Vatan uruşi qahramonlari: ibrat maktabi va qahramonlik solnomasi

Mamlakatimiz Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Ikkinçi jahon uruşida qozonilgan Ğalabaning 80 yilligi munosabati bilan Özbekiston xalqiga yöllagan tabrigida şunday degan edi: “Başariyat tarixidagi eng dahşatli qirğin bölgan Ikkinçi jahon uruşi dunyo xalqlari, jumladan, el-yurtimiz boşiga solgan oğir musibatlar, mislsiz kulfat va yöqotişlar heç qaçon unutilmaydi.

Bu — zamon va makon çegarasini bilmaydigan çinakam mardlik va qahramonlik solnomasidir.

Bunday muazzam, şonli zafarga munosib hissa qöşgan matonatli xalqimiz bilan har qança faxrlansak, arziydi.

Keyingi yillarda jonkuyar olim va mutaxassislarimizning ilmiy izlanişlari tufayli Ikkinçi jahon uruşi tarixining yangi sahifalari bilan tanişmoqdamiz”.

Davlatimiz rahbarining ana şu konseptual ğoyalari podpolkovnik, dotsent Şerzod Alimovning “Ikkinçi jahon uruşida harbiylar va xalq jasorati, matonati hamda hozirgi zamon” nomli yangi risolasida ilk bor monografik tadqiqot sifatida umumlaştirildi (“Voris” naşriyoti, 2026 yil).

Kitobda qayd etilganidek, Prezidentimiz rahnamoligida uruş yillaridagi harbiy-tarixiy haqiqatni adolatli tiklaş maqsadida maxsus operativ-qidiruv guruhlari tuzilib, noyob manbalar örganildi. Natijada köplab çigalliklarga tarixiy adolat mezoni asosida aniqlik kiritilib, asl raqamlar yuzaga çiqarildi. BMT va ŞHT talablariga mos keladigan, xalqaro miqyosda eʼtirof etiluvçi umumiy harbiy tariximizni yaratiş borasida, ayniqsa, 2016 yilning kuzidan boşlab tom maʼnoda yangi davr boşlandi. Bu yönalişda 2017–2018 yillarda Yurtboşimizning bir qator maxsus qaror va farmoyişlari qabul qilindi.

Arxiv hujjatlari örganilganda, faşizmga qarşi uruşga öşa davrda 6 million 800 ming kişidan iborat bölgan respublikamiz aholisining 1 million 950 ming nafari safarbar etilgani maʼlum. Demak, har uç nafar özbekistonlikdan bittasi qöliga qurol olib, uruşga safarbar etilgan. Bu bilan qariyb 70 yil davomida eʼtibordan çetda qolib kelgan 451 ming nafar yurtdoşimizning nomi va taqdiri qayta tiklandi.

Şuningdek, ilgari uruşda 396 ming özbekistonlik halok bölgan, deb hisoblanardi. Sönggi tadqiqotlar esa bu raqam aslida 538 mingdan ziyod ekanini, bundan taşqari, 158 mingdan ortiq vatandoşimiz bedarak ketgani maʼlum böldi. Bugun ana şu tarixiy haqiqat tiklanib, xalqimizning qahramonligi munosib baholanmoqda. Zotan, ajdodlarimizning bugungi tinç kunlar uçun bergan qurbonliklarini eʼtirof etiş va kelajak avlodga ibrat qilib qoldiriş biz uçun ham farz, ham qarzdir.

Uruş maydonlarida mardonavor jang qilgan özbekistonlik askar va ofitserlarning 214 mingga yaqini jangovar orden va medallar bilan mukofotlangani, 301 nafari Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga, 70 nafardan ziyodi uçala darajadagi “Şon-şaraf” (“Slava”) ordeniga sazovor bölgani ularning beqiyos jasoratidan dalolat beradi.

Şu bilan birga, Özbekiston frontning mustahkam taʼminot bazasiga aylandi. Yurtimizdan jang maydonlariga ulkan miqdorda harbiy texnika, qurol-yaroğ, dori-darmon, kiyim-keçak va oziq-ovqat yetkazib berildi. Vatan içkarisiga uruş hududlaridan 170 dan ortiq zavod va fabrika köçirib keltirildi va qisqa muddatda 280 ta yangi korxona bunyod etildi. Xalqimiz ğoyat oğir şaroitga qaramay, evakuatsiya qilingan 1 million 500 mingga yaqin insonni, jumladan, 250 ming nafar yetim bolani bağriga olib, yuksak gumanizm namunasini körsatdi.

Kitob muallifi uruş davridagi jipslik va matonatni bugungi kundagi tinçlikni asraş ğoyasi bilan ham uzviy boğlaydi. Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek: “Hozirgi murakkab va tahlikali zamonda yoşlarimizni barkamol insonlar etib tarbiyalaş, diyorimizdagi tinçlik va barqarorlikni, millatlar va dinlararo ahillik va totuvlikni asraş yölida qahramon ota-bobolarimizning Ikkinçi jahon uruşi yillarida körsatgan sabot va matonati biz uçun hamişa ibrat maktabi, kuç va ilhom manbai bölib xizmat qiladi”.

Bugungi kunda Yangi Özbekistonning dunyo sahnasida global xavfsizlik va tinçlik taşabbuskori sifatida eʼtirof etilişi ham ana şunday tarixiy matonat va bağrikenglik anʼanalarining mantiqiy davomidir. Masalan, joriy yilning yanvar oyida Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning AQŞ Prezidenti taşabbusi bilan taşkil etilgan Tinçlik kengaşi tadbirlarida iştirok etişi va Falastindagi ziddiyatni tinç yöl bilan hal etiş, beayb aholi xavfsizligini taʼminlaş böyiça ilgari surgan takliflari xalqaro hamjamiyat tomonidan yuqori baholandi. Bu jarayonlar Özbekistonning nafaqat öz ötmişiga, balki bugungi umumbaşariy barqarorlikka ham masʼuliyat bilan yondaşayotganini körsatadi.

Şerzod Alimovning uşbu tadqiqoti törtta muhim bobdan iborat bölib, unda quyidagi masalalar tizimli tahlil qilingan:

Birinçi bobda uruşning boşlanişi, Özbekiston iqtisodiyotining harbiy izga köçirilişi hamda ijtimoiy-iqtisodiy, harbiy-texnik resurslarning front ehtiyojlariga safarbar etilişi;

Ikkinçi bobda özbek öğlonlarining Vatan himoyasi yölidagi jasorati va matonati, şuningdek, uruş yillarida çop etilgan milliy harbiy matbuotning jangçilar ruhiyatini kötarişdagi örni;

Uçinçi bobda jang maydonlarida va front ortida fidokorlik körsatgan vatandoşlarimizning ibratli faoliyati;

Törtinçi bobda esa uruşning tarixiy saboqlari, ajdodlar jasorati asosida yoş avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşning zamonaviy mexanizmlari yangiça konseptual nuqtai nazardan yoritilgan.

Ikkinçi jahon uruşi iştirokçilari va front orti faxriylarining xotiralarini töplab, keng jamoatçilikka, ayniqsa, yoşlarga taqdim etiş — ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşda eng muhim omil. Şu boisdan ham bugun bu mavzu nafaqat oliy taʼlim muassasalarida, balki keng jamoatçilik platformalarida ham çuqur örganilmoqda.

Prezidentimiz joriy yilda Ğalaba boğida ötkazilgan Xotira va qadrlaş kuni tadbirida haqli ravişda şunday taʼkidladi: “Bir yil oldin mana şu hududda “Millat fidoyilari” majmuasini barpo etganimiz, albatta, bejiz emas. U Vatan himoyasi har bir avlodning muqaddas işi ekani, vatanparvarlik anʼanalari davomiyligini eslatib turadi”.

Davlatimiz rahbari uruş yillarida yuksak matonat körsatgan ajdodlarimizning oilalarini qöllab-quvvatlaş va avlodlar vorisiyligini taʼminlaş zarurligini ham alohida qayd etdi.

Alohida taʼkidlaş joizki, özbek xalqining Ikkinçi jahon uruşida faşizm ustidan qozonilgan ğalabaga qöşgan hissasi tariximizning çinakam mardlik va qahramonlik solnomasi bölib, Şerzod Alimovning yangi risolasi ana şu tarixni örganişda muhim ilmiy-amaliy manba bölib xizmat qiladi.

Muzaffar TOJIBOYEV,

IIV Akademiyasi kafedra boşliği,

tarix fanlari doktori, professor,

podpolkovnik.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan