Orzularim osmonda edi…
Yoşligimda: “Qaçon katta bölaman? Qaçon men ham katta-katta şaharlarga boraman?” deb xayolan özimga özim köp savollar berardim. Şu tariqa bolaligim Şerobodning çekka bir qişloğida ötdi. Mana, öşa kunlar keldi va men yurtimizning tarixiy şaharlariga bordim, kördim, bugun esa poytaxtimiz Toşkentda yaşayapman, öqiyapman va işlayapman.
Yaqinda 25 yoşga töldim. Inson ulğaygani sari taşvişu muammolari ortib boraverar ekan. Bolalik paytimda samolyotda uçişni juda istardim va istagimga yetdim. 2021 yil mart oyida Termiz – Moskva yönalişida Rossiya Federatsiyasiga uçdim: albatta, işlaş uçun. Musofirlik, özga yurtda pul topiş oson emas. Bir yildan köproq muddat Moskvada özbek milliy taomlari restoranida novvoyçilikni örgandim. Bunga köp vaqt ketmadi: bor-yöği 20-25 kunda uddasidan çiqdim.
Men uçun ota-bobom qilmagan novvoyçilik kasbi kundan-kunga yoqib qoldi. Işladim, pul topdim, lekin könglim tölmasdi. Sababi sinfdoş örtoqlarim oliy maʼlumotga ega bölib, maktab, kasalxona yoki bank sohasida işlay boşlagan edi. Şundan söng içimda kuçli isyon paydo böldi: “Tengdoşlarim kabi öqib, oliy maʼlumotli bölib yursam-çi?” degan maqsad tuğildi. Vaqt ötişi bilan Toşkentga qaytdim. Şu yerda iş topib işlab, öqişga topşirdim. Alloh omadimni berib, ötgan yili öqişga kirdim: Özbekiston Milliy universiteti talabasi bölişga muşarraf böldim.
Oilaviy şaroitim meni öqitişga yetmasdi. Şu bois ham işlab, ham öqib özimni eplaşga intildim. Ayni paytda poytaxtdagi kafelardan birida kassa xodimi bölib işlamoqdaman. Salkam ikki yil bölibdi: vaqt qançalar daryo kabi tez oqmoqda-ya!
Iş faoliyatim mobaynida köp qiziq va kulgili, ajablanarli, gohida qayğuli vaziyatlarga tez-tez duç kelaman. Eng qayğuli holat — yarim tun soat 01:00 yoki 02:00 bölişiga qaramay, içib mast bölgan, yarim yalanğoç kiyingan qizlar kirib kelaveradi. Ular pul uçun çet el fuqarolariga ergaşib yurişadi: biri xitoylik, biri turk, biri hind yigitlari bilan. Afsuski, bularning barçasi haqiqat. Hayronman — özbek qizlarining ibosi, hayosi, iffati şu darajada yöq bölib ketmoqdami, degan savol meni qiynaydi. Köçada, öqişda, işda şunday afsuslanarli holatlarni körib, şunda özimga aytaman: “Nahotki haqiqat qalampirdan aççiq bölsa?”
Şohrux RAJABOV,
ÖzMU 2-kurs talabasi.
