Umr ziynati
yoxud uç asr bilan yuzlaşgan momo
Odam bolasi dunyoga bir marta keladi, faqat bir marta… Ana şu bir marta zamirida ming bitta hikmat bor. Buni bilgan — biladi, bilmagan — yöq…
Qurʼoni karimning “Ankabut” (“Örgimçak”) surasi 62-oyatida aytiladiki: “Alloh bandalaridan Özi xohlagan kişilarning rizqini keng qilur va (Özi xohlagan kişilarning rizqini) tang qilur. Albatta, Alloh barça narsani bilguvçidir”. Alloh bergan umrga, rizqu rözga rozi bölib, boriga şukr, yöğiga sabr-qanoat qilib va, albatta, Allohning buyukligiga iymon keltirib yaşayotgan odamlar naqadar baxtli! Çin mömin-musulmon kişi özi şunaqa böladi: Allohdan qörqadi, birovning haqini yemaydi, halol mehnat qiladi. Biroq ming afsus-nadomatlar bölsinki, Allohni tanimaydigan, bilmaydigan, jaholat botqoğiga botgan, kufrga berilgan kimsalar ham borki… Qöying, ular haqida gaplaşmaylik, kayfiyatni buzmaylik. Ularga Allohning özi kifoya qilsin.
Boşqalarni bilmadim-u, menda qiziq bir odat bor. Yoşi uluğ kişilar bilan suhbatlaşsam, ibratli hikoyalarini eşitsam, duolarini olsam, özimni quşday yengil sezaman, kayfiyatim kötariladi, işlarim yurişadi. Yaqinda ana şunday quvonçli voqea yuz berdi: yer yuzidagi eng yoşi uluğ ayol — 130 yoşni, ha-ha, roppa-rosa 130 yoşni qarşi olgan buvaydalik Huvaydo momo bilan uçraşdim.
Biz Buvayda tuman hokimligi Oila va xotin-qizlar bölimi boşliği Kommunaxon Mirsaidova hamda “Qoraqum” va “Baçqir” mahalla fuqarolar yiğinlari faoli Sadoqatxon Dehqonova hamrohligida Huvaydo momo yaşaydigan (Qoraqum qişloği, Zamondoşlar köçasi, 44-uy) xonadonga kirib bordik. Bizni momoning kenja öğillari Töraqul aka (62 yoş) oçiq çehra bilan kutib oldi.
Uzun-qisqa bölib içkariga kirdik. Darvozaxonadan ötib, 5-6 qadam yurganimizdan keyin öngga burildik.
— Yuringlar, yuraveringlar, — deya yöl boşladi Töraqul aka. — Keldi-ketdilar köpayib ketgandan keyin buvimlar uçun hovlining bir çetiga alohida uy-joy qurdik.
(Eslatib ötamiz: Farğona vodiysi qişloqlarida azal-azaldan öğil-qizlar onalarini “buvi”, onalarining onalarini esa “ena” deyişgan. Hozir ham köp joylarda şunaqa deyişadi. “Buving örgilsin”, “enang aylansin” degan sözlar ham qadim-qadimdan qolgan).
Momo uçun qurilgan uy. Oddiy uy-joy. Kiriş qismi dahliz bölib, dahlizga 5-6 kişilik divan-kreslo, stol-stullar qöyilgan. Polga yöl-yöl palos töşalgan. Xona yoruğ va şinam. Ziyoratga kelganlar avval şu yerda bir oz nafasni rostlab, bir piyola çoy içib, momoning öğil-qizlaridan (ular kunda va kunora şu yerdalar) momo haqidagi qiziqarli voqea-hodisalarni eşitib, tinglab, keyin içkariga — momo huzuriga kiradilar (aytib qöyay, keyingi bir-ikki yil içida momoning quloqlari sal oğirlaşib qolgan: sekin gapirsangiz, yaxşi eşitmaydilar. Qattiqroq gapiray desangiz, noqulay… Şuning uçun momoni kamroq gapga solib, köproq duolarini oliş kerak). Axir ziyoratga borişdan asosiy maqsad-muddao ham şu — duo oliş emasmi? Xuddi şunday! Ha, duoda gap köp. Duo olgan odam heç qaçon kam bölmaydi. Ayniqsa, Alloh taolo marhamati ila uluğ yoşlarga yetgan, köpni körgan, taʼbir joiz bölsa, özidan uzoqlaşib, Allohga yaqinlaşib qolgan tabarruk otaxon va onaxonlarning duolari ijobat bölgay, inşoolloh!
…Içkariga kirdik, momo bilan körişdik. Momo bir oz horğin, toliqqanday körindi. Özimça öyladim: keldi-ketdi köp bölgandan keyin şu-da! Odam toliqadi, çarçaydi. Ammo momoning rang-röylari, yuzlari toza, tiniq va beğubor. Közlari sal xiralaşib qolgan bölsa-da, sözlari aniq-tiniq. Yuz-közlaridan göyo ilohiy nurlar yoğilib turganday tuyuldi.
Lekin bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor. Butun yer yuzidagi, dunyodagi yoşi eng uluğ ayol — Huvaydo momo bilan yuzma-yuz uçraşiş, ikki oğiz suhbatlaşiş, duolarini oliş nasib etdi.
Momo asta va ohista duoga qöl oçarkan, har doim: “Bismillahi rohmanir rohim! — deb boşlaydilar. — Qani, iloho omin, tani sihatlik, tinçlik, xotirjamlik bölsin! Tan-jonlaring eson bölsin! Yuzlaring hamişa yoruğ bölsin, bolajonlarim! Meni yöqlab kepsizlar, sizlarni Alloh rozi bölsin! Mening yoşimga yetib, mendan ham özib, köp-köp yaşanglar…”
Momo töxtab-töxtab, nafasini rostlab-rostlab uzoq duo qildi. Yurtimizga tinçlik, xalqimizga farovonlik tilaydi.
Momo duo qilganda butun jismu joningiz, vujudingiz quloqqa aylanadi. Momoning duolarida bir ajib sehr va mehr borligini iç-içingizdan his qilasiz, qalbingiz yumşaydi, nurga töladi, tölqinlanib, hayajonlanib ketasiz. Közlaringizga beixtiyor yoş quyiladi…
Genetik olimlarning taʼkidlaşiça: “Uzoq umr köruvçilarda nasl qoldiriş davri uzoqqa çöziladi”. Bu gapda jon bor. Savol tuğiladi. Xöş, gen, genetika nima özi? Hozirgi zamon genetikasi qanday ilmiy asoslarga ega?
Maʼlumotlarga köra, gen (yunonça “genos” — uruğ, kelib çiqiş) — irsiyatning elementar va struktura birligi. Irsiy belgilarning ota-onadan avlodlarga ötişida maʼlum bir irsiy asos borligi haqida qadimda Demokrit (qadimgi yunon faylasufi), Gippokrat (qadimgi yunon mutafakkiri, antik meditsina asosçisi) va boşqa köpdan-köp olimlar tomonidan tahliliy va taxminiy fikrlar aytilgan. Biroq çex olimi G.Mendel 1865 yilda irsiy elementar faktorlar borligini isbotlab berdi. Mendel genni dominant (boşqa genlarga tobe bölmagan) va retsessiv (inkor etiluvçi) genlarga böldi. 1909 yilda daniyalik olim V.Iogansen bu irsiy asosni “gen” deb ataşni tavsiya etdi.
Hozirgi zamon genetikasi esa har qanday tirik organizmdagi belgi va sifatlar, fiziologik va biokimyoviy reaksiyalar şu organizmdagi mavjud genlar nazoratida bölişini isbotlagan. Demak, nafaqat uzoq umr köriş, soğlom turmuş keçiriş, balki turli xil irsiy kasalliklarning kelib çiqişi ham köpinça genlarga boğliq. Demak, genda, genlarda gap köp. Bundan kelib çiqadigan xulosa şuki, öğil uylantiriş, qiz çiqariş, quda-anda böliş arafasida turgan ota-onalar bölajak kelin-kuyovlarning yetti puştini sörab-suriştirsalar, foydadan xoli bölmas.
Mavzudan çetga çiqmagan holda endi quyidagi fakt va raqamlarga eʼtibor qaratamiz.
Maʼlumotlarga köra, Huvaydo momo Umarova 1895 yil 1 yanvar sanasida hozir yaşab turgan Buvayda tumanining Qoraqum qişloğida tavallud topgan. Momoning otasi Toşmatjon Qodirov (1869-1942) hunarmand usta — tandirçi bölgan. Onasi Oliyaxon Qodirova (1876-1961) esa jamoa xöjaligi aʼzosi — kolxozçi bölgan. Buni qarangki, kimga erta, kimga keç deganlaridek, Oliyaxon 19 yoşida, uning qizi — uç asr bilan yuzlaşgan hikoyamiz qahramoni Huvaydo momo esa 40 yoşida farzand körişgan: Hoşimjon Umarov (1835-2013) tuğilgan.
Yana bir fakt. Huvaydo momoning toğalari mulla Qodir bobo 130 yil, ammalari Saydiniso momo esa 125 yil umr körişgan ekan. Bunisiga nima deysiz? Uzoq umr köriş ularning qonida bor, desak, aslo mubolağa bölmas!
Davom etamiz. Huvaydo momo turmuş örtoği Umirali Umarov (1891-1971) dan 3 öğil, 4 qiz kördi. Ayni kunlarda ularning qizlari — Sanobarxon Bozorova (1942), Sadbaroy Toştanova (1947), Rahbaroy Islomova (1952), Şarofatxon Ahmedova (1961) va öğillari — Abduqosim Umarov (1949) hamda Töraqul Umarov (1963) lardan baxtli-saodatli odam yöq dunyoda. Çunki Allohga ming qatla şukurki, ularning tabarruk va duogöy onalari bor. Onalarining 242 nafar nevara, çevara, evara, kabira, abira va 5 nafar “begona”lari ham bor. Bundan ortiq baxt bormi?!
Huvaydo momoning fayzli xonadonidan bir olam taassurotlar bilan qaytar ekanmiz, kenja öğil Töraqul aka bir gapni aytib qoldi.
— Yaxşiyamki, buvimlar bor, — deydi u maʼyus ohangda. — Buvimlar bölmasa, bizni yöqlab kim ham kelardi…
— Unday demang, aka, — dedik biz. — Bu xonadondan odamlarning oyoği heç qaçon uzilmaydi. Axir uzoq umr köruvçilar xonadoni bu! Momoning toğalari, ammalari 125-130 yil umr körişganligini eşitdik, bildik. Şunday ekan, demak, bu anʼana hali uzoq davom etadi. Demak, bu fayzli xonadonning çiroği abadul-abad öçmagay, inşoolloh! Keldi-ketdilar davom etaveradi…
Qurbon Ali TÖRAQULOV,
jurnalist.
