Özbekiston va Tojikiston ikki davlat taraqqiyotining ustuvor yönalişlarini muvofiqlaştirmoqda

image description

Xorijiy ekspertlar Tojikiston Prezidentining Özbekistonga davlat taşrifi yakunlarini ikki mamlakat

strategik şerikligini institutsionallaştiriş va mintaqada köp qirrali hamkorlikni rivojlantiriş

yölidagi muhim qadam, deb baholamoqda.

Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonning şu yil 26–27 mart kunlari Özbekistonga davlat taşrifi ikki mamlakat örtasidagi strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini mustahkamlaşda muhim bosqiç böldi. Taşrif doirasida davlat rahbarlarining muzokaralari, Oliy davlatlararo kengaşning birinçi yiğilişi bölib ötdi, sanoat kooperatsiyasi böyiça 10 ta qöşma loyihaning boşlanişi, savdo, sanoat, energetika, transport, fan va madaniyatni rivojlantirişga qaratilgan ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli töplami imzolandi.

Sammitda iqtisodiy kooperatsiyaga alohida eʼtibor qaratildi. Yetakçilar tovar ayirboşlaşni ikki milliard dollarga yetkaziş, transport va çegaraoldi infratuzilmasini kengaytiriş, sanoat işlab çiqarişini rağbatlantiriş va qöşma investitsiya loyihalarini ilgari suriş çora-tadbirlarini muhokama qildi. “Yaşil” energetika, suv obʼyektlarini raqamlaştiriş va hududlar örtasidagi transport-logistika boğliqligini mustahkamlaş borasidagi taşabbuslar hamkorlikning muhim jihati böldi.

Buxoro viloyatidagi “Merganteks” paxta-töqimaçilik klasteri tarkibidagi “Nigora” fabrikasida Özbekiston yengil sanoati imkoniyatlari bilan tanişiş taşrifning muhim voqeasi böldi. Prezidentlar ikki mamlakat yetakçi korxonalari örtasidagi kooperatsiyani kengaytiriş, qöşimça iş örinlari yaratiş va mahsulotlarning eksport salohiyatini oşiriş muhimligini qayd etdi.

Taşrifning madaniy-gumanitar dasturi Özbekiston va Tojikiston xalqlarining maʼnaviy yaqinligini tasdiqladi. Davlat rahbarlari Buxoroning tarixiy obidalari – Bahouddin Naqşband maqbarasi, Somoniylar maqbarasi, Ark qalʼasi, Poyi Kalon va Labi Hovuz ansambllarini ziyorat qildi, ikki mamlakat sanʼat ustalarining konsertida iştirok etdi. Bu, ekspertlarning fikriça, döstlik va madaniy meros muştarakligining ramzidir.

Syuy Tao,

Xitoy Davlat kengaşi huzuridagi Yevroosiyo ijtimoiy rivojlaniş instituti direktori örinbosari:

— Xitoy ekspert-tahlil doiralarida Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonning Özbekistonga davlat taşrifiga Markaziy Osiyodagi davlatlarning içki muvofiqlaşuvini mustahkamlaş yölining izçil rivojlanişi sifatida qaralmoqda.

Bu yerda gap ikki tomonlama voqea haqida emas, balki Markaziy Osiyo mamlakatlarining barqaror va institutsional özaro hamkorlik formatlariga ötişi bilan boğliq kengroq mintaqaviy dinamikaning namoyon bölişi haqida bormoqda.

Markaziy Osiyo mamlakatlari sönggi yillarda rivojlaniş va xavfsizlik masalalari böyiça kelişilgan yondaşuvlarni işlab çiqişga intilişlarini namoyiş etmoqda, bu esa mintaqa içida ham, taşqi hamkorlar bilan ham hamkorlikni çuqurlaştiriş uçun asos yaratmoqda.

Şunga köra, Özbekiston – Tojikiston aloqalarining faollaşuvi Xitoy tomonidan töplangan işonç va pragmatizm darajasining ifodasi sifatida qabul qilinadi.

Aleksandr Vorobyov, Rossiya Fanlar akademiyasi Şarqşunoslik instituti ilmiy xodimi, Jamoatçilik diplomatiyasi va jahon siyosatini tahlil qiliş markazi direktori, Rossiya xalqaro işlar kengaşi eksperti:

— Toşkentda bölib ötgan oliy darajadagi muzokaralar natijalarini ikki mamlakat munosabatlarida öta muhim deb baholaş mumkin, çunki taşrif davlat taşrifi maqomiga ega edi. Bir tomondan, Prezident Emomali Rahmonning taşrifi Özbekiston va Tojikiston örtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi vaqtda erişilgan çuqur xarakterini taʼkidladi. Tomonlar, asosan, Toşkent va şaxsan Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning faol pozitsiyasi tufayli köp narsaga erişdi.

Boşqa tomondan, uşbu taşrif ikki tomonlama aloqalarni, birinçi navbatda, savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada jadallaştirişga yangi va jiddiy turtki berdi, garçi tomonlar siyosiy muloqot va xavfsizlik sohasidagi muloqotni unutmagan bölsalar-da.

Birinçidan, ikki tomonlama munosabatlarning yanada institutsionallaşuvi yuz berdi – ikki mamlakat Oliy davlatlararo kengaşining birinçi yiğilişi bölib ötdi. Bu aloqalarni mustahkamlaş yölidagi katta qadamdir.

Ikkinçidan, oziq-ovqat, quriliş, töqimaçilik va çarm sanoatida önga yaqin yangi iqtisodiy loyihalarni amalga oşirişga kirişildi. “Oybek – Fotihobod” çegaraoldi savdo markazini taşkil etişni jadallaştiriş, tovarlarni sertifikatlaş va ruxsatnomalar almaşişning raqamli tizimlarini joriy etiş, çegara ötiş joylarini modernizatsiya qiliş töğrisidagi kelişuvlar savdo, sanoat kooperatsiyasi, ikki mamlakat işbilarmonlari va fuqarolarining özaro hamkorligini osonlaştirişi kerak.

26-27 mart kunlari erişilgan qarorlarning samarasi, albatta, darhol bölmaydi. Loyihalar uzoq muddatli xarakterga ega. Biroq istiqbolda bu ham Özbekiston va Tojikiston örtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlaydi, ham ularning iqtisodiyoti ösişiga, yangi iş örinlari yaratilişiga turtki beradi va umuman olganda, Markaziy Osiyoda mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlaydi.

 

Said Xolid Amir Jafri,

Janubiy Osiyo tahlili va xalqaro tadqiqotlar markazi direktori (Pokiston):

— Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonning Prezident Şavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Özbekistonga davlat taşrifi Markaziy Osiyodagi siyosiy-iqtisodiy yaqinlaşuv jarayonlarining mantiqiy davomi sifatida baholanişi mumkin.

Uşbu taşrif nafaqat Özbekiston va Tojikiston örtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlaş, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasidagi integratsiya jarayonlarini yangi, sifat jihatidan yuqori bosqiçga olib çiqiş nuqtai nazaridan ham alohida ahamiyatga ega.

Tojikiston va Özbekiston örtasida gidroenergetika va suv resurslarini boşqariş masalalari böyiça muloqotni izçil çuqurlaştiriş alohida ahamiyatga ega. Şunisi eʼtiborga loyiqki, bir neça yil oldin maʼlum ziddiyatlarni keltirib çiqargan mavzular bugungi kunda konstruktiv va özaro manfaatli tarzda hal qilinmoqda. Bu mintaqada özaro işonç darajasi sezilarli ösayotganidan dalolat beradi va Markaziy Osiyoning barqaror taraqqiyotini taʼminlaş uçun zarur bölgan hamkorlikning samarali institutsional mexanizmlarini şakllantirişga xizmat qiladi.

Pokiston uçun uşbu taşrifning ahamiyati kengroq geoiqtisodiy kontekstda qabul qildi. Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasidagi özaro boğliqlikning kuçayişi Pokiston uçun şimoliy yönalişda yangi tranzit va savdo imkoniyatlarini oçadi. Xususan, Markaziy va Janubiy Osiyoni temir yöl va avtomobil kommunikatsiyalari, jumladan, Afğoniston orqali ötadigan transport yölaklari orqali boğlaş taşabbuslari butun mintaqa uçun strategik ahamiyat kasb etmoqda. Şu nuqtai nazardan, Toşkent va Duşanbe örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş butun Yevroosiyo makonida logistika zanjirlarini diversifikatsiya qiliş va barqaror yetkazib beriş yönalişlarini şakllantirişga xizmat qiladi.

Prezident Şavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyoda tinçlik, xavfsizlik va yaxşi qöşniçilik muhitini şakllantirişdagi örni alohida strategik ahamiyatga ega. Özbekiston yetakçisining taşabbuslari bilan sönggi yillarda mintaqa mamlakatlari örtasida siyosiy muloqotning muntazam va institutsionallaşgan mexanizmlari yölga qöyildi, çegara va suv masalalari böyiça özaro maqbul yeçimlar topildi, savdo-iqtisodiy hamkorlik sezilarli darajada faollaşdi.

Gözal Maytdinova,

Geosiyosiy tadqiqotlar markazi direktori, tarix fanlari doktori, professor:

— Uşbu taşrif faqat ikki davlat munosabatlari doirasida emas, balki butun Markaziy Osiyodagi xalqaro munosabatlarga ham taʼsir körsatadi. Bunday hamkorlik aloqalari mintaqada davlatlar örtasidagi hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqmoqda.

Asosiy natijalardan biri “Mintaqa içida yetakçilik” modeli mustahkamlanayotganidir. Yaʼni Markaziy Osiyo davlatlari taşqi kuçlarga boğliq bölmasdan, özlari mustaqil ravişda hamkorlik tizimini şakllantirişga harakat qilmoqda.

Sönggi yillarda Özbekiston va Tojikiston örtasidagi aloqalar oddiy va qisqa muddatli hamkorlikdan çiqib, uzoq muddatli va tizimli şeriklikka aylandi.

Taşrifning eng muhim jihatlaridan biri – yangi hamkorlik mexanizmining işga tuşirilişi böldi. Yaʼni Toşkent şahrida Oliy davlatlararo kengaşning birinçi yiğilişi bölib ötdi. Bu tuzilma ikki davlatga muhim qarorlarni birgalikda qabul qiliş, harakatlarni muvofiqlaştiriş va umumiy strategiya asosida iş yuritiş imkonini beradi.

“Dunyo” AA.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan