Maftunkor qissalar
Taniqli yozuvçi Xayriddin Sultonning “Köngil ozodadur” kitobini öqib…
Aytganimdek, qissa sarlavhasi tagiga katta, quyuq qora harflar bilan “Xalq artisti Botir Zokirov xotirasiga bağişlanadi”, deb yozib qöyilgandi. Bu otaşin sanʼatkorga Xayriddin Sultonning qissa bağişlagani meni çeksiz sevintirib yubordi. Çunki…
Hayotda baʼzi voqealar xotirangda qörğoşin singari şunday quyilib qoladiki, köp yillar va hatto bir umr uning tafti, haroratida yurasan kişi.
Bu gaplarni boşimdan ötkazganim uçun röy-rost yozyapman. Çin yurakdan aytay: 1991 yilning noyabr oyi men uçun ğoyat quvonçli va butun umr esda qolarli böldi. Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimov Farmoniga binoan “Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan kunlarim edi. Har tarafdan tabrik va qutlovlar yoğiladi. Qalb deganingiz nihoyatda keng bölarkan – şunday ulkan quvonçlarni bağriga siğdira olganiga hali-hanuz hayronman…
Çinakam adabiyot ixlosmandi hamişa yaxşi kitob, yaxşi asarni izlab, kutib yaşaydi. Şunday asarga duç kelgan kuni uning uçun haqiqiy bayram böladi.
Öşa yili aşaddiy kitobxon bölgan kamina uçun yana bir quvonçli voqea bölgani keçagiday yodimda. U paytlarda ançagina salmoqli nusxada çop etiladigan “Şarq yulduzi” jurnali adabiy taşnaliklarimizni qondiradigan yetakçi adabiy naşrlardan edi. Adabiyotimizda yaratilayotgan eng yangi va sara asarlar dastavval şu jurnalda yuz körsatardi.
Öşa davrlarda adabiyotga qiziquvçilar juda köp bölarmidi, deb öylayman. Nega desangiz, poçtaçilar “Şarq yulduzi” jurnalini ot, velosiped yoki mototsikllarda taşib yurganini juda köp körganman.
Kotiba qiz keltirgan jurnalni odatdagidek his-hayajon bilan varaqlay boşladim. Nigohim beixtiyor yoş va isteʼdodli yozuvçi Xayriddin Sultonning “Ajoyib kunlarning birida” qissasi ustida töxtadi.
Jurnal asarni mehr bilan joylaştirgandi. Qissa boşlanuvidan oldin bir sahifada beadat ilhom bilan qöşiq kuylayotgan sanʼatkor surati berilgandi.
Surat tagida esa:
Sen uzoq yaşaysan, hammadan ziyod
Hali toyçoqlaring öynab yuribdi,
— degan şeʼriy satrlar.
Iqtidorli rassom Xayrulla Lutfullayev mohirlik bilan çizgan suratdagi odamni darhol tanidim. Qölida mikrofon tutgança, borliği hayajonga tölib kuylayotgan sanʼatkor Botir Zokirov edi!
Aytganimdek, qissa sarlavhasi tagiga katta, quyuq qora harflar bilan “Xalq artisti Botir Zokirov xotirasiga bağişlanadi”, deb yozib qöyilgandi. Bu otaşin sanʼatkorga Xayriddin Sultonning qissa bağişlagani meni çeksiz sevintirib yubordi. Çunki…
Yer yuzi tan olgan va qoyil qolgan birinçi kosmonavt Yuriy Gagarin Toşkentga keladi. Navoiy teatrida tarixiy uçraşuv böladi. Uçraşuvda: “Özbeklardan kimlarni bilasiz?” — degan savolga maşhur kosmonavt: “Botir Zokirovni bilaman, jahonda bunday estrada artisti yöq, faqat özi bilan körişmaganman, afsus”, deb javob beradi. Bu gapni, bu bahoni öşa paytlarda, öz davrida şon-şuhrati 15 ta respublikani “ixtiyoriy-majburiy” birlaştirgan Ittifoq rahbari Xruşçevnikidan ham baland bölgan Yuriy Gagarin aytayotgandi. U yana “Yer yuzida mendan keyingi odam şu — Botir!” deydi.
Xullas, öşanda buyuk sanʼatkorga bağişlangan qissani yuksak zavq-şavq bilan öqib çiqqan edim.
Yaqinda esa, ha, yaqinginada böldi bu voqea. Özbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri, öziga xos “adabiy mamlakati” bölgan betakror adib Xayriddin Sultonning “Köngil ozodadur” nomli hajman salmoqligina yangi kitobi qölimga tuşdi. Işonsangiz, juda-juda soğinib yurgan, köngildoş, mehribon odamimni uçratgandek böldim.
2019 yili “Yangi asr avlodi” naşriyotida çop etilgan uşbu kitobdagi “Saodat sohili”, “Yozning yolğiz yodgori”, “Ajoyib kunlarning birida”, “Köngil ozodadur” qissalarini yangitdan, yangi bir mehr va bölakça zavq bilan öqib çiqdim.
Bu asarlar menga 30-40 yildan buyon taniş, hatto baʼzi qissalardagi manzaralar yod bölib ketgan bölsa-da, yangi hayajon bilan mutolaaga berildim.
Adabiyot muhiblari juda yaxşi bilişadi, Xayriddin Sulton Zahiriddin Muhammad Bobur, Mavlono Gulxaniy, ayniqsa, Abdulla Qodiriy asarlarini, ularning yuksak insoniy-ijtimoiy faoliyatini teran örgangan yozuvçi.
Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan çayon” asari asosidagi kinossenariy va “Raʼno gulining suvi”, “Andişa”, “Şoirona, darveşona bir maʼno” kabi esselar kitobxonlar tomonidan qizğin qarşi olingan.
Adib buyuk şoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur haqida “Saodat sohili”, “Oy botgan pallada”, “Panoh”, “Nuqta” kabi qissa va hikoyalar, “Boburiynoma” nomli maʼrifiy roman yaratgan. Zukko kitobxon bu asarlarda isteʼdodli yozuvçi özini buyuk şoirga ruhan yaqin tutganini yaqqol his qiladi.
Adabiyotşunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Bahodir Karim kitobga söz boşisida yozganidek, takror öqiş asarning sirli, yaşirin qirralarini, avval körilmagan fayzli tomonlarini anglaşga yordam beradi. Qayta mutolaa badiiy asarning, olim aytganidek, yangi bir davru davronini boşlab berişi mumkin.
Özbek adabiyotida Zahiriddin Muhammad Bobur haqida köplab asarlar yaratilgan. Ammo “Saodat sohili” qissasi ularning eng yaxşilaridan biri hisoblanadi. Asarda buyuk şoir hayotining sönggi damlari ulkan mahorat bilan tasvirlanadi.
Ona diyoriga qaytiş ixtiyori qölidan ketgan “qalandar” şohning hayoti kitobxonni butkul öziga boğlab oladi. Birgina şoh emas, balki köçalarda sargardon bölgan Baxşiturk, özga ellarda dahşatli ölim topgan Boboqul, jahongaşta alloma Hofiz Kuykiyning taqdiri turli-tuman voqealar taʼsirida namoyon böladi.
Kitobxon Boburday uluğ zotning taqdiriga, hayotiga rahmi keladi, açinadi, bu buyuk insonning yurt armoni va soğinçi bilan yöğrilgan iztiroblariga şerik böladi.
Kitobdagi gözal qissalardan biri, yuqorida taʼkidlaganimizdek, “Ajoyib kunlarning birida” asaridir.
Qissada Sulton, Abdulla va Kamolning Botir Zokirovning uyiga boriş voqealari, ayniqsa, juda taʼsirçan tasvirlangan. Bu voqealar zamirida dunyo tanigan sanʼatkorning çin insoniy qiyofasi namoyon böladi. Uning mumtoz adabiyot, ayniqsa, Alişer Navoiy asarlarining çin muhibi ekani quyidagi voqeada işonarli tarzda berilgan.
“Kamol kreslo yonidagi pastak stol ustida yotgan albomlar, dasta-dasta kitoblardan biriga qöl çözdi.
— Körsam maylimi, Botir aka?
— Navoiy! — dedi Kamol, sabzirang muqovali qalin kitobni asta varaqlab.
— Ha, keça oqşom dadam rahmatli esimga tuşib ketdi. Bu kitob ulardan yodgor. U kişi uzun qiş keçalari mana şunday derazaning oldida, eski kitoblarni varaqlab ötirardilar. Men jimgina tomoşa qilişni yaxşi körardim. Bir kuni “Hadeb nimani qidiraverasiz, dada?” deb söraganim esimda. Dadam, kuldilar-da, “Özimni qidiryapman, öğlim, — dedilar. — Mana, quloq sol: “El netib topgay menikim, men özimni topmasam”. Mir Alişer mana şundoq deganlar, uqdingmi?”
Uçraşuvda Botir Zokirovning yuksak did va bilim egasi ekanligi körinadi. “Navoiydan, Fuzuliydan, Maşrabdan aytişim kerak edi. Qandoq toza, maʼnoli sözlar bor ekan ularning asarlarida! Fuzuliyni qarang-a: “Falak yondi ohimdan, murodim şaʼmi yonmasmu?”, Xalq qöşiqlari-çi? “Dutor çalib ötirsam, tori uzilib ketdi, Yorim esimga tuşib könglim buzilib ketdi…”
“Sezayapsizmi, qançalik sof, sodda, mardona! Axir, men şularni eşitib ulğayganman, otam ham, onam ham aytişar edi. Men köp adaşdim, köp”.
Mehmonlar atoqli sanʼatkorning uyida yayraydi. Boy taassurotlar oladi. Gurungda Botir Zokirovning “Kasaldan gaplaşgan odam, battar kasal böladi”, degan gaplari u köp iztiroblar çekkanidan darak beradi. Ikki marta yurak xurujini boşidan keçirgan zot ölimni böyniga olib qöşiq aytadi. Ayniqsa, u vafot etgandagi holat juda-juda oğir. “Ukalari, şogirdlari sönggi manzil oldida, “Bahor” konsert zalida buyuk sanʼatkor aytgan qöşiqlarni vidolaşuvda aytib turişdi. Oh, yuraklar ezilar manzara”.
Şu örinda muhim bir narsani alohida qayd etmoq kerak. Xayriddin Sulton özbek adabiyotida taniqli hikoyanavis yozuvçi sifatida ham tanilgan. Uning “Umr esa ötmoqda”, “Yo, Jamşid!”, “Dunyoning siri”, “Döstim Esonboy”, “Qoğoz gullar”, “Oy botgan pallada” hikoyalari allaqaçon öquvçilarning badiiy mulkiga aylangan.
Kitobdagi Yuriy Nagibin, Vasiliy Şukşin, Valentin Rasputin, Nodar Dumbadze, Dino Bussanti kabi yozuvçilar ijodidan qilingan tarjimalar sevimli adibimizning tarjimonlik borasidagi yuksak salohiyatidan dalolat beradi.
Bir söz bilan aytganda, “Köngil ozodadur” kitobi pokiza köngillarning bebaho mulki, kitobxonlarning ardoqli naşriga aylanib qolişiga şubhamiz yöq.
Toştemir Turdiyev,
Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi.
