Taʼlim va innovatsiya uyğunligi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, çorvaçilik va biotexnologiya universitetining Nukus filiali tajribasi

Mamlakatimizda veterinariya va çorvaçilik sohasida malakali, raqobatbardoş mutaxassislar tayyorlaşga katta eʼtibor berilmoqda. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, çorvaçilik va biotexnologiya universitetining Nukus filiali Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 13 noyabrdagi 926-sonli qarori asosida taşkil etilib, keyinçalik Prezidentimizning 2022 yil 31 martdagi “Veterinariya va çorvaçilik sohasida kadrlar tayyorlaş tizimini tubdan takomillaştiriş töğrisida”gi qaroriga muvofiq yangi bosqiçda rivojlanişini davom ettirdi.

Dastlabki yillarda 4 ta taʼlim yönalişi böyiça jami 40 nafar talaba tahsil olgan bölsa, bugungi kunda 16 ta taʼlim yönalişi va 6 ta magistratura mutaxassisligi böyiça 1000 nafardan ziyod talaba sifatli taʼlim olmoqda. Bu körsatkiçlar filialning taʼlim imkoniyatlari kengayib borayotganini yaqqol körsatadi.

Ilmiy-pedagogik salohiyat ham sezilarli darajada ösdi. Dastlabki yillarda ilmiy salohiyat 32 foizni taşkil etgan bölsa, bugungi kunda bu körsatkiç 54 foizga yetgan. Professor-öqituvçilar soni 10 nafardan 58 nafarga köpayib, ular orasida yoş olimlar soni ham ortib bormoqda.

Filialda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimi ham izçil rivojlanib kelmoqda. Agar 2021-2023 yillarda jami 3 nafar tayanç doktorant ilmiy tadqiqot olib borgan bölsa, bugungi kunda 23 nafar doktorant va tadqiqotçi ilmiy işlar bilan şuğullanmoqda. Sönggi yillarda “PhD” va “DSc” darajalarini himoya qiliş böyiça ham sezilarli natijalarga erişildi. Xususan, 2024 yilda 5 nafar professor-öqituvçi va tadqiqotçilar falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini muvaffaqiyatli himoya qilgan bölsa, 2025 yilda 8 nafar falsafa doktori (PhD) va 2 nafar fan doktori (DSc) dissertatsiya işlarini muvaffaqiyatli yoqladi. Joriy yilda veterinariya va qişloq xöjaligi böyiça 6 ta falsafa doktori (PhD) va 1 ta fan doktori (DSc) dissertatsiya işlarini himoya qiliş rejalaştirilgan.

Ilmiy-tadqiqot işlari natijalari böyiça respublika va xalqaro miqyosda maqolalar, monografiyalar, darsliklar va metodik qöllanmalar soni keskin oşdi. Şu bilan birga, “Scopus” va “Web of Science” bazalarida eʼlon qilingan ilmiy maqolalar soni ham köpayib bormoqda.

Filial bitiruvçilaridan ayrimlari Xitoy Xalq Respublikasining Qişloq xöjaligi universiteti, Rossiya Federatsiyasining Perm davlat agrotexnologiyalar universiteti hamda Qozoğiston davlat agrar tadqiqot universitetida grant asosida magistraturada öqişini davom ettirmoqda.

Filial professor-öqituvçilari orasidan “Özbekiston Respublikasi veterinariya fidoyisi”, “Özbekiston Respublikasi çorvaçilik fidokori” kökrak nişoni bilan, “Özbekiston Respublikasi qişloq xöjaligi fidoyisi”, “Vatan fidoyisi”, “Umid uçquni”, “Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” va “Özbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nişonlari bilan taqdirlanganlar bor.

“Islom taraqqiyot banki” mablağlari hisobidan 22 nomdagi umumiy qiymati 363,5 mln söm bölgan “Biologiya” öquv-laboratoriyasi uçun, Germaniya xalqaro hamkorlik taşkiloti (GIZ) loyihasi doirasida umumiy qiymati 210,0 mln söm bölgan laboratoriya mebeli va asbob-uskunalar olib kelingan.

Bu yil esa filialda Xalqaro taraqqiyot uyuşmasi hamda Xalqaro tiklaniş va taraqqiyot banki tomonidan moliyalaştirilgan “Çorvaçilik sohasini rivojlantiriş (2-bosqiç)” loyihasi doirasida 585 ming AQŞ dollari miqdoridagi “Veterinariya klinikasi va vivariy” ilmiy laboratoriyasi qurilişi amalga oşirilişi rejalaştirilmoqda.

Ilm dargohida innovatsion loyihalarga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xalqaro grantlar, xususan, “Zoonoz kasalliklarining oldini oliş va ekotizimlarni tiklaş” mavzusida 1 million AQŞ dollari miqdoridagi grantning qölga kiritilişi — bu katta yutuqdir.

Moddiy-texnik baza ham bosqiçma-bosqiç yangilab borilmoqda. Zamonaviy laboratoriyalar, öquv xonalari, talabalar uçun qulay şaroitlar yaratilmoqda. Tez orada 400 örinli talabalar turar-joyi foydalanişga topşiriladi.

Rossiya, Belarus, Qozoğiston, Xitoy, Pokiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkiya, Eron, Polşa, Möğuliston davlatlari oliy öquv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan 30 dan ortiq hamkorlik memorandumi va şartnomalar imzolandi. Bu talabalar va professor-öqituvçilar uçun yangi imkoniyatlarni oçmoqda.

Talabalarimiz nafaqat taʼlimda, balki ilm-fan, madaniyat va sport sohalarida ham yuqori natijalar körsatmoqda. Respublika olimpiadalari, xalqaro tanlovlarda ğoliblikka erişib, Prezident va nomdor stipendiyalar sohiblari safidan joy olmoqda.

Ötgan yillar davomida filialimizning 30 dan ortiq talabalari respublika olimpiadalarida faxrli örinlarni qölga kiritgan bölsa, 3 nafar talabamiz “Umid uçquni” kökrak nişoni bilan taqdirlandi. Şuningdek, 2018-2026 yillar oraliğida 17 nafar talabamiz Özbekiston Respublikasi Prezidenti va nufuzli davlat stipendiyasi sohibi, 1 nafar talaba Özbekiston Kasaba uyuşmalari federatsiyasi stipendiyasi sohibi bölib, öz bilim va iqtidorini namoyon etdi.

Talabalarimiz 2025 yilda Qişloq xöjaligi vazirligi tomonidan taşkil etilgan “Yoşlar va innovatsion qişloq xöjaligi” tanlovida faxrli 1-örinni egallab, Yevropaga sayohat yöllanmasini qölga kiritdi.

Özbekiston Respublikasi miqyosida ötkazilgan “Raqamli avlod qizlari” tanlovining final bosqiçida 1 nafar talabamiz ğolib deb topildi va Xitoy davlatida tajriba almaşib qaytiş yöllanmasini qölga kiritdi.

Talabalarimiz har yili Qoraqalpoğiston Respublikasidagi Oliy taʼlim muassasalari talabalari örtasida ötkazilgan “Munozara-debat” tanlovida 1-örin va “Maʼrifat maydoni” tanlovida 2-örin, “Talabalar ligasi” sport musobaqasida badminton böyiça 3-örin, “Beş taşabbus olimpiadasi” doirasida 2-örin, 2025 yil noyabr oyida Qoraqalpoğiston Respublikasidagi Oliy taʼlim muassasalari örtasida “Kiberxavfsizlik oyligi” doirasida ötkazilgan videoroliklar tanlovida 3-örinni egallagan bölsa, yana bir talabamiz Farğonada ötkazilgan sportning pnevmatik quroldan öq otiş böyiça Özbekiston kubogida 1-örinni egallab “Sport ustasi” unvonini olişga muvaffaq böldi. Hozirgaça filialda talabalarimiz orasidan sportning jang sanʼati turi böyiça Osiyo çempionlari yetişib çiqdi.

Muxtasar aytganda, filialimiz bugungi kunda zamonaviy taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalarni uyğunlaştirgan ilğor taʼlim maskaniga aylandi. Oldimizda turgan asosiy maqsad — xalqaro standartlar darajasida raqobatbardoş kadrlar tayyorlaş, ilmiy tadqiqotlarni çuqurlaştiriş va jamiyat rivojiga öz hissamizni qöşişdan iborat.

Biz bu yölda barça imkoniyatlarni işga solib, yangi yutuqlarga erişişni davom ettiramiz.

Adilbay YESIMBETOV,

biologiya fanlari doktori, professor,

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,

çorvaçilik va biotexnologiya universiteti

Nukus filiali direktori.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan