Alpomişni kolbasaga aylantirganlar

Yangi kun tugab, şom qoronğisi tuşganda odamlar toliqqanroq kayfiyatda işdan qayta boşlaydilar. Hordiq çiqariş uçun kimdir kitob mutolaa qilsa, kimdir öğli yoki qizi bilan şaxmat-şaşka öynaydi. Köpçilik televizor murvatini qölga oladi. Birov miriqib kino, birov konsert tomoşa qilayotganda lop etib reklama çiqadi. Erkak kişi hayqiradi: “Faqat bizda! Faqat bugun! Şoşiling! Hoziroq körib turgan telefon raqamlaringizga qönğiroq qilib, buyurtma bering!” Uç-törtta mantiqsiz va uzundan-uzoq bunday reklamalar qayta-qayta takrorlanib, asabingizni egovlaydi.

Naçora, bugungi hayotimizning har bir qadami, har bir nafasini reklamasiz tasavvur qiliş qiyin. Har bir mahsulot, har bir xizmatning ortida reklama turibdi. Ammo bugungi reklamalarning köpçiligi — inson manfaatiyu ehtiyojidan yiroq. Gapning pöstkallasi, yasama va baçkana. Bunday reklamalar tomoşabin eʼtiborini tortmaydi, qiziqtirmaydi, estetik zavq bermaydi. Aksinça, reklama qilinayotgan mahsulotning maqtoviga işonçsizlik tuğdiradi. Davlat va nodavlat telekanallarida köpaygandan-köpayib borayotgan bunday siyqa va qöpol reklamalar tomoşabinning ğaşini keltirib, kayfiyatini buzişdan boşqa narsaga yaramaydi.

Dökonga kirgan xaridor muzlatkiçdagi turfa xil kolbasalarga köz yugurtiradi. Uni bu paytda peştaxta ortida yaşiringan muxbir, tasvirçi, ovoz yozuvçi va yana ikki-uçta haybarakallaçi poylab turadi. Xaridor: “Menga “Baxt” kolbasasidan bering”, deyişi bilan peştaxta ortidagilar xuddi “qani, qölingni kötar!” deganday baravariga böy körsatib: “Siz nima uçun “Baxt” kolbasasini tanladingiz?” deydi. Xaridor dovdiragança: “Ota-onam şu kolbasani olganlari uçun men ham olyapman”. Muxbir xaridorning javobini takrorlab, uh tortib qöyadi. Pardozçi uning peşonasidagi terni artib, yuzini pudralab qöyadi. Bu reklamani körgan kişining muxbirga rahmi kelmay qolmaydi. Qiziq, u xaridorni çöçitgani uçun terga botdimi yoki uning bor-yöği törtta sözini aynan takrorlagani uçunmi? Birovning sözini tötiday takrorlab, terga botgan muxbir muxbirmi?! Hissiz, tomoşabinda mahsulotga nisbatan qiziqiş va havas uyğotmaydigan bunday arzon-garov reklamalarni qöşqöllab olib, namoyiş etayotgan televideniye mutasaddilarining did-farosatiga “qoyil” qolmay bölmaydi.

Yana bir reklama “Şerin” (nimaga şirin emas?) kolbasasi haqida. Muxbir tomoşabinni imlab, xonadonga olib kiradi. Dasturxonda şu nom bilan turli körinişdagi mahsulotlar. Muxbir ularga “mahliyo” bölib ötirgan ayoldan söraydi: “Sherin?” Ayol javob beradi: “Sherin”. Şu bilan tamom.

Şunday reklamalarning yana biri “Alpomiş” deb nomlangan. Alpomiş qayoqda-yu, uning nomiga qöyilgan kolbasa qayoqda? Bu ahvoldagi reklamani tayyorlagan, tasvirga olgan va şunday çuçmal matohni xalqimizga taqdim etayotganlarda ziğirça ham savod, farosat, did bormi özi?! Buni reklamaning matni ham aytib turibdi: “Alpomiş — bu öz ustida işlaş, Alpomiş — bu samimiy böliş, Alpomiş — bu baquvvat yeyiş degani. Alpomiş böliş har birimizga nasib qilsin. Rözmetov. Alpomiş dovyuraklar uçun!” Baquvvat yegan kişi Alpomiş emas, semirib, tekinga ança-munça kasallik sotib olişi turgan gap. Uni xarid qilgan “dovyurak”lardan biri ijtimoiy tarmoqda yozibdi: “Kolbasangiz içidan suyak bilan patsimon bir narsa çiqdi”. Ana xolos! “Alpomiş” özini özi foş qilibdi-da!

Endi bunisiga qarang: katta tezlikda kelayotgan yengil avtomobil vahimali ovoz çiqarib, bir aylanib töxtaydi. Çang va tutun tarqagaç, maşina rulini uşlab turgan erkak yonida ötirgan ayoldan “qoyillatdimmi?” qabilida söraydi: “Qalay?” Ayol jilmaygança javob beradi: “Zör!” Va şu zahoti u dori solingan kiçkina idişni erkakning köziga tutib: “Anzibel” tomoq oğriğiga yordam beradi”, deydi. Hayron qolasiz. Maşina reklama qilinyaptimi yoki dori?! Reklamaga bepisandlik, savodsizlik, did-farosatsizlik bundan ziyod bölmas-ov! Saviyasi past, mantiqan mijğov bunday reklamalar tobora köpayib borayotganligidan kuyinmay bölmaydi, albatta.

Buni qarangki, oddiy suvni içgan odam quvonçdan sakraydi, maqtalgan şampunga boş yuvgan ayol birdan modelga aylanadi, reklama qilingan telefonni sotib olgan yigit darrov “baxtli” bölib qoladi. Bunday reklamalar real hayotdan yiroq, işonçsiz töqimalar bilan töla. Axir gözallikni birgina krem, baxtni birgina telefon bilan topib bölmaydi-ku. Şubhasizki, bunday reklamalar bolalar ongiga salbiy taʼsir etmay qolmaydi. Ular körgan har bir öyinçoq, har bir şirinlikka yetişga intiladi. Ularni özi uçun “zarur” deb hisoblaydi. Natijada real ehtiyoj örnini sunʼiy ehtiyoj egallay boşlaydi. Bolaning qalbi tobora isteʼmolçilikka könikib, tabiiylikdan uzoqlaşa boradi.

Bunday saviyasi past reklamalar nafaqat mazmunsiz, mantiqsiz, balki inson vaqtining öğrisi hamdir. Bir serialni tomoşa qiliş uçun bir soat ajratsak, uning 15-20 daqiqasi reklamaga ketadi. Bu orada insonning diqqat-eʼtibori sönadi, zavq yöqoladi, asab çarçaydi. Örniga nima qoladi? “Bu mahsulotni hoziroq xarid qiling!” degan qayta-qayta aytilgan hayqiriqlar… Ammo foydali va haqiqatga asoslangan reklama axborot tarqatadi, ehtiyojni örganadi, tanlov qilişda yordam beradi. Muammo — mazmunsizlikda, yolğon vaʼdalarda, haddan taşqari mubolağada. Xullas, televideniyedagi ayrim bemaʼno-yu bemaʼni reklamalar inson qalbiga, ongi va vaqtiga hurmatsizlikdan boşqa narsa emas. Reklama inson ongiga emas, yuragiga yöl topişi kerak. Zero, rost söz baribir öz yölini topadi — yolğon bölsa, eng yorqin ekranlarda ham sönib boraveradi.

Laylo ABDUHAKIMOVA,

Özbekiston Milliy universiteti

jurnalistika va özbek filologiyasi

fakulteti 3-kurs talabasi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan