“Davr jurnalist nigohida”

Özbekiston Milliy matbuot markazida taniqli ustoz jurnalist Irismat Abduxoliqovning “Davr jurnalist nigohida” nomli kitobining taqdimoti bölib ötdi.

Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi tomonidan taşkil etilgan uşbu tadbirda taniqli davlat va jamoat vakillari, atoqli şoir va yozuvçilar, gazeta va jurnallar boş muharrirlari, professor-öqituvçilar hamda talaba-yoşlar iştirok etdi.

Taqdimotni Özbekiston Milliy axborot agentligi Boş direktori, senator Abdusaid Köçimov kiriş sözi bilan oçib, “Davr jurnalist nigohida” kitobida taniqli jurnalist Irismat Abduxoliqovning yarim asrdan ortiq ijodiy faoliyati davomida körgan-keçirganlari, bevosita iştirok etgan muhim tarixiy voqea-hodisalar haqidagi xotiralari jamlanganini alohida taʼkidladi hamda kitob xususida öz fikr-mulohazalarini bildirdi.

Mazkur kitobda muallif öz faoliyati davomida yuzma-yuz kelgan, hamkorlik qilgan, muloqotga kirişgan taniş va notaniş şaxslar obrazini yaratar ekan, Irismat Abduxoliqov uslubiga xos bölgan xolislik, tiniqlik va samimiylik yaqqol namoyon böladi. Xususan, kitobda respublikamizni salkam çorak asr boşqargan Şarof Raşidov siymosi alohida hurmat va muhabbat bilan tasvirlangan.

Mazkur töplamdan muallifning Özbekistondagi deyarli barça viloyat, tuman va qişloqlardan, şuningdek, Vaşington, Nyu-York, Moskva, Dehli, Anqara, Makka va Madina şaharlaridan tayyorlab, voqea sodir bölayotgan joydan töğridan-töğri efirga uzatgan reportajlari matnlari ham örin olgan. Kitobga televideniye va radioning ilmiy-nazariy asoslariga bağişlangan maqolalar ham kiritilgan.

— “Öz sohasida yuksak mavqega erişgan, çöqqilarni zabt etgan har bir inson oddiy odam hisoblanmaydi”, – deb yozgan edi maşhur teleşou qiroli Larri King. Irismat Abduxoliqov ham teleradio muxbiri, dunyo kezgan xalqaro şarhlovçi sifatida ulkan ijodiy yölni bosib ötdi, köplab hamkasblarimiz orzu ham qilolmagan mavqelarga erişdi, çöqqilarni zabt etdi. Uşbu asar katta-kiçik kitobxonlarni ana şunday marralarga intilişga çorlaydi, ruhiy qanot bağişlaydi, – dedi taniqli adib Xurşid Döstmuhammad.

Kitobda taqdim etilgan tarixiy jarayonlarning eng qaynoq nuqtalaridan tayyorlangan axborotlar, reportaj va körsatuvlar matnlari öşa davr manzaralarini köz öngimizda qayta jonlantirişi barobarida, jurnalistikaning barça sohalari vakillari hamda talaba-yoşlar uçun muhim öquv-amaliy qöllanma vazifasini ham ötaydi.

Gulzaynab ZULHAYDAROVA.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan