Yoşlarga eʼtibori baland edi

Örta maktabda öqib yurgan paytimizda Özbekiston televideniyesi orqali “Uluğbek xazinasi” romani asosida işlangan köp qismli telespektakl namoyiş etilgan edi. U vaqtlarda “serial” yoki “videofilm” degan tuşunçalar yöq edi. Rejissyor Maqsud Yunusov bu asarni ekranga olib çiqar ekan, öşa davr talablaridan kelib çiqib, uni telespektakl deb atagan. Keyinçalik “videofilm” tuşunçasi isteʼmolga kirgaç, bu asar köp qismli videofilm deb ataladigan böldi.

“Uluğbek xazinasi” zangori ekran orqali xalqimizning turli qatlamlarini öziga jalb etdi. Özbekistonning har bir göşasida, şuningdek, qöşni respublikalarning mamlakatimizga yondoş viloyatlarida deyarli hamma uşbu asarning biror qismini ham qoldirmay tomoşa qilardi.

Adib Odil Yoqubov qalamiga mansub, buyuk astronom va matematik, davlat arbobi, temuriylar sulolasining uluğ hukmdori Muhammad Tarağay Mirzo Uluğbekning maʼrifatparvarlik ğoyalari, fojiali taqdiri va boy merosidan hikoya qiluvçi uşbu tarixiy roman asosidagi televizion asarni xalqimiz juda katta qiziqiş bilan körgan. Men öşanda boşlanğiç sinfda öqisam-da, har kuni maktabda tengdoşlarim bilan asardagi voqealar rivojini muhokama qilganlarimiz esimda. Asardagi Xurşidabonu obrazi taʼsirida atrofimdagilar mening ismimga ham “bonu” sözini qöşib olişgandi. Ayniqsa, sinfdoş öğil bolalar “Xurşidabonu”, “Bonu” deb çaqirib, ğaşimga tegişga harakat qilişardi. Hozirgaça “Bonu” mening ikkinçi ismimdek bölib qolgan.

Ösmirlik paytimizda sinfdoş dugonalarim bilan kutubxonaga aʼzo bölganmiz. Özaro sevimli yozuvçi va şoirlarimiz haqida suhbatlaşardik. “Mening sevimli yozuvçim — Odil Yoqubov, sevimli şoirim — Abdulla Oripov”, der edim men. Dadam Vahobjon Rahimov öqituvçi bölib, kitobga muhabbati juda kuçli edi. Uyimizda boy kutubxonamiz bor edi. Dadam ham Odil Yoqubov kabi uruş qatnaşçisi va yozuvçi bilan tengdoş edi. Oilamizda bizning qiziqişlarimiz hamişa qöllab-quvvatlangan. Sevimli adibim Odil Yoqubovning “Uluğbek xazinasi”dan taşqari, ikki buyuk olim — Beruniy va ibn Sinoning bolaligi, yoşlik yillari hamda ularning ilm-fan rivojiga qöşgan hissasi haqidagi “Köhna dunyo” tarixiy romanini, or-nomus, halollik, imon-eʼtiqod, jamiyatdagi maʼnaviy muammolar yoritilgan, ijtimoiy talqini ustuvor bölgan “Diyonat” romanini, şuningdek, muhabbat mavzusidagi “Muqaddas” qissasini sevib öqib çiqqanman.

Ösmirlik ong-idrokimda atoqli adiblar hamişa diyonat, insoniylik va uluğvorlik timsoli bölib gavdalangan. Keyinroq bu adiblar bilan uçraşib, suhbatlaşganimda angladimki, Alloh ularning maqomini bejiz yuksaltirmas ekan. Kamtarlik, samimiylik, fidoyilik kabi xislatlar ularni uluğlik darajasiga yetkazadi. Şu sababli ham Yaratgan ularni tanlangan va taniqli insonlar sifatida saralab oladi.

Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika instituti (hozirgi Özbekiston Milliy pedagogika universiteti)da öqib yurgan kezlarimda maşhur adiblar bilan uçraşuvlar bölib turardi. Lekin ularning oldiga borib, yaqindan gaplaşişga botina olmasdim. Xullas, sevimli yozuvçim Odil Yoqubovni Toşkentdagi “Turkiston” saroyida uçratib qoldim. Bu 1997 yilning bahori edi. Qizim Guljahonni yetaklab olgandim. Şeʼriy maşqlarim yozilgan daftarim yon sumkamda edi.

— Assalomu alaykum, ustoz! Men sizning asarlaringizni sevib öqiyman. Özim ham ijod qilaman, yozgan şeʼrlarimni sizga körsatmoqçi edim, — dedim.

— Va alaykum assalom, qani, kiringlar, — dedi ustoz Odil Yoqubov.

U kişi qoraqalpoq adibi Tölepbergen Qayipbergenov bilan suhbatlaşib ötirgan ekan.

— Qayerdan keldingiz?

— Andijondan.

— Qani, şeʼringizdan öqing-çi.

Bitta şeʼr öqidim. “Yana bitta öqing”, dedi ustoz adib. Yana öqidim. Şundan keyin heç söz demay, darrov telefon göşagini oldi-da, kimgadir qönğiroq qildi. “Murod, hozir oldingga andijonlik Xurşida degan qiz boradi. Şeʼrlari juda samimiy ekan, yordam berib yubor”, dedi.

Keyin ikki zabardast adib menga “Matbuotçilar uyi” manzilini tuşuntira boşlaşdi. Tölepbergen oğa gap qöşdi:

— Odil aka, xizmat maşinangiz olib borib qöysa-çi?

— Maşinam iş bilan ketgan edi-da, — dedi Odil aka.

Ustoz öşa paytda Markaziy Osiyo xalqlari assambleyasining vitse-prezidenti vazifasida bölib, Assambleya prezidenti Çingiz Aytmatov edi.

Şunday qilib, men ularga “Matbuotçilar uyi”ni topib bora olişimni, özim Toşkentda öqiganimni aytdim, minnatdorçilik bildirib, ketişga çoğlandim. Odil aka esa mehr bilan qizimning qöliga şirinliklar tutqazdi. Birinçi marta suhbatlaşgan odamiga şunçalik eʼtibor va mehribonlik körsatişgani meni öşanda hayratda qoldirgan edi. Könglimdan: “Maşhur adiblar şunaqa olijanob, eʼtiborli, samimiy bölişar ekan-da. Şuning uçun ham ular uluğlik darajasiga erişar ekan”, degan xayol ötgandi.

“Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi tahririyatida meni gazeta boş muharriri örinbosari, taniqli publitsist Murod Abdullayev kutib oldi.

— Odil Yoqubov jönatgan qiz sizmisiz? — dedi. Öşa vaqtda gazetaning Nazm va nasr bölimi mudiri vazifasida işlayotgan şoir Rustam Musurmonni huzuriga çaqirdi.

— Rustam, bu şoiraning şeʼrlarini öqib köring-çi, maʼqulmikan? — deb unga daftarimni uzatdi.

Tik turgan holda şeʼrlar bilan tanişgan Rustam aka: “Maʼqul”, dedi.

— Maʼqul bölsa, xonangizga çiqib, şoiraning qölyozmalarini va manzilini yozib oling, — dedi Murod Abdullayev.

Şunday qilib, şeʼrlarim “Yangi nomlar” rukni ostida respublikaning eng nufuzli adabiy naşri — “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasining kelgusi sonida eʼlon qilindi. Vaholanki, ança vaqtdan buyon ijodiy maşqlarim viloyat gazetasida navbat kutib turgan edi…

Şundan keyin “Yozuvçi”, “Maʼrifat”, “Özbekiston ovozi”, “Andijonnoma”, “Xolis” gazetalarida birin-ketin şeʼrlarim bosildi.

1998 yilning bahorida öğlim bilan yana Toşkentga yöl oldim. Odil Yoqubov hamda Murod Abdullayevga andijonlik döppidözlar qöli bilan ipakdan tikilgan döppilar olgan edim. Avval “Matbuotçilar uyi”ga bordim. Murod aka meni Odil Yoqubovning oldiga — Mustaqillik maydonidagi Assambleya joylaşgan binoga olib bordi. Bu vaqtda ular “Turkiston” saroyidan şu joyga köçişgan ekan. Yölda Murod aka:

— Xurşida, birinçi kitobingizga şeʼrlarni jamlab, tayyorlab qöyganingizni Odil akaga aytamiz, — dedi.

Ustoz Odil Yoqubov bizni qarşi olar ekan, suhbat orasida:

— Mana, bir yilda şeʼrlaring kattalar eʼtiboriga tuşdi. Ertaga Baynalmilal madaniyat markazida Markaziy Osiyo xalqlari şoir va oqinlarining katta muşoirasi böladi, qatnaşasanmi? — dedi.

Bunday eʼtibordan xursand bölib ketganimdan hozirjavoblik bilan:

— Ha, albatta! Siz şunga munosib körsangiz, qatnaşaman, — dedim.

Orada Murod aka:

— Odil aka, Xurşida ilk kitobiga şeʼrlarini tayyorlab kelibdi, — dedi.

Odil aka esa öz odatiga köra, indamasdan “Yozuvçi” naşriyoti direktori, adib Hojiakbar Şayxovga, keyin Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisining birinçi örinbosari, şoir va yozuvçi Yöldoş Sulaymonga qönğiroq qildi (aslida, har ikki adib uluğ ustozning şogirdlari edi). Hojiakbar akaga kitobimni naşr etib berişini, Yöldoş Sulaymonga esa naşriyotga Uyuşmadan kitobni naşrga tavsiya etib, xat tayyorlab yuborişini tayinladi.

Ertasiga Toşkentning Beşyoğoç dahasida joylaşgan Baynalmilal madaniyat markaziga bordim. Muşoirada Özbekiston ijodkorlari safida qatnaşdim. “Nasim oğuşida” degan şeʼrimni yoddan öqidim. Aytişlariça, eng köp qarsak mening şeʼrimga çalinibdi. Hayajonda özim buni payqamaganman. Şuning uçun bölsa kerak, hayʼat meni “Eng yorqin şeʼr muallifi” deb eʼlon qildi. Qisqasi, muşoira ğolibi böldim.

Muşoira tugagaç, Abdulla Oripov, Oydin Hojiyeva, Hojiakbar Şayxov, Normurod Narzullayev kabi köplab ustoz adiblar bilan körişdim.

Abdulla Oripov:

— Andijondan atay keldingmi? — dedi. “Ha” deb javob berdim. — Ertaga Uyuşma oldiga kelsang, avtobus böladi, Dörmonda Navröz bayrami nişonlanadi, albatta qatnaşgin.

Dörmondagi Ijod uyida “behuda keldimmikan?” deb bir çetda tortinib ötirgan edim. Bir mahal Yozuvçilar uyuşmasi raisining yoşlar bilan işlaş böyiça örinbosari Muhammad Yusuf meni axtarib çiqibdi. Köpçilik içidan topib, içkariga boşlab kirdi.

Majlislar zalida faollar yiğilişi bölayotgan ekan. Kirsam, barça ustozlar şu yerda. Muhammad Yusuf menga:

— Özing haqingda gapirib ber, bölmasa şeʼr öqib ber, — dedi.

“Qöy-ye, bulbul, çah-çahingni, sirim elga soçar bölsang” deb boşlanuvçi şeʼrimni öqidim. Rayosatda ötirgan ustoz Odil Yoqubov:

— Mana şu şeʼrning öziyoq yoş ijodkorga baho berişimizga asos böla oladi, — degan fikrni bildirdi.

Uyuşma raisi, ustoz Abdulla Oripov:

— Yillar ötib, “Bir vaqtlar şunaqa şeʼrlar yozgandim”, demasin. Şoiramiz şeʼrdan şeʼrga yuksalsin, — deb tilak bildirdi.

Zalda ötirgan ustozlardan Normurod Narzullayev va Muhammad Ali söz olib, matbuotdagi şeʼrlarim haqida gapirişdi. Şu bilan Faollar kengaşi meni Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzoligiga qabul qildi.

Keyin bilişimça, ustoz Odil Yoqubov Tölepbergen Qayipbergenov bilan birgalikda rais Abdulla Oripovga meni Uyuşmaga aʼzo qiliş uçun nomzodimni Faollar kengaşi muhokamasiga qöyiş taklifini bildirişgan ekan. “Andijonlik yoş şoirani men ham qöllayman”, deb Said Ahmad domla ham tavsiya bergan ekan.

Öşa kuni: “Odil aka, bugun tarixiy voqea sodir böldi-da, birinçi marta hali kitobi çiqmagan ijodkor Yozuvçilar uyuşmasi aʼzoligiga qabul qilindi”, deb gapirgan adib Yöldoş Sulaymon jarayonni menga keyinroq aytib bergan edi.

Şunday qilib, “Yozuvçi” naşriyotida “Aldamçi tonglar” nomli ilk kitobim yoş ijodkorlarning “Birinçi kitobim” loyihasida, “Isteʼdod” turkumida naşr etildi. Yaʼni katta adabiyot dargohiga uluğ adib oçgan yöl orqali qadam bosdim. Birin-ketin “Saodat”, “Yoşlik”, “Şarq yulduzi” kabi jurnallar, markaziy davriy naşrlar şeʼrlarimni bosib çiqarişdi. Öşa yili Odil Yoqubovning tavallud kuni arafasida “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida uluğ ustozning yoş ijodkorlarga, xususan, mening ijodimga körsatgan eʼtibori haqidagi maqolam ham eʼlon qilindi. Juda katta iş qilgandek, gazetani kötarib, ustozning oldiga borgan edim…

2011 yilda “Şarq” NMAKda naşr etilgan “Samoyinur” nomli saylanma kitobimga ustoz Odil Yoqubov öz qöli bilan meni Uyuşma aʼzoligiga tavsiya qilib yozib bergan qimmatli fikrlarini maqola tarzida kiritganman. Kitobimning Yozuvçilar uyuşmasida bölib ötgan taqdimotiga raislik qilgan Abdulla Oripov ötgan ustozlar xotirasiga bölgan hurmatim kitobning yana bir yutuği bölganini eʼtirof etgan edi.

Muhtaram Prezidentimizning 2026 yil 28 maydagi Farmoni bilan Özbekiston xalq yozuvçisi Odil Yoqubov “Buyuk xizmatlari uçun” ordeni bilan taqdirlangani juda quvonçli voqea böldi. Odil Yoqubov nafaqat özbek adabiyoti ravnaqi va tarğibotiga katta hissa qöşgan adib, jamoat arbobi, balki mehnatkaş xalqimizning şörolar davridagi oğir hayot tarzi, paxta yakkahokimligi davridagi sermaşaqqat mehnatini öz vaqtida jasorat bilan sobiq ittifoq minbarlaridan ayta olgan, ertangi farovon hayot uçun kuraşgan millat fidoyisi va ziyolilaridan biridir.

Adib öz asarlarida kuyunçaklik, sinçkovlik, vazminlik va keng mulohaza bilan xalq manfaati, millat istiqboli uçun qayğurgan. Şuning uçun ham bu asarlar makon va zamon tanlamaydi, har bir davrda öz öquvçisiga ega hamda asrlar oşa insoniyatga beminnat xizmat qilaveradi. Umuminsoniy tuyğular, yuksak fazilatlar va milliy qadriyatlar aks etgani uçun ham Odil Yoqubovning roman va qissalari dunyoning önlab tillariga tarjima qilinib, kitoblari köplab mamlakatlar kutubxonalaridan munosib örin olmoqda.

Şu örinda andijonlik ijodkor, tarjimon, respublika yoş ijodkorlarining Zomin seminari qatnaşçisi Abdulloh Röziyev adibning “Uluğbek xazinasi” romanini ingliz tiliga muvaffaqiyatli tarjima qilganini aytib ötiş joiz. Uşbu tarjima asar Amerikaning “Amazon” platformasi orqali dunyo kitobxonlari eʼtiboriga havola etildi. Şuningdek, asar kitob şaklida ham naşr etildi. Andijon davlat çet tillari institutida ustoz adibning farzandlari iştirokida uning taqdimot marosimi ötkazildi.

Ibratli hayoti, uzoq yillik mehnat faoliyati davomida halollik va haqqoniylik hamda yuksak insoniylikdan öziga haykal qöyib ketgan uluğ adib, ustoz Odil Yoqubov, xalqimizning ardoqli adiblari Abdulla Oripov, Oydin Hojiyeva, Normurod Narzullayev, Muhammad Yusuf, Tölepbergen Qayipbergenov, Yöldoş Sulaymon singari el sevgan ijodkorlar bugun oramizda yöq. Oxiratlari  obod, ruhlari şod bölsin barçalarining.

Taniqli jurnalist va publitsist Murod Abdullayevni ham Yaratganning özi rahmat qilgan bölsin. Ijod va hayot yöllarimda beğaraz kömak, maslahatlarini ayamagan ustozlar mehrini heç qaçon yoddan çiqarib bölmaydi. Zero, buyuk adib, Özbekiston xalq yozuvçisi Odil Yoqubov singari siymolar oldida hamişa boş egsak arziydi.

Xurşida VAHOBJON qizi,

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi

Andijon viloyati bölimi rahbari,

şoira.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan