Aslida kim kimni boqar edi?

Yoxud sobiq Ittifoq davrida mamlakatimiz boyliklarini ayovsiz taşib ketib, yurtimizni “boqimanda edi” deganlarga javob

Sobiq şörolar davrida uning markaziy vazirlik, idoralarida ötkaziladigan yiğilişlarda, televideniye, radio va gazeta-jurnallarda “slavyan respublikalari nainki özlarini, balki Markaziy Osiyo, Kavkaz va Boltiqböyi respublikalari xalqlarini ham boqadi. Agar biz yordam bermasak, mazkur respublikalar aholisi juda qiynalib qolgan bölardi. Ular hammasi boqimanda” degan gap-sözlar juda köp aytilişi oddiy bir hol edi.

Slavyan respublikalarining maşhur yozuvçi, jurnalist va olimlari ham OAVda şunday mazmunda tez-tez çiqişlar qilib turişardi. Men 1990-1992 yillarda Sankt-Peterburgda doktoranturada tahsil olgan paytlarimda bunday holatlarni içidan kuzatganman.

Sobiq SSSRning oxirgi yillarida bunday xatti-harakatlar haddan taşqari köpayib ketdi. Çunki bu davrda ittifoqdoş respublikalarda sobiq kommunistik tuzumdan qoçiş, mustaqil bölib yaşaşga intiliş xatti-harakatlari boşlangan va ular tobora kuçayib borayotgan davr edi. Ana şunday vaziyatda mustaqillikka erişiş uçun harakat qilayotgan xalqlarga qarata: “Mustaqil bölsanglar, sizlarni kim boqadi? Bizning moliyaviy yordamsiz oç qolasizlar-ku”, qabilidagi çiqişlar haddan taşqari ortib ketganligining sabablari şunda ekanligi bu masaladan xabardor insonlar uçun bugun sir emas.

Bu taxlit iddaolar hamon davom etmoqda

Bundan 30-40 yillar avvalgi bu noxuş voqealar haqida eslamasligimiz mumkin edi. Çunki bu masala öz vaqtida notöğri kötarilganligi, Özbekiston heç qaçon boqimanda respublika bölmaganligi, aksinça, u yaratgan boylik va daromadlarning katta qismi sobiq Ittifoq hukumati tomonidan doimiy ravişda öz ixtiyoriga olib qöyilib kelganligi allaqaçon isbotlangan.

Lekin, baxtga qarşi, aynan ayrim xorijiy ommaviy axborot vositalarida “SSSR davrida biz sizni boqar edik” qabilidagi çiqişlar hozirga qadar davom etib kelyapti.

Ana şunday çiqişlardan biriga misol sifatida joriy yilning 29 iyun kuni internetning “masterok.livejournal.com” saytida Aleksey Baliyev nomli muallif yozgan “Unikalnost Uzbekistana oboşlas Rossii v 700 milliardov dollarov” nomli maqolani qayd etişim mumkin (maqolada işlatilgan barça raqamlarning rasmiy manbalari tahririyatga taqdim etilgan – muallif).

Baliyevning maqolasidan iqtibos: “Ittifoq markazining (yaʼni sobiq Ittifoq markazining respublikaga (Özbekiston nazarda tutilyapti) kiritgan kapital qöyilmalari, bugungi joriy kurs va narxlarda qayta hisoblangan töğridan-töğri va bilvosita subsidiyalari 700 milliard dollardan oşadi. Özbekiston, Qozoğiston va mintaqa (Markaziy Osiyo) dagi boşqa respublikalarning kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişida Rossiyaning roli hal qiluvçi ahamiyatga ega edi”.

Bunga javoban köpçilikka tuşunarli şaklda körsatib beriş uçun eng samarali usul — Özbekistonning öşa paytdagi davlat byudjetining tarkibini tahlil qilib çiqaylik. Şunda hamma narsa darhol oydinlaşadi.

Özbekiston davlat byudjeti mustamlaka davlat byudjeti şaklida taşkil etilgan edi

Sobiq SSSR mustamlakaçilik siyosatining tub mohiyati Özbekiston davlat byudjeti daromadlarini şakllantiriş jarayonida ham yaqqol körinar edi. SSSR paytidagi Özbekiston davlat byudjeti daromadlarini taşkil etiş tartib-qoidalari mustamlaka davlat byudjetining aynan özi edi. Özbek xalqi yaratgan boyliklarning katta qismi sobiq Ittifoq ixtiyoriga olib ketilar va şu sababli u Özbekiston davlat byudjetiga tuşmas edi.

Masalan, şörolar davrida mulk 3 ta guruhga bölingan: Ittifoq mulki, respublika mulki va mahalliy hokimiyat mulki. Muayyan byudjetning daromadlari, birinçi navbatda, şu byudjet xizmat qiladigan hukumat tasarrufidagi mol-mulkdan tuşadigan soliq va tölovlardan taşkil topadi. Sobiq Ittifoqda işlab çiqariş korxonalariga egalik masalasi esa haqiqiy mustamlaka tuzumiga xos ravişda taşkil qilingan edi. Yaʼni Özbekiston hududida faoliyat körsatadigan korxonalarning eng yirik va daromadlilari Ittifoq mulki hisoblanardi. Jumladan, Çkalov nomli Toşkent aviatsiya işlab çiqariş birlaşmasi, Navoiy toğ-metallurgiya kombinati, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, Navoiy kimyo kombinati (bugun “Navoiyazot”), Bekobod metallurgiya kombinati, Çirçiq elektrokimyo kombinati, Toşkent traktor zavodi, Toşkent qişloq xöjaligi maşinasozligi zavodi, “Farğona azot” zavodi kabi Özbekiston sanoatining asosini taşkil qiluvçi eng ulkan korxonalar Ittifoq hukumati “mulki” hisoblanardi.

Bu korxonalarda işlaydigan yuz minglab özbekistonlik işçilarning topgan daromadlari tölaligiça töğridan-töğri Ittifoq byudjetiga tuşardi. Ular qilgan mehnatlari uçun faqat iş haqi olişardi, xolos.

Holbuki, mazkur korxonalar juda katta daromad yaratişardi. Lekin bu daromadlar özbek xalqiga tegmas, Ittifoq hukumati va byudjetini boyitişga xizmat qilgan. Masalan, Toşkent aviatsiya birlaşmasi 1970 yillarning oxiri — 1980 yillarning boşida oyiga 5-6 ta harbiy-transport samolyoti işlab çiqarar va ularni sotişdan kelgan daromad Ittifoq hukumati ixtiyoriga olib qöyilardi.

Özbekiston tabiiy boyliklarga boy maskan, lekin ularning aksariyati Ittifoq hukumatining tasarrufida bölgan. Şu bois ulardan keladigan daromadning asosiy qismi ham respublika byudjetiga emas, Ittifoq byudjetiga tuşgan.

Respublikada öşa paytlarda yiliga örtaça 80 tonna oltin qazib olinar va u tölaligiça sobiq Markaz ixtiyoriga olib ketilardi. Katta miqdorda mis, volfram, molibden kabi rangli metallar qazib olinib, u qayta işlaş maqsadida Özbekistondan Rossiya, Ukraina va Qozoğistonga olib ketilgan. 1990 yilning özida respublikadan olib ketilgan mis, volfram va molibdenning bahosi 570 mln AQŞ dollariga teng bölgan. Sobiq Ittifoqda faoliyat körsatgan atom elektr stansiyalari yoqilğisi va yadro quroli işlab çiqariş xomaşyosining 40 foizi Özbekistonning Navoiy toğ-metallurgiya kombinati mahsuloti edi.

Eng yirik mol-mulk va yirik işlab çiqariş korxonalari hamda tabiiy boyliklarni Ittifoq hukumati va byudjeti ixtiyoriga olib qöyiş Özbekistonni “birinçi talaş” edi.

Soliqlarning asosiy qismi Ittifoq byudjetiga yiğilgan

Şörolar davrida SSSR davlat byudjeti ikki qismdan iborat bölgan: Ittifoq byudjeti va ittifoqdoş respublikalar davlat byudjetlari. Mablağlarning katta qismi Ittifoq byudjetiga yiğilgan. Jumladan, 1988 yili SSSR hududida yiğilgan barça daromadlarning 53,4 foizi, 1989 yilda esa 50,7 foizi Ittifoq byudjetiga tuşgan. Ittifoq byudjeti mablağlari SSSR hukumatining, ittifoqdoş respublikalar davlat byudjetlari esa öz hukumatlarining vazifa va tadbirlarini moliyalaştirgan.

SSSRning oxirgi yillariga qadar amal qilgan qonunçilik böyiça quyidagi soliq, tölov va daromadlar Ittifoq byudjetiga tuşar edi:

— korxona va taşkilotlardan olinadigan oborot soliği (ittifoqdoş respublikalar davlat byudjetlariga beriladigan qismidan taşqari);

— Ittifoqqa böysunadigan davlat birlaşmalari (korxonalari), xöjalik taşkilotlaridan olinadigan işlab çiqariş fondlari uçun tölovlar, mablağlarning erkin qoldiği vznoslari (badallari), qatʼiy tölovlar, foydadan ajratmalar;

— aholidan olinadigan daromad soliği (ittifoqdoş respublikalar davlat byudjetiga beriladigan qismidan taşqari);

— bojxona daromadlari;

— davlat ijtimoiy suğurta mablağlari (pensiya tölaş uçun ittifoqdoş respublikalar davlat byudjetiga beriladigan qismidan taşqari);

— geologorazvedka va geologik qidiruv işlari böyiça xarajatlarni qoplaş uçun olinadigan ajratmalar;

— davlat içki yutuqli zayomini sotişdan kelgan mablağlarning 50 foizi;

— SSSR qonunçiligida közda tutilgan yiğimlar va soliq xarakteriga ega bölmagan turli daromadlar.

Ittifoqdoş respublikalarning davlat byudjetlariga tuşadigan soliq, tölov va daromadlar röyxati:

— SSSR davlat byudjeti töğrisidagi qonunida har yili belgilanadigan ittifoqdoş respublikalar hududida yiğiladigan oborot soliğidan ajratmalar;

— respublika va mahalliy böysunuvdagi birlaşmalar (korxonalar), taşkilotlardan yiğiladigan foydadan tölovlar;

— kooperativ, jamoat korxonalari va taşkilotlaridan olinadigan daromad soliği;

— aholidan olinadigan daromad soliğining 50 foizi;

— davlat içki yutuqli obligatsiyalari va pul-buyum lotereyalarini sotişdan yiğilgan tuşumlarning 50 foizi;

— kolxozlardan tuşadigan daromad soliği;

— qişloq xöjaligi soliği;

— turmuş qurmagan, yolğiz va oila soni kam fuqarolardan soliq;

— örmon daromadi;

— davlat ijtimoiy suğurta mablağlaridan pensiya tölaş uçun ittifoqdoş respublikalar davlat byudjetiga beriladigan mablağlar;

— davlat boji, kinofilmlar namoyiş qilişdan yiğiladigan daromadlardan olinadigan soliq, mahalliy soliqlar;

— ijara daromadlari va şahar yer uçastkalarini saqlaş va yaxşilaş xarajatlarini qoplaş uçun yiğiladigan tuşumlar;

— maqsadli mablağlar tuşumlari;

— yiğimlar va soliq xarakteriga ega bölmagan turli daromadlar.

SSSR hududida yiğiladigan soliq, tölov va daromadlarni Ittifoq va ittifoqdoş respublikalar byudjetlari örtasida taqsimlaş tartibidan körinib turibdiki, ularning eng yirik va asosiy turlari SSSR davlat byudjetiga tuşar edi.

Özbekiston mulki va aholisidan yiğiladigan soliqlarning asosiy qismi ham olib qöyilgan

Bundan taşqari, Özbekistonga tegişli mulkdan yiğiladigan soliq va tölovlar hamda aholi tölaydigan soliqlarni tasarruf qilişda “ikkinçi talaş” amalga oşirilardi. Yaʼni Özbekiston hududida faoliyat körsatadigan va respublikaga tegişli mulk hisoblanadigan korxonalar tölaydigan soliqlarning eng yiriklari ham Ittifoq daromadi hisoblanardi.

Davlat byudjeti daromadlarini taşkil qilişning tartibi şunday ediki, hatto ittifoqdoş respublika aholisi tölaydigan soliqlarning hajmi böyiça eng kattalari ham Ittifoq byudjetining tasarrufida edi. Jumladan, aholidan olinadigan daromad soliğining 50 foizi, davlat içki yutuqli obligatsiyalari va pul-buyum lotereyalarini sotişdan yiğilgan tuşumlarning 50 foizi, davlat ijtimoiy suğurta mablağlarining katta qismi ham Ittifoq byudjetiga olib qöyilardi. Soğlom fikr nuqtai nazaridan ittifoqdoş respublika aholisi tölaydigan soliqlarning katta qismini Markazga olib qöyişni tuşuniş qiyin edi.

Özbekiston iqtisodiyoti köproq xomaşyo işlab çiqarişga ixtisoslaşgan edi. Qayta işlaş esa boşqa respublikalarda amalga oşirilardi.

Masalan, rus mutaxassislarining fikriça, 1990 yili Özbekistonda işlab çiqarilgan 1,637 million tonna paxta tolasining 70 foizi boşqa ittifoqdoş respublikalarga eksport qilingan. Bu notöğri raqam. Negaki, rasmiy statistika maʼlumotlariga köra, 1990 yili Özbekistonda paxtadan 104,4 ming tonna yoki respublikada yetiştirilgan barça tolaning 6,4 foizi miqdorida kalava ip işlab çiqarilgan.

Demak, mustaqillikka qadar bölgan davrda paxta xomaşyosining 6-8 foizigina bor-yöği Özbekistonda qayta işlanib, uning 92-94 foizdan ortiği boşqa respublikalarga jönatilardi.

Ipak mato va qorakölçilikda ahvol bundan ham oğir edi. 1990 yilda SSSRda işlab çiqarilgan ipak mato (deyarli 144 million kvadrat metr) va qoraköl terining (2,5 million dona) deyarli hammasini Özbekiston yetkazib bergan hamda uning 70 foizi tayyor mahsulot işlab çiqariş uçun Rossiya va Ukraina sanoat korxonalariga jönatilgan.

Narx siyosati ham ittifoq foydasiga xizmat qilgan

Sobiq SSSRda narx siyosati mustamlaka davlatga xos taşkil qilingan. Uning muhim jihati şunda ediki, xomaşyo va undan tayyorlanadigan tayyor mahsulotlarning foyda normasi bir-biridan 5-15 baravar va undan köproq farq qilardi. Yaʼni qayta işlovçi korxonalar xomaşyoni yetiştiruvçilarga nisbatan ança baravar köp foyda olişardi.

Özbek dehqoni 1 tonna paxta tolasi uçun 2000 rublga yaqin pul olsa, şu miqdordagi xomaşyoni qayta işlaşdan 30 ming rubldan köproq, yaʼni 15 baravardan köproq summada mahsulot oliş mumkin edi. Masalan, paxta xomaşyosini birlamçi qayta işlaşda undan mato olinardi. Mato işlab çiqaruvçi korxona bir birlik mahsulotdan paxtani yetiştiruvçiga nisbatan 7-9 va undan köp baravar foyda olardi va u foyda oborot soliği şaklida byudjetga tuşardi.

Matodan tayyor mahsulot işlab çiqarişda olinadigan foyda bundan ham köp bölardi va u ham oborot soliği tarkibida byudjetga olinardi. Paxta xomaşyosidan mato işlab çiqaradigan va tayyor kiyim tikadigan korxonalarning eng yirik va asosiy qismi Rossiya, Ukraina va Belorussiya respublikalarida joylaştirilganligi uçun u tarmoqlardan olinadigan ulkan miqdordagi foyda korxonaning böysunuv darajasiga qarab Ittifoq va öşa respublikalar byudjetlariga yiğilar edi. Bu orqali Özbekistonni “uçinçi talaş” yuz berardi.

Şu tariqa Özbekiston hududida işlab çiqariş korxonalari tomonidan yaratilgan daromad va respublika aholisi tölaydigan soliq va tölovlarning asosiy qismi Ittifoq va boşqa respublikalar byudjetiga olib ketilardi.

Natijada respublika byudjetiga daromad yetmasdi

Ana şunday qayta-qayta talaş oqibatida Özbekistonda qoldirilgan daromad uning byudjeti daromad qismini taşkil etişga yetmasligi tabiiy edi. Masalan, quyida keltirilgan jadval maʼlumotlaridan körinib turibdiki, 1987-1989 yillarda Özbekiston davlat byudjeti daromadlar qismining örtaça 23,5 – 28,4 foizi sobiq Ittifoq byudjetidan respublikaga beriladigan subvensiya va turli maqsadli tadbirlar ötkaziş uçun respublika hududida yiğilgan soliqlarning bir qismini göyo Markazning marhamati sifatida respublika byudjetiga qaytarib beriladigan qismidan iborat edi.

SSSRning oxirgi yili, yaʼni 1991 yilda Özbekiston uçun yanada oğir moliyaviy ahvol yuzaga keldi. Ittifoq rahbariyati bilan murosasiz kuraş yöliga ötgan Rossiya Federatsiyasi hukumati SSSR davlat byudjetiga Rossiya hududidan yiğib olinadigan mablağlarning Ittifoqqa tegişli qismini öşa paytda amal qilgan qonunçilikka zid ravişda bermay qöydi. Mazkur holat SSSR Ittifoq byudjetidan Özbekistonga qaytişi rejalaştirilgan subvensiya va boşqa mablağlarning butunlay töxtab qolişiga olib keldi.

Natijada Özbekiston mustaqillikka erişgan 1991 yilda davlat byudjetining kamomadi (defitsiti) uning umumiy xarajatlariga nisbatan 44 foizdan ziyodni taşkil qildi.

Özbekiston davlat byudjeti bunday kutilmagan holatga tayyor emasdi, şu sabab uning iqtisodiyoti va byudjet tizimi butunlay izdan çiqib ketiş xavfi ostida qoldi.

SSSRning oxirgi yillarida vaziyat yanada murakkablaşdi

1990 yildan SSSRning parçalanişi tezlaşdi, davlatni boşqarişning uzoq yillardan beri amal qilib kelgan tizimi buzila boşladi, inflyatsiya darajasi kötarilib ketdi. Natijada SSSR davlat byudjetining 1990-1991 yilgi körsatkiçlari obʼyektiv reallikni ifodalay olmay qoldi. Negaki, inflyatsiya juda yuqori edi va uning ösiş darajasiga qarab, davlat byudjeti körsatkiçlari yil davomida qayta-qayta özgartirib borildi. Şu sabablarga köra bu maqolani yozişda ana şu yillardagi davlat byudjetiga tegişli raqamlar işlatilmadi, çunki yil davomida bir neça ön martalab özgargan raqamlarni işlatişning mantiği yöq edi.

Yuqorida keltirilgan jadval şohidlik beryaptiki, Ittifoq byudjetidan Özbekiston byudjetiga beriladigan moliyaviy kömaklarga doir raqamlarning hammasi SSSR davlat byudjetining xarajatlar va Özbekiston davlat byudjetining daromadlar qismida aniq körsatib qöyilardi. SSSR va Özbekiston davlat byudjetlari körsatkiçlari oçiq eʼlon qilinganligi uçun bu raqamlarni köpçilik bilişi tabiiy edi.

Şu tariqa “biz Özbekistonni boqyapmiz. Özbekiston özini özi boqa olmaydi”, degan asossiz “aqida” öylab topilgan va u sobiq Ittifoq xalqlarining ruhiga singdirib yuborilgan edi. Şunga öxşaş boşqa bir maqolaning mualliflari Paramonov va Strokovlar fikriça, SSSR davrida Rossiya va Belorussiya “donor” respublikalar bölgan. Moldaviya, Ukraina va Qozoğiston deyarli özini özi boqqan. Özbekiston va boşqa respublikalar esa özi işlab çiqargan mahsuloti va yaratgan daromadiga nisbatan köproq mahsulot isteʼmol qilgan, yaʼni boqimanda bölgan. Sobiq SSSR davrida bunday maqolalar juda köp yozilgan, bu holat hozirgaça davom etib kelyapti.

Aslida kim kimni boqardi?

Bu fikrlar asossiz ekanligini yuqoridagi dalillar ham körsatib turibdi. Bu masala böyiça yana bir misol keltiriş mumkin. Akademik I.Iskanderovning hisob-kitoblariga köra, Özbekistondan 1988 yilda olib ketilgan xomaşyo resurslari ularni qayta işlovçi respublikalarda 40 milliard rubl milliy daromad oliş uçun moddiy asos yaratib bergan. Özbekistonda esa öşa yili olingan milliy daromadning umumiy miqdori 23 milliard rubl bölgan.

1988 yili Ittifoq byudjetidan Özbekistonga berilgan moliyaviy kömakning umumiy summasi esa 2,8 milliard rubl, 1989 yili esa 3,4 milliard rubl bölgan. Mana şu raqamlardan ham Özbekistonga Moskvadan berilgan yordamga qaraganda bu yurtdan Ittifoqqa taşib ketilgan va olib qöyilgan boylik va daromadlar ança baravar köp ekanligi körinib turibdi.

Bu raqamlar faqat qişloq xöjaligi xomaşyolari böyiça keltirildi. Xomaşyolar Özbekistondan sobiq Markazga taşib ketilgan boyliklardan bir bölagi, xolos. Öşa paytlarda yurtimizdan olib ketilgan boyliklar bundan ança baravar köp ekanligi yuqorida qayd etildi. Lekin birgina qişloq xöjaligi xomaşyolarini qayta işlaşdan olingan daromad Ittifoq byudjetidan Özbekistonga bir yilda berilgan moliyaviy yordam hajmidan 12-15 baravar köp ekanligi sobiq Ittifoq Özbekistonni boqmaganligidan yaqqol guvohlik beryapti.

Aksinça, Ittifoq bilan Özbekiston örtasida mol-mulk adolatli taqsimlanib, soliqlarni Ittifoq (SSSR) va respublika (Özbekiston) byudjetlariga taqsimlaş tartibi adolatli örnatilib, hisob-kitoblar ham töğri taşkil qilinganda, aslida, respublikamiz “donor” ekanligi yaqqol köringan bölardi.

Şunday qilib, mustaqillikka erişiş arafasida Özbekistonning davlat byudjeti öta oğir ahvolga tuşib qolgandi. Yuqorida bunday holat yuzaga kelganligining sabablari körsatib berildi.

Öşa davrda Özbekiston davlat byudjetining şundoq ham murakkab holatini qattiq oğirlaştirgan yana bir noxuş voqea yuz berdi. Yaʼni Özbekiston 1990 yili 12 milliard AQŞ dollari miqdorida eksport qilgan. Uning 15 foizi Polşa, Çexoslovakiya, Vengriya, Bolgariya kabi sobiq sotsialistik davlatlarga töğri kelgan. Bu 1,2 milliard AQŞ dollariga teng summani taşkil qilardi.

* * *

1991 yil 24 dekabrda Rossiya Federatsiyasi hukumati barça hisob-kitoblar böyiça özini SSSRning huquqiy merosi, deb eʼlon qildi va uning barça aktivlarini öz tasarrufiga ötkazdi. Sobiq SSSRdan qolgan barça mol-mulk, daromadlarni ham Rossiya olib qöydi.

Şu tariqa, Özbekiston eksportçi korxonalarining hisobvaraqlaridagi valyuta tuşumlari ham Moskva ixtiyoriga ötib ketdi. Bu işni taşkil qiliş juda oson edi, çunki u paytda SSSRdagi barça korxona va taşkilotlarning taşqi savdo va xalqaro hisob-kitoblari bitta bankda, yaʼni “Vneştorgbank”da amalga oşirilar edi.

Töğri, SSSRning boşqa davlatlardan qarzlari ham bor edi. Ularga javobgarlik ham Rossiya Federatsiyasiga ötdi. Lekin 1991 yil oxiriga hisoblaganda, SSSRning taşqi qarzidan boşqa davlatlarning SSSRdan qarzi köproq bölgan. Demak, Rossiya olib qöygan valyuta daromadlari öşa paytda oğir ahvolda bölgan Özbekiston davlat byudjeti uçun muhim moliyaviy kömak bölişi mumkin edi.

Muxtasar aytganda, şörolar davrida hukm surgan maʼmuriy-buyruqbozlik hamda qatʼiy markazlaştirilgan rejalaştiriş va taqsimlaş mexanizmi, eng yirik va serdaromad mol-mulk va korxonalarning Ittifoq tasarrufida ekanligi, ularning daromadlari va tabiiy boyliklar SSSR hukumati ixtiyoriga olib ketilganligi, Markaz va Özbekiston örtasidagi hisob-kitoblarning mustamlakaçilik siyosatiga xos işlab çiqilganligi, respublika iqtisodiyoti biryoqlama rivojlantirilganligi, asosan, xomaşyo yetiştiriş va işlab çiqarişga ixtisoslaştirilganligi, paxta yakkahokimligi kabi omillar “Özbekiston özini özi boqa olmaydi” degan butunlay asossiz va yolğon gap öylab topilişiga asos bölgan va u haqida hamma yoqda jar solişardi.

Mazkur maqolada bu fikrning heç qanday asosga ega emasligi sobiq şörolar davrida ­eʼlon qilingan rasmiy statistik axborot va raqamlar yordamida isbotlab berildi. Aleksey Baliyev yozgan “Rossiya Özbekistonga 700 milliard dollarlik yordam körsatgan” degan fikr mutlaqo puç ekanligi, aksinça, Özbekistonning boyligi va daromadini olib yurganligi aniq misol va raqamlar yordamida körsatildi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan