Ustaning qölida jonlangan sanʼat

Xalqning maʼnaviy boyligi, milliy qiyofasi va tarixiy xotirasi, avvalo, uning asrlar davomida sayqal topgan hunarmandçilik anʼanalarida namoyon böladi. Ajdodlarimizdan meros bölib kelayotgan nafis sanʼat turlarini asrab-avaylaş, ularni zamon ruhi bilan uyğunlaştirib, kelajak avlodga bezavol yetkaziş esa yuksak masʼuliyat va fidoyilikni talab etadi.

Ana şunday zahmatkaş va ijodkor insonlardan biri — Özbekiston Badiiy akademiyasi aʼzosi, mohir kandakor usta Zokirjon Ğofurovdir. Uning faoliyati milliy amaliy sanʼatimiz rivojiga qöşilgan munosib hissa sifatida eʼtirof etiladi.

Köp yillik ijodiy izlanişlar va boy tajriba samarasi ölaroq, usta mis va boşqa metallarga milliy naqşlarni yuksak mahorat bilan jilolab kelmoqda. Usta yaratgan har bir asarda xalqimizning qadimiy anʼanalari, yuksak badiiy did va milliy ruh mujassam. Şu bois uning ijod namunalari nafaqat yurtimizda, balki xorijlik sanʼat ixlosmandlarida ham katta qiziqiş uyğotmoqda.

Kandakor usta milliy kandakorlik sanʼati, xususan, mis, latun va melxior kabi xom aşyolardan turfa buyumlar yaratiş yölida izlanib, samarali mehnat qilmoqda. Ustaning ijodiy işlaridan köplab namunalar “Özbekiston hunarmandçiligi va amaliy sanʼati” ensiklopediyasidan örin olgan. Hunarmandning oftoba, patnis, idişlar töplami, çoydiş, kosa va qutilar yasaş uslubi nozik hamda öziga xos körinişi bilan eʼtiborni tortadi. Ayniqsa, arab yozuvidagi xattotlik sanʼati bezaklaridan mohirona foydalanişi mahsulotlarni yanada bejirim va benazir qiladi. Ustaning qölida metall göyo jonlanadi, jimjimador naqşlar esa unga şarqona öziga xoslik bağişlaydi.

— Har bir mahsulotni yaratiş misgardan alohida mehnat va qunt talab etadi, — deydi usta. — Bitta oddiy mis piyola tayyor bölguniça oylab vaqt sarflaşga töğri keladi. Şu bois har bir buyum öziga xos bölib, bir-birini takrorlamaydi. Mahsulotlarimiz nafaqat içki, balki taşqi bozorda ham öz örnini topgan.

Zokirjon Ğofurov öz ijodiy faoliyatini taniqli kandakor usta Maqsudali Mamadaliyev qölida boşlagan. Ğamxör ustoz şogirdiga metall öymakorligining barça sir-sinoatlarini örgatdi. Şuningdek, Respublika rassomçilik bilim yurti va Toşkent teatr va rassomçilik institutining sanʼatşunoslik bölimida olingan nazariy bilimlar yoş ustaning ijodiy faoliyatini yanada kengaytirdi.

— Alloh menga şunday hunarni, ardoqli kasbni bergani uçun doimo şukur qilib yaşayman. Çunki kasbim, hunarim ortidan elda eʼzoz topdim. Köpçilik insonlarga, yoşlarga uşbu hunarni örgatdim. Ayniqsa, şu yillar mobaynida köplab şogirdlar yetiştirdim. Hatto Samarqanddan kelib, kandakorlik hunarini örganib ketgan şogirdlarim ham bor. Ularning bari bugungi kunda öz yölini topib ketgan. Hozirda faoliyatimda turmuş örtoğim yaqindan yordam bermoqda. Şuningdek, uşbu kasbga nabiram ham qiziqib, bobosining hunarini puxta örganiş va uni davom ettirişni maqsad qilgan. Bu, albatta, meni juda quvontiradi. Hozirda ustaxonamizdan xorijlik mehmonlarning qadami uzilmayapti. Ularning eʼtiborini kandakorlik mahsulotlarimiz tortadi. Yoqqanini özlari uçun xarid qilişadi, bu hunarni örganiş sirlari bilan qiziqişadi.

Darhaqiqat, yurtimizda hunarmandçilikni qöllab-quvvatlaş, milliy qadriyatlarni asraş va rivojlantirişga qaratilayotgan eʼtibor ana şunday fidoyi insonlarning mehnatida yanada yorqin namoyon bölmoqda. Zokirjon Ğofurov kabi ustalarning sermahsul ijodi va ibratli faoliyati milliy madaniyatimizning ravnaqiga, xalqimiz maʼnaviy merosining boyişiga xizmat qilib kelmoqda.

Fotima MANSUROVA.

 

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan