“Qismati yöqlikka kömilgan gullar”
“Qabohat saltanati yoxud qor qöynida lolalar” şeʼriy romanini öqib…
Yaqinda Özbekiston davlat jahon tillari universitetida şoira Şarifa Salimovaning “Qabohat saltanati yoxud qor qöynida lolalar” nomli şeʼriy romanining taqdimoti bölib ötdi. Unda taniqli ijodkorlar, adabiyotşunos olimlar, talaba-yoşlar iştirok etdi. Asar haqida yuraklar kuyib-yonmasdan söz aytib bölmasligini uning taqdimotida bildirilgan fikrlardan ham anglaş qiyin bölmadi.
“Böldi! Yetarli hozirça şu ikki qismat! Qolganini ertaga. Yöq, boşqa bir satr ham öqib bölmaydi bu kitobni! Bugunga yetadi! Bugungami yo butun umrgami yetar bunça hasrat, dard, iztirob, faryod. Kitob hali yarmiga ham yetmadi. Ammo… Ikki ziyoli ayolning, ikki olimaning aççiq qismati, ikki mazluma, ayançli taqdirlar egalari — Xayriniso Majidxonova, Maryam Sultonmurodova. Bunça murakkab bölmasa hayot… Axir ular ham ayol edi, nozik xilqat edi. Köngli şişadek toza edi. Niyatlari uluğ va köp edi…
Hammasi 1922 yilda Turkistonni taraqqiy ettiriş niyatida “Turkiston köksida şirin bir taşviş” bölib, “Bir guruh isteʼdod egasi — yoşlar Olmoniya sari yöl” olişlaridan boşlandi. Ammo Vatanga nur, ziyo, taraqqiyot olib kiriş niyatida ilm-fan rivojlangan ölkalarda taʼlim olayotgan yoşlar haqida siyosatning kir qalami boşqa söz aytdi. Buni muallif uşbu satrlarda ifoda qildi: “Sartlar Ovröpada nima qiladi? Talabalar ortga qaytmoği kerak”… “Arosatda tuting, ne qilsangiz ham, Qudratli Turkiston uyğonmasa bas”…
Bir aççiq faryod keladi yurakdan. Ey, ötgan asrning öttizinçi yillari! Sen nega bunçalar şafqatsiz kelding? Nega millat gullarini tanlab, öroğing bilan ayovsiz örib-yançib taşlading? Millat deganlarni tengsiz azoblarga giriftor qilib, onasini ham, xotinini ham, singlisini ham javobgar qilding? Yigirma minglab bolalarni ota-onasi bağridan yulib olib, bolalar uylariga tiqib yubording? Nega ayollarning qamoqxonalarda kaltaklanişiga, tahqirlanişiga tomoşabin bölding?
Nega oktyabr töntarişidan keyingi hukumat bizning ayollardan öz rejalarini amalga oşirişda foydalandi-yu, oqibatda ayovsiz qurbon qildi?
Ha, har misrada bir dard, bir armon, bir ökinç, bir anduh, bir ilojsiz puşaymon. Har sahifada ortga qaytmas, har ne haqiqatlarni kömib yuborişga qodir Vaqt ham davolay olmagan öyiq jarohatlar, yaşira olmagan aççiq-aççiq rostlar. Ziyoli erkaklar — ota yo er ortidan qatağon bölgan oddiy uy bekalari… Millatning, butunroq aytganda, köplab xalqlar qalbidagi jarohatlarning bir ulkan qismi — özbek ziyolilarining gullagan umri payhon etilişi, azoblar, qiynoqlar, tahqirlar va hatto şafqatsizlarça otuv…
“Qabohat saltanati yoxud Qor qöynida lolalar” — bir adibning millat dardi ölaroq çekkan dil ohi, ruhimizdagi ming-minglab oçiq, qoni sirqirab yotgan dardlarimiz… Asli bu maʼlumotlarni, qatağon bölganlar haqidagi manbalarni endi-endi internet sahifalaridan qisman topiş mumkin. Lekin yaxlit asarda, yana şeʼriy romanda badiiy ifodasini şunçaki öqib bölmaydi.
Fasllarga bölingan bitikning avvalgi bobi. Yoş qizlar tahsil uçun Germaniyada bölib turar ekanlar, Parij sayohatiga otlanadilar. Ularning köz öngida öşa yillardayoq özining maftunkor qiyofasi bilan olamni hayratga solgan Yevropa köçalari gavdalanadi.
Luvr muzeylari — bebaho tarix,
Napoleon izlari — yiqilgan taxtlar.
Nogoh Mustafo Çöqay, Ahmad Naim bilan uçraşib qoladilar. Şunçaki suhbatlar kelgusida qança söroq-savollarga sabab bölişini kim bilibdi?
Özbekning birinçi oliy maʼlumotli şifokor qizi Xayriniso Majidxonova Germaniyada olti yil tahsil olib keldi. Yana Toşkentda öqişni davom ettirdi. Dardlarga davo qiliş, yaralarga malham qöyiş bilan kifoyalanib qolmay, xalqqa tuşunarli bölişi uçun özbek tilida ajoyib tibbiy luğat tuzdi. Ibn Sinoning “Tib qonunlari” 1-jildini hozirgi özbek yozuviga ögirib, oqqa köçirdi. Tibbiyotga oid 200 betlik ilmiy işi deyarli bitgan çoği nogoh uyiga bostirib keldilar. Tintuv, hamma narsa yöq qilinişga mahkum. Kitoblar ham: Gyote, Bayron, Qodiriy, Çölpon, tibbiyotga oid nemis tilidagi, rus tilidagi bebaho kitoblar, bolalar uçun adabiyotlar…
Gurillab yonadi inson qismati,
Bir hovuç kul bölib yonar kitoblar.
Söng otuvga hukm qilindi — oxirgi nafasigaça qöyilgan asossiz ayblarni tan olmagan, mardona turgan, otasining şaʼnini sönggi nafasgaça himoya qilgan özbek olimasi. Çimildiq körmagan navnihol qiz. Bu dahşatli otuv kunida Xayrinisoning könglidan keçgan oğir tuyğularni his qiliş oson emas. Şoira Şarifa Salimova buni şunday bitadi:
Dunyosiga yiğlab kelgandim, ona,
Dunyodan kafansiz ketayotirman…
“Qars” etar, tunlarni tilkalar tovuş,
Devorga saçraydi Gul siyohli qon…
Odamzod nima uçun hali-hanuz huşini yiğmaydi? Hali-hanuz qon tökadi. Nahotki insoniyat aqldan ozgan bölsa? Umr bir tutamligini biladi-ku. Avlodlariga boylik qoldirmoqçi böladimi? Aslida, gunohlar xurjunini ildirib ketmaydimi xuddi ne-ne qonxör bosqinçi zotlar kabi?..
Keyingi faslda Maryam Sultonmurodova haqida.
Bir umr taʼqibda yaşagan, uç martalab jazoga, qamoqqa mubtalo etilgan jurnalist va tarjimon Maryam Sultonmurodova taqdiri. Bir muştipar onaning farzandlari diydoriga zor bölgan yillari. Uning mehnati bilan “Yoş Verterning iztiroblari” tarjima böldi. Yana qança asarlarni tarjima qilişni diliga tukkan edi bu nemis tili bilimdoni. Oz vaqt bölsa ham “Guliston”, “Yorqin hayot” jurnallarida jurnalist bölib işlagan edi. Uç bora söroq-savol, uç bora surgun, uç bora farzandlaridan ayrolik. Hammasi ortda qoldimikan deya oqlanişi haqidagi hujjatlarni közyoşlar bilan kutib olganidan söng ham bir umr davom etgan çeklovlar, taʼqiblar.
“Dunyo, hozirça men sening köksingda
Öqilmagan kitob, öqilmagan sir”.
Menga şu azobli tarixni aytdi
Qişloq çetidagi uniqqan qabr.
Qirğin yillarida qatağon bölgan ayollarning har biri taqdiri ana şu kabi öqilmagan kitob, oçilmagan sir.
Şeʼriy romanning satrlarida Fayzulla Xöjayev, Ğayrat Majidiy kabi millatning eng ilğor oydinlari şaʼniga qöyilgan böhtonlar, boşiga tuşgan balolar, nafaqat öz boşiga tuşgan ofatlardan tortmiş azoblari, balki ona Turkiston ahvolidan çekkan söngsiz iztiroblari ham namoyon böladi.
Öylab öyingga yetolmaysan. Xayol öşa yillarga eltadi. Yuzi qora yillar… Şunda ham huşyor bölmaginmi? Axir sening ham közingni neça yillar “buyuk” yolğonlar çalğitgan. Fidoyilarning nomini qora qilgan tuzumning qöşiqlarini jöşib-jöşib aytgansan:
Ya drugoy takoy stranы ne znayu,
Gde tak volno dыşit çelovek…
Ha, havo yetmaydi. Endi dunyoning boşqa yerida ham şunçalik razolat bölganmikin deb öylab qolasan. Öqiganlaring haqida öylab, öyingning oxiriga yetolmaysan, orom ham berkinib oladi qayerlargadir.
Yana oçiladi “Qabohat saltanati”.
Viloyat Xöjayevaning surati. Otasining millatparvarligi, fidoyiligi, yoşlarni Ovröpaga öqiş uçun yuborgani sababidan köp yillar sargardon bölgan qop-qora, quralay közlar. Suratga tuşgani çoğ taqdirining bunçalik oğir, manaman degan mard erkak kötarolmaydigan darajada oğir bölişini bilarmidi?
Otam Moskvaga yöl oldi nogoh,
Najot qalʼasi, deb çiqardi qanot.
Stalin… u sevgan, u suygan daho,
Jallod ekanligin bilmasdi, hayhot!
Yoş talabaning otasi aybsizligini bildirib “Fayzulla Xöjaga qilingiz şafqat” deya bitgan xati kabi umr yöli ham yopilgan qiz. Qizninggina taqdiri emas bu bobda. Öşa davr ilğor ziyolilarining birin-sirin jisman yöq qilinişi.
Bunday taqdirlar qançadan-qança ekan?
Keyingi sahifalarda farğonalik Kimyoxon Aşurovaning eri bilan partiyaga qilgan sodiq xizmatlari tufayli dahşatli ayblovlarga mubtalo etilişi, uç qizini qoldirib, qamoqqa olib ketilişi, eri Örinboy Aşurovning otib taşlanişi, kiçik qizi — ön oyligida onasiga talpinib qolib ketgan kiçik qizi Klaraning içikib vafot qilişi satrlarda bitilarkan, bu dahşatli voqealar tasavvurimizda gavdalanadi. Ötkir publitsist (1938 yil aprelda otib öldirilgan) Abdulhay Ahmedovning ayoli Tojixon Ahmedovaning 1937 yildan 1945 yilgaça qamoqda uşlanişi, çidab bölmas ayblov va tahqirlar, soğliğini yöqotişi haqida muallif yana bir faslda taʼsirçan şeʼriy hikoyalar bitadi. Sabr-matonat namunasi bölgan bu ayollarni qanday qilib xotirlamaslik mumkin? Qanday qilib pok ruhlariga hurmat bajo keltirmaslik mumkin?
Çustlik mohir jurnalist Sobira Xoldorova taqdiri esa bir romanga jo bölgulik. 17 yoşidayoq hukumatning yaqinda taʼsis etilgan “Yangi yöl” gazetasining muharriri bölgan bu ayol katta umidlar bilan Moskva davlat jurnalistika institutida öqigan. Oila quradi, ikki farzandning onasi böladi. 1937 yildan to 1955 yilgaça qamoqda, surgunda umr ötkazadi. Hayotining gul davrini har kuni 14-15 soat davom etadigan oğir mehnat, qiyin şaroitda yaşadi, matonat bilan ozodlik kunlariga yetib keldi. Qizini ham surgun yillarida tarbiya qildi. Ammo bu azoblar, iztiroblarda aqldan ozdi. Öğlining taqdiri ham nomaʼlumligiça qoldi.
Sobira Xoldorovaga bağişlangan faslda bunday satrlar bor:
Neçun bunça keçga qolding, haqiqat?
Toyçaxon qölida bölganmiding qul?
Qayerlarda eding ön töqqiz yil-a,
Telba bölganida navqiron köngil?
Kitob yakuniga qadar qismatlar tobora çigallaşib boraveradi.
“Akmal Ikromovning dumi” sanalgan partiya rahbarlaridan biri Ğani Ishoqovning ayoli Maqsuda Ishoqovadan uç farzandi tortib olindi va bolalar uyiga taşlandi. Özi uzoq yillik qamoq jazosini ötadi. Qamoqda u söngsiz söroq qilindi, ayovsiz tahqirlandi.
Birinçi özbek professori Abdurauf Fitratning ayoli Hikmatoy Fitratovani beayb söroqqa tortadilar va bir neça yil qamoqda uşlab turadilar. Farzandi Sevara bolalar uyiga topşiriladi. Eriga qöyilgan tuhmatlarga imzo çekişini talab qilib qattiq va qayta-qayta söroq qiladilar. Şu bilan birga, Hikmatoyning ota-onasidan meros qolgan 200 ga yaqin tilla buyumlarini musodara qilib yuboradilar. Bu esa qatağonçilar söroq-savollardan, qama-qamalardan eng-eng çirkin maqsadlarda foydalanganiga dalolat.
Yurak qoni bilan tilga yetib keladigan sözlar bor. Qismati şunday titroq, yuraklarni zirillatadi. Yurak qoni bilan bitiladigan satrlar bor. Közlarni kuydiradi, haqiqatdan bong urib, tillarda mangu jaranglaydi.
Xalq ahvolu ruhiyasi, özbek ayollarining maʼnaviy-milliy qiyofasi, ziyolilarning Vatan ravnaqi yölidagi şijoat-şiddatlari — barça-barçasini ifodalaşda xalqimizning neça yuz yillik dardçil oğzaki ijodidan satrlar keladi: ohangini ergaştirib, yuraklarni ezğilab, köngillarni titratib:
Daryo toşqin, suvlar tölqin,
ötolmayman-o,
Otim oriq, manzilimga yetolmayman-o.
Otginamni oriq qilgan şu mayda toş-a,
Rangginamni sariq qilgan şu qalamqoş-a.
Yiğlamay, dard çekmay, iztirob tortmay va yana öşa kir tarixning qora eşiklarini oçib, içkarini körmay, körib titramay öqişning iloji yöq. Öz kuningga hisob-kitob qilasan. Kitob fasllaridan biriga epigraf sifatida keltirilgan sözlarga yana qaytib borasan va közingda yoş bilan, iqror bilan: “Rost”, deysan beixtiyor…
“Uluğ Turon, ey, arslonlar ölkasi! Qayğurma! Eski davlating, eski saltanating, eski yigitlaring, eski arslonlaring hammasi bor, heç biri yöqolmamişdir. Yolğiz… Oh, yolğiz tarqalmişdir…”
Kitobda qurbon tilidan bunday daʼvat keladi:
Zamondoşim, senga aytar sözim bor,
Tarix tuproğiga tökildi qonim.
Vatanni jon kabi asra, avayla,
Arslonlar ölkasi bu yurt, öğlonim!
Ayol boşi bilan Vatan ozodligi yölida haqdan qaytmagan ayollarimiz ruhlari oldida hamişa qarzdormiz.
Şoira, Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi Şarifa Salimova “Qabohat saltanati” kitobida aytganiday:
Endi pok ruhingiz rohatda bölsin,
Tugamas tarixga bergan savollar.
Farişta qavmida ketdingiz uluğ,
Yorini sotmagan dilbar ayollar!
Maʼmura ZOHIDOVA
