnalistlarning sara ijod namunalari, ularning hayoti va faoliyatiga oid maʼlumotlar örin oladigan yangi kitoblar dunyoga keladi.
Milliy jurnalistikamizning rivojlaniş bosqiçlari bilan boğliq muhim va qimmatli maʼlumotlar jamlangan “Özbek jurnalistikasi antologiyasi” yurtimiz ommaviy axborot vositalari vakillari, ijodkorlar, tadqiqotçilar, jurnalist kadrlar tayyorlovçi oliy taʼlim muassasalari öqituvçi va talabalari uçun muhim manba bölib xizmat qiladi, degan umiddamiz.
Xolmurod SALIMOV,
Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi
raisi v.b.
