Gyunter Overfeld: “Özbekiston erkinlik va islohotlar yölidan bormoqda”
Ikki örtada uzoq muddatli loyihalar bor. Ularni hayotga tatbiq etiş uçun muayyan fursat kerak böladi. Muhimi, biz bitimlarni röyobga çiqariş yölida faol saʼy-harakat olib bormoqdamiz.
9 noyabr kuni “sovuq uruş” davrining maşʼum merosi – Berlin devori qulaganiga 30 yil töldi. Istibdod istehkomining yakson etilişi öşa kezlar nafaqat Germaniya, balki butun dunyoda hurriyat va ozodlik yölida kuraşayotgan xalqlarni ruhlantirgan edi. Germaniyaning yurtimizdagi favqulodda va muxtor elçisi Gyunter Overfeld bilan uşbu sanaga oid munosabati va Özbekiston va Germaniya örtasida har tomonlama hamkorlik istiqbollari yuzasidan suhbatlaşdik.
— Elçi janoblari, joriy yil Özbekiston va Germaniya hamkorligi tarixida sermahsul yil sifatida eʼtirof qilinsa, aslo xato bölmaydi. 2019 yil yanvarda Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Germaniyaga rasmiy taşrif bilan bordi. May oyida GFR Prezidenti Frank-Valter Ştaynmayer yurtimizga javob taşrifi bilan keldi. Yil davomida ikki mamlakat örtasida turli sohalarda bir neça milliard dollarlik şartnomalar imzolandi. Mazkur bitim va kelişuvlarning istiqbolini qanday baholaysiz?
— Mamlakatlarimiz hamkorligi turli sohalarda mustahkamlanib bormoqda. Buni savdo-iqtisodiy munosabatlarga doir raqamlar ham tasdiqlaydi. Keyingi ikki yilda Germaniya va Özbekiston örtasidagi savdo aylanmasi 20 foizga oşdi. Bu, albatta, katta körsatkiç.
Ösiş surʼatini barça jabhalarda kuzatiş mumkin. Yaqinda quriliş sohasida ötkazilgan körgazmada Özbekiston kompaniyalari faol iştirok etdi. Öz navbatida, qişloq xöjaligi yarmarkasida Germaniyaning “Slaas” kompaniyasi yangi loyihalarni taklif etdi.
Ayni paytda Özbekiston mahsulotlarini nafaqat Germaniya, balki Yevropa Ittifoqi bozorlariga olib kiriş istiqbollari körib çiqilmoqda. Bu esa mamlakat iqtisodiyoti uçun muhim ahamiyatga ega. Ayni çoğda, oziq-ovqat hamda töqimaçilik mahsulotlarini Yevropa bozoriga olib kiriş borasida maxsus talablar borligini unutmaslik kerak. Biz ayni şu jabhada — sertifikatlaş va standartlaş böyiça ham hamkorlik qilmoqdamiz. Bir oyça avval Germaniya delegatsiyasi Toşkentda mazkur masalada muzokaralar olib bordi. Joriy yil noyabrda Berlinda ötadigan hukumat va işbilarmon doiralar iştirokidagi uçraşuvlarda ham sertifikatlaş va standartlaş masalalari muhokama etiladi.
Ikki örtada uzoq muddatli loyihalar bor. Ularni hayotga tatbiq etiş uçun muayyan fursat kerak böladi. Muhimi, biz bitimlarni röyobga çiqariş yölida faol saʼy-harakat olib bormoqdamiz.
Prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida Özbekiston erkinlik va islohotlar yölidan bormoqda. Kezi kelganda, biz bu özgarişlardan mamnun ekanimizni qayd etişni istar edim. GFR Prezidenti Frank-Valter Ştaynmayer joriy yil may oyida Özbekiston rahbari bilan suhbatda ham bu jihatni alohida taʼkidladi. Taʼbir joiz bölsa, janob Mirziyoyev Özbekistonga dunyo eşiklarini oçdi. Bu esa taraqqiyot yölidagi dadil qadamdir.
— Berlin devori yagona olmon millatini ikki lagerga bölib taşlagani, oilalarni parokanda qilgani maʼlum. Mazkur fojia rejissyor Volfgang Bekkerning “Alvido, Lenin!” (Good bye, Lenin) badiiy filmida ğoyat taʼsirli oçib berilgan. Nazarimda, har bir olmon qalbida “temir parda”ning yakson etilişi hamda GDR va GFRning birlaşuvi bilan boğliq öziga xos xotira yaşaydi. Mamlakatingiz hayotida inqilob yasagan uşbu voqeani Siz qanday eslaysiz?
— Berlin devori qulaşi bilan biz bilgan dunyo boşqa dunyoga aylandi. Öşa lahzalarda aksar millatdoşlarim kabi men ham tölaqonli erkinlik paydo bölganini his etdim.
Maktab davrida sinfdoşlarim bilan Berlinga sayohat uyuştirganmiz. Öşanda şahar markazidagi mahobatli Brandenburg darvozasini ham ziyorat qilganmiz. Darvoza yaqinida tiklangan maşʼum devor şaharni ikkiga bölib turar edi. Tikan simlar, qurollangan askarlar, jangovar holatdagi tanklar… — bu manzara keçagidek yodimda. Öşanda devor oşa yuragimizning bir parçasi bölmiş yaqinlarimiz yaşayotgan Şarqiy Berlinga boqqanmiz…
Dunyoda misli körilmagan devor bir xalqni bölib taşladi. Şarqiy Germaniyada köpçilik qatori bizning ham döstlarimiz, qarindoşlarimiz bor edi. Ammo yaqin döstu qadrdonlar bir biri holidan xabar oliş imkonidan mahrum edi. Jiddiy sabab bölsagina safar qilişga izn berilardi. Xususan, GDRning 60 yoşdan ötgan fuqarolarigina Ğarbiy Germaniyaga kelişi mumkin edi.
Esimda, oilaviy suhbatlarda ikki davlat birlaşişi lozimligi haqida köp gapirilardi. Ayniqsa, erkinlik neʼmatidan mahrum GDRda yaşayotgan millatdoşlarim buni köproq orzu qilgani ayni haqiqat.
Devor qulaganidan köp ötmay, ota-onamning döstlari biznikiga mehmonga kelişdi. Bir neça ön yilga çözilgan ayriliqdan keyin qadrdonlar bir-birlari bilan közyoşlar ila diydorlaşgan edi. Bunday his-tuyğuni deyarli har bir olmon oilasi boşdan keçirgan.
— Sönggi yillarda dunyo siyosatdonlari orasida BMT Xavfsizlik kengaşi faoliyatini isloh etiş borasidagi bahslar qizğin tusga kirmoqda. Germaniya taşqi işlar vaziri Hayko Maas ham ommaviy axborot vositalariga intervyularida Kengaş bugungi kun talab-ehtiyojlariga javob bermasligini taʼkidlab keladi. Xöş, rasmiy Berlin BMT Xavfsizlik kengaşi qay tartibda isloh etilişini istaydi?
— BMT Xavfsizlik kengaşi taşkilotning asosiy boşqaruv idorasi sanaladi. U harbiy harakatlarga ruxsat beriş vakolatiga ham ega. Bu jihatdan uşbu tuzilma dunyo tinçligi va barqarorligida muhim örin tutadi.
Taʼkidlaş joizki, BMT Xavfsizlik kengaşining hozirgi tarkibi zamonaviy dunyo tartibotiga javob bermaydi. Ötgan 70 yil davomida dunyoda keskin özgarişlar röy berdi. Afrika, Lotin Amerikasi hamda Osiyoda önlab mamlakatlar öz mustaqilligini eʼlon qildi. Jumladan, jahon xaritasida Özbekiston deb atalgan suveren davlat paydo böldi. Ammo mazkur özgarişlar BMT Xavfsizlik kengaşi faoliyatida aks etganiça yöq.
Modomiki, Xavfsizlik kengaşiga butun dunyo xalqlari nomidan iş yuritiş vakolati berilar ekan, u isloh etilmoği lozim. Avvalo, Kengaşda har bir mintaqa vakili öz fikrini bildiriş huquqiga ega bölmoği darkor. Qolaversa, mamlakatlarning BMT faoliyatiga ajratayotgan moddiy kömagi miqdori ham eʼtibordan çetda qolmasligi kerak. Germaniya BMTga majburiy aʼzolik badalini muntazam tölab kelayotgan törtinçi yirik mamlakat sanaladi. Biz inson huquqlari, olis hududlar aholisi yaşaş tarzini yaxşilaş kabi maqsadlar uçun ham ixtiyoriy kömak körsatamiz. Majburiy va ixtiyoriy badal miqdori qöşib hisoblansa, Germaniya xalqaro tuzilmaga moliyaviy kömak körsatkiçi böyiça dunyoda ikkinçi mamlakat ekani ayon böladi.
Germaniya, Yaponiya, Hindiston hamda Braziliya (G4 — “Katta törtlik”) BMT Xavfsizlik kengaşini isloh etiş borasida hammaslak, hamfikrdir. Maʼlumki, Xavfsizlik kengaşining jami 15 ta — 5 ta doimiy hamda 10 ta muvaqqat aʼzosi bor. “Katta törtlik” esa Kengaşga 6 ta doimiy (Osiyo va Afrikadan ikkitadan, Ğarbiy Yevropa va Lotin Amerikasidan bittadan davlat) hamda 4 ta muvaqqat aʼzo qöşişni taklif etmoqda. Şu tariqa doimiy aʼzolar soni 25 taga yetadi. Biz taklif etayotgan islohot varianti Kengaş faoliyatida turli mintaqalar tamsil etilişini taʼminlaydi. Qolaversa, mazkur özgariş xalqaro tuzilmaning global muammolarga tez va soz javob qaytarişiga xizmat qiladi.
Albatta, tuzilmani isloh etiş xamirdan qil suğurgandek oson keçmaydi. Taklif etilayotgan islohot BMT Nizomiga özgartiriş kiritişni taqozo etadi. Buning uçun esa BMT Boş assambleyasiga aʼzo 193 mamlakatning uçdan ikki qismi taklifni qöllab-quvvatlaşi lozim. Keyin esa loyiha milliy parlamentlarda birma bir ratifikatsiya qilinişi zarur. Töğri, hozirça dunyo davlatlari Kengaş faoliyati qay tartibda isloh etilişi borasida yakdil qarorga kelgani yöq. Ammo muhimi, köp sonli davlatlar islohot ötkazilişini yoqlayotir.
— Germaniya Yevropa Ittifoqiga asos solgan olti davlatdan biridir. Mamlakatingiz tuzilma uçun muşkul bölgan pallalarda ham birlik va birdamlikni himoya qilib kelmoqda. Ammo “Brexit”, Yevropaning qator mamlakatlarida millatçilik kayfiyatdagi siyosiy partiyalar faollaşayotgani sabab integratsiya xavf ostida qolgani haqida farazlar aytilmoqda. Cizningça, YEI integratsiyaga qarşi guruhlar bosimini yengiş uçun qanday çoralar körişi kerak? Umuman, “yagona Yevropa uyi”ning kelajagini qanday tasavvur qilasiz?
— Yevroittifoqqa asos solingan ilk yillardan to hozirga qadar Germaniya integratsiya ğoyasiga sodiq bölib kelgan. Yevro inqirozi böladimi, migratsiya muammolarimi — har qanday muşkul holatdan çiqiş yöli mavjud. Ayrim davlatlarda YEIga nisbatan tanqidiy fikrlar aytilayotgani rost. Ammo baribir köpçilik — yagona Yevropa ğoyasi tarafdori. Joriy yil may oyida Yevropa parlamenti uçun ötkazilgan saylov ham buni yana bir karra tasdiqladi.
YEI barça jabhada töğri siyosat yuritmoqda degan fikrdan yiroqman. Menimça, bu borada ikki yönalişda özgartiriş amalga oşirilişi kerak. Birinçidan, Ittifoq hududida yaşayotgan oddiy fuqarolar Bryussel qabul qilayotgan qarorlarga taʼsir körsata olişi kerak. Ikkinçidan, subsidiarlik kuçaytirilişi, tegişli masalalar Bryusselda emas, mahalliy darajada hal etilişi lozim.
Sobirjon Yoqubov
suhbatlaşdi.
