Taqdir sinovlari va siylovlari…
Taqdir siylovi haqida öylaganimda, eng avvalo, bağri keng, köngli toza, rostgöy, lozim bölganda özgalar manfaatini öz manfaatidan ustun qöya oladigan inson bilan umri basar qiliş menga nasib etgani deb bilaman. Ha, Nosir Fozilovdek insonga hamnafas bölganim, uning ardoğida yaşaganim Yaratganning menga qilgan benazir siylovi edi. Men u kişini nainki turmuş örtoğim, balki çinakam ustozim, ustoz bölganda ham nafaqat adabiyot, balki hayot saboğini ham bergan rahnamoyim deb bilaman.
U kişi öz vasiyatlarida eʼtirof etganlaridek, biz yaxşi yaşadik. Yaxşi yaşaş, bu faqat tökis, bekamu-köst umr ötkaziş degani emas. Balki, bir-biringni tildamas, dildan ardoqlab, dildan tuşunib yaşaşdir.
Böyimday böy topdim-u, könglimday köngil topmadim, degan gap bor. Bizda esa aynan ana şu narsa bor edi: biz köngildan topişgan edik. Tökis yaşab, oşib-toşib ketmadik, saroy qurmadik, qöşa-qöşa maşinalarga, xorij kurortlariga dam olib kelişlarga ruju qöymadik. Ikkimiz ham baholi qudrat qalam qitirlatib, şuning orqasidan topganimizga qanoat va şukur qilib, kamtarona yaşadik. Şukr, hayotda quvonçli kunlarimiz oz bölmadi. Yolğizgina öğlimiz köz oldimizda böy körsatib, oyoqqa turib kelişi, hayotda öz örnini topişi, kelin tuşirganimiz, birin-ketin öğil-qiz nabiralarimiz dunyoga kelişi, Nosir akamning ijoddagi qadam-baqadam erişgan yutuqlari, unvonu ordenlar, davlat mukofotlari bilan taqdirlanişlari, özimizda ham, qardoş qozoqlar yurtida ham eʼzozu eʼtibor qozonişlari… bularning barçasi ikkimizni birday quvontirar, könglimizni toğday kötarar edi…
Albatta, birgalikda keçgan hayotimiz davomida ham sinovli kunlar köp böldi. Lekin yoningda işonganing, toğday suyançing bölsa, sinovli kunlarni yengib ötişing osonroq keçar ekan. Birga yaşasang-u, özingni yolğiz his qilsang, bundan yomoni yöq. Nosir aka ikkimiz har qanday vaziyatda bir-birimizni yolğizlatib qöymadik. Bir-birimizni ehtiyot qilib, avaylab-asrab yaşadik. Faqat u kişi ketdilar-u, nazarimda, taqdir bizdan yuz ögirganday böldi. Ketma-ket kelgan musibatlar, yöqotişlar qarşisida yolğiz qolganday sezdim özimni. Çunki endi yonimda toğday suyançiq bölib turadigan inson yöq edi-da.
* * *
2017 yilning oxirlarida Nosir aka xastalanib qoldilar. Şifoxona muolajalari naf bermadi. 2018 yilning 13 yanvarida esa… oilamiz ustunidan ayrildik. Uyimiz huvillab qoldi. Içimga çiroq yoqsa, yorişmas bir ahvolda qoldim. Ustoz bor fayzu barakani, tinçlik-xotirjamlikni, yaxşi kunlarni özlari bilan olib ketgandek böldilar.
Avvaliga öğlimizning biznes hamkorlarining nomardligi sabab, uysiz bölib qoldik. Bir neça yil ijaradan-ijaraga köçib yurib sarson böldik.
Şunda yordam sörab, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi Sirojiddin Sayyidga murojaat qildim.
U kişi: “Biz Nosir boboni yaxşi köramiz, albatta yordam beramiz”, deb könglimni kötardi. Könglimiz ança taskin topib yurgan kezlarimiz oilamiz boşiga musibat tuşdi. Yolğiz öğlimiz Xondamir 42 yoşida tösatdan insultga uçrab, olamdan ötdi. Boquvçisiz qoldik. Heç kimning boşiga farzand doği tuşmasin ekan. Özimizni önglab olişim qiyin keçdi. Yaşaşga uyimiz, ijaraga tölaşga pulimiz yöq edi. Maslahatni bir yerga qöyib, men jiyanimnikiga, kelin bolalari bilan ota-onasinikiga borib yaşaydigan böldik.
Şunday sinovli damlarda qarindoşlar, mehr-oqibatli yaxşi odamlar, Yozuvçilar uyuşmasi mutasaddilari holimizdan xabar olib, kömak berib turişdi… Ammo körgiliklar, sinovlar hali tugamagan ekan. Jiyanimnikida yaşab turganimda bir ehtiyotsizligim oqibatida oyoğim sinib, özim töşakka mixlanib qoldim…
Sabrning tagi sariq oltin, deyişadi-ku, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasining raisi Sirojiddin Sayyid, ustozning sadoqatli, mehr-oqibatli şogirdlarining saʼy-harakati bilan qaytadan Vatanli böldik. Davlatimiz rahbari körsatmasi bilan umr yöldoşim Nosir Fozilovning adabiyotdagi va xalqlar döstligini mustahkamlaşdagi xizmatlarini inobatga olib, bizga ikki xonali uy sovğa qilindi. Xursandçilikdan köz yoşlarimizni tiya olmay qoldik. Umr yöldoşim özlari jisman oramizda bölmasalar-da, adabiyotga qilgan benazir xizmatlari, mehnatlari tufayli bizga yordam berdilar.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasida naşrga tayyorlangan Nosir Fozilovning “Tanlangan asarlar”i, yaqinda esa “Topdimu yöqotmadim” kitoblarining töldirilgan naşri çop etildi…
Biz hozirda körgan azob-uqubatlarimiz bir qadar unutilib, boşpanamiz borligiga şukronalar aytib, kelinim va nabiralarim bilan birga Yurtboşimiz sovğa qilgan uyda minnatdorlik tuyğusi ila yaşamoqdamiz.
Nabiralarimizning ilmli, bilimli bölib, xorijiy tillarni, kompyuter texnologiyasini puxta örganib, elimizga, yurtimizga xizmat qiladigan barkamol insonlar bölişiga harakat qilyapmiz.
Yaxşi odamlarning qöllab-quvvatlovi natijasida hayotimiz izga tuşdi. Tinç-xotirjam kunlarga qaytdik.
Şukr va sabrda gap köp ekan. Siylovli kunlarga şukr qildik, sinovli kunlarga sabr qildik. Mana, taqdir bizlarni yana yaxşi kunlar bilan siyladi.
Allohga beadad, behisob şukrlar bölsin!
Muborak FOZILOVA
