Dunyo “pulsi”ga quloq tutib
Istiqlolning dastlabki yillarida yoş suveren davlat oldida turgan bir-biridan muhim, keçiktirib bölmas vazifalarning har biri öz yeçimiga öta masʼuliyat bilan yondaşiş, yagona töğri yeçimlarni topiş, xalqona til bilan aytganda, yetti ölçab, bir kesişni talab etar, ammo vaqt bunga izn bermasdi. Jumladan, öta tiğiz şaroitda davlatimizning mustaqil taşqi siyosati asoslarini yaratiş va yölga qöyiş, Özbekistonni birinçilardan bölib tan olgan davlatlarda elçixona, vakolatxonalar oçiş, elçi, konsul va boşqa diplomatiya kadrlarini tayyorlaş kun tartibiga çiqqandi.
Mubolağasiz aytiş mumkinki, bu borada tajribasiz emasdik. Uluğ mutafakkir bobomiz Alişer Navoiy şoir, davlat arbobi böliş bilan birga, elçi, yaraştiruvçi, keliştiruvçi, bugungi til bilan aytganda, mahoratli diplomat ham edi. Nuriddin Muhiddinov, Sarvar Azimov, Ubaydulla va Bahodir Abdurazzoqovlar öz vaqtida favqulodda va muxtor elçilikka doir katta tajribaga ega bölişgan. Endi esa suveren davlatning içki va taşqi siyosati asoslari, maqsad va muddaosi, tanlagan yölini dunyo davlatlari orasida tarğib qila oladigan, ayni çoğda davlatlararo madaniy-maʼrifiy, ijtimoiy-siyosiy hamda iqtisodiy aloqalarni yölga qöyişda faollik körsatişga qodir kadrlar kerak edi. Ne baxtki, bu muammolarni hal etişda jiddiy qiyinçilikka duç kelinmadi. Uzoq-uzoqlarda birin-ketin oçilayotgan mamlakatimiz elçixonalari, boş konsullik idoralari şijoat bilan işga kirişişdi. Taniqli jurnalist, izlanuvçan, kuzatuvçan kasbdoşlarimizdan biri Abror Ğulomov diplomatiya sohasidagi faoliyatini ayni şu yillarda boşladi.
Mehnat faoliyatini “Toşkent haqiqati” gazetasida oddiy muxbirlikdan boşlagan Abror Ğulomov mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki yillarida milliy istiqlol mevasi bölmiş “Jahon” axborot agentligiga rahbarlik qildi. Keyin ön bir yil davomida Özbekistonning Istanbuldagi konsulxonasini boşqardi. Aytişga oson. Abrorning özi yozganidek, u yillari yoş jamiyatimiz endi-endi oyoqqa turib, xalqaro maydonda maʼlum tajriba orttirayotgan, mamlakat taşqi siyosatini, özaro diplomatik aloqalarni yölga qöyiş borasida tayyor andozaning özi yöq paytlar edi.
Abror şiddat bilan işladi, diplomatiya sohasida tajribali mutaxassislardan biriga aylandi, ikki turkiy davlat örtasida yuzaga kelgan sovuqqonlik holatini yaxşilaşga, ikki tomonlama manfaatli hamkorlik aloqalarini yölga qöyişga öz hissasini qöşdi. Toşkentga qaytgaç, öquvçilarga özining dastlabki kitobi — “Istanbul daftari”ni hadya qildi. Uşbu kitobda keltirilgan köp maʼlumotlar kitobxonlarni olis tarixda sodir bölgan buyuk muhoraba haqiqatlariga yaqinlaştiradi. Öquvçi sifatida men “Özbek xonlari va Usmonli sultonlari”, “Argo” operatsiyasi qahramoni Rözi Nazar”, “Abdulla Oripov saboği”, “Kenja Soğuniy nima deydi?”, “Köniyo. Mavlonoga taʼzim” bölimlaridan köp narsa oldim, vafoti oldidan Özbekistonga kelib, muqaddas qadamjolarda el-yurtiga röşnoliklar tilab tilovat qilgan Turğut Özalni, vatansizlikda ellik ikki yil yaşab, ona yurtiga qaytgan Rözi Nazarni esladim. Taniqli vatandoşimiz Sobir Sayhonga bağişlangan sahifalarni soğinç hissi bilan öqidim. Yon daftarimga: “Vatan muhabbati dilga jo bölsa, olislarda turib ham unga sidqidildan xizmat qiliş mumkin”, deb yozib qöydim.
Kitobda taqdir taqozosiga köra özga mamlakatlarda qolib ketgan köplab yurtdoşlarning taqdiri, soğinçi yurakni larzaga soluvçi mitti hikoyaçalar misolida oçib beriladi. Ular taʼsirida kitobning sönggi sahifasiga yetib kelganingizni sezmay qolasiz.
Abror Ğulomov şu bilangina kifoyalanmadi. Mana, bir neça yildirki, ijtimoiy tarmoqlarda töxtovsiz, tinimsiz dunyoda keçayotgan eng muhim va çigal voqea-hodisalarni xolislik, professionallik va hozirjavoblik bilan şarhlab kelmoqda. Xalqimizda “Çumçuq söysa ham qassob söysin”, degan maqol bor. Bugun dunyo mintaqalarida keçayotgan talotöpli mojarolarni juda köplar şarhlamoqda. Telekanallar bu iş bilan ertayu keç band desak, mubolağa bölmaydi. Ammo bu şarhlarning aksariyati maʼlum bir tomonning, özini hamişa haq deb hisoblaydigan davlat yoki guruhning şaxsiy manfaatlariga moslaştirilgani bois, odamni çalğitadi. Kim haq, kim nohaq, mojaro ildizlari qayerda, yeçim yöllari bormi — bu kabi savollar savolligiça qolib ketmoqda. Yaqin-yaqingaça televideniyemizda “Bugun olamda nima gap?”, “Dunyo voqealari” kabi siyosiy şarh körsatuvlari bölardi, köpçilik ularni intiqib tomoşa qilişardi. Jurnalistlar orasidan taniqli şarhlovçilar yetişib çiqqandi. Bugun ayni şunday körsatuvlarga ehtiyoj katta, desam, xato qilmagan bölaman. Abror Ğulomov va boşqa qator hamkasblarimiz elçilik, konsullik tajribalari bilan şu işni boşlab bersalar, ayni muddao böladi. Çunki xalqaro şarh madaniy yoki iqtisodiy şarh kabi jurnalistikaning qon tomirlaridan biri. Şu bois bu yönaliş mamlakatimizning köplab oliygohlari jurnalistika fakultetlarida alohida fan sifatida öqitiladi. Şunday ekan, bu boradagi tajribalardan samarali foydalaniş zarur.
Şunday mulohazalar könglimdan ötib turganida Abror Ğulomovning “Istanbul daftari”, “Eʼtiqodni afzal bilib”, “DUNYO: nimalar bölyapti özi?”, “Rossiya — Ukraina: birodarkuşlik dramasi” asarlaridan söng naşrga tayyorlagan yangi kitobi — “Dunyo “pulsi”ga quloq tutib”ning qölyozmasini öqib çiqdim. Yuqorida bildirgan istaklarim maʼlum maʼnoda amalga oşayotganidan xursand böldim. Oddiy sözlaşuvda “puls” sözini “tomir” sözi bilan almaştirsa böladi. Xöş, dunyo mamlakatlari tomirlarida bugun nima gap, nima holat? Kurrai zaminning yurak yurişi, harorati qay darajada? Qayerda qanday muammo bor? Tuzatiş, yangi, eski jarohatlarning oldini oliş uçun nima qiliş kerak? Oçiqroq aytsak, köpçilik tinç-totuv asri böladi deb umid qilgan yangi yuz yillikning dastlabki çoragi adoğida nimalar bölyapti özi? Dunyo qonli mojarolar girdobiga heç qaçon bugungidek ğarq bölmagan edi-ku!
Muallif ayni şu savollar girdobida yaşaydi — dunyo voqealarini sinçkovlik bilan kuzatadi, fikr bildiradi, köp hollarda fikr, munosabat bildirişni öquvçining öziga qoldiradi: “Umidlarni sarobga aylantirgan sammit”, “Hindiston-Pokiston uruş yoqasida”, “Dunyoni özgartirayotgan ŞHT”, “AQŞ-Suriya”: hali töla işonç yöq”, “Beqarorlik Fransiya çegarasidan oşişi mumkin”…
Bu kitobni heç ikkilanmay köp nusxada naşr etiş va jurnalistika fakultetlari qöşimça öquv dasturlariga kiritiş mumkin, degan fikrdaman. Kitobni öqigan köplab kasbdoşlarimiz ham şunday fikrga kelişlariga işonçim komil.
Ahmadjon MELIBOYEV,
Özbekistonda xizmat körsatgan
jurnalist.
