Rostan ham öqişga vaqt yöqmi?
Baʼzi qasrga öxşaş uylarga kirib, xonadonida bironta kitob yöqligini körib xunobingiz oşadi. Bunday xonadon egalari esa çetning falon maşinasi-yu falon dollar turadigan mebeli bilan maqtanişni xuş körişadi.
Mamlakatimizning qaysi şahriga bormang, şunday manzara közga taşlanadi, yaʼni “V
ino-vodka”, “Şarob-may”. Barça yomonliklarning deboçasi bölgan spirtli içimliklar dökonlari, bahorgi yomğirdan keyingi qöziqorinday köpayib ketdi. Öylab qolasan kişi, demak şunça aroq sotadigan dökonga ehtiyoj bor ekan-da. Axir, qarz-havolasiz binoyiday işlab turişibdi…
Ammo ming taassufki, insoniyatning ming yillik bilim va maʼrifatini özida jamlagan kitob dökonlari spirtli içimliklar sotiladigan dökonlardan kam. Baʼzida ataylab öqimişli tanişlarimdan mumtoz yoki jahon adabiyotimiz haqida fikrini sörayman, bir xil javob: “Kitob öqişga vaqt yöq”.
Gazeta-jurnallarda çiqayotgan rivojlangan davlatlar haqidagi maqolalarni öqib boraman. Menga taʼsir qilgani: “Millatning tafakkur saviyasi qanday adabiyot öqigani bilan ölçanadi”. Abdulla Qodiriy öz davrida bekorga “millatimizning boy-badavlat öğlonlari ilm-maʼrifatdan yiroq, çoyxonalarda aroq, pivo içiş bilan band”, deya bong urmagandi. Bu balodan hali ham qutulmadik.
Bugun odamlar qanday kitob öqiganliklari bilan emas, balki qimmatbaho restoran yoki kafeda falon odam bilan ulfatçilik qilganini aytib maqtanişga ötişdi.
Şukrki, davlatimiz rahbarining özi kitob öqişga könikma hosil qiliş kerakligini bot-bot taʼkidlaydilar. Kitob mutolaasini qöllab-quvvatlaşga oid maxsus qaror çiqargan özimizning Yurtboşimizdan taşqari, boşqa davlat rahbarini bilmayman. Zero, taraqqiyotga, yuksalişga eltuvçi manzilga faqat kitob öqiş, bilim oliş bilan borilişi tarixiy haqiqat.
Lekin yana bir masala borki, adabiyotşunos olim Qozoqboy Yöldoşev aytganidek: “Şundoq ham öqirmanlardan köra, yozarmonlar köpaygan zamonimizda kitob naşriga 15 foizli QQS solinişi közda tutilayotgani kitobxonlik madaniyatini yuksaltirişga berilgan zarbaga öxşaydi”. Maʼnaviyatni pulga çaqiş, undan daromad közlaş neçoğli töğri?
Bu masalada soliqçilarning tuşuntirişlariga köra, çet el tajribasidan kelib çiqib uşbu yöl tanlangan. Ajabo! Axir ajnabiy erkaklar yubka kiyişni maʼqul körişsa, buni ham joriy qiliş kerakmi, endi?!
Menga taʼsir qilgani: “Millatning tafakkur saviyasi qanday adabiyot öqigani bilan ölçanadi”. Abdulla Qodiriy öz davrida bekorga “millatimizning boy-badavlat öğlonlari ilm-maʼrifatdan yiroq, çoyxonalarda aroq, pivo içiş bilan band”, deya bong urmagandi. Bu balodan hali ham qutulmadik. Bugun odamlar qanday kitob öqiganliklari bilan emas, balki qimmatbaho restoran yoki kafeda falon odam bilan ulfatçilik qilganini aytib maqtanişga ötişdi.
Menimça, millatining kelajagini öylagan har qanday şaxs maʼnaviyatni qöllab-quvvatlaşi şart. Toki kitob yozayotgan ijod ahli yozganidan avval özi bahra olsin. Ana şundagina jahon adabiyoti bilan bellaşa oladigan asarlar yaratiladi.
Ötmiş tajribasidan yana maʼlumki, eng rivojlangan davlatlarning maʼnaviy tanazzulga ketişi kitobga bölgan munosabatlarining zaifligidan boşlangan.
Bundan beş-olti yil oldin Andijon davlat universitetining faxriy professori Sayfiddin Jalilov: “Maʼnaviyat, maʼnaviyat deymiz, ammo unga bölgan eʼtibor çorvaçilikdan ham keyingi örinda turadi”, degandi. Bugun Prezidentimizning özlari kitobga qaytişni tarğib qilayotgan bir paytda, biz ziyolilar ham kitob savdosini tartibga keltirib, öz hissamizni qöşaylik. Bolasiga kitob olib beraman degan ota-ona dökonga kirganda “arzonidan bormi?” demasin.
Albatta, kitobni barça öqişi kerak! Farzand oilada kitoblar olamida ulğaysagina, maʼrifatga intilib yaşaşga odatlanadi. Uluğ rus şoiri Aleksandr Sergeyeviç Puşkin aqlini tanib-tanimasdan kunini otasining kutubxonasida ötkazganini eslang.
Baʼzi qasrga öxşaş uylarga kirib, xonadonida bironta kitob yöqligini körib xunobingiz oşadi. Bunday xonadon egalari ham çetning falon maşinasi-yu falon dollar turadigan mebeli bilan maqtanişni xuş körişadi. Eng açinarlisi, ularning könglida osoyiştalik yöq. Doim taşvişda yaşaşadi. Odam osoyiştalikni — halovatni kitobdan oladi.
Yaqinda nufuzli idora rahbarining qabuliga kirib salom-alik qilib ulgurmasimdan: “Bu yil majburiy obuna yöq. Agar şu masalada kelgan bölsangiz, behuda ovora bölibsiz”, dedi. Içimda: “Ölma, jonim çidab tur”, dedim-da: “Mayli, agar bu bilan tomorqamni şudgorlab berayotgandek malol olayotgan bölsangiz, obuna bölmay qöya- qoling”, deyişdan nariga ötmadim. Lekin kundalik matbuot naşrlarini öqimagan rahbar odam maʼnaviyati haqida nima deyişi mumkin? Yöq, aytarli gap topolmaysiz. Ammo birdan xayolingizga: “Ana, korrupsiya qayerdan kelib çiqarkan?” — degan öy keladi. Axir, gazeta-jurnallar maʼnaviyat- maʼrifat çiroği, odamni töğri yöldan adaştirmaydigan mayoq-ku!
Har kim, har kuni kitob, gazeta-jurnal öqiş bilan tafakkur uyiga maʼnaviyat çiroğini yoqib borsin. Çunki, yöqotilgan maʼnaviy boylikning örnini qayta tiklaş juda qiyin. Zero, bu tuganmas xazinaga yöl “igna bilan quduq qazişdek” uzoq va maşaqqatli ekanligini unutmasligimiz kerak.
Anvarjon Halimov,
jurnalist.
