Sen borsanki…
Taniqli olim Töra Nafasov kitoblaridan ruhlangan adibaning savobli işlari xususida
U agar poytaxtda qolganida ustozlari Ozod Şarafiddinov, Begali Qosimov, Umarali Normatov, Norboy Xudoyberganov, Abduğafur Rasulov, Talʼat Solihovlar izidan borib, ilm yölini tanlab, bugun kamida fan doktori, professor bölardi. Lekin taqdir ekan-da, olis toğlar bağridagi möʼjazgina göşada yaşayotgan bölsa-da, ijoddan, adabiyotdan ayrilmadi. Hamon neça minglab eldoşlariga maʼrifat ulaşyapti, hamişa uyğoq, bezovta qalbi, ötkir qalami bilan hammaga yaxşilik soğinib yaşayotir. Uni taniysiz — taniqli ijodkor, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, “Şuhrat” medali sohibasi Lola Öroqova!
Ön kunça avval muhtarama ustozim qalamiga mansub “Sen borsanki, men ham ölmayman…” kitobini öqidim-u, halovatim buzildi. Nega? Nima uçun?
* * *
Xurşid Davron,
Özbekiston xalq şoiri:
“Özbekistonda Töra Nafasovdek zukko va fidoyi olimlar borligidan faxrlanaman. Olimning Özbek Sözi yölida qilayotgan zalvorli va maşaqqatli izlanişlari haqida öylaganimda, har gal Amir Temur va çumoli haqidagi rivoyat esimga tuşadi. Çumolidek tirişqoq bölgan olimgina Himolaydek ulkan va çöqqisi körinmas toğ — Özbek tili haybati oldida çöçimay, çöqqi tomon yöl izlaydi va butun yöli davomida har bir giyoh, har bir oğoç, har bir toş sirini bilişga intiladi. Töra Nafasov, hurmatli Poyon aka (taniqli adabiyotşunos olim, adib Poyon Ravşanov nazarda tutilgan — N. J.) eʼtirof etganidek, “Yarim asr davomida 500 dan ziyod maqola, 30 ga yaqin kitob, darslik, qöllanmalar yaratdi, minglab şogirdlarga ustozlik qildi, özbek tilşunoslari orasida közga köringan martaba va maqomga kötarildi”…
2014 yil
* * *
Poyon Ravşanov,
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi:
“Töra Nafas öz şaxsida jamğargan bilimga hayratlanmay bölmaydi. Yurtimizdagi aksar joy nomlari eng kamida 3 ming yillik tarixga ega. Naxşab, Nasaf, Koson, Kasbi, Sariosiyo, Çaqar, Denov, Iskifağn, Ğuzor va boşqa neça yuzlab toponimiy istilohlarning ilmiy mağzini çaqiş uçun önlab fanlarni, avvalo, tarixni, geografiyani, etnografiyani, folklorni teran istifoda etiş talab qilinadi. Manbalarning aksariyati arab, fors, xitoy va rus tilida ekanligini ham nazardan qoçirib bölmaydi. Arab yozuvidan xabardor bölmagan, forsiy (aniqroği, qadimgi söğdiy) til mohiyatini anglamagan tilşunos, heç qaçon joy nomlarini meʼyoriga yetkazib yoxud asliga monand izohlay olmaydi. Buning uçun Mahmud Koşğariy bobomiz jasoratini eslaş kifoya. Tilşunos olim öz muhitida taniqli bölişi mumkin. Ular orasida sözni izohlovçilar, sözşunoslargina elda maşhur böladilar”…
Toponimlar, ularning kelib çiqiş, ilmiy va lingvistik xususiyatlari tadqiqi böyiça atoqli olim, professor Töra Nafasovni eslaş bahonasida men bejiz taniqli ikki ijodkorning ul zot şaxsi, gözal ijodi haqida yozgan samimiy eʼtiroflarini keltirmadim. Nega desangiz, aynan bugun Töra Nafasov kabi zabardast olimlarning örni, qadri juda bilinib qoldi. Töğri, bugun ham ularning şogirdlari, izdoşlari kam emas. Bu borada izlanişlar olib borilyapti (masalan, taniqli şoir, publitsist Eşqobil Şukurning özbek tilidagi sözlar izohi böyiça olib borayotgan savobli saʼy-harakatlari ham tahsinga loyiq). Lekin…
Lola Öroqovaning “Sen borsanki, men ham ölmayman…” deb nomlangan kitobini öqidim-u, esimga birdaniga hassos olim Töra Nafasov tuşdi. Negadir keyingi yillarda bu inson şaxsan özi boş bölgan qança ezgu işlarni unutib qöyganimiz uçunmi, joy nomlari, xalqona sözlar bilan boğliq muammolar örtaga tuşayotgani sir emas!
Eng ajablanarli jihati, internet sahifalaridan fidoyi zot Töra Nafasov ijodi, biografiyasiga oid maʼlumotlarni qidirib hayron qoldim: ikki-uçta maqolani inobatga olmaganda, deyarli piçoqqa ilinadigan narsalar yöq. Mana sizga ilm ahliga bölgan eʼtibor! Axir hassos domlamiz umrining eng gullagan oltin davrini bitta mavzu — sözlar va joy nomlari tadqiqiga bağişlagani va ilm sohasida öziga xos qomus yaratib ketganini nima uçun tarğib etmasligimiz kerak? Internetni kuzating, sanʼat yoki jurnalistika ostonasiga yaqin kelolmayotgan ayrim otarçilar yo mikrofon, telefon kötargan blogerlar haqida istalgança ğij-ğij xato maʼlumotlar tölib-toşib yotgan bir paytda nega fidoyi olimning bebaho tadqiqotlarini köproq tarğibot qilişga şoşilmayapmiz? Uning bizga qoldirib ketgan madaniy merosini har qanday boylik, mezon bilan ölçaş muşkul.
Yana savol tuğiladi: xöş, Töra Nafasovning biz tilga olayotgan bebaho kitoblarini bugun topiş mumkinmi? Afsuski, yöq!
Bu mavzuda gap oçilganida Lola Öroqova şunday dedi: “Iş faoliyatimda juda kerak bölgani uçun uşbu kitoblarni rosa qidirdim. Işonsangiz, söramagan odamim qolmadi. Dökonlarda qolmagan. Bu kitoblarning biri 1988 yilda, ikkinçisi 2009 yilda çop etilgan. Hatto Kitob tumanidagi kutubxonalardan ham topilmadi. Xayolimdan, şu kitoblarni qayta çop etişsa bölmasmikan, degan fikr ham ötdi. “Özbekiston toponimlarining izohli luğati”ni faxriy öqituvçi, şoir Hikmat Samadovning şaxsiy kutubxonasidan topdim. Buni qarangki, rahmatli ustozimizga Töra Nafasovning özlari dastxat yozib bergan ekan. “Qaşqadaryo qişloqnomasi”ni esa mahalla raislaridan birida borligini eşitib, bir neça marta boğlandim. Kimdir olib ketgan ekan, qaytarib berişi qiyin böldi. Öylaşimça, bu kitob faqat mutaxassislarga emas, hammaga kerak. Çunki har kim özi yaşayotgan qişloği, mahallasi, köçasi nomlaniş tarixini bilişni xohlaydi. Va nihoyat Muborak tumani hokimining davlat tili masalalari böyiça maslahatçisi — hamkasbim Hazrat Elov menga ana şu ajoyib kitobni topib berganida boşim osmonga yetdi!
Töğrisini aytsam, Töra Nafasovning uşbu kitoblarini va yana Suyun Qorayevning “Özbekiston viloyatlari toponimlari”, Nosirjon Oxunovning “Joy nomlari taʼbiri”, Ernst Begmatovning “Joy nomlari — maʼnaviyat közgusi” kitoblarini öqib, toponimlar haqida tasavvurim boyidi, köplab maʼlumotlarga ega böldim. Ularni yaratiş igna bilan quduq qazişdek maşaqqatli iş ekanini iç-içimdan his etdim va menda toponimlarga qiziqiş ortdi. Tumanimizda yaşovçi ziyolilardan, kayvonilardan qişloqlari yoki mahallalari nomi tarixi haqida söraydigan böldim. Hatto bir gal maktablar tarğibotçilari örtasida Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman bölinmasi bilan birga “Qişloğingiz nomi tarixini bilasizmi?” mavzuida tanlov ham ötkazdik.
Şu tariqa tumandagi yuzga yaqin geografik obʼyektlar haqida maʼlumotlar töplandi. Ularning aksariyati el orasida oğizdan oğizga ötib kelayotgan rivoyatlardan iborat edi. Baʼzan bir joy nomlari böyiça ikki-uç xil izohlar böldi. Bular juda qiziqarli va qay bir jihati bilan şu manzilga mos kelardi. Ayrimlari manbalarda aks etgan maʼlumotga yaqin, boşqasi birmunça farq qildi. Baribir tumanimizdagi joy nomlari tarixi böyiça bizga asosiy manba Töra Nafasovning katta ilmiy quvvatga ega “Qaşqadaryo qişloqnomasi” kitobi böldi.
Yana bir eʼtiborga molik jihati, ötgan yili Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantiriş departamenti tomonidan ikki jildlik “Özbekiston joy nomlarining izohli luğati” kitobi ham çop etildi. Unda ham yurtimizdagi yuzlab joy nomlari haqida juda kerakli maʼlumotlar bor…”
Demak, toponimlar haqidagi kitoblar mutaxassislar uçun ham, boşqa qiziquvçilar uçun ham juda kerak. Masalan, baʼzan qöpol tuyulgan qaysidir biror nomni özgartiriş talab qilinadi. Uni asoslaş uçun ham manbaga suyaniş kerak. Yoki mahallalarda yangi taşkil etilayotgan köçalar va boşqa obʼyektlarga taklif qilinayotgan ayrim tarixiy deb hisoblangan nomlarning qançalik qonunga muvofiqligini aniqlaşda ham birinçi navbatda biz bugun eslayotgan muhtaram olimimiz Töra Nafasov qoldirib ketgan nodir manbalar (jumladan, domlaning “Özbekiston toponimlarining izohli luğati”, “Qaşqadaryo qişloqnomasi” kitoblari), toponimlarga oid boşqa qöllanmalar juda zarur böladi. Manba orqali joy nomining tarixiyligini, ahamiyatini, maʼno-mazmunini anglaş va tuşuntiriş oson böladi. Ehtimol, ayrim hududlarda joy nomlarining bölar-bölmas özgartirilişi toponimlarga oid manbalarning yetarli emasligiga, toponimlarning ahamiyati haqida maʼlumotlarning kamligiga ham borib taqalar.
Bir paytlar Farğonada Rahimjon Rahmat degan qalami ötkir, tili aççiqroq ijodkor döstimiz özi tuğilib ösgan, yirik özbek uruğlari nomlaridan biri Qirqlar deb atalgan qadimiy qişloği ikkiga bölinib, yarmi Zarafşon, yarmi Hikmat deb özgartirilganida ijtimoiy tarmoqlarda: “Bu qanday mantiqsizlik, ikkala atamaning ham bu hududga nima aloqasi bor, xalqdan bir oğiz söradinglarmi?” deb qança yozğirgani esimda.
Yoki, uzoqqa bormaylik, Toşkentning özidagi neça yuzlab köça, mahallalar nomlarini eşitsangiz, yoqa uşlaysiz, bular qanday öylab topilganiga odamning aqli yetmaydi. Baribir har qanday vaziyatda ham, ayniqsa, biror joyga nom qöyilayotganida birinçi navbatda ana şu nom va atamaning tarixiy ildizi, mazmun-mohiyatiga ilmiy nuqtai nazardan yondaşiş kerak.
— Uşbu dolzarb masalaga keyingi paytlarda davlat miqyosida ança jiddiy yondaşilayotganini ham taʼkidlaş lozim, — dedi hozirgi kunda Kitob tumani hokimining davlat tili masalalari böyiça maslahatçisi vazifasini halol ado etib kelayotgan Lola Öroqova gurungimiz orasida. — Esimda, bundan 10-12 yil oldin yoppasiga juda köplab joy nomlarini şoşma-şoşarlik bilan almaştiriş topşiriği bölgan va qançasi zörma-zöraki özgartirilgan edi. Lekin bu kabi qöpol xatoliklarga endi yöl qöymaslik uçun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantiriş departamenti tomonidan jiddiy işlar olib borilmoqda. Hukumatimiz noörin almaştirilgan tarixiy nomlarni tiklaş böyiça ham amaliy çoralar körmoqda. Bu, albatta, quvonarli hol. Masalan, bizning tumanimizda qonunga nomuvofiq deb özgartirilgan 6 ta geografik obʼyektning tarixiy nomi qayta tiklandi. Oçiğini aytganda, özboşimçalik bilan özgartirilgan yangi nomlarning köpini ulus baribir qabul qilolmadi, hatto rasmiy hujjatlarda qanday yozilgan bölsa ham, eski, qadimiy tarixiy nomi bilan aytilaverdi. Misol uçun, öşanda Kösam (keksalar sahoba Qusam ibn Abbosga boğlaşadi, ustiga-ustak, Kösam ota qabristoni ham bor) qişloği Körkli, Quşboşi esa Sarbontepa deb özgartirildi. Oradan ön yildan köproq vaqt ötgan bölsa ham biror kişi yangi nomlarni tilga olmadi. Demak, xalq asrab-avaylab kelayotgan qadriyatlarga juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda böliş kerak ekan…
Darvoqe, Lola opamiz kitobida qayd etganidek, har bir millat va elat tilidagi söz boyligining kattagina qismini joy nomlari — toponimlar taşkil etadi. Toponim mazmunida öşa hududning öziga xos jihatlari, tabiiy şaroiti, ösimlik va hayvonot olami, ulusning kasb-kori, etnik mansublik qaysidir körinişda aks etadi. Köp bora guvoh bölganmiz: har qanday joy nomida öşa hududda yaşayotgan aholi töğrisida muayyan maʼlumotlar böladi. Tabiiyki, yillar, asrlar ötişi natijasida tovuş tuşişi, almaşişi, qöşilişi yoki boşqa sabablar bilan ayrim joy nomlarining asl şakli özgarib, mazmuni yöqolib ketsa-da, lekin qadimdan saqlanib kelayotgan madaniy boylik sifatida qadr-qimmati saqlanib qoladi. Şuning uçun ham odamlar yaşab turgan manzillari nomi dabdurustdan özgarişini xohlamaydi.
Lola Öroqovaning ona tilimiz va toponimlarga oid turli naşrlarda çop etilgan maqolalari jamlangan “Sen borsanki, men ham ölmayman…” nomli kitobida Töra Nafasovdan ilhom olganligi sezilib turibdi. Mening nazarimda, bu kitob faqatgina davlat tili masalalari böyiça maslahatçilar uçungina emas, balki barça soha vakillari uçun ham nihoyatda zarur. Negaki Özbekiston Respublikasining “Geografik obʼyektlarning nomlari töğrisida”gi qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining geografik obʼyektlarga oid qarorlari, körsatmalari va topşiriqlari ijrosini taʼminlaş faqat şu qatlamga taalluqli, deb öylasak, xato böladi.
Nihoyat, muallif hisobidan (“Oltin meros press” naşriyoti) çop etilgan bu ajoyib kitobni obdan öqib çiqqaç, sönggi sahifada qayd etilgan adadi (200 donagina)ni körib… mutaassir bölib qoldim! Nega desangiz, azaldan ilmu maʼrifat bobida boşqa hududlarga namuna bölib kelgan allomalar yurti, aholi nufusi tört millionlik dovonga yetayotgan Qaşqadaryoday boy va ulkan salohiyatga ega viloyatda (asosan, Kitob tumanidagi ayrim qişloqlarga oid qimmatli maʼlumotlar aks etgani uçun) bitta kattaroq mahallada (maktab yo boşqa taʼlim muassasalarini qöya turing) ham uşbu qöllanmabop naşr muxlislari bisyor ekanini taʼkidlaşim şart emas. Demak, turli nomlardagi har bir hududning ötmişi bilan boğliq va xalqimizga nafi tegişi mumkin bölgan bunday narximas, qadri qimmatroq kitoblarni köproq adadda, asosiysi, eng sönggi zamonaviy dizayn uslublarida çop etiş fursati yetdi.
DARVOQE: Lola Öroqovaning “Sen borsanki, men ham ölmayman…” kitobini varaqlayapman-u… söz zargari, joy nomlari tahlili va tadqiqotlari bilan ilm dunyosida öziga haykal qöyib ketgan Töra Nafasov tavallud topgan Zarafşon tizma toğlari yon bağridagi Davtoş qişloği ham men uçun naqadar aziz ekanligini anglab, kipriklarim namlandi. Ikki dunyolari obod bölgur otam va onam bilan qadim manzillar bölmiş Jom, Qalqama, Oqçava, Langar, Govxona, Tarağay, Tutli, Oyoqçi, Minjir, Bögajil, Saroy qişloqlaridan neça ön martalab gohi ot-eşak, gohi ulovlarda ötib-qaytgan bolalik yillarim yodimga tuşdi va donişmand zot haqiga duolar qildim.
Norqobil JALIL
