Sukut orzusi

Sadoqat HAMRAYEVA

Muallif haqida:

Sadoqat HAMRAYEVA 1990 yil Samarqand viloyati Kattaqörğon tumanida tuğilgan.

Badiiy ijod bilan muntazam şuğullanadi. Asarlari respublika naşrlarida eʼlon qilingan.

2018 yili “Köngil közgusi” nomli ilk şeʼriy töplami çop etilgan. Şeʼrlari turk va ozar tillariga tarjima qilingan.

Baland toğning olis çöqqisidagi hujra yonida ötirib, senga dovur şovqini yetib kelmaydigan olis manzillarga tikilsang. Ufqqa dovur çözilgan kengliklarda nigohingni öz mayliga qöyib, öylaringni öz olamingda mehmon qilsang. Şu asno atrofingda, ruhingda hukmronlik qilayotgan  jimlik aro qalbing ovozini — sukunat hayqiriğini eşitsang! Ruhingga köçgan, tafakkuringda akslanayotgan bu hayqiriqqa erk bermoq vaqti yetganda, taşqi borliqni unutib, möʼjazgina hujradan qönim topsang.

Hujra içidagi iş stoli yonida borligi sezilmaydigan darajada qulay örindiq bölsa, iş stoli ustida aççiqqina hovurli qahva yoki kök çoyga tölatilgan finjon bölsa, doim quvvati töliq kompyuter xizmatingga şay tursa. Hujraning oftobröya derazasidan ilohiy ilhom yangliğ oqib kirayotgan nur şuuringga, könglingga singib ketsa.

Şunday jimjitlik bölsaki, ilhomdan gupurayotgan yuragingga hamohang tarzda barmoqlaring klaviatura tugmaçalari ustida yugursa. Tugmaçalar şiqirlaşi qalbing torlarini ayamay çertsa, oqibatda junbişga kelgan fikrlar, öylar, hislar taʼsirida vaqt öz ahamiyatini yöqotsa!

Yozaversang, yozaversang, yozaversang, sukunat qaʼridan otilib çiqayotgan yuraging hayqiriğini sözga singdirib yuborsang. Xayoling suratini çizib bersang, oğriqlaring  pörtanasini çizgilaringga, aytimlaringga singdirib yuborsang! Simyoğoçga birrov qöngan qaldirğoçlarday betoqat öylaring yozib ulgurmasingdan xotiringdan öçmasa. Ilhom bilan vaqt, köngling bilan aqling bir butun bölib, faqat özing bilan qolsang.

Afsuski, özing bilan yuzlaştiradigan toğdagi olis hujraga har doim ham qadaming yetmaydi. Undagi osuda muhitni jamoat joyida ham yaratib oliş mumkin; taşqi taʼsirni tösadigan romlar bugungi kunda yangilik emas. Ammo şunday taʼsir kuçi borki, undan qoçib qutulib bölmaydi. Zirhli romlar, qalin devorlar, minglab kilometrlarga çözilgan yolğizlik çegaralari ham uni qaytara olmaydi. Bu içingdan keladigan şovqin, bu turmuşning aks-sadosi. Şunday qilib, heç poyoni yöq şovqin  taşqaridan emas, insonning ehtiyojlaridan sizib kiradi. Ming maşaqqat bilan yaratgan osuda olaming yöqqa çiqsa, nur misoli şuuringga singayotgan ilhom ham parçalanadi. Ana şunda içingdagi yozuvçi turmuş taşvişlariga ğarq bölib, oddiy insonga aylanadi.

Tanang borligini sezdirmasa, içingda sukunat bölsa, tafakkuring erkin böladi. Ana şundagina içingdagi ijodkor özi bilan özi qoladi. Axir inson eng rost gapini yolğiz qolganidagina baralla ayta oladi. Qalb hayqiriği yuzaga çiqadigan sukunat onlari şunçalar ozki, buning aksi ölaroq, yozuvçining jimlikka bölgan ehtiyoji çegarasi yöq. Taassufki, baʼzi ehtiyojlarni töla qondirib bölmaydi, baʼzi orzular batamom amalga oşmaydi. Şunday uşalmas orzular ham böladiki, insonni orziqib yaşaşga undaydi, undayveradi…

Yaşaşing kerak. Yaşamoğing şart. Uni Yaratgan inʼom etgan. Bu haqiqatni anglaş unça qiyin emas. Anglab yetdingmi, demak, sen borsan. Yaşayapsan…

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan