Movarounnahrdan esgan şeʼr nasimi
Yaqinda Toşkentga qilgan safarimda ziyoli döstlarim bilan maroqli suhbatlar qurdik. Suhbatimiz davomida davramizda men tanimaydigan yoş bir yigit bor edi. Özini tutişidan tarbiyali va odobli ekanligi sezilib turardi. Maʼlum bölişiça, u şoir ekan. Tortinganiça, Anqara şahrida turk tilida naşr etilgan kitobini menga sovğa qildi. Bu şoir – Şuhrat Orifning “Moviy erk” nomli şeʼrlar töplami edi.
Men bu yoş şoirni ozarbayjon öquvçisiga ham taniştirişga qaror qildim. Töğri, u Ozarbayjonda qisman tanilgan, biroq öyladimki, mening qalamim orqali ham tanişsinlar. Şu tariqa, Şuhrat Orifning poetik olami sizning huzuringizdadir.
Maroqli jihati şundaki, Şuhrat Orifning mavzu va ğoyaviy qaraşlari tizimli xarakterga ega. Uning poetik tafakkuri asosini inson-zamon-taqdir munosabatlari taşkil etadi. Şoir uçun şeʼr faqat estetik hodisa emas, balki maʼnaviy hisobot, içki monolog va tarixiy xotiraning ifodasidir.
Şuhrat Orif şeʼriyatida insonning içki iztirobi, xotira va xotiraning taqdirga taʼsiri, tuproq-yurt-vatan tuyğusi, maʼnaviy yolğizlik motivlari yetakçi örinni egallaydi. Şoirning lirik “Men”i doimo kuzatuvçi, fikrlovçi, tahlil qiluvçi va baʼzan sukut orqali norozilik bildiruvçi obrazdir. Bu “Men” klassik romantik pafosdan yiroq bölib, köproq içki dunyoga yönaltirilgan introspektiv xarakterga ega. Lirik subʼyekt voqealarni tasvirlamaydi, balki ularni şuuridan ötkazib, psixologik-ruhiy taʼsir yaratadi.
Şoirning tili sodda, ammo maʼno doirasi nihoyatda boy. U xalq tili bilan badiiy tilni sintez qiladi, sunʼiy metaforalardan va ortiqça ifodalardan qoçadi. Söz uning uçun pafos emas, xotiradir; söz tuyğuni yaşirmaydi, aksinça, mazmunni oçadi. Bu esa poetik samimiyatning asosiy belgilaridan biridir.
Uning poeziyasida yöl, tun, sukut, şamol, yurt kabi obrazlar arxetipik xarakter kasb etib, şoirning individual poetik dunyoqaraşida yangi semantik ranglar oladi. Ayniqsa, sukut va tun obrazlari içki yolğizlik va tafakkur teranligining ramzi sifatida namoyon böladi.
Şuhrat Orif zamonga tirik mavjudot sifatida munosabatda böladi. Uning uçun vaqt xronologik emas, balki psixologik va falsafiy kategoriya. Ötmiş, hozir va kelajak bir-biriga qorişib ketadi, xotira esa poetik matnning asosiy tarkibiy qismiga aylanadi. Bu xususiyat şoirning şeʼrlarini postmodern tafakkurga yaqinlaştirsa-da, milliy ruhdan ajratmaydi.
“Moviy erk” kitobidan örin olgan şeʼrlarda muallif, asosan, erkin şeʼr şakliga murojaat qiladi. Içki ritm va intonatsiya asosida qurilgan poetik tuzilişda ritm qofiyadan emas, fikr oqimidan tuğiladi. Bu esa şeʼrlarga yangiça nafas bağişlaydi.
Misol uçun, Şuhrat Orifning “Qor. Men. Yor” şeʼri zamonaviy özbek poeziyasida kam uçraydigan minimalist poetik namunadir. Atigi uç söz bilan keng semantik maydon yaratiladi:
Qor — poklik, sovuqlik, sukut
Men — yolğiz ong
Yor — sevgi, iliqlik, öçoq
Bu yerda sovuq va issiq, yolğizlik va birgalik qarama-qarşiligi poetik tarzda ifodalanadi.
“Qadar imlosi: eski bir çiziq” şeʼri esa metatekstual xarakterga ega. “Imlo” tuşunçasi özgartirib bölmaydigan ilohiy yozuv — qadar sifatida talqin etiladi. Bunday şeʼrlar sotsrealistik anʼanaga yot bölib, özbek milliy şeʼriyatining öz ildizlariga qaytişini anglatadi.
Umuman olganda, Şuhrat Orif poeziyasida mavzu taşqi voqealardan köra içki muammolar atrofida şakllanadi. Şoir uçun asosiy poetik obʼyekt insonning özi emas, balki insonning zamon, qadar va xotira oldidagi mavqeidir.
Ilk bor tanişganim bu şoirning poetik merosi mavzu jihatidan ekzistensial, lirik “Men” nuqtai nazaridan introvert, til jihatidan minimalist va çuqur, ğoya jihatidan esa zamonaviy insonning içki dramasini aks ettiruvçi yaxlit poetik tizimdir.
Ğolib SAYILOV,
Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasi boş ilmiy xodimi, filologiya fanlari doktori.
Manba: www.azadmedia.az
