Har birimiz bitta Özbekistonmiz!

Sayyora Töyçiyeva

Muallif haqida:

Sayyora TÖYÇIYEVA Jizzax viloyati Jizzax tumanida tuğilgan.

“Vafo bölib uyğonaman”, “Men seni qizğonaman”, “Közlaringni soğinaman”, “Elim”, “Sanamgina”, “Suyanganim söz böldi”, “Şarofnoma” nomli şeʼriy, “Buyuk inson boşlagan yöl”, “Munavvar zamin”, “Iftixor”, “Vodiylarni yayov kezganda” nomli nasriy töplamlari çop etilgan.

Şeʼrlari rus, ingliz, turk, ozarbayjon, qozoq, tojik, qirğiz tillariga tarjima qilingan. Sevimli xonandalarimiz tomonidan kuylanayotgan “Sanamgina”, “Elim”, “Özbekiston”, “Opajonim, dardlaşgani keling”, “Javohirim”, “Muhabbat” singari 200 ga yaqin qöşiqlari milliy qöşiqçiligimiz oltin fondidan joy olgan.

1999 yilda “Şuhrat” medali, 2022 yilda “Döstlik” ordeni bilan taqdirlangan.

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi ­aʼzosi, falsafa fanlari doktori, professor.

XALQIM

 

Xalqim, noming baland, şarafing baland,

Hamişa talpinding nurga, ziyoga.

Olamga tatirlik halol rizq bilan —

Halol farzandlarni berding dunyoga.

 

Xalqim, niyatlari uluğ donişim,

Niyatga munosib — iqboling bekam.

Özbek deganlari katta xalq erur,

Şul sabab uluğdir farzandlari ham.

 

Bir gul boğ bölmagay, şunday maqol bor —

Temur şiddatidan kuç olgan jonmiz.

Yuragida Vatanni kötarib yurgan —

Har birimiz bitta Özbekistonmiz!

 

Oşiqona

 

Darding bilan kuyib yursam,

Kuyib yursam, suyib yursam,

Raşkdan bezib, töyib yursam,

Faqat seni körib tursam.

 

Malomatdan çiqmay boşim,

Hijron bölsa içgan oşim,

Öşandayam ehtiyojim —

Faqat seni körib tursam.

 

Isming aytib ursa yurak,

Borligingdan berib darak,

Menam tirikdirman, demak,

Faqat seni körib tursam.

 

Muhabbat öt, muhabbat oh,

Sendami yo menda gunoh,

Ey bebaho, kiyiknigoh,

Faqat seni körib tursam.

 

Xavotirmi, xayol bölib,

Gumonu ehtimol bölib,

Keyin sirli savol bölib,

Faqat seni körib tursam.

 

Sezmay qolsa döstu ğanim,

Yolğiz seni izlaganim,

Umrim böyi tilaganim,

Faqat seni körib tursam.

 

Közlaringni soğinaman,

Çöğsiz, olovsiz yonaman,

Qabrimdayam uyğonaman,

Faqat seni körib tursam.

 

Izingga termilib yursam,

Özingdan örgilib yursam,

Senga bandi bölib yursam,

Faqat seni körib tursam,

Körib tursam,

Körib tursam,

Körib tursam…

 

EY, BEBAHO…

 

Ey, bebaho, bağrikeng inson,

Sizni desam, yaşnaydi jahon,

Yölingizga közim nigoron,

Sizni juda yaxşi köraman.

 

Oftob nima, raftoringizmi?

Abri nayson bahoringizmi,

Yo raşki beqaroringizmi?

Sizni yomon yaxşi köraman.

 

Yolğon dunyo yolğonlaridan,

Töyib kuz-u xazonlaridan,

Köngli buzuq yomonlaridan,

Sizni yomon yaxşi köraman.

Ellik, oltmiş, saksonga borib,

Atirgulning ğunçasin yorib,

Şeʼr aytaman sizga yolvorib,

Sizni yomon yaxşi köraman.

 

Olov rangli bayotim haqqi,

Işq atalgan savodim haqqi,

Umrim haqqi, hayotim haqqi,

Sizni yomon yaxşi köraman.

 

Közi bilan dardim olganim,

Yuragimga köprik solganim,

Bilib-bilmay sevib qolganim,

Sizni yomon yaxşi köraman.

 

Birinçi muhabbatim

 

Gulxanmidi, olovmidi, çaqmoqmidi,

Maqsading ne, iç-içimni yoqmoqmidi?

Ahvolimni körib, maʼyus oqmoqmidi,

Ne sir bordir közlaringning qorasida?

 

Men bir gulman, iforlari senga yetmas,

Şaftolirang bahorlari senga yetmas,

Ikki dunyo munojotim endi bitmas,

Suratim bor yuragingning yarasida.

 

Muhabbatman tirnoğimdan soçimgaça,

Sadoqatman senga to ming yoşimgaça,

Isming yozib qöyib qabr toşimgaça —

Şeʼr aytaman sözlarimning sarasida.

 

Qölim çözsam, osmonlar ham keldilar past,

Mendan baxtli oyoqlaring ostida xas.

Ey bebaho, ey bevafo, sohir nafas —

Senday yigit bormikan yer kurrasida?

 

Ham suyganim, ham kuyganim, jonu dilim,

Jonu dilim desam, bağrim tilim-tilim,

Bir-biriga yetolmagan ayt, sevgilim,

Bizdaylaram bormikan el orasida?

 

QORAKÖZ

 

Osmon uzoq, yer qattiq, qandoq qilay, qoraköz,

Men aytmoqçi şeʼr qattiq, qandoq qilay,

qoraköz?

Peşonangga siğmagan yarimta dil ayolman,

Ketay desam, gör qattiq, qandoq qilay, qoraköz?

 

Sen bir olis yulduzsan, yetolmadim, qoraköz,

Köngil uzib va lekin ketolmadim, qoraköz.

Ikkimizga armondir sehr töla çimildiq,

Çimildiqning sehrini yutolmadik, qoraköz.

 

Közdan oqar böldilar jolalarim, qoraköz,

Böğzimda qotib qoldi nolalarim, qoraköz.

Sen birovning yorisan, sen birovning panohi,

Omon bölsin baxtingga bolalaring, qoraköz.

 

Ötinç

 

Bahorlar şamolin asraydi,

Yulduzlar hilolin asraydi,

Buloqlar zilolin asraydi,

Özingni men uçun asragin.

 

Tiriklik eng buyuk inoyat,

Sevgisiz yaşamoq jinoyat,

Azizim, bu dunyo omonat,

Özingni men uçun asragin.

 

Kipriging ostidan topay jon,

Qoningda köpirsin işq, isyon,

Öttizga kirmagan navqiron,

Özingni men uçun asragin.

 

Rözğorim but bölsin desang gar,

Baraka, qut bölsin desang gar,

Qiblam şu yurt bölsin desang gar,

Özingni men uçun asragin.

 

Şeʼrlarim dengizdan bir qatra,

Har kuni esga ol ming karra,

Beajal ölmasin Sayyora,

Özingni men uçun asragin.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan