Çoçiy Faxruzzamon
Qadimiy Şoş, yaʼni Toşkentda yaşab ijod etgan adiblardan biri Badriddin Çoçiydir. Badriddin Muhammad 1285 yili ziyoli oilasida tuğilgan. Bolaligi Toşkentda ötgan. Keyin Samarqand va Buxoro madrasalarida öqiydi. Bölajak şoir şeʼriyat va sanʼat bilan birga, zamonasidagi barça bilimlarni, xususan, tabiiy fanlarni yaxşi egallaydi, zakiy bilimdon sifatida şakllanadi. Zamondoşlari esa bularni eʼtirof etişadi. Mamlakatdagi notinçlik, taxt-toj uçun kuraşlarning avj olib ketişi sababli Badriddin Muhammad Şarq mamlakatlari böylab sayohatga jönaydi.
Kiçik Osiyo va Arabiston yarim oroli şaharlarini kezib çiqadi, Makkada böladi. Tarixiy manʼbalarga qaraganda, u hajdan qaytişda 1333 yili Hindistonga boradi va Dehli sultoni Tuğuluq Muhammad saroyiga işga kiradi. Adabiy qobiliyati, zukkoligini munosib taqdirlab, Tuğuluq Muhammad Badriddin Çoçiyga 1344 yili Hindiston sultonlari tomonidan taʼsis etilgan «Faxruzzamon» — «Zamona faxri» unvonini beradi. Badriddin Çoçiy bir qitʼasida öz qobiliyati haqida faxriya sifatida quyidagilarni yozgan edi:
Xudovando, maro dar ilmi manqul,
Zabonu didai dil gaşt bino.
Söi maʼqul tiram dastras hast,
Agarçi nestam çun puri Sino.
(Ey, Xudo! Diniy bilimlarda tilimni ravon, dil közini ravşan etting. Sino farzand bölmasam ham dunyoviy bilimlarda öqim nişonga tegadi).
Şuni alohida qayd etiş kerakki, ötmişda Örta Osiyodan Hindistonga borib yaşagan va işlagan olim hamda şoirlar juda köp bölgan. Lekin ulardan faqat Badriddin Çoçiygagina «Faxruzzamon» unvoni berilgan. U 1346-1350 yillar orasida Dehlida vafot etgan.
Şoir Dehli sultonlari dargohida işlagan bölsa-da, muhtojliqda yaşaganga öxşaydi. Çunki uning devoni tarkibidagi şeʼrlarda hasbi hol mohiyatidagi ğazallar mavjud. Quyidagi misralar şundan dalolat beradi:
Zaiftar şuda z-on möi didayeki zi dard,
Dar obi didai xud xoru pinhonast…
Ba şakli tori bireşim ki dar bari çang ast,
Nizoru zor pur az tob saxt nolon ast.
(Darddan zaiflaşgan kipriklar köz yoşlari orasida xoru pinhondir. Uning holati kaltakdan har lahzada nola çekuvçi çangning ipak torlariga öxşaydi).
Çoçiy, şubhasiz, köplab ilmiy asarlar, dostonlar hamda ğazallar yaratgan. Hatto ötmişda Badriddin Çoçiy devonlaridagi şeʼrlarni şarhlovçi, izohlovçi alohida kitoblar, luğatlar tuzilgan. Tazkiralarda (ötmişda antologiyalar şunday nomlangan) Badriddin Çoçiyning Tuğuluqiylar sulolasi tarixi tasviriga bağişlab, Firdavsiyga ergaşib, 30 ming misradan iborat «Şohnoma» bitgani ham qayd etiladi. U 1345 yili 2 ming baytdan iborat şeʼrlar devonini tuzgan. Unda qasida, ğazal, qitʼa, ruboyi singari janrlardagi şeʼrlar jamlangan.
Badriddin Çoçiy forsiy tildagi şeʼriyatda qasida janrini yangi taraqqiyot bosqiçiga kötargan sanʼatkordir. Şoir anʼanaga köra, öz qasidalarida u yoki bu tarixiy şaxslarni maqtamaydi, balki Hindiston tabiatining betakror gözalliklarini tasvirlaydi, bahorning jozibali manzarasini çiziş orqali öquvçi qalbida tabiat körkiga, hayotga, yaşaşga zavq-şavq uyğotadi. Badriddin Çoçiy ğazal va ruboiylarida öziga xos badiiy sanʼatlarni işlatadi, turli xil majoziy obrazlardan, hayotiy lahzalardan ustalik bilan foydalanadi. U boşqa sanʼatkorlarda uçramaydigan badiiy tasviriy vositalardan foydalangan. Şuning uçun ham ötmişda «Çoçiy devoniga şarhlar», «Badriddin Çoçiy qasidalarining şarhi» degan, şoir şeʼrlarini tuşuniş va tahlil qilişga yordam beradigan alohida dasturiy kitoblar yaratilgan. Çunonçi, «Ğiyos ul-luğat» muallifi Ğiyosiddin ibn Jaloliddin, “Şarhi qasoidi Badri Çoç” qöllanmasini yozgan bölsa, 1848 yili Çoçiy şeʼrlariga Muhammad Usmon Qays ikki jilddan iborat keng qamrovli şarh yaratadi va uni «Nusxai Usmonxon» deb ataydi. Afsuski, ana şu zabardast adib merosidan bizga yuzdan ziyod qasida, ğazal va ruboiylarigina yetib kelgan, xolos. Mazkur şeʼrlar Badriddin Çoçiyning çinakam tabiat oşiği, gözallik şaydosi, insonparvar şoir ekanini körsatadi. Şoir öz asarlarini öşa davr anʼanasiga köra forsiy tilda yozgan. Aksariyat şeʼrlarida Badriddin Çoçiy işq-muhabbatni öziga xos nafislikda tarannum etadi, ilm-maʼrifatni, yuksak insoniy axloq-odobni tarğib qiladi. Ularda obrazlilikka erişiş uçun tabiatdagi narsa va hodisalar xossasidan foydalanadi:
Har on kaski dar işq sim kamtar dorad,
Monandi bunafşa puşti çanbar dorad.
Gul bo in ruxi surxu dahoni xandon,
Z-onki dar miyon hama zar dorad.
(Işqda oltini bölmagan kişi orqasiga çambarak osgan binafşaga öxşaydi: lola yuzining qizilligi-yu oğzining kulguda ekanligining sababi, uning bağrida zari bölganligidandir). Bu yerda şoir binafşaning motam libosiligida-yu qurqşovligi va lola barglari örtasidagi sariq kukunçalarga işora qilmoqda.
Badriddin Çoçiy asarlarini Şarq ilm-fanining bilimdoni, şoir va tarjimon Anisiy özbek tiliga tarjima qilgan. Uning qasidalarini mohiyatiga köra, uç silsilaga böliş mumkin. Bir turkum qasidalarda şoir tuğuluqiylar sulolasi hukmronlarini madh etadi. Ularni adolatpeşa, maʼrifatparvar, ilm-adab ahlining homiysi ekanligini taʼriflaydi. Bir neça qasidalar bahoriya mohiyatida bölib, ularda tabiat, turfa xil jonzotlar ayriça jozibadorlikda, öziga xos rangu ohanglarda vasf etilgan. Bunday qasidalar tabiat tasviriga bağişlangan şeʼriyatning yuksak klassik namunasi hisoblanadi. Adib qasidalari noyob tarixiy manbalar hamdir. Zeroki, bir silsila qasidalarida Çoçiy tuğuluqiylar sulolasining saltanatdorligi tarixini şeʼriyat orqali tadrijiy takomilda tasvirlagan. Uni öqigan kitobxon köz öngida köhna Hindistonning öşa asrdagi tarixi yaxlit tarzda namoyon böladi.
Xullas, Badriddin Çoçiy qasidalari oddiy vasfiyalargina bölib qolmay, katta maʼrifiy, tarixiy mohiyatga ega asarlardir. Ular kitobxonga olamjahon adabiy-estetik zavq bağişlaş bilan birga hind xalqi tarixidan muayyan darajada bilim ham beradi.
Taassufki, bu katta ijodiy mehnat hamon röyobga çiqmayotir, yaʼni Çoçiy asarlarining tarjimasini naşr etiş hamon paysalga solib kelinmoqda.
Hamidjon Homidiy,
filologiya fanlari doktori, professor.
