Kitob — qalb şifosi

XXI asr hayotimizga şiddat bilan kirib kelgani rost. Yuksak zamonaviy texnologiyalar, kompyuter, internet va hokazolar sababli, biz insonlar, negadir sönggi yillarda badiiy kitoblarni (roman, hikoya, şeʼrlar) kam, juda kam öqiymiz. Şoir aytganidek “internet degan ajdar” naqd möʼjizaning özginasi – birpasda dunyoning hamma axborotlaridan xabardorsiz, agarda ijtimoiy tarmoqlarga bir nazar solsangiz bormi, soatlar, daqiqalar yoki kunning qanday ötib ketganini ham sezmay qolasiz.

Ertalab işga, öqişga, keç­qurun uyga şoşiş jarayonida avtobus yoki metroda körganimiz — baxtiyor yoşlarimiz özlari bilan özlari ovora, kaftidagi “dunyoni” mazza qilib tomoşa qilib ketaveradi. Ularning kaftida kitob emas, eng sönggi rusumdagi telefonlar böladi. Beixtiyor xörsinib qöya­siz, qani endi kitob yoki biror gazeta öqib ketayotgan yoşlarni uçratsangiz…

Hozirda yoşlari 60-70 larga borib qolgan hamyurtlarimiz yoşligidan uluğ adiblarimiz Abdulla Qodiriyning “Ötkan kunlar”, “Mehrobdan çayon”, Abdulhamid Çölponning “Keça va kunduz”, Oybekning “Navoiy”, Said Ahmadning “Ufq”, Odil Yoqubovning “Diyonat”, Çingiz Aytmatovning “Jamila” singari asarlarini iştiyoq bilan öqişganini eşitib, endi bularni bir yoruğ xotira kabi eslaş ham odamni öksitadi baʼzan…

Kuni keçagiday hamon köz öngimda Rayimboy akam kasbi öqituvçi edi (Alloh rahmatiga olsin). Ayniqsa, qiş faslining uzun keçalarida to tonggaça kitob öqib çiqardilar, uyi­mizning bir xonasida akamning kitob javoni bor edi. Akam: “Bu kitoblar mening xazinam, boyligim, javohirlarim, mening sirdoş döstlarim”, derdilar. Biz opa-singillar ham bu kitob­larni öqirdik, asar qahramonlarini muhokama qilib, bir-birimiz bilan tortişib ham qolardik.

Töğrisi, hozir odamlarda badiiy kitob öqişga, göyoki vaqt yetmayotgandek, kunlar tez ötib ketayotgandek holat mavjud. Biroq, uy-rözğor, bolam-çaqam, pişir-kuydirdan ortsa oynai jahon muruvvatini burab, serial tomoşa qiladi. Ertasiga işga keliboq, öşa seriallardagi qahramonlarni muhokama qilişadi.

Bir kuni hamkasbimdan ataylab söradim: “Siz badiiy adabiyot öqiysizmi?”, deb. U: “Yöq öqimayman, vaqtim yöq işdan zörğa uyga boraman, uy yumuşlari özi yetib ortadi”, deydi. Bu XXI asr boşining özgarmas hayot ssenariysi desam aslo mubolağa bölmaydi. Ayollar maoş olsalar, bozorga yoki supermarketga borib, eng oxirgi modadagi köylak, atir-upalar sotib olişadi, kitob olişga esa puli yetmaydi.

Axir kitob öqigan insonning ongu tafakkuri yuksak, dunyoqaraşi keng bölib, mukammallikka, komillikka yetişadi. Hayot sinovlari oldida qaddini tik tutadi, ayrim qiyinçiliklar oldida esankirab qolmasligi tabiiy holat emasmi?!.

Marhamat Matvafayeva.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan