Bilimsiz kishi nima gapirsa…

Shoshqaloqlik, kaltafaxmlik, fe'li tezlik odatlari nodonlikning belgilaridir.    

Yusuf Xos Hojib.

Barcha insonlar  bir otaning  farzandi bo'lib, shakl suratida bir-birlariga o'xshaydilar. Lekin ular o'zlarining  tabiatlarida bo'lgan o'zaro raqobat va bir-biriga hasad qilishdan  holi emaslar.

Abu Rayhon Beruniy.

Bilimsiz kishi nima gapirsa, nodonligi sababli so'zlaydi, shuning uchun uning tili o'z boshini yeydi.

Ahmad Yugnakiy.

To'rt narsa nodonlikka dalildir: o'zidan donoroq bilan munozara qilmoq va  sinamaganga  suyanmoq va xotinlar makridan emin bo'lmoq va yosh bolalar bilan hazil qilmoq.

Xoja Ahror Valiy.

Chala bilim egasi bo'lishdan ko'ra, bilmaslik afzalroqdir.

Abu Ali ibn Sino.

Aqlli kishining (sukut saqlab) jim turish holati johil, parishon kishining uzridan afzaldir.

Mahmud Zamaxshariy.

Aqlli dushman, johilu nodon do'stdan yaxshiroq.

Amir Temur.

Nokasdan qarz olma.

Moturidiy.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

one × two =