Ka'baga piyoda borishni ahd qilgan kishi haqida

The black building of the kaaba in mecca. Kaaba with moon. Mecca,Saudi Arabia.

Anas ibn Molik roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam ikki o'g'lining o'rtasida ularga suyanib ketayotgan bir cholni ko'rib: “Bu kishiga nima bo'lgan?” – dedilar. O'g'illari: “Makkaga piyoda borishni ahd qilganlar”, – deb aytishdi. Janob Rasululloh: “Alloh taolo bu kishining o'zini-o'zi azoblashidan behojatdir, ulovga minib borsin!” – dedilar”.

* * *

Uqba ibn Omir Juhaniy roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: “Singlim Baytulloh (Ka'ba)ga yayov borishga ahd qilib, Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan bu haqda fatvo so'rab berishimni iltimos qildi. Men Janob Rasulullohdan fatvo so'ragan edim: “Yayov ham yursin, ulov ham minsin!” – dedilar”.

“Sahihi Buxoriy”dan.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

three × two =