Gazetaning halol noni

Faxr bilan ayta olamanki, bugungi özbek jurnalistikasining rivojida otam – Erkin Samandarning munosib hissasi, örni bor. Jurnalistning nigohi ham, qalami ham ötkir bölişi lozimligini, u ertani köra olişi, jamiyatning dardi bilan yaşaşi zarurligini men otam timsolida körganman.

1977 yilda otamni “Xorazm haqiqati” gazetasining boş muharriri lavozimiga işga taklif qilişdi. Biz Xorazmga köçib keldik. Otam viloyat gazetasining nufuzini yanada oşiriş, odamlarning dardu taşvişlarini, muammolarini olib çiqib, masʼullarning eʼtiborini şunga qaratiş, ularning yeçimini topiş, gazetaning öqişli bölişiga erişiş borasida özlarini ayamay işladilar.

Öşa paytda “Xorazm haqiqati” gazetasi davrning ijtimoiy muammolarini bong urib kötaruvçi maqolalari bilan xalqimizning orasiga çuqur kirib bordi. Orol muammosi butun dunyoning eʼtiborini tortayotgan, uning hududida yaşovçi aholining salomatligini muhofaza qiliş kun tartibiga çiqqan bir davrda voha tabiatining keskin yomonlaşuvi va uning salbiy oqibatlari haqidagi çiqişlar sababli gazeta xalqçillik kasb etdi. Vohada azim gujum daraxtlariga qurt tuşib, ularning yoppasiga quriyotgani, töqayzorlarning yöqolib borayotgani haqida otam bizga ham gapirib berardilar. Va: “Bularni yozmasak bölmaydi, gazetaga bermasak bölmaydi”, derdilar kuyinib. Odamlarda ham gazeta bilan hamnafas bölib yaşaş kayfiyati paydo bölgan edi.

Gazeta juda katta ijtimoiy minbar edi! Bu minbarda turib munosib söz aytiş, xalqning dilidan joy oliş esa, tabiiyki, jurnalistning fidoyi joni, bedor yuragi evaziga bölardi. “Biz gazetaning nonini yeb katta bölganmiz!” deyman har gal iftixor bilan! Bu nonning taʼmi juda şirin edi! Otamning önlab şogirdlari, mehr va eʼtibor bilan parvariş qilgan nihollari bugun körkam daraxtlar bölib, salqin soyalar berib, soha rivojida öz örinlariga ega böldilar. Soliyajon Rahimberganova, Sotim Avaz, Dilbar Bekjonova, Jumanazar Yusupov, Feruza Tangriberganova, Otabek Ismoilov… Ularning nigohlarida bugun otamni körganday bölaman. Qayerda körişib qolsak, mavzu, albatta, otamdan boşlanib, otamda tugaydi. Ular bugun men uçun juda qadrli insonlardir. Çunki ular otam bilan körişgan, ulardan ozmi-köpmi nimadir örgangan şogirdlaridir.

Gazeta sahifalarida öz davrida “Söz — taşabbuskorlarga!”, “Köçat eking — boğ qiling”, “Bir xat izidan”, “Odob, axloq, oila”, “Mavzuga qaytib”, “Dala şiyponlarida ahvol qanday?”, “Xatlardan satrlar”, “Teatr hayotidan”, “Maorif xabarlari” kabi turli ruknlar ostida berilgan maqolalar özining taʼsirçanligi, hayotiyligi bilan öquvçilar eʼtiborini jalb etdi. “Jayxun uzra nur”, “Tabiat va inson”, “Maʼnaviyat”, “Yoşlik”, “Qizlar klubi eşitadi”, “Adabiyot va sanʼat” kabi sahifalar esa aholi bilan tahririyat örtasida işonçli köprik vazifasini ötagan edi. Gazeta deyarli 60 ming nusxada çop etilardi. Viloyatning çekka hududlaridan kişilar muharrirning özini körib gaplaşiş, dardini aytiş uçun kelardi. Otam ularni jon-dili bilan eşitib, ayrim muammolarni şu yerning özida hal qilsalar, ayrimlarini gazeta sahifalarida yoritib, rahbarlarning diqqatini qaratar, keng jamoatçilikni mulohazaga çorlardilar. Poçta orqali keladigan xatlarning sanoği yöq edi. Baʼzan otamning işxonalariga borganimda, yölaklardan ötib borayotib, bölimlarning oçiq turgan eşiklaridan yerda dasta-dasta bölib taxlanib turgan xatlarni körardim. Ularning hammasiga javob ham yuborilardi. Esimda, ayniqsa, gazeta çiqadigan kuni juda keç, horğin kirib kelardilar. U vaqtda gazeta haftasiga beş kun çop etilardi.

Öşa paytlardagi tartib-qoidaga köra, rahbarlar bahorda yerga uruğ qadaş, kuzda paxta-yiğim terimi davrida tumanlarga, kolxozlarga vakil qilib biriktirilardilar. Şunday mavsumlarda otamni juda kam körardik. Bizlar uxlagandan keyin yarim tunda kelib, biz uyğonmasimizdan sahar turib ketardilar. Gazeta çiqadigan kunlari ham otam keçki ovqatdan keyin yana işga ketardilar. Biron harfda xato ötib ketmasin, derdilar.

Taşabbus bor joyda, yangi ğoyalar tuğilgan paytda, uni xuşlamaydiganlar ham böladi, albatta. Bu hamma jamoada uçraydigan holat deb bilaman. Redaksiya ham bundan xoli emas edi. Tumanlarga çiqib, tanqidiy material, felyeton yoziş bilan mutasaddilarga tahdid qilib, tamagirlik bilan şuğullangan baʼzi “kurmak”larni otam halol işlaşga, qalamni haromga aralaştirmaslikka daʼvat qildilar. Bunday talabçanlik, ayonki, öşa kimsalarning noroziligini keltirib çiqardi. Otamga nisbatan turli böhtonlar uyuştiriş, “yumaloq xat”lar yoziş payiga tuşdilar. Lekin egilgan haqiqat aslo sinmadi. Unday kimsalarni hayotning özi joy-joyiga qöydi. “Otamga maktublar” deb nomlangan turkum şeʼrlarim orasida şunday yozganlarim:

 

Yo Rab, poyingizda bir dasta yolğon

Lat yegan ilondek tölğonib yotar.

Iymoningiz öqdir, uning zarbidan

Tölğonib-tölğonib, oxir toş qotar.

Siz esa ildam ketaverasiz,

Poyingizda yotgan toşlarni tepib…

 

Yoki:

Karvon ketib borar qönğiroq çalib,

Hurigan itlarning madori ketgan.

Qança urinmasin, oxir kördilar,

Eʼtiqod baribir manzilga yetgan.

Karvon ketib borar, dilga xuş yoqar

Gödak kulgisiday qönğiroqlari.

Undan ham xuş yoqar mağlub itlarning

Köksini ming tilib çekkan ohlari…

 

…Otam 80 yoşdan ötgan paytlar edi. Bir gal suhbatimiz orasida “Ota, sizga yomonlik istaganlarning hammasining holi ne keçganligini körişingiz uçun ham Xudo sizga uzoq yoş bergan”, dedim. “Ha, qizim, kördim, köryapman… Hayotiy xulosam şuki, yomonlarga qaytarib toş otişning sira keragi yöq. Ularga u toş boşqa yerdan keladi. Men şunga amal qildim”, dedilar… Endilikda “Xorazm haqiqati” gazetasini har gal qölimga olganimda, sahifalar aro otamning öyçan, sokin nigohlari boqib turganday bölaveradi…

Öşa yillari viloyatda ularning taşabbuslari bilan birin-ketin taşkil qilingan boğlarni bunyod qiliş paytlarida ham otamni soğinib kutardik. Ular davlat işida xizmat qiliş bilan birga, jamiyat hayotida ham juda faol edilar. Ijodiy uçraşuvlar, xizmat safarlari bilan bir qatorda, ötgan uluğ şoirlarning qabrlarini obodonlaştiriş, uy-muzeylarini bunyod etiş, ular nomi bilan boğ yaratiş kabi ezgu öy-xayollar bilan yaşardilar va bularning uddasidan ham çiqardilar. Özlari bahorda tuğilganlari uçunmi, tabiatni, dov-daraxtlarni, gullarni juda yaxşi körardilar. Boğ yaratişga bölgan iştiyoqlari, rağbatlari ularning tabiati bilan ham boğliq, nazarimda. Bu boradagi işlarning timsoli viloyatimizning qator tumanlarida yaratilgan boğlar böldi. Xonqada Alişer Navoiy, Xivada Ogahiy hamda Beruniy, Yangiariqda Avaz Ötar, Şovotda Komiljon Otaniyozov, Yangibozorda Abdulla Qodiriy nomidagi boğlar… Vohamizning deyarli barça tumanlarida otamning taşabbuslari bilan taşkil etilgan boğlar maʼnaviyat boğlari, adabiyot boğlari ölaroq bunyod böldi. Ularda jamiyat hayotidagi barça sohalarga daxldorlik hissi juda kuçli edi. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi Bahodir Bobojonovning xotirlaşiça, Mirahad Mirqosimov viloyat partiya komitetining birinçi kotibi bölgan davrda Tuproqqalʼa hududida qurilişi möljallangan atom elektrostansiyasi otamning şaxsiy va qatʼiy qarşiligi tufayli töxtatilgan ekan…

1990 yilning dekabrida padaribuzrukvorim Vazirlar Mahkamasi Raisining örinbosari vazifasiga tayinlandi. Xorazmda boşlangan xayrli taşabbus davom etib, Namanganda Maşrab, Andijonda Bobur, Nodira nomidagi boğlar bu ezgu işlarning davomi böldi. Bir safar Toşkentga borganimda, otam bilan birga Milliy boqqa sayrga çiqdik. 1991 yilda Alişer Navoiy tavalludining 550 yilligi munosabati bilan qurilgan haykal poyida turib, bu muhtaşam majmuaning barpo etilişi paytida keçgan qizğin mehnat jarayoni haqida zavqlanib gapirdilar… Körkam xiyobonni körib faxrlandilar… Xalqimizda “Yaxşidan boğ qoladi”, degan hikmatli naql bor. Darhaqiqat, mehr ila barpo etilgan bu boğlarning har bir yaproği bugun otamning haqqiga duo qilayotgan bölsa, ne ajab…

Sayyora SAMANDAR,

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan