Nomoddiy madaniy merosga eʼtibor kuçaymoqda

Nomoddiy madaniy meros — xalqimizning asrlar sinovidan ötib, sayqallanib, jilolanib kelgan asl boyligidir. U asrlar davomida dono xalqimiz tomonidan boyitilgan va köz qoraçiğidek asrab-avaylanib, bizgaça yetib kelgan. Biz özligimizni, tariximizni bobolardan meros qolgan bebaho qadriyatimiz, moddiy va nomoddiy madaniy merosimiz orqali anglaymiz.

Sönggi yillarda sohaga oliy darajada eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, Prezidentimizning 2023 yil 25 dekabrdagi qarori ayni şu soha taraqqiyotiga bağişlangan. Özbekiston Respublikasida nomoddiy madaniy merosni asrab-avaylaş, ilmiy örganiş va tarğib qilişni yanada rivojlantiriş, uning saqlovçilarini rağbatlantiriş va şu kabi bir qator maqsadlarda Madaniyat vazirligi huzurida Madaniyatşunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti taşkil etildi. Institut hali yoş bölişiga qaramasdan, salmoqli işlarni amalga oşirmoqda. Institut olimlari tomonidan 2025 yilning ötgan davri mobaynida yuzdan ziyod turli mavzudagi darsliklar, monografiyalar, öquv qöllanmalari va maqolalar naşr etildi. Quyida şu ilmiy işlardan ayrimlari haqida qisqaça maʼlumot beriladi.

Etnofolklor laboratoriya bölimi katta ilmiy xodimi Muqaddas Karimovaning “Özbekiston nomoddiy madaniy merosida folklor-etnografik tomoşalar” monografiyasida Özbekistonda folklor-etnografik tomoşalarning ilmiy-nazariy asoslari tadqiq va tahqiq etiladi va şu bilan birga folklor-etnografik tomoşalarning şakllanişi, taraqqiyot bosqiçlari, rivojlaniş xususiyatlari va kelajak istiqbollariga oid masalalar qalamga olingan. Folklor sanʼatini professional darajaga kötarişda rejissuraning öziga xos ahamiyati, özbek folklor-etnografik tomoşalar orqali urf-odat, anʼana, milliy qadriyatlarning lokal xususiyatlariga köra namoyon böliş darajasi, folklor-etnografik tomoşalar rejissurasining anʼanaviy va zamonaviy tendensiyalari tahlil etilgan.

Folklor sanʼatidagi improvizatsiya sahnaviy va ijroviy imkoniyatlarni kengaytirişiga köra tomoşabinni iştirokçiga aylantiruvçi interaktiv xususiyat ekanligi dalillangan, anʼanaviy teatr tomoşalarida korfarmonlar ijodidagi badihagöylik, taqlid, muqallid, masxaraboz va qiziqçilik kabilar milliy folklor-etnografik tomoşalar rejissurasi genezisi va rivojida badiiy sinkretlilik va şartliligiga köra fundamental manba ekanligi körsatib berilgan. Monografiya asosan folklorşunos, sanʼatşunos, etnolog, sotsiolog, tarixçi hamda madaniyatşunos mutaxassislarga möljallangan. Şuningdek, kitobdan mavzuga qiziquvçi keng kitobxonlar ommasi foydalanişi mumkin.

Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi qoşidagi Madaniyatşunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti YUNESKO bilan işlaş bölimi mudiri Aziz Matyakubovning “Özbek badiiy kinosida Ikkinçi jahon uruşi” monografiyasi eʼlon qilindi.

Uşbu monografiyada özbek badiiy kinosi taraqqiyotida muhim örin egallagan, milliy kinoning janr diapazonini kengaytirişga bevosita xizmat qilgan Ikkinçi jahon uruşi mavzusida yaratilgan badiiy filmlar tahlil etilgan. Sovet davri va mustaqillik yillarida mazkur yönalişda suratga olingan filmlarning badiiy-ğoyaviy xususiyatlari turli aspektlarda körib çiqilgan. Şu bilan birga, kino sanʼatida uruş mavzusining yuzaga keliş va rivojlaniş tendensiyalari, mavzu doirasida olib borilgan xorij tadqiqotlari atrofliça örganilgan. Monografiya “Pages print” naşriyotida oz nusxada çop etildi. Kitob kino mutaxassislari, adabiyotşunoslar, filologlar va sohaga qiziquvçi keng ommaga möljallangan.

Madaniyatşunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti Madaniyatşunoslik bölimi mudiri Saodat Nazarovaning “Özbek sahna sanʼati tarixida transformatsion jarayonlar (1920-1930)” nomli monografiyasida Özbekiston madaniyati tarixida 1920–1930 yillarda sovet hokimiyatining ijtimoiy-siyosiy hayotda amalga oşirgan siyosati özbek milliy sahna sanʼatiga taʼsiri orqali oçib berilgan. Unda zamonaviy körinişdagi özbek sahnasi sovet hokimiyati örnatilişidan avvalroq taşkil etilgani, uning ildizlari qadimga borib taqalişi, asrlar davomida şakllanib, rivojlanib kelgani körsatib berilgan.

Mazkur monografiya arxiv hujjatlari, memuarlar, davriy matbuot materiallari kabi turli manbalar asosida yozilgan bölib, tarixçilar, sanʼatşunoslar hamda madaniyat tarixiga qiziqqan keng kitobxonlar uçun möljallangan.

Orif HOJIYEV,

Özbekiston Respublikasi

Madaniyat vazirligi huzuridagi

Madaniyatşunoslik va nomoddiy

madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti

tahririy-noşirlik bölimi mudiri.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan