Ustozning sözlari…
Hayotni tuşuniş, uning asl mohiyatini anglab yetiş — har bir inson hayot yölida özi topadigan haqiqatlardir. Qöyingki, ğam-taşvişsiz ösgan, qayğu nima ekanini bilmagan bolakay vaqt ötgani sayin hayotning har bir sinovidan saboq olib, köp savollariga javob topib borar ekan. Odam bolasi dunyoga kelgaç, ozgina özini anglab olib, öz-öziga köp savol bera boşlaydi: Men kimman? Hayotdagi örnim, vazifam nima? Qanday odam bölaman, qaysi kasb-korni tanlasam adaşmayman?…
Bu savollarga javob topişda eng avvalo ota-ona, ustozlar va hayotda töplangan tajriba katta ahamiyat kasb etişini birov keçroq, özga birov ertaroq anglab yetsa kerak.
Men ham yoş bölganman, köp narsalarni tuşunmasdim. Ammo hozir asta-sekin özligimni anglab borayotgandekman. Hayotni töğri tuşuniş — faqat kitoblardagi çiroyli gaplar yoxud çuqur bilimlar bilangina emas, balki ustozning hayotiy tajribasi, maslahatlari, ögitlari orqali şakllanar ekan. Çunki endi anglab yetsam, haqiqiy ustoz bizga faqat bilim emas, balki hayotning asl maʼnosini, insonning burçini, vatanparvarlik va mehnatsevarlik fazilatlarini ham qalbimizga singdira olar ekan!
Şu damda ajoyib xotiralar yodimga tuşdi. Mening ham bugungi darajamga yetişimda beqiyos hissasi bölgan bir ustozimni eslayman. Bir kuni u kişi öz onalari haqida şunday hikoya qilgan edi:
“Bola edim, onam erta saharlab, hali tong yorişmasdan turar, jamiki uy yumuşlarini bir özlari qilardilar. Oilamizda ön ikki nafar farzand, ota-onamiz bilan jami ön olti kişi edik. Onam har sahar sigirlarni soğib, sutni pişirib, nonuşta uçun dasturxon tuzab, kattalarni işga, bizlarni maktabga öqişga kuzatar edi. Söng katta tomorqamizdagi işlarni ham eʼtiborsiz qoldirmasdilar. Uyimizda har kuni ikki tandir non yopilardi. Buning uçun onam katta tovoqda xamir qilar, biz kiçkinalar uçun bir-biridan çiroyli kulçalar ham yasar edi.
Şunday çiroyli, töyimli tandir nonlari. Ular novvoyxonadagi kiçik nonlarday emas, balki qişloqning katta, jaydari nonlari edi. Deyarli har kuni uyimizga mehmon kelardi, odam uzilmas edi. Yigirma-öttiz kişi bölib ketardi. Hozirgidek gaz, içimlik suvi qayoqda deysiz! Onam öçoqda ovqat qilib, qumğonda çoy qaynatardi. Keçga borib esa yiğilib qolgan bir dunyo idiş-tovoqlarni aytmaysizmi? Onaginam uşbu yumuşlardan taşqari, kir-çir deysizmi, yana adoği tugamaydigan qança yumuşlarni bir özi uddalar edilar. Töğri, mendan yoşi kattaroq ikkita opam uy işlariga ozgina yordam bergan bölar, lekin keyin dars tayyorlaş uçun daftar-kitoblarini “dasturxon” qilib olişardi.
Har yili pilla qurti boqilardi. Onam tuni bilan oçofat pilla qurtlariga tut bargi yular, paxta terim paytlari esa kun böyi dalada bölganlari yetmaganidek, yarim keçagaça kösak çuvib ötirar edi. Men köp bor: “Onam qaçon uxlarkan?” deb öylardim. Göyo u umuman uxlamasdi. Çunki biz uxlab qolardik, ertalab köz oçganimizda esa onajonimiz kuymalanib yurgan bölar edi. Qiziq, şunça işlarni qiladigan onam biror marta hayotning qiyinligidan yoki biror yetişmovçilikdan noliganini eşitmaganman. Yöqsa, boy-badavlat, tökin-soçin yaşamaganmiz. Har qalay, kosamizdagi taomda göşt deganlari onda-sonda uçrab turar edi…”
Ustozim bu sözlarni aytganlarida közlarida yoş miltillaganini kördim. Ularni tinglar ekanman, köz oldimga öz onam keldi. Çunki şunday mavzular borki — ular fursat tanlamaydi, har bir inson qalbining eng nozik torini çertib ötadi.
Ustozimning onasi haqidagi sözlarida men barça muşfiq va möʼtabar qişloq onalarining qiyofasini kördim. Biz oilada ön ikki nafar bölmasak-da, onamning mehnatini, sabrini, mehrini har kuni his qilganman. Men ham qişloqda ösganman, şu bois bu sözlar men uçun ham begona emas edi. Bu oddiy hayot tarzi, bu zahmatli turmuş deyarli hozir ham köpgina oilalarda özgarmagan, davom etmoqda.
Eh, qaniydi, bu narsalarni ayrim töqlikka şöxlik qilib ösayotgan yoşlar bilişsa edi. Yöq, bilişmaydi. Aksinça, balandparvoz gaplardan bölsa qotirişadi. Söz erkinligi, adolat, haqiqat, demokratiya degan sözlarni yodlab olişgan. Lekin haqiqiy hayot hammaga ham birdek emasligini, hamma ham orzu qilganini, qölini uzatganiga imkoni yetmasligini bilişmaydi. Nazarimda, buning uçun odamlarni loqaydlikda, iş bilmaslikda ayblaşni ham döndiradilar. Ammo halol yaşaş, halol mehnat qilib rizq köriş nimaligini biladimi hamma ham?
Mayli, fikrlarim biroz çalkaşib ketgandek. Lekin haqiqiy hayotni anglaşda, yuqorida aytganimdek, insonning yölboşçisi, avvalo, ota-ona bölsa, söngra haqiqiy ustozi bölar ekan. Ota-ona hayotning boşi, haqiqiy jonkuyaringiz bölsa, ustoz esa aqlga nur, mehr berarkan. Ularning har bir sözi, har bir mehnati insonni töğri yölga boşlaydi. Men uçun hayotning eng katta saboği — ustozning onalari haqida aytgan sözlarida yaşirin bölgandek. Negaki, ular orqali men mehnatning qadrini, ona mehrining beqiyosligini va hayotning haqiqiy maʼnosini yanada çuqurroq, yana tiyranroq tuşungandekman.
YOĞDU
Bir kuni, kuzning yoruğ keçalaridan birida, nimagadir maʼyus, toşqin va vahimali Darband daryosida suzgim kelib qoldi. Bir payt daryoning buriliş joyida, qaddini tik tutib turgan ulkan toğlarning oldida qandaydir yoğdu taraldi.
Şunda men:
— Xudoga şukur-ey! Yaxşiyam tunaş joyimiz yaqin! — deb qöydim quvonç bilan. Qiziq bu qanday yoğdu edi?
U juda ham yorqin nur taratardi. Uning nuri şu qadar kuçli ediki, şundoq yonginamizda edi göyo. Oldimdagi qayiqçi tirsagini bukib yoğduga qaradi va nimagadir u vahimaga tuşa boşladi… Men qayiqçi şerigimni tinçlantirib, birdan xayolimga uşbu yoğduni taʼqib qiliş fikri kelib qolganini, balki u yerda bizni qandaydir xazina, yaxşilik kutib turganini aytib, öşa yorqin nur taralib turgan toğ etagiga borişga köndirdim.
Xullas, özaro kelişib olgaç, özimizda kuç topa oldik va yoğdu tomon harakatlana boşladik.
— U juda uzoqda, — dedi qayiqçi menga.
Men işonmadim, çunki yoğdu şundoq yonginamizda turganga öxşardi.
Bir payt yoğdu qoronği joydan çiqib, netongki, biz tomon harakatlana boşladi. Qörquv va qiziqiş aralaş biz ham unga qarama-qarşi tarzda suzib borardik, lekin heç yaqinlaşa olmasdik.
Qayiqçi şerigim haq! U bizdan juda uzoqda ekan. Çunki ança suzganimizga qaramay, heç yeta olmasdik. Bir payt yoğdu bizga juda yaqinlaşdi, biz ham şiddat bilan unga peşvoz suzib boraverdik. Mana-mana, 2-3 eşkakdan keyin etib olamiz, nihoyat yöl tugaydi, deya öylardik. Oramizdagi masofa esa, afsuski, kamaymas edi.
Biz qoronği keçada bir yoğdu izidan ança suzdik, madorimiz qolmasa ham suzaverdik. Bu nur bizga qança yaqindek tuyulsa, aslida, şunça uzoqlikda edi. Göyo osmondagi eng yoruğ yulduz kabi. Men biron narsaning izidan hali bunçalik köp yurmagan edim!
Biz töxtadik. Şunda inson oldiga qöygan maqsadiga yetişiş uçun tinmay harakat qilişi kerakligini tuşunib qoldim. Uzoq bölsa ham, qiyin bölsa ham harakat qiliş kerak. Demak, inson oldiga qöygan maqsad bu — yoğdu ekan. Muhimi, maqsadga, orzularga, ezgu niyatlaringga erişmoq uçun tinmay harakat qiliş kerak, orqaga çekinmaslik şart. Bu yölda, ehtimol, biz yaqin deb öylagan yoğdu kabi asl maqsadlar uzoqda bölar. Aldanarmiz. Ammo bariga mehnat bilan, işonç bilan yetişiş mumkin-ku. Bunga şubha qilmaslik kerak.
Hayot va haqiqat qonunlari bölmiş bu fikrlar menga qöşimça kuç, iroda, matonat bağişladi. Zero, inson biror ezgu maqsadni, yaxşilikni çin dildan xohlasa, jamiki borliq uni şu maqsadiga yetiştiriş payida böladi. Bu gapni ham ustozlarimdan biri aytgan edi.
Daryodagi bir yoğdu sabab ana şu öylar keçdi dilimdan…
Jonibek XOLBOYEV,
ÖzJOKU talabasi.
