Maqsad — taʼlim sifatini yanada yuksaltiriş

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori, professor Rasul Törayev huzurida bir kun

Rasul Törayev bilan universitetning boş binosiga kiraverişda uçraşdik. Boş binoga olib boruvçi yölak atrofidagi boğda durkun ösgan rayhonlar özgaça ifor taratib turibdi.

— Universitetimiz olim va tadqiqotçilari rayhonning ellik olti xil navini yaratişdi, — dedi dorilfunun rektori qöli bilan rayhon şodalarini silkitib. — Bu esa zaytun köçatining Surxondaryo iqlimiga moslaştirilgan yangi navi, buni ham olimlarimiz yaratişgan. Qarang, bor-yöği bir yoşli zaytun köçati meva qila boşlabdi.

Nihoyatda hayratlandim. Aslida, zaytun qirq yilda mevaga kirib, ming yil yaşaydigan şifobaxş ösimlik sanaladi. Olimlarning bu yutuğiga kişi çindan ham qoyil qoladi. Gultojixöroz gulining esa közni quvontiradigan boltasimon va şamsimon yangi navlari yaratilibdi.

Rektor hamrohligida mexanika fakulteti uçun yangi barpo etilgan “Avtomobil xöjaligi” öquv-laboratoriya binosidamiz. Transport yönalişi böyiça tahsil olayotgan talabalar bu yerda avtotransport vositalariga texnik xizmat körsatiş va ularni taʼmirlaşni puxta örganmoqda.

— Quvonçli kunda kelibsiz: Xitoydan keltirilgan lazerli kesiş uskunasi örnatilib, aynan bugun işga tuşirildi, — dedi Rasul Törayev turli-tuman şakllarda kesib qöyilgan mahsulotlarga işora qilib. Bu yerda qalinligi ön sakkiz millimetrgaça bölgan temir tunukalar kesilib, ularga aniq şakl beriladi. Qolaversa, viloyatimiz hokimi Uluğbek Qosimovning oliy taʼlimga qaratayotgan katta eʼtibori va ğamxörligidan biz, olimlar juda mamnunmiz. Nasib etsa, universitetning akademik litseyi öquv va yotoqxona binolarini ham taʼmirlaşni möljallab turibmiz.

Universitet hududining har qariçi yaşillikka burkangani kişi dilini yayratadi. Surxondaryoning jazirama iqlim şaroitida dov-daraxtlarni soğlom va yaşnagan holatda parvarişlaşning özi bölmaydi, albatta.

Rektor öquv dargohi hududida turli yumuşlar bilan maşğul boğbonlar, farroşlar va qorovullar huzuriga borib: “Assalomu alaykum, Alloh işlaringizga baraka bersin!” deya kamtarona salomlaşib, hol-ahvol söraganini körib, domlaga nisbatan hurmatim yanada ortdi. Negaki, oddiylikda gap köp-da. Baʼzi bir katta-kiçik amaldorlarning dimoğidan ot hurkadi. Mazkur universitet rahbari esa juda kamtar, samimiy.

Bu yerda ixçam issiqxonalar taşkil etilgan ekan. Ularning birida Turkiyadan keltirilib, mahalliy iqlim şaroitiga moslaştirilgan, suvsizlikka çidamli va xaridorgir limon hamda mandarin köçatlari böy körsatib turibdi. Yana bir issiqxonada tadqiqotçi olimlar tomonidan mahalliylaştirilib, ötgan yili ekilgan bananning “Koroleva” navi şoda-şoda hosilga kiribdi. Bir yoşidayoq har tupi beş-olti şoda meva tukkan banan böyimizdan ham baland bölib ösibdi.

— Xayrli bir işni niyat qilib turibmiz, — dedi Rasul Törayev şu bananzorga eʼtiborimizni qaratib. — Viloyatimizda 724 ta mahalla bor. Har bir mahallada uçinçi va törtinçi bosqiç talabalarimizga 5 sotixdan maydon ajratib, imtiyozli kredit asosida issiqxonalar qurmoqçimiz va u yerda yil davomida uzluksiz hosil beradigan bananzorlar taşkil etmoqçimiz. Agar uşbu ezgu rejamizni amalga oşirsak, har bir issiqxona hisobiga bir nafar bitiruvçi va yana ikki nafar yoş yigit-qiz muqim iş bilan taʼminlanadi. Bu jami 2172 ta yangi iş örni yaratiladi deganidir.

Umid qilamizki, rektorning bu xayrli va ezgu taşabbusi töliq röyobga çiqadi…

Eng muhimi, yoşlarda boğ-roğlar yaratişga iştiyoq qöllab-quvvatlanadi. Bozorlarimiz rastalarida özimizda yetiştirilgan ajoyib mevalar köpayadi.

Har biri ikki sotix bölgan issiqxonalarda turfa navdagi, bir-biridan xuşröy rayhon köçatlari parvarişlanayotgani diqqatga sazovor. Şu yilning özidayoq 500 ming tup rayhon va boşqa rang-barang gul köçatlari yetkazib berilibdi. Universitet hududidagi gulzorlarga ekilgan barça köçatlar doktorantlar va magistrlarning öquv-tajriba maydonlarida yetiştirilmoqda.

Yangi taşkil etilayotgan quriliş laboratoriyasi ham eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan. Kelgusida bu yerda viloyatda quriliş sohasida qöllaniladigan mahsulotlar tahlil qilinib, muvofiqlik xulosalari beriladi. Laboratoriya röparasidagi “jonli burçak”da esa yuzdan ziyod ğoz va ördak parvariş qilinmoqda. Unga tutaş maydonda barpo etilgan bodomzor ham qiyğos meva tugibdi. Eʼtiborlisi, bodomzor töliq tomçilatib suğoriş tizimi asosida suv bilan taʼminlanmoqda.

Şu asnoda universitetning boş binosiga kiraverişda, çap tomonda joylaşgan “Adiblar maydoni”ga nigohimiz tuşdi. Uşbu maydonga çiroyli sakura daraxtlari özgaça şukuh bağişlab turibdi. Qutluğ göşaga qadam qöygan har bir kişi Abu Rayhon Beruniy, Alişer Navoiy, Mahmudxöja Behbudiy kabi uluğ bobolarimiz, Abdulla Oripov, Şukur Xolmirzayev kabi buyuk siymolarning muazzam byustlarini körib, maʼnaviy zavq oladi.

Töğrisi, oliy öquv dargohini aylanar ekanman, özimni xuddi sölim istirohat boğida yurgandek his qildim. Bu fikrimni rektorning öziga ham bildirdim: çindan ham, bunday bepoyon yaşillikni yaratiş va uni saqlab turiş katta maşaqqat hamda fidoyi mehnat talab etadi.

— Bunday xayrli işlarning boşida, avvalo, rektorimiz Rasul Törayev turibdi, — dedi hamrohlarimizdan biri, biologiya fanlari nomzodi, dotsent, ilmiy kengaş kotibi Abdumurod Sattorov. — Daraxt parvarişlab, boğlar barpo etiş — bu ham tarbiya, ham maʼnaviyatdir. Rahbarimiz tabiatni çin dildan sevadigan, bağrikeng, qöl ostidagilarning xatosini tuşunib, keçira biladigan va ayniqsa, yoşlarga ğamxör inson. Ustozlar qadriga yetadi, katta tajribaga ega keksa olim va professorlarni jalb etib, ularga yoş mutaxassislarni biriktirib qöygan. Taʼlimga innovatsion ğoyalarni joriy etişda doimo jonbozlik körsatadi. Har bir masalaga ilmiy nuqtai nazardan yondaşib, baho beradi. U kişining tabiatga bölgan munosabati ham özgaça. Ötgan yili qahraton sovuqda yuzlab arça daraxtlari quriy boşlagandi. Köpçilik: “Kesib taşlaş kerak, endi saqlab bölmaydi”, degan fikrga kelganida, rektorimiz: “Daraxtlarning ham uvoli bor”, deya ularni kesişga qatʼiy qarşi çiqdi. Zarur ozuqalar berilib, daraxtlarga muntazam suv purkaldi, astoydil parvariş natijasida ular saqlab qolindi. Mana, körib turganingizdek, arçalar yana yam-yaşil tusga kirdi.

Universitet maʼmuriy binosining birinçi qavatida möʼjazgina muzey ham taşkil etilibdi.

— Surxon zaminining tabiiy boyliklari behisob: 14 ta kondan kömir qazib olinadi, — deya hamrohimiz körgazmadagi kömir namunalariga işora qilib körsatdi. — Bundan taşqari, tuz, bazalt va yana önlab foydali qazilma zaxiralari mavjud. Muzeyning bir burçagida voha zamini maʼdanlari asosida işlab çiqarilgan mahalliy quriliş materiallari namunalarini köriş mumkin.

Binoning bir qavati devorlariga kimyo, yana bir qavatiga esa fizika yönalişi böyiça Nobel mukofoti sohiblarining suratlari joylaştirilibdi. Albatta, bunday muhit talabalarning ilm-fanga bölgan qiziqişini oşiriş va ularni ruhlantirişga xizmat qiladi.

Dunyo standartlari talablariga mos jihozlangan şinam auditoriya va maʼruzaxonalarni körgan odam beixtiyor yoşlikka qaytib, qaytadan talaba bölişni orzulab qoladi. Oçiği, biz talabalik yillarimizda bunday qulay şaroitlarni xayolimizga ham keltirmagan edik.

Şuningdek, universitetdagi har bir öquv va maʼruza xonasida maxsus burçak taşkil qilinib, Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning portretiga iftixor ila “Mening Prezidentim” deb yozib qöyilgan.

— Prezidentimiz — eng katta faxrimiz, — dedi Rasul Törayev. — Prezidentga bölgan ixlos va ehtirom — bu Vatanimizga, Yangi Özbekistonimizga bölgan çeksiz muhabbat timsolidir.

Auditoriyalardan biriga kirdik. Birinçi bosqiç talabalari ilk saboqlarini olmoqda. Öqituvçi kiriş imtihonlarida eng yuqori ball töplab, talabalik baxtiga muşarraf bölgan Karamxon Turopovani suhbatga tortdi.

— Özimni nihoyatda baxtli his qilyapman. Bor-yöği bir hafta içida universitet muhitiga moslaşib oldik, — dedi Karamxon Turopova. — Bu yerdagi imkoniyatlar biz kutgandan ham yaxşi ekan. Barça fanlarni “aʼlo” baholarga özlaştirişga ahd qilganman.

Keyingi manzilimiz Axborot-resurs markazi böldi.

— Markazimiz fondi 6 ming 552 nomdagi 39 ming 46 nusxa adabiyotdan iborat, — dedi kutubxona xodimasi Surayyo Samanova. — Şundan 4 ming 95 nomdagi ilmiy va öquv adabiyotlari töliq raqamlaştirilgan. Axborot-resurs markazimiz dunyoning kuçli 300 talik (“Top-300”) röyxatiga kiruvçi nufuzli oliy taʼlim muassasalari kutubxona tizimi bilan integratsiya qilingan. Talabalar, pedagoglar va tadqiqotçilar uşbu bazadagi elektron kitoblarni yuklab olib, ularni oltita tilga tarjima qilgan holda mutolaa qilişlari mumkin. Jami kitobxonlarimiz soni 6 ming 128 nafarni, kunlik qatnov esa örtaça 265 nafarni taşkil etmoqda.

Yaşirmayman, markazda “Hurriyat” mustaqil gazetasi taxlamlarini körib xursand böldik.

Universitetdagi yana bir muhim jihat — barça jabhalarda raqamlaştiriş jarayonlariga alohida ustuvorlik berilayotganidir.

Oliy öquv dargohida amalga oşirilayotgan keng kölamli işlar haqida universitet axborot xizmati bizga batafsil maʼlumotlarni taqdim etdi. Quyida ulardan bir qançasini eʼtiboringizga havola etsak.

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti mintaqadagi yetakçi oliy taʼlim muassasalaridan biridir. Mazkur dargohda taʼlim sifatini oşiriş, öquv jarayonini takomillaştiriş va raqamlaştiriş, ilmiy-tadqiqot hamda innovatsion faoliyatni kengaytiriş, xalqaro hamkorlikni kuçaytiriş, talabalarning maʼnaviy-maʼrifiy dunyoqaraşini yuksaltiriş va böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş, moddiy-texnik bazani mustahkamlaş hamda infratuzilmani zamon talablari asosida rivojlantiriş böyiça tizimli çora-tadbirlar olib borilmoqda.

Bugungi kunda dargohda 6 ta fakultet va 20 ta kafedra faoliyat yuritib, 55 ta bakalavriat taʼlim yönalişi hamda 21 ta magistratura mutaxassisligi böyiça 10 223 nafar talaba tahsil olmoqda. Asosiy ştatdagi 335 nafar professor-öqituvçining 140 nafari ilmiy darajaga ega bölib, universitetning umumiy ilmiy salohiyati 42,5 foizni taşkil etadi.

2025 yilda professor-öqituvçilar tomonidan 45 ta darslik, 85 ta öquv qöllanma hamda 91 ta uslubiy qöllanma tayyorlandi. 61 nafar pedagog malaka oşiriş va ilmiy stajirovka ötaş uçun xorijiy davlatlarga yuborildi, 33 nafar xorijlik mutaxassis esa bevosita öquv jarayoniga jalb etildi.

Talabalar bilimini baholaş jarayonlari amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlar talablari asosida şaffof taşkil etilgan. Professor-öqituvçilar uçun baholaş tizimi hamda yangi öquv-meʼyoriy standartlar yuzasidan muntazam öquv-seminarlari ötkazib kelinmoqda.

Ötgan yili universitetda ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat böyiça salmoqli natijalarga erişildi. Jumladan, 24 nafar tadqiqotçi va professor-öqituvçi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Ilmiy naşrlar borasida “Scopus” bazasiga kiruvçi jurnallarda 40 ta maqola, OAK röyxatiga olingan naşrlarda 554 ta maqola va 45 ta monografiya çop etildi. Şuningdek, intellektual mulk böyiça 200 ta mualliflik guvohnomasi hamda 20 ta ixtiro patenti olindi.

Yoş olim va tadqiqotçilarni rağbatlantirişga qaratilgan eʼtibor natijasida 16 nafar yoş mutaxassis “Akademik harakatçanlik” dasturi ğolibiga aylandi. Mazkur yönalişga 1 milliard 173 million 849 ming söm mablağ yönaltirildi.

Joriy 2026 yilda dorilfunun ilmiy salohiyat körsatkiçini 55 foizga yetkaziş, 35 nafar tadqiqotçining dissertatsiya himoyasini taʼminlaş, ilmiy naşrlar kölamini kengaytirgan holda 60 ta yangi monografiya naşr etiş, 250 ta mualliflik guvohnomasi va 5 ta patent olişdek maqsadli vazifalar belgilangan. Şuningdek, yoşlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida “Akademik harakatçanlik” dasturidagi iştirok kölamini ikki barobarga oşiriş, 178 nafar doktorantni turli grant tanlovlariga jalb qiliş, 50 ta startap loyiha tayyorlab, universitetning öz mablağlari hisobidan jami 50 million sömlik kiçik startap taşabbuslarini moliyalaştiriş közda tutilmoqda.

Ilmiy işlanmalarni işlab çiqarişga integratsiya qiliş maqsadida 2025 yilda 232 ta xöjalik şartnomasi tuzilib, 641 million söm mablağ jalb qilingan edi. 2026 yilda esa şartnomalar sonini 340 taga yetkaziş va ular asosida bir milliard sömlik moliyaviy manbalarni yönaltiriş möljallangan.

Muassasaning xalqaro aloqalar geografiyasi kengayib, hozirda jahondagi 27 ta xorijiy davlat bilan samarali hamkorlik örnatilgan. Xorijiy universitetlar va ilmiy markazlar bilan qöşma taʼlim dasturlari, ilmiy tadqiqotlar hamda akademik mobillik loyihalari izçil davom ettirilmoqda. Rossiya, Xitoy, Belarus, Turkiya, Ozarbayjon, Qozoğiston kabi davlatlarning yetakçi universitetlari bilan aloqalar kuçaytirilib, professor-öqituvçilarning xorijiy tajriba almaşinuvi taʼminlanmoqda.

Ötgan öquv yilida 102 nafar talaba akademik mobillik, yozgi va qişki maktablar hamda işlab çiqariş amaliyoti dasturlari orqali çet elga yuborildi. Universitet “Xitoy — Markaziy Osiyo energetika innovatsion alyansi” hamda köp tomonlama “Ipak yöli” arxitektura va texnologiya universitetlari xalqaro alyansiga tölaqonli aʼzo böldi. Bu eʼtirof universitetning global taʼlim maydonidagi nufuzini mustahkamlaş bilan birga, talabalarning dunyodagi yetakçi kompaniyalarda amaliy tajriba orttirişlariga keng yöl oçdi.

Taʼlim eksportini oşiriş borasida çet ellik talabalarni qabul qiliş, qöşma diplom dasturlarini yölga qöyiş işlari faollaştirilmoqda. Şu yilning dekabr oyida “Konçilik işi” hamda “Yöl muhandisligi” taʼlim yönalişlari Germaniyaning nufuzli “ASIIN” agentligi orqali xalqaro akkreditatsiyadan ötkazilişi rejalaştirilgan.

2025-2026 öquv yilida “career.edu.uz” elektron platformasi orqali 904 ta korxona va taşkilot bilan hamkorlik şartnomalari tuzilib, 3 883 nafar talabaning malakaviy amaliyoti töliq raqamli tizimda taşkil qilindi. “Kelajakka qadam” dasturi doirasida esa 4 ta taşkilot bilan kelişuvga erişilib, 6 nafar iqtidorli talaba bir oylik haq tölanadigan amaliyotga yönaltirildi. Sönggi ikki öquv yilida 246 nafar bitiruvçi 5,8 milliard sömlik imtiyozli kreditlar olib, öz tadbirkorlik faoliyatini yölga qöydi. Şuningdek, 18 ta kafedra filiali negizida “4+2” dual taʼlim tizimi joriy etilib, unga 598 nafar talaba qamrab olindi.

Talabalarning böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş maqsadida şu yilning özida 12 dan ortiq yirik loyiha doirasida 650 dan ortiq maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar uyuştirildi. Xususan, “Eng faol yil talabasi”, “Intellektual olimpiada”, “Beş taşabbus olimpiadasi”, “Zakovat ligasi” kabi maʼrifiy tanlovlar hamda sport yönalişida “Rektor kubogi”, “Talabalar ligasi”, “Yangi Özbekiston talabalar olimpiadasi” va “Student party” loyihalari yuksak saviyada ötkazildi.

2026 yil davomida uyuştirilgan turli tanlovlarga 4 225 nafardan ortiq talaba jalb etilib, ular orasidan ğolib bölgan 352 nafar yigit-qiz pul mukofotlari hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlandi. Yoşlarning teatr va muzeylarga taşriflari, “Talabalar oqşomi” konsertlari, huquqbuzarliklarning oldini olişga qaratilgan oçiq muloqotlar, “Maʼrifat ulaşib” tadbirlari va “Milliy qadriyatlar sayli” kabi taşabbuslar jarayonlarga yangiça mazmun bağişladi. Talabalarning iqtidorini röyobga çiqariş maqsadida taşkil etilgan “Çağoniyon” teatr studiyasi, “Lider talabalar”, “Kitobxon yoşlar”, “Zakovat”, “Muşoira” klublari hamda “Musiqa va raqs” ansambli muntazam faoliyat körsatmoqda.

Joriy yilda universitetning 11 nafar talabasi sport turlari böyiça mamlakat çempionatlarida sovrinli örinlarni egalladi: 3 ta oltin, 4 ta kumuş va 4 ta bronza medali qölga kiritildi. Şuningdek, 1 nafar iqtidorli talaba qiz Zulfiya nomidagi davlat mukofotining viloyat bosqiçida ğolib bölib, respublika bosqiçiga yöllanma oldi. “Talabalar ligasi”, “Beş taşabbus” va “Talaba, yugur” sport loyihalari esa minglab yoşlarni öz atrofida jipslaştirdi. Bugungi kunda universitetda 5 ta ommaviy sport tögaragi muntazam işlab turibdi.

Hozirda oliy öquv yurti ixtiyorida 818 örinli 2 ta talabalar turar joyi mavjud bölib, ularda barça maişiy qulayliklar yaratilgan. Davlat-xususiy şeriklik asosida qiymati 32 milliard söm bölgan, 400 öringa möljallangan yangi zamonaviy yotoqxona binosi qurilmoqda. Umumiy maydoni 2 600 kvadrat metr bölgan uşbu binoda 110 ta barça qulayliklarga ega yaşaş xonasi böladi.

Moddiy-texnik bazani modernizatsiya qiliş doirasida qiymati 1,5 milliard sömlik zamonaviy laboratoriya binosi foydalanişga topşirildi. Byudjet mablağlari hisobidan 7 milliard 836 million sömlik öquv-laboratoriya uskunalari xarid qilinib, öquv jarayoniga tatbiq etildi. Talabalar uçun qiymati 786 million sömlik yangi stadion barpo etildi, bundan taşqari, kampus hududida yana bir zamonaviy yopiq sport majmuasi qad rostlamoqda.

Atrof-muhitni muhofaza qiliş va yaşil maydonlarni kengaytiriş işlari ham eʼtibor markazida. 2025 yilda “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida 14 450 tup mevali va manzarali köçat ötqazildi. Angor tumanida 9 500 dona köçat ekilib, ularni suğorişda suv tejovçi tomçilatiş tizimi örnatildi. Denov tumanidagi Hazorboğ agrotexnologiyalar texnikumiga qaraşli tajriba maydonida esa 500 dona limon, 10 000 tup arça va 30 000 tupdan ortiq boşqa turdagi nihollar parvariş qilinmoqda. Universitetning öz tajriba dalasida limon va banan yetiştirişga ixtisoslaşgan yangi issiqxonalar taşkil qilindi.

Energiya tejamkorligini oşiriş maqsadida oliy öquv yurti binolarining tom qismiga jami 423,5 kVt quvvatga ega quyoş fotoelektr panellari örnatildi.

2026 yilda universitet jamoasi öz oldiga quyidagi ustuvor vazifalarni rejalaştirib olgan:

– ilmiy salohiyatni 55 foizga yetkaziş;

– nufuzli xalqaro jurnallardagi naşrlar, monografiyalar, mualliflik guvohnomalari va ixtiro patentlari salmoğini oşiriş;

– tadqiqot natijalari va ilmiy işlanmalarni işlab çiqariş tarmoqlariga keng joriy etiş;

– xalqaro hamkorlik doirasida qöşma taʼlim dasturlari hamda akademik mobillikni rivojlantiriş;

– xorijiy talabalar qamrovini oşiriş orqali taʼlim eksporti hajmini kengaytiriş;

– “Konçilik işi” va “Yöl muhandisligi” taʼlim yönalişlari böyiça xalqaro akkreditatsiya sertifikatlarini qölga kiritiş;

– talabalarning sifatli amaliyot ötaşini taşkil etiş, dual taʼlim qamrovini kengaytiriş va bitiruvçilarning bandligini kafolatli taʼminlaş;

– maʼnaviy-maʼrifiy va intellektual tadbirlarni köpaytiriş, kitobxonlik madaniyatini oşiriş, teatr hamda tarixiy maskanlarga taşriflarni yanada jadallaştiriş;

– 400 örinli talabalar turar joyi hamda zamonaviy sport majmuasi qurilişini muddatida yakunlaş;

– kampusni ekologik jihatdan “Yaşil universitet” tamoyillari asosida taraqqiy ettiriş, suv tejovçi texnologiyalarni joriy qiliş va muqobil energiya manbalaridan foydalaniş kölamini yanada oşiriş.

Universitet faoliyati bilan tanişiş besamar ketmadi. Uşbu oliy taʼlim dargohida tahsil olayotgan talabalar bilan suhbatlaşib, beixtiyor yoşlikka qaytgandek böldik. Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida taʼlim sifatini oşiriş, ilmiy-innovatsion faoliyatni kuçaytiriş, talaba-yoşlar uçun zamonaviy imkoniyatlar yaratiş hamda muassasa infratuzilmasini kompleks rivojlantiriş yölidagi keng qamrovli saʼy-harakatlar bilan tanişib, katta taassurot va bir olam quvonç bilan ortga qaytdik.

Yana bir gap. Universitet rektori, professor Rasul Törayev öz sohasining fidoyi kişisi. Uning har kungi öyi, xayoli, maqsadi-yu maslagi bugun taʼlim-tarbiya olayotgan talaba-yoşlarning ertaga munosib kadrlar bölib erişişiga qaratilgan. Bunday ezgu niyat bilan yaşab, mehnat qilişning özi baxt.

Zero, bugungi ildam qadamlar universitetning yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qöşadigan yetuk kadrlarni tayyorlaşdek şarafli maqsadga xizmat qilayotganidan dalolat bermoqda.

Dilmurod QIRĞIZBOYEV,

Özbekiston Jurnalistlar

uyuşmasi aʼzosi.

 

 

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan