Korrupsiyaga qarşi kuraşiş

Özbekiston ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivida bu borada qanday işlar amalga oşirilmoqda?

Korrupsiya jamiyatni turli yöllar bilan iskanjaga oladigan illatlardandir. U demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazib, inson huquqlari buzilişiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga tösqinlik qilib, hayot sifatini yomonlaştiradi, el-yurt xavfsizligiga tahdid soladigan uyuşgan jinoyatçilik, terrorizm va boşqa salbiy holatlar ildiz otişi uçun şaroit yaratadi. Şu bois hozir korrupsiyaga qarşi kuraş dunyo miqyosida kuçaytirilyapti.

Bu borada Özbekistonda ham zarur çoralar körilmoqda. Jumladan, 2017 yil 3 yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida”gi qonun  yurtimizda ayni yönalişdagi jinoyatlarni bartaraf etişga qaratilgan kompleks çora-tadbirlar ijrosini taʼminlaşda asosiy huquqiy poydevor vazifasini ötamoqda. Çunki unda korrupsiyaning oldini oliş, unga qarşi kuraşiş subʼyektlari faoliyatini muvofiqlaştiriş, manfaatlar töqnaşuvini çeklaş va şaffoflikni oşiriş kabi mexanizmlar qatʼiy belgilab berildi. Şuningdek,  Prezidentimizning 2020 yil 29 iyundagi tegişli qaroriga muvofiq, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi taşkil etildi. Bu jarayon Singapur tajribasiga asoslandi.

Butun jahonda korrupsiyaga qarşi kuraşiş va uning darajasini tadqiq etiş bilan şuğullanuvçi “Transparency International” nomli nohukumat xalqaro taşkilot maʼlumotlariga köra, 2024 yilda Özbekiston 180 ta davlat içida 32 ball bilan 121-örinni egallagan. Yil mobaynida korrupsiyaga daxldor 5716 ta holat aniqlangan. Ularning aksariyati oliy taʼlim, maktabgaça va maktab taʼlimi, bank, quriliş hamda davlat xaridlari sohalarida sodir etilgan.

Xöş, korrupsiya nima va qanday namoyon böladi? Odamlarni unga yetaklaydigan asosiy omillar nimalardan iborat? Bu yangliğ savollar kişini jiddiy öyga toldiradi va çuqur muşohada yuritişga undaydi.

Korrupsiya – şaxsning öz mansab yoki xizmat mavqeidan şaxsiy manfaatlarini yoxud özga şaxslar manfaatlarini közlab, moddiy yoki nomoddiy naf oliş maqsadida qonunga xilof ravişda foydalanişidir. Uning bir körinişi bunday nafni qonunga xilof ravişda taqdim etiş bölsa, ikkinçisi manfaatlar töqnaşuvi hisoblanadi. Manfaatlar töqnaşuvi esa, şaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik şaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarişiga taʼsir körsatayotgan yoxud taʼsir körsatişi mumkin bölgan hamda şaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, taşkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari örtasida qarama-qarşilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelişi mumkin bölgan vaziyatdir.

Korrupsiya turli körinişlarda namoyon böladi va har biri davlat boşqaruvi hamda jamiyat hayotining muayyan sohasiga taʼsir körsatadi. Eng keng tarqalgan şakllari quyidagilar sanaladi:

– pora oliş va beriş – mansabdor şaxs tomonidan maʼlum bir işni bajariş yoki bajarmaslik evaziga noqonuniy mukofot talab qiliş yoki qabul qiliş;

– mansab vakolatini suiisteʼmol qiliş – şaxsiy manfaat uçun mansab vazifalarini qonunga zid ravişda bajariş;

– nepotizm va favoritizm – lavozimlarga tanlovsiz, qarindoşlar yoki tanişlar orqali joylaştiriş;

– davlat xaridlarida yaşirin kelişuvlar – tenderlarni oldindan kelişilgan holda maʼlum manfaatdor şaxslarga ötkaziş.

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi yurtimizda bu illatga sabab bölayotgan omillarni örganib, ular quyidagilardan iborat degan xulosaga keldi:

– davlat xaridlari sohasida xaridlar ularning hajmini qismlarga böliş orqali amalga oşirilgani, tender savdolarida manfaatlar töqnaşuviga yöl qöyilgani;

– soğliqni saqlaş sohasida işga qabul qilişda şaffof tizim yaratilmagani, tibbiyot muassasalarida byudjet mablağlari talon-toroj qilinayotgani;

– madaniyat sohasida milliy seriallar yaratiş uçun telekanallarga subsidiya berişning aniq tartib-taomillari belgilanmagani;

– huquqni muhofaza qiluvçi organlarda jinoyat işining suriştiruv, tergov va ehtiyot çorasini tanlaş jarayonida yengillik beriş evaziga tamagirlik holatlari sodir etilayotgani;

– quriliş sohasida inson omilini imkon qadar istisno etadigan raqamlaştiriş işlari sust olib borilayotgani, bunyodkorlik obʼyektlarida nazorat yetarli darajada emasligi;

– ilmiy daraja olişda plagiatga yöl qöyiş, taniş-bilişçilik munosabatlaridan foydalaniş tizimida raqamlaştiriş, nazorat va javobgarlik mexanizmlari yaratilmagani;

– avtomobil yöllari sohasida davlat xizmatçilari tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanib, manfaatlar töqnaşuviga yöl qöyilgani.

2022 yili qabul qilingan “Davlat fuqarolik xizmati töğrisida”gi qonun davlat xizmatçilarining halollik standartlarini mustahkamlab, axloq kodeksi, manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş, daromadlar deklaratsiyasi kabi muhim normalarni joriy etdi. Bundan taşqari, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi tomonidan har yili korrupsiya xavf-xatarlari xaritalari şakllantirilib, davlat organlarida ortiqça byurokratiya, takrorlanuvçi funksiyalar va qonun buzilişi xavfi yuqori bölgan jarayonlarni qisqartiriş böyiça takliflar işlab çiqilmoqda. Umuman olganda, Özbekistonning korrupsiyaga qarşi kuraş siyosati huquqiy poydevor, şaffoflik, raqamlaştiriş, jamoatçilik nazorati va xalqaro standartlarga asoslangan mexanizmlar orqali tizimli ravişda rivojlanmoqda.

Korrupsiyaga qarşi kuraşişda huquqiy asosni mustahkamlaş uçun 2024 yil 5 iyunda “Manfaatlar töqnaşuvi töğrisida”gi qonun qabul qilindi. Şuningdek, u bilan manfaatlar töqnaşuvi töğrisidagi qonunçilik talablarini bajarmaganlik uçun maʼmuriy javobgarlik qöllaniladigan böldi. Davlatimiz rahbari 2025 yil 19 sentyabrda imzolagan “Korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasida fuqarolik jamiyati institutlarining iştirokini yanada kengaytiriş va ilmiy tadqiqotlarni qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorda esa, korrupsiyaga qarşi kuraş sohasidagi ustuvor vazifalar belgilab berildi.

2023 yil 19 dekabr kuni “Tashkent City” xalqaro işbilarmonlik markazi hududida xalqaro hamjamiyatning korrupsiyaga qarşi kuraşiş borasidagi saʼy-harakatlarini ifodalovçi monument oçildi. Şu munosabat bilan ötkazilgan tadbirda Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev, Qatar amiri şayx Tamim bin Hamad Ol Soniy, BMT Boş kotibi yordamçisi Aleksandr Zuyev va xorijiy mamlakatlarning rasmiy şaxslari qatnaşdilar. Kafti oçiq qöl körinişidagi va uzunligi ön ikki metrlik uşbu kompozitsiya halollik, pok amallar va niyatlarni, korrupsiyaga nisbatan mutlaqo toqatsizlikni, dunyoning barça mamlakatlarini unga qarşi kuraşiş uçun birlaşişga çaqiriqni anglatadi.

Mamlakatimiz korrupsiyaga qarşi kuraşişni yölga qöyişda Finlyandiya tajribasiga ham tayanmoqda. Negaki, “Transparency International” taşkilotining eʼtirof etişiça, bu davlat korrupsiya darajasi eng past 5 ta mamlakat sirasiga kiradi. Unda korrupsiyaning oldini oliş uçun alohida qonun yoki taşkilot emas, balki axloq qoidalari amal qiladi.

Yurtimizda arxiv işi va iş yuritiş böyiça yagona davlat siyosatini olib boruvçi “Özarxiv” agentligi va uning tizimidagi taşkilotlarda, xususan, Özbekiston ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivida ham şaffoflikni yölga qöyiş, hujjatlarni özgalar yoxud öz manfaati yölida soxtalaştiriş va korrupsiya illatlarining oldini oliş böyiça aniq vazifalar belgilangan. Çunonçi, tizim arxivlarida korrupsion illatlarning oldini oliş hamda korrupsiyaga qarşi kuraşişga doir meʼyoriy-huquqiy hujjatlar töplami yaratilib, Özbekiston ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivining korrupsiyaga qarşi siyosati yölga qöyilgan. Arxivda korrupsiyaga qarşi kuraş böyiça alohida vakil tayinlanib, xuddi şu yönalişda malaka oşiriş işlari taşkil etilgan. Qolaversa, arxiv xodimlarining etika kodeksi yaratilib, ular odob-axloq va etika qoidalariga rioya qilişlari ustidan nazorat örnatilgan.

Şu örinda arxivçi kasbi va uning ijtimoiy ahamiyati haqida birrov töxtalib ötsak, foydadan xoli bölmaydi. Zero, u şarafli va muhim kasblardan sanaladi. Vijdonini sotiş, şaxsiy manfaatini közlab xizmat vazifalarini suiisteʼmol qiliş, bepul körsatiladigan arxiv xizmatlari uçun pul yoki boşqa körinişdagi tölov söraş, ijtimoiy-huquqiy sörovlarni qisqa muddatda bajarib beriş uçun haq oliş yoxud muddatni sunʼiy ravişda çöziş, hujjatlarni soxtalaştiriş yoki moddiy manfaatni közlab sotiş, asossiz ravişda arxiv hujjatlarini saqlovga qöyişdan böyin tovlaş, ularga qasddan jismoniy putur yetkaziş yoki yöqotiş kabi illatlar uşbu kasb egalari uçun mutlaqo yot odatlardir. Joriy tartib-qoidalarga rioya qilmaslik korrupsion illat deb baholanadi va zimmasidagi masʼuliyatni unutib, kasbiga xiyonat qilgan arxiv xodimini mehnat jamoasi örtasida muhokama etib, vazifasidan böşatişgaça bölgan çora köriladi.

Arxivda işlayotgan yoki unga işga kirmoqçi bölgan kişi arxiv daromad olişni maqsad qilib qöymaydigan notijorat taşkilot ekanligini töliq anglaşi hamda unda niş urgan har qanday korrupsion harakat butun boşli muassasa va arxivçilar şaʼniga doğ tuşirişini, bunga sababçi bölganlar köp sonli jamoa aʼzolarining haqli eʼtirozlariga duçor bölişi mumkinligini yodda tutişi kerak.

Arxiv sohasida fuqarolarga körsatiladigan xizmat turlari avtomatlaştirilgani, hujjatlar raqamlaştirilgani bois ularga inson omili va aralaşuvi keskin kamaytirildi. Natijada korrupsiya holatlarining oldini oliş tizimi şakllantirildi. Endilikda odamlar arxiv maʼlumotnomalarini oliş uçun bevosita arxiv idoralariga emas, balki davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiliş imkoniyatidan keng foydalanişmoqda. Yangi tizim fuqarolar avvalgidek barça arxivlarga borib, sarson-sargardon bölmasliklarini taʼminlaşdan taşqari, ularga özlari söragan maʼlumotlarni birdaniga bir neçta arxivdan tez va oson, yana deng, elektron şaklda oliş imkonini bermoqda. Bu arxiv sohasida fuqarolarga yaratilgan zamonaviy qulayliklar sifatida eʼtirof etilmoqda.

Sirasini aytganda, korrupsiya jamiyatning barça qatlamiga zarar yetkazadigan, taraqqiyotga tösqinlik qiladigan xavfli balo-ofatlardan biridir. Unga qarşi kuraşiş aybdorlarni qilmişiga yaraşa jazoga tortişdan taşqari, oçiqlik, halollik, raqamlaştiriş, jamoatçilik nazorati va huquqiy ongni oşirişdan iborat bölişi darkor. Özbekiston uşbu yönalişda muhim qadamlar taşlamoqda.

Albatta, korrupsiyadan xoli jamiyat barpo etiş uçun davlat, fuqarolar va taşkilotlarning hamjihatligi juda zarur. Biz buni mudom yodda tutmoğimiz, har bir sohada halollik madaniyati hukmron bölsa, mamlakatda adolat, barqarorlik va farovonlik qaror topişini esdan çiqarmasligimiz lozim.

Sayyora MUHAMMEDOVA,

Özbekiston ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi bölim mudiri, tarix fanlari böyiça falsafa doktori,

Marjona MUSIRMANOVA,

Özbekiston ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari  milliy arxivi katta ilmiy xodimi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan