Ilm, taʼlim va bunyodkorlikka bağişlangan umr

yoki Çirçiq davlat pedagogika universiteti rektori, Özbekiston Respublikasi fan arbobi, professor Ğafurjon Isroiloviç MuHamedov surati va siyrati

Inson hayotida şunday uçraşuvlar böladiki, ular vaqt ötişi bilan oddiy xotira emas, taqdirning bir qismiga aylanadi. Ayrim insonlar aytgan söz, bildirgan işonç va körsatgan ibrat yillar davomida insonning yölini belgilab turadi.

Men uçun professor Ğafurjon Muhamedov ana şunday qadrli ustozlardan.

Ustoz haqida yoziş oson. Ayniqsa, sen uning yonida mehnat qilgan, qarorlarining qanday tuğilganini, murakkab vaziyatlardagi bosiqligini, yoş olimning yutuğidan çin dildan sevinganini körgan bölsang.

Ğafurjon Isroiloviç uçun universitet heç qaçon binolar yiğindisi bölmagan. Universitet – talaba taqdiri, yoş olimning orzusi, öqituvçining mehnati va jamoaning kelajak oldidagi masʼuliyatidir.

Şuning uçun 1 oktyabr – Öqituvçi va murabbiylar kuni arafasida ustoz haqida söz yuritar ekanman, u kişining lavozim va yuksak unvonlaridan köra, Çirçiqda yaratgan ilmiy-pedagogik muhiti haqida söz aytişni joiz deb bildim.

2017 yilda Çirçiqda yangi pedagogika oliy taʼlim muassasasi taşkil etildi. Yangi dargoh oldiga malakali pedagog kadrlar tayyorlaş, ilmiy va innovatsion tadqiqotlarni rivojlantiriş, maktablar bilan hamkorlikni kuçaytiriş kabi katta vazifalar qöyildi.

Ammo yangi universitetni barpo etiş qaror yoki hujjat bilan tugamaydi. Uning jamoasi, ilmiy muhiti, anʼanalari va eng muhimi, öz ruhi şakllanişi kerak. Ustoz ana şu masʼuliyatni öz zimmasiga oldi. Öşa yillarni eslasam, hali köp narsa endi şakllanayotgan, ammo jamoada katta maqsad bor edi. Ustoz bizga tayyor universitetni bermadi. U bizga oliy taʼlim dargohining bunyod etilişidagi katta masʼuliyatini ham berdi.

Tayyor tizimda işlaş mumkin. Yangi tizim yaratiş uçun esa bilimdan taşqari iroda, sabr va odamlarni bir maqsad atrofida birlaştira oliş qobiliyati kerak.

Ğafurjon Isroiloviç köp takrorlaydigan savollardan biri şunday edi:

“Biz boşqalardan nimamiz bilan farq qilamiz?”

Anglaşimizça, bu yangi taşkil etilgan institut uçun oddiy savol emas, strategik vazifa edi. Çunki yangi oliy taʼlim muassasasi mavjud universitetlarni takrorlab qolmasdan, öz ilmiy yönalişi va öz ğoyasiga ega bölişi kerak edi.

Ana şu izlanişlar natijasida “Pedagogik taʼlim innovatsion klasteri” ğoyasi şakllandi. Uning mohiyati universitet, maktab, ilmiy tadqiqot va amaliyotni bir tizimda boğlaşdan iborat böldi.

Klaster ğoyasi kabinetda öylab topilgan çiroyli atama emas edi. U maktab bilan universitet örtasidagi masofani qisqartiriş ehtiyojidan tuğildi.

Universitetda ğoya bor, ammo u maktabga yetib bormasa, ilmning taʼsiri töliq namoyon bölmaydi. Maktabda esa har kuni pedagogik muammolar paydo böladi. Ularga ilmiy yeçim kerak.

Ustoz ana şu ikki muhitni yaqinlaştirişga intildi.

“Maktab-laboratoriya” — nazariya va amaliyot uçraşgan maydon.

Pedagogik taʼlim innovatsion klasterining muhim amaliy körinişlaridan biri “Maktab-laboratoriya” maydonçalari böldi.

Bu oddiy hamkorlik emas edi. Maktab tadqiqot maydoniga, universitet esa unga ilmiy va metodik yordam beruvçi hamkorga aylandi.

Biz uçun bu qoğozdagi konsepsiya emasdi. Uning ortida maktabga borgan olimlar, öqituvçilar bilan muloqotlar, talabalar amaliyoti, tajriba-sinovlar va köplab muhokamalar bor edi.

Ustoz har qanday yangi ğoyaga öta jiddiy yondaşardi:

“Natijasi nima böladi?”

Bu öy, fikr hammani tartibga solardi. Çunki ustozning huzuriga faqat yaxşi niyat bilan kirib bölmasdi. Dalil, natija va yeçim kerak edi.

Menimça, olimlik bilan rahbarlik Ğafurjon Muhamedov şaxsiyatida aynan şu nuqtada birlaşgan.

2017 yildan 2026 yilgaça bölgan davr bugungi Çirçiq davlat pedagogika universiteti uçun butun bir tarixdir.

2017 yilda institut sifatida faoliyat boşlagan dargoh 2022 yilda universitet maqomini oldi. Bu şunçaki nom özgarişi emas, balki yillar davomida qilingan mehnat, şakllangan jamoa va orttirilgan işonçning natijasi edi.

Çunki institutni taşkil etiş mumkin. Ammo universitetni şakllantiriş uçun muhit, ilm, anʼana va jamoaviy işonç kerak.

Baʼzan öşa yillarni eslab, bugungi universitetga qarayman. Öşa orzular bilan bugungi manzara orasida qança mehnat borligini bu jarayon içida bölgan odamgina töliq his qiladi. Universitetni bunyod etiş, quriş, aslida, maʼrifatli kelajakka qadam taşlaşdir.

Ğafurjon Isroiloviç haqida faqat rahbar sifatida gapiriş kamlik qiladi. U, avvalo, olim. Şuning uçun u yoş öqituvçining bugungi lavozimiga emas, ertaga kim bölişi mumkinligiga qaraydi.

“Ilmiy iş qilyapsizmi?”, “Mavzuingiz nima?”, “Qaçon himoya qilasiz?”

Bu savollarni universitetda köpçilik eşitgan. Ustoz sendan özing kutgandan köra köproq natija kutayotganini his qilasan. Keyin tuşunasan: haqiqiy ustozning vazifasi senga qulaylik yaratiş emas, seni ösişga undaş. Sen özingda körmagan imkoniyatni u köradi. Sen şubhalangan paytingda u kişi senga vazifa beradi. Vazifa bilan birga, işonç ham. Şogird uçun ustozning işonçi baʼzan har qanday mukofotdan qimmat.

Ustozni uzoqdan tanigan odam juda-juda talabçan rahbar sifatida körişi mumkin. Biz esa bu talabçanlikning ortida katta mehr borligini hamişa his qilganmiz. Bu mehr balandparvoz sözlarda emas, işonçda namoyon böladi: yoş öqituvçiga katta vazifa topşirişda, birinçi maqolasini söraşda, şogirdning himoyasidan sevinişda. “Sizdan katta natija kutyapman”, degan bir gaplarining özi baʼzan insonga katta rağbat beradi. Haqiqiy ustoz odamni kamçiligi bilan emas, imkoniyati bilan köradi.

Katta natijalar haqida gapirganda bir insonni markazga qöyib, jamoaning mehnatini unutib qöyiş töğri emas. Ğafurjon Isroiloviç ham universitet yutuqlarini heç qaçon bir kişining natijasi deb bilmagan.

Çunki universitet — jamoaviy asar. Unda professor ham bor, yoş assistent ham, talabalar ham, laborant ham, texnik xodim ham. Rahbarning vazifasi ana şu turli mehnatlarni bir maqsad atrofida birlaştira olişdir. Çirçiq davlat pedagogika universitetida biz birgalikda ösdik, örgandik, xulosa çiqarmoqdamiz. Maqsad bitta: yangi taşkil etilgan dargohni munosib oliy taʼlim maskaniga aylantiriş.

2026 yildan turib 2017 yilga qarasam…

Bugun ötgan 9 yilning naqadar tez ötganiga hayron qolaman.

Öşanda institut endigina taşkil etilgan edi. Bugun esa uning öz nomi, ilmiy yönalişlari, anʼanalari va bitiruvçilari bor. Bu natija bir kunda paydo bölmadi. Uning ortida tonggi yiğilişlar ham bor, keçki muhokamalar ham. Tanqid ham bor, natija uçun aytilgan samimiy rahmat ham.

Ustozdan örgangan eng muhim saboqlarimdan biri şu: katta natija bir martalik katta harakat bilan emas, har kuni qilingan tizimli mehnat bilan yaratiladi.

“Ustoz oldidagi qarz” degan iborani köp işlatamiz. Lekin bu qarzni sovğa, tabrik yoki çiroyli söz bilan uzib bölmaydi. Ustoz oldidagi eng katta qarz — uning senga bergan işonçini oqlaş. U örgatgan mehnat madaniyatini boşqalarga yetkaziş. U senda uyğotgan ilmga havasni keyingi avlodga beriş.

Ğafurjon domlaning eng katta yutuği haqida söraşsa, kimdir universitetni, kimdir pedagogik taʼlim innovatsion klasterini, kimdir ilmiy işlarini aytişi mumkin. Albatta, bu eʼtiroflar yuz gapdan töğri.  Men esa şogird sifatida yana bir narsani aytgan bölardim:

Ustozning eng uluğ fazilatlaridan biri — inson qadrini eʼzozlaşlaridir. Bu eʼzoz ilmga kirib kelgan yoş olim, öz kuçiga işona boşlagan öqituvçi, birinçi maqolasini yozgan tadqiqotçi, maktabda bolalarga dars berayotgan bitiruvçi — ularga qaratiladi doimo.

Ha, ularning har birida ustozning himmati, mehri, eʼtibori mujassam.

Öqituvçi va murabbiylar kuni munosabati bilan muhtaram ustozimiz — kimyo fanlari doktori, professor Ğafurjon Muhamedovga mustahkam soğliq, xotirjamlik, ilmiy va ijodiy kuç-quvvat tilaymiz. Hamişa bor böling, umringiz uzoq bölsin, uluğ ustoz!

Samaridin QORAYEV,

pedagogika fanlari doktori,

professor.

 

 

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan