Nurli hayot sari…
Baʼzan inson eng qoronği tunlarda ham töğri yöl topa oladi. Öşa yöl uni bir eşikka olib keladi. Bu eşikdan kirib, qaytib çiqqanida esa özini, özligini bir qadar yuksakda anglagan bölişi mumkin.
Bilasizmi, gohida hayot seni köz yoşlaringdan tortib çiqargandek, baʼzan esa kulgilaringdan quvvat olib uçirgandek böladi. Ha, inson yaşar ekan, könglidan umidsizlik şamollari ham, şukronalik nurlari ham ötib turdi! Qaçondir men ham hayotning eng oğir sinovidan ötgandim — kasallik tinkamni quritgandi, yuragimni oğriqqa töldirgandi. Kunlarimda quvonçlar bölsa ham, könglim ularni ilğay olmas, göyo hamma narsaga qiziqişim söngandek edi.
Bir kun keldi, taqdir meni yangi yölga boşladi. Hayotimdagi öşa kunni hamon aniq eslayman: 2024 yilning 1 aprel tongi edi. Men bir eşik oldida töxtadim. Oddiygina eşikdek körinardi, ammo men uçun u eşikdan kiriş göyo yangi, nurli hayot sari qadam qöyiş bilan barobar böldi.
Öşa yerda meni kutib olgan odamlar borki, ular mehr bilan qaraşdi, yordam qöllarini çözişdi. Bu iliqlikni körib, könglimda köpdan beri yöq bölgan bir his uyğondi: umid. Ana şu umid menga kuç berdi. Şunda angladimki, men işxona eşigidan emas, jannatdan bir bölakka qadam qöyibman.
Bu joy — “Yangi Özbekiston” gazetasi tahririyati böldi.
Avvaliga işga kirar ekanman, “Işlab keta olarmikanman?” degan xavotirlar könglimni bezovta qilardi. Çunki odamlar bilan gaplaşiş menga oğir tuyular, qalbimda kasallikdan qolgan iztiroblar turar edi. Ammo muharrirning mehribon qarşilaşi, hamkasblarning samimiy muomalasi sekin-sekin ruhimdagi qoronğilikni yorita boşladi. Bu jamoa menga iş joyi emas, qalbim uçun davo böldi.
Kördimki, insonlar bir-birini faqat iş yuzasidan emas, qalban ham qöllab-quvvatlar ekan. Kimdan yordam söramang, öz işini bir çetga surib bölsa-da, yoningizga keladi. Eng qiziği, ular mening öşa davrdagi kasalligimni bilişmasdi. Lekin ularning samimiyati, beğaraz mehrlari menga hayotga qaytişga yordam berdi.
Gazetamizda öziga xos odatlar bor: har bir xodimning tuğilgan kuni katta bayramdek ötadi. Muharrir boşçiligida butun jamoa yiğilib, samimiy tabriklar aytiladi, esdalik sovğalar beriladi. Yutuqlarga erişgan xodimlar esa katta şukuh bilan eʼtirof etiladi. Har şanba kuni esa hamma sport zaliga yöl oladi. Öşa paytda na muharrirning mansabi, na oddiy haydovçining vazifasi ahamiyatli böladi — hamma bir xil, hamma bir safda.
Baʼzi bir taşkilotlarda odamlar iş tugaşini intizorlik bilan kutib, “Tezroq uyga ketsam edi”, deyişadi. Men esa heç qaçon uyga şoşmaganman. Çunki men uçun bu maskan oddiy iş joyi emas, balki katta bir oila. Bu oilada bir kişining qayğusi ham, quvonçi ham bir. Kimdir qiyinçilikka duç kelsa, yonidagilar kömakka şoşadi.
Albatta, har bir jamoada kamçiliklar böladi. Balki bu yerda ham bordir. Lekin men hali yomon munosabatni körmadim. Raqobat bormi? Ha, bor. Lekin u faqatgina ösişga, örganişga, yaxşilikka xizmat qiladi.
Gazetaning öziga xos ifori bor. Şu iforda men özimni topdim, nonimni ham, nomimni ham topdim. Bu yerda men döst, opa-aka, dardkaşlarni uçratdim.
Baʼzan şamol soçlarimni tözğitsa, göyo u ham meni raşk qilayotgandek. Quyoş ertalab issiqligi bilan yuzimni silasa, men bilan birga quvonayotgandek tuyiladi. Çunki bunday jamoa, bunday samimiyat hamma joyda ham uçrayvermaydi.
Daraxt bir joyda kökaradi, deydi dono xalqimiz. Balki bir kun kelib boşqa joylarda ham işlarman. Balki umrim oxirigaça şu yerda qolarman. Buni heç kim bilmaydi. Ammo bir narsani aniq ayta olaman: men “Yangi Özbekiston” gazetasi jamoasida işlayotganimda özimni çinakam baxtli his qilaman.
Zulxumor AKBAROVA,
“Yangi Özbekiston” gazetasi muxbiri.
