Oltin kuz möʼjizalari
Mana, oltin kuz fasli ham özining izğirinli kunlari bilan kirib keldi. Navbati bilan yoz oyi ham oltin kuzga öz örnini böşatib berdi. Kuzning boşqa fasllardan farqi şundaki, kuz oyi kelişi bilan deyarli barça dov-daraxtlar oltin rangga belanib qoladi. Pişiqçilikning gaştini aytmaysizmi! Polizlardagi qovun-tarvuzni, olma, anor, olxöri, yonğoq mevalarini şoxlaridan qoqib terişning gaşti bölakça. Dalalarda yetilgan kartoşka, piyoz, sabzi, lavlagiyu turplarni kovlab, qazib qop-xaltalarga joylaşimiz — qiş fasli kelayotganidan darak berayotgandek göyo. Bu faslda oxirgi bedalar örilib, ötin tayyorlanib, qişga hozirlik körila boşlanadi. Mevalarning, ayniqsa, örik, olma qoqilarning zörligi-çi! Boldan şirin qovun tilimlaridan quritilgan va soç kabi örib qöyilgan qovun qoqining mazasi tilni yoradi-ya…
Tarvuzdan şirindan-şakar qaynatilgan şinnilar ham kuzning bir möʼjizasi. Bu faslda bobodehqon tomonidan uzumlar xomtok qilinib, tuproq ostiga yopiladi. Qurigan daraxtlar kesilib, yangisini ekişga hozirlik köriladi. Yerlar şudgorlanib, uruğ sepiladi. Qöyingki, barça yumuşlar kuz faslida jadallik bilan olib boriladi.
Kuz yomğirining ham öz gaşti bor. Keyin izğirinli şamol kelib, xazon yaproqlarini uçirib, ona yerga poyandoz töşaydi. Tumanlarda, qişloqlarda hosil bayramlari avj oladi. Hamma xursand. Hosildorlikning sönggi manzili bölgan bu möʼjizaviy fasl — bolalarning quvonçli bayrami, desak, adaşmagan bölamiz. Momolarimiz, onalarimiz ham bu oltin faslda, albatta, bekorga vaqt sarflaşmaydi. Hovlidagi gullarning uruğini ajratib olib, kelgusi yilga hozirlab, qurigan qurut va qoqilarni xaltalarga joylaş bilan maşğul böladi.
Oltin kuzning yana bir tarovati şundaki, odamga özgaça ruh bağişlaydi. Mana şu fasl bobodehqon-u mirişkorlar, boğbonga çarçoqlarini unutib, dam oliş imkoniyatini beradi. Mehnatlari samarasini, daromadini köriş baxtiga, quvonçiga yetkazadi. Oilasi davrasida bemalol çoy içib, gurunglaşib ötirişga fursat yaratadi.
Hosil bayramida bolajonlarimizning sunnat töylari ham avj oladi. Yana hamma xursand.
Hatto qişki kiyim libosigaça mana şu faslda tayyorgarlik körilib, taxt qilinadi. Oltin kuz haqida nemis yozuvçisi Gyote şunday taʼriflagan ekan: “Kuz — fasllar otaxoni. Çunki bahordan boşlab to kuzgaça qilingan işlar bu faslda öz natijasini, samarasini berib, kuz fasliga boş egib, aniqlab berganday göyo. Kuzning yana bir möʼjizasi şundan iboratki, bu fasl insonlarni mehnat va insoniylikka, baxt-saodatga çorlaydi”.
Oltin kuz fasli, hosil bayramlari, tökinlik, baraka oyi muborak bölsin, azizlar!
Ravşanbek UBAYEV.
Turkiston viloyati.
