Naslingizni xatarga qo'ymang!

yoxud hammasiga “pampers” sababchimi?
Haqiqiy inson farzandlaru nevaralari istiqboli haqida o'ylashi bilan bir qatorda, Vatani va ona xalqining buguni va kelajagi to'g'risida ham tafakkur yuritadi. Mavzu nechog'li dolzarb bo'lsa, shunchalik nozik hamdir. Inson nasl qoldirishi uchun, albatta, ikki jins juftligi taqozo etiladi. Nikoh bilan mustahkamlanadigan oila juftligi millatning saqlanib qolishi uchun hayotiy zaruriyatdir. Shu bois ushbu qadriyatni asrash ota-onalarning, bugungi avlodning zimmasidagi muqaddas burch. Farzand tarbiyasiga pusht va homila paydo bo'lishidan avvalroq kirishish zarur. “Akademnashr”da chop etilgan “Olam mo''jizasi ostonasida” nomli kitobimizda bu haqda batafsil fikr yuritilgan.
Kelajak nasl barkamol, aqli raso va ijtimoiy turmushning to'laqonli, baquvvat vakillari bo'lmog'i uchun har ikki jins vakillari mas'uliyatni to'liq his etishi lozim. Bunda, ayniqsa, onalarning mas'uliyati baland.
Dunyoga kelgan farzandning baxtini o'zidan unib-o'sib ketishi belgilaydi. Ming afsuski, bugun farzandsizlik fojiasi ko'payib bormoqda. Quyidagi fikrlarimizni bayon etar ekanmiz, ularni aslo uyat, noqulay deb hisoblamasligingizni istardik. Zero, tibbiyot, tibbiy atamalarni to'g'ri talqin qilishimiz zarur.
Inson jinsiy organizmida ikki xil hujayralar bo'lib, ularga turlicha vazifalar yuklatilgan. Birinchi “Sharko-Leydig” hujayralar to'g'ridan-to'g'ri erlik xususiyatlarini belgilovchi testosteron deb ataladi. O'ta muhim gormonni sintez qilib, qonga chiqaradi. Bu gormon muskullarni rivojlantiradi, jinsiy jihatdan yetiltiradi.
Ikkinchisi, “Sertoli” hujayralari spermatozoidlarni urug' suyuqligiga chiqarishdir. Spermatozoidlarning boshi, tanasi va dumi bo'lib, ular tirikdir. Ya'ni, ular ham o'ylaydi, harakatining natijasi nima bo'lishini bilib, yon tarafga yoki orqaga emas, boshi va tanasi bilan faqat oldga qarab harakatlanadi. Tirik hujayra bo'lgani uchun unda ruh mavjud. Qanday shaxs bo'lishidan qat'i nazar, uning spermatozoidida e'tiqodi va aqliy qobiliyati darajasini belgilovchi faol hujayralar mavjud bo'ladi. Bu sifatlar aksar hollarda uning bo'lajak farzandiga o'tadi.
Tajriba sifatida bir quti olinib, u ikki qismga ajratildi. O'rtasiga shaffof, ko'rinadigan membrana o'rnatilib, ikki kameraga ham bir xil tirik hujayralar joylashtirildi. Birinchi kameradagi hujayralar katta dozadagi rentgen bilan nurlantirildi. Oradan uch kun o'tgach, bir xil sharoit va muhitda ovqatlantirilgan ikki kameradagi hujayralarning barchasi nobud bo'ldi. Shundan so'ng tajriba usuli o'zgartirildi. O'rtadagi shaffof membrana o'rniga ko'rib bo'lmaydigan, ya'ni to'lqin va informatsiya o'tkazmaydigan maxsus membrana qo'yildi. Birinchi kameradagi hujayralarga yana katta dozadagi rentgen nurlari berildi. Oradan uch kun o'tgach, tajriba natijasi shundoq bo'ldi: birinchi kameradagilar nobud bo'ldi, ikkinchisidagi hujayralar esa tuppa-tuzuk nafas olardi, ya'ni tirik edi. Nega shunday bo'ldi?
Dastlabki tajribada birinchi kameradagilarning qiynalib, azob bilan nobud bo'layotganini ko'rib, bunday fojia bizning ham boshimizga tushsa kerak, shunday ko'rgilik bor ekan-da, degan vahimada ikkinchi kameradagi hujayralar ham o'lgan. Keyingi tajribada esa ikkinchi kameradagi hujayralar birinchi kameradagilarni ko'rmadi, informatsiya ololmadi. Xulosa shuki, inson tanasidagi har bir hujayraning o'ziga yarasha ongi bor, axborot uzatib, axborot ola biladi. Ana endi tushunarli bo'lsa kerak, har bitta spermatozoid aniq ongli harakat qilib, tuxumdon yetishtirgan ovulyatsiya tanachalariga boradi va tanlab, uning quchog'iga kirmoqchi bo'ladi. Ovulyatsiya hujayrasi shu spermatozoidni tanlaydimi yoki yo'qmi, bunisi bizga qorong'i. Agar e'tibor qilinsa, turmush qurgandan keyin ba'zan bir yoki ikki oydan keyin kelinning bo'yida bo'lsa, ba'zan to'rt yoki besh yilda ham farzand ko'rmasligi mumkin. Onalik tuxumdonida yetilgan ovulyatsiya hujayrasi shu spermatozoidni tanlaydimi-yo'qmi, buni bilish qiyin. Spermatozoid follikulalarni topib, boshi bilan uning tashqi qobig'ini yorib kiradi. Ularning bu harakatini hozirgi zamondagi kosmosga uchadigan raketaga qiyoslash mumkin. Kosmosga uchirilgan raketa ham belgilangan orbitaga chiqqach, eng oxirgi, ya'ni uning ilgarilanma harakatini ta'minlovchi dvigatelini tashlab, yengillashadi va olg'a harakatini davom ettiradi. Spermatozoid ham follikulaga kirgach, xuddi raketa kabi dumini tanasidan to'liq uzib, tashqarida qoldiradi. Ana shundan keyin hujayralar uchrashuvi, to'qnashuvi yuz berib, pusht hosil bo'lish jarayoni boshlanadi. Keyin esa embrion hamda homila vujudga keladi. Bu jarayon nihoyatda murakkab bo'lib, men uni juda sodda tilda ifodalashga harakat qildim.
“Sharko-Leydig” va “Sertoli” hujayralari zimmasidagi vazifani to'liq va bekamu ko'st bajarishlari uchun urug'don ichida ikki xil muhit bo'lishi shart. Bu — aksioma. Birinchisi, ushbu hujayralar tashqaridan hech qanday bosimga uchramasligi, ya'ni emin-erkin yayrab joylashmog'i zarur. Ikkinchisi, ularning ichidagi modda almashinuv jarayonlari belgilanganidek bo'lmog'i uchun yorg'oq ichidagi harorat faqat va faqatgina 35,5 yoki eng ko'pi bilan 36,0 gradusda bo'lishi kerak. Amaliy bir misol: bunga ko'pincha otalar guvoh bo'lishgan. Agar bola bilan toqqa borib, sovuq buloq suvida cho'milishsa, urug'donlar xuddi yo'qdek holatga tushadi. Qo'l bilan paypaslab ham topa olmay qoladilar. Sababi, moyaklar, ya'ni urug'don o'ziga kerakli haroratni saqlab qolish uchun yorg'oqning muskullari qisqarib, urug'donni tanaga yaqinlashtirib, tanadan o'ziga kerakli haroratni oladi va 35,0 gradus saqlanib qoladi. Natijada yuqorida yozilgan ikki xil hujayralarda modda almashinuv jarayoniga shikast yetmasdan davom etaveradi. Mabodo atrof-muhit 36,0 gradusdan issiq yoki jazirama bo'lganda esa urug'donni o'rab turgan to'qimalar, ayniqsa, muskul va urug'don tanadan uzayib, ortiqcha haroratni tashqariga beradi va urug'donga xos harorat saqlanib qoladi. Aslida, yorg'oq urug'don uchun juda muhim qo'rg'on. O'zining yetti qavatdan iborat yumshoq va muskul to'qimalari bilan moyaklarni mustahkam himoya qiladi. Moyaklar esa bunga katta ehtiyoj sezadi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, urug'donlar tinim bilmay, kecha-yu kunduz ishlaydi. Ular tanaffus nima ekanini bilmaydi.
Kriptorxizm nima?
O'tgan asrning 70-yillarida yoki sal ilgariroq mamlakatimizga PAMPERS degan mato kirib keldi va onalar tomonidan olqishlab qabul qilinib, keng miqyosda foydalanila boshlandi. Bu o'g'il bolalar uchun aynan fojianing boshlanish davri edi. “E, doktor, oshirib yubormayapsizmi?” deyishingiz mumkin. Yo'q, zarracha oshirmadik. Hatto, nisbatan kamroq urg'u beryapmiz. O'g'il bolalarga pampers taqilsa, urug'donlar tanaga yopishgancha qolaveradi. Pampers taqish bilan biz KRIPTORXIZM deb atalgan tug'ma kasallikni majburan sun'iy ravishda paydo qilamiz. Bu dardga uchragan bola sakkiz oylik paytidan jarrohlik amaliyoti orqali davolanishi kerak. Agar bundan bosh tortilsa, shu bola ulg'aygach, farzandsizlik qismatiga uchrashi mumkin. Pampers olib tashlansa, xuddi jarrohlik amaliyoti qilingandek bo'ladi. Birinchidan, pampers taqilganda, bolada moyak a'zolari erkin harakat qila olmaydi. Ikkinchidan, bola a'zolarini oziqlantiruvchi arteriya qon tomirlarida, ayniqsa, qiltomirlarida, shu jumladan, nozik hujayralarida qonsizlanish kuzatiladi.
“Sertoli” hujayralari xuddi miya hujayralari kabi kislorod tanqisligiga juda sezgir bo'ladi. Mabodo 3-4 daqiqa kislorod kelmasa, ular nimjonlashadi. Hatto o'ladi yoki chirish jarayoniga uchraydi. Butunjahon Sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, oxirgi o'n yilliklarda o'g'il bolalardagi jinsiy a'zolar, xususan, tuxumi, ya'ni moyak a'zolari o'lchami avvalgi yillarga nisbatan 5-10, hatto 20 mm.gacha, hatto undan ham ko'proq kichiklashgan. Xuddi shu holat mamlakatimiz bolalarida ham o'z tasdig'ini topmoqda. Ikkinchidan, tananing ortiqcha issiqligi moyakning ichki haroratini buzadi. Oqibatda spermatozoidlarni ishlab beruvchi “Sertoli” hujayralarining ma'lum bir qismi, me'yoriy strukturasi buzilgani sababli, quvvatsiz, nimjon, kam harakatli bo'lib qoladi. Bosh yoki tana qismida patologik o'zgarishlar paydo bo'lib, uning nasl qoldirish qobiliyatiga salbiy ta'sir etishi kuzatiladi. Uchinchidan, spermatozoidlar tirik ekani va kislorod tanqisligiga o'ta sezgirligi bois uning dezoksiribonuklein va ribonuklein kislotalari yoxud xromosomalari zanjirining bir bo'g'inida strukturaviy buzilish sodir bo'ladi. Bu esa pusht yoki homilaning shakllanayotgan qaysidir bir a'zosida me'yorga xos bo'lmagan o'zgarish yoki yetishmovchilikka olib keladi. Natija esa ma'lum: bunday bolalar biron-bir tug'ma nuqson bilan tug'ilishi ehtimoli juda katta.
Noraso go'daklar
Respublika Perinatal markazi direktori, professor Baxtiyor Ergashevning qayd etishicha, 2010 yillarda turli norasoliklar bois bir yilda 300 ga yaqin chaqaloqlar jarrohlik amaliyotiga olingan bo'lsa, 2020 yildan keyin bu ko'rsatkich ikki barobardan oshgan. Eng ayanchlisi, hozirda bu norasoliklarning og'ir shakllari ko'proq uchrab, juda murakkab operatsiya usullarini qo'llashga to'g'ri kelmoqda. Buning asosiy sababi PAMPERSdan uzluksiz foydalanish oqibatida bo'lishi haqiqatga yaqindir.
Umumjahon Sog'liqni saqlash tashkilotining ma'lumotlariga ko'ra, 1900 yillar boshida bir millilitr urug' tarkibida 500-600 million spermatozoidning bo'lishi me'yoriy hisoblangan. Hozirga kelib bu ko'rsatkich 100-150 million ko'rsatkichda bo'lsa ham me'yoriy hisoblanmoqda. Mana sizga PAMPERS taqishning natijasi. Bizga bu sintetik tagliklarni taqish G'arbiy Yevropadan kirib kelgan bo'lib, ularda bu bizdagidan-da ancha avval urf bo'lgan. Farzandlarimizga pampers taqish bilan biz bolalardagi “Sertoli” hujayralarini erkin nafas ololmaydigan qafasga tiqib qo'ydik. Natijada ular nimjon bo'lib qoldi. 600 MILLION spermatozoidni ishlab urug'ga chiqaradigan quvvatdan mahrum bo'ldi. Bu holat esa naslning sog'lig'iga salbiy ta'sir ko'rsatayotir.
Tasavvur qiling, tuxumdon yetilgan ayollik jinsiy follikulalari urug'lanish uchun intizorlik bilan spermatozoid bilan uchrashuvni kutmoqda. Agar uchrashmasa, ular nobud bo'ladi. Ayollik jinsiy follikulalari uchrashuvga yetib kelgan spermatozoidlar ichidan eng sog'lom va baquvvatini izlaydi. Agar buning iloji bo'lmasa, umrini zoe ketkazmaslik uchun nima qilsin bechora? Ishqilib, o'lmasam bo'ldi-da, deb darmoni qochib qaltirayotgan, boshini egib, jovdirab, yalingansimon mo'ltirab turgan spermatozoidga o'z bag'ridan joy berishga majbur. Boshqa iloji yo'q axir. U ham yashashga intiladi. Biroq bunday birlashuvdan nimjon, chala, immuniteti juda past pusht va embrion yuzaga keladi. Pusht va embrion o'zini o'zi tiklay olmaydi. Oqibatda farzand norasolik bilan tug'iladi. Anglayapsizmi, bunday nogiron farzandlar dunyoga kelishida ONA mutlaqo aybdor emas!
Pampersdan foydalanish, aslini olganda, dangasa onalarning ishi, deb aytilsa, to'g'riroq bo'lar. Ilgari momolarimiz va onalarimiz pampers o'rnida joyoliq (taglik)dan foydalangan. To'rtburchak shaklidagi 50-30 sm.lik o'lchamli surp yoki chit matodan tayyorlangan taglik o'g'il bolaning putlari orasiga tashlab qo'yilgan. Natijada urug'donlar emin-erkin rivojlanib, hujayralar ozod holda kisloroddan to'yinib nafas olgan. Chunki qon aylanishi mutlaqo buzilmagan. Bola oyog'ini qimirlatganda, burilganda, yorg'oq ichidagi urug'donlar o'z joyidan qo'zg'alib, oldga, orqaga, chap yoki o'ng tarafga erkin harakat qiladi. Harakat esa — hayot manbai.
Ot minmagan erkaklar
Buyuk hakim ibn Sino bobomizning “Tib qonunlari” kitobida nasl bezi (prostata) adenomasi xastaligi to'g'risida yozilmagan. Nega? Agar o'sha zamonda ham bu dard hozirgi paytdagidek ko'p uchraganda edi, bu hol ulug' allomaning nazaridan chetda qolmagan va uning tafsilotlari bilan yoritgan bo'lar edi. O'sha kezlari odamlarning asosiy ulovi ot va eshak bo'lgan. Ularni mingan kishilar faol harakatda bo'lgan. Xalqimizning mashhur maqolida “Qo'sh xotinlining qulog'i, eshak minganning oyog'i tinmas”, deyilgani bejiz emas. Oyoq yon tomonga yoki old va orqaga siltangan payti tos sohasida qon aylanishi yaxshilanib, urug'donlarning qon bilan ta'minlanishi ham kuchaygan. Ot esa minilganda sapchiydi va ba'zan sakraydi. Bunday paytlarda odamning tos sohasi egardan ko'tariladi va yana pastga tushadi. Oqibatda tos sohasida qon aylanishi yanada kuchayadi. Shoir Muhammad Yusuf aytganidek, “qaydan bilsin ot qadrin, ot minmagan erkaklar”.
Olmoniya kanslerining e'tiroficha, bu mamlakatda yosh ishchi kuchi yetishmayapti. Asosiy sabab nima? Yana pampers muammosiga qaytamiz. Inson organizmida Sharko-Leydig hujayralari me'yordagidek rivojlanmasa, testosteron gormoni tanqisligi kuzatiladi. Ayni shu gormon er yigitlarning jasurligini, qarama-qarshi jinsga nisbatan mayli quvvatli bo'lishini ta'minlaydi. Mabodo shu gormon yetishmasa, erkak kishi so'ligan sabziga yoki pishmagan xamirga o'xshab yashab yuraveradi. Uning borligi ham, yo'qligi ham bilinmaydi. O'g'lining kelgusi taqdirini o'ylab, iztirob bilan yig'lagan onalarni uchratganmisiz? Yuragi bo'shroq kishi qo'shilib yig'lashi tayin. Agar so'zlarimga ishonmasangiz, bizning qabulimizga keling va o'g'lining dardi bilan kelayotgan onalar hasratini birga tinglang.
Onalar iztirobi
— Do'xtir, bolam 15 yoshga kirdi. Muomalasi, o'zgalar bilan suhbati, yurish-turishi, o'zini tutishi, ko'p qiliqlari xuddi qizlarnikidek. Hech o'zgartira olmayapmiz. Kelajakda kim bo'ladi bu? Uylana olarmikan, do'xtirjon? Shuni bizga aniqlab bering, yordam qiling! — deydi ko'zlarida shashqator yosh bilan. Birinchi navbatda: “Pampers taqib katta qilganmisiz?” — degan savolni beramiz. Onalar ha, deya tasdiqlaydilar. Tushunarli, norasolik sabab “Sharko-Leydig” hujayralari o'ziga yuklatilgan vazifani bajara olmayapti. Endi bu bola uzoq vaqt davolanishga va psixoterapiyaga muhtoj. Irodasi yetishsa-ku, mayli. Lekin bu muolaja nechog'li yordam beradi? Mana, G'arb mamlakatlarida jinsiy ojizlik nima uchun haddan tashqari ko'p? Nega ular uylanishga 30-35 yoshdan keyingina arang kuch topishadi? Mana, pampersga zo'r berishning oqibati.
Yana bir qaltis savolga javob beraylik. G'arb davlatlarining ayrimlarida bir jinsli nikohga ruxsat berishgan. Hatto geylar ochiqdan-ochiq namoyish o'tkazmoqdalar. Tabiiyki, ular o'zlaricha jinsiy aloqaga ojiz. Negaki, pampers sababli ulardagi “Sharko-Leydig” hujayralari o'lgan. Organizmida testosteron gormoni yo'q.
“Sharko-Leydig” hujayralari testosteron gormonini yetarli ravishda sintez qila olmayotgani bois nikoh to'yidan keyin ojizlik holatlari ko'payib qolganidan ko'z yumib bo'lmaydi. E'tibor bering, shu sababli G'arb mamlakatlarida shahvoniy nafsni, jinsiy maylni kuchaytiruvchi dorilarni kashf etib, amaliyotda qo'llash avj olgan. Mashhur farmatsevtika kompaniyalari olimlari ushbu muammo yechimi ustida kecha-yu kunduz ishlamoqdalar.
O'tgan asr avvalida yetmishboy, saksonboy va hatto to'qsonboylar ham ko'p bo'lgan. Ularning ota-onalari o'zlari yashagan qishloq va mahallaning faxri, maslahatgo'yi, nasihatgo'yi hisoblangan. Ular sabab o'sha yerda tartib-intizom va oriyat yuqori bo'lgan. Chunki ularning so'zlarini hamma birday eshitgan va amal qilgan. Yetmishboy-u saksonboylar tug'ilishi sabablaridan yana biri, er yigitlar keng shalvor kiygani bois yorg'oq oraliqda emin-erkin harakat qilib, urug'donlarda qon aylanishi me'yorida bo'lgan, hatto a'lo darajada kuchaygan. Shuning uchun ularda nasl bezining kattarishi ham kuzatilmagan. Chunki o'sha kezlari pampers va o'ta tor liboslar kiyilmagan. Nega hozirgi kunga kelib, yetmishboy-u to'qsonboylarni esdan chiqardik, hatto qirqvoylar ham tobora kamayib bormoqda? Insonning o'zi harakatini kamaytirgani mayli-ya, hatto urug'donlarini ham tor bir katakka solib, erkin harakatini cheklab qo'ymoqda. Hamma balo shundaki, pampers taqilganda urug'donlar qov ustiga yopishtirib qo'yiladi. Harakat imkoniyati mutlaqo bo'lmaydi. Bu ham yetmaganday, o'lganning ustiga tepgan, deganlaridek, urug'donga kelayotgan arteriya va vena qon-tomirlari egilib-bukilib qoladi. Bu holat uzoq vaqt davom etadi. Qonsizlanish kuzatiladi. Qonning dimlanib qolishiga sabab bo'ladi. Odatda, o'g'il bolalarda 20 yoshda shahvoniy nafs o'zining eng yuqori cho'qqisiga yetadi. Bobolarimiz: “Qirq yoshga yetganingda 20 yashar o'g'ling bo'lsin”, deb bejiz aytmagan. Pampers taqib o'sganlarda esa bunday nafs ancha past bo'lishi amaliyotda ko'p kuzatilmoqda.
Xulosa shuki, agar kelajak avlod sog'lom va barkamol o'sishini, nasllar davomiyligi barqaror bo'lishini istasak, pampersdan butunlay voz kechilmog'i zarur. Bola tarbiyasi, uning jismonan baquvvat, ma'nan yetuk bo'lishi borasida mo''tabar ota-bobolarimiz, tabarruk onalarimiz va momolarimiz tajribalariga tayanish eng to'g'ri yo'ldir.
Jumanazar BEKNAZAR,
tibbiyot fanlari doktori,
professor.