Adabiy saytmi, asabiy sayt?!

Tan olaman, erinçoqman. Köpçilik singari PDF formatidagi kitoblarning har joyidan çöqilab “öqiyotgan”, “Youtube” bilan uxlab, “Telegram” va “Instagram” bilan uyğonayotgan XXI asr avlodining bir vakiliman. Lekin qölimda kitob bormi, internet manbasiga işonmayman. Kitobni varaqlab, asl nusxadan, köngilni xotirjam qilib öqiganga nima yetsin!

Afsuski, bugun köpçilik kitobni elektron şaklda öqiydi. Maʼlumotlarni turli saytlardan oladi. Sababi, zamon özgardi, internet qulay, istalgan joyda öqisa, foydalansa böladi, qolaversa, hamyonbop… lekin telefon yoki kompyuteriga yuzlab PDF formatidagi kitoblarni töplab, kökrak keradigan odamlar ham köpaygani haqiqat-da! Bilişmaydiki, yozuvçi taʼkidlaganidek, aslida kitobning yiğilgani emas, öqilgani boylik hisoblanadi.

Maʼlumotlarga köra, dunyodagi eng ulkan va mukammal elektron kutubxona “Google” tomonidan yaratilgan “The Google Books” hisoblanarkan. Bu yerda bir yuz öttiz milliondan ortiq kitob raqamlaştirilgan bölib, ular 480 tilga tarjima qilingan.

Yurtimizda ham kundan-kun elektron kutubxona va adabiy saytlar soni oşib bormoqda. Jumladan, adabiy jamoatçilik va ziyoli qatlam elektron manba böyiça, asosan, “Ziyouz.com” kutubxonasiga tayanadi. Bu sayt bir neça yillardan buyon işonçli maʼlumot va badiiy asarlarning elektron nusxalari bilan boyib, rivojlanib bormoqda.

Boşqa elektron kutubxona va adabiy saytlarimiz ham bisyor. Lekin ular qay darajada talabga javob beradi va bu sahifalarimiz faoliyati adabiy jamoatçilikni qoniqtiradimi?

Ijtimoiy saytlardagi xatolik va savodsizlikning aytguligi ham qolmadi. Oxiri kimdir bunga köz yumib ketdi, kim bölsa dardini içiga yutib, hamon qalampir çaynab yuribdi. Haqoratli sözlarni mayoq qilib, “Youtube” darçasidan kufr jumlalar ila olamga “dars berayotgan” köpgina özini bloger deb ataguvçilarni ham qöyaturaylik. Ular öz yöligaku-ya hatto ayrim adabiy sayt va elektron kutubxonalarimizda ham ahvol çatoqligi köngilni xira qiladi.

Keling, misol tariqasida Özbekiston xalq şoiri Omon Matjonning şeʼrlari eʼlon qilingan turli internet sahifalari bilan asl kitobdagi variantini soliştirib köramiz. “Saviya.uz” saytida eʼlon qilingan “Qadimgi ohanglarda” sarlavhali şeʼrda “döst” sözi boşdan-oyoq “yor”ga almaştirilgan:

 

Har kişi bir umrga yetgulik yor tanlasin,

Birga Mahşarga qadar ketgulik yor tanlasin,

Tangrisiz qolsa tavof etgulik yor tanlasin,

Dösti yöqqa yöq ilinj yaqin yiroq içinda,

Mulki borliq bölsa ham garçi quçoğ içinda.

 

Bu saviyaliroq saytlardan biri bölgani uçun undagi maʼlumotlarni qoldirmasdan kuzatib boraman. Baʼzan imlo xato va uslubiy xatolarga duç kelaman, lekin hamma qatori bunga köz yumib ketaveraman. Sayt xodimlari yuqoridagi jihatlarga ham jiddiyroq eʼtibor qaratişsa, yaxşi bölardi.

Ziyoli qatlam orasida maʼlum va maşhur elektron kutubxonalardan biri bu — “Xurshid Davron kutubxonasi” hisoblanadi. Avvalo, ustozning sahifani yolğiz özi yuritib, rivojlantirayotgani, turli yoşdagi ijodkorlarning asarlarini eʼlon qilib, uni çinakam adabiy minbarga aylantirgani tahsinga loyiq.

Lekin bu yerda qançalik kerakli maʼlumot va badiiy asarlar bölmasin, imlo xatolar ham ançagina. Saytda musahhihga ehtiyoj seziladi. Bizningça, köpçilik foydalanadigan ziyo ulaşuvçi maʼnaviyat buloği loyqa bölmasligi kerak.

Yuqoridagi xatoliklarni tuzatsa, zamonaviy tilda aytganda, ustidan “Edit — redaktirovat” qilsa böladi. Lekin “E-adabiyot” elektron kutubxonasini közdan keçirib, uning boridan köra yöği avlo ekan, deb öylab qolasan kişi. Unda imlo xatolar-ku “mayli”, hatto şoir-yozuvçilar ijodiga ham beparvolik va bepisandlik bilan qaralar ekan.

Saytda eʼlon qilingan Özbekiston xalq şoirasi Halima Xudoyberdiyevaning şeʼrlaridagi satrlarga eʼtibor bering:

“Kutdim, kutdim, kelmading 6u kun,

Umid qildim ertangi kundan…”

 

“Tölkinlar: «Kirğoada loqayd turmagin», —

Çorladilar şöx.

Men şöxçan daryoga özim urmadim,

Men borganim yöq…”

Saytda mumtoz adabiyotimizdan tortib, jahon adabiyoti namunalaridan ham asarlar eʼlon qilingan. Ayniqsa, turli mavzulardagi maqolalar va ulardagi ğij-ğij xatoliklar taʼbimni xira qildi:

Alişer Navoiyning ğazali tahliliga bağişlangan “El netib topqay meni…” sarlavhali maqolada (Muallif Zuhriddin Isomiddinov) tiniş belgilarini hisobga olmasangiz ham ğij-ğij xato çiqadi:

“…oqibat – boşdan-oyoq balo öqlariga nişon bölişi, keyinçalik esa özi torgan ohlar dudi içda göyo bir majnun tunda olov yoqib…”;

“Tasavvuvda – haqiqiy solik, adabiyotda – çin oşiq sevgi şiddatidan özini unutişi, xayolan maʼşuqa bilan birlaşib ketişi lozim.”

Saytda eʼlon qilingan “Adabiy til va jonli sözlaşuv tili” sarlavhali maqolaning holi esa yanada ayançli. Til haqida gapirib, şunça xato qiliş uçun maktabni karidorda öqiş kerak, menimça:

“Adabiy tilda sintaqtik quriliş jihatidan ham ikki şaklga xos xususiyatlarni köriş mumkin”;

“Bu vaqtda ohang, töxtam, imo-işora, nutq vaziyati kabi vositalar muhnm rol öynaydi”;

“Adabiy tilning har ikkala şakli uçun xos alohida leksik va frazeologii til birliklari qöllanadi, yaʼni hozirgi adabiy tilda betaraf va uslublararo qatlaç: bilan bir qatorda, faqat oğzaki yoki yozma adabiy til uçun xos söz va iboralar qatlami ham mavjud”;

“…yuqorida tilga olingats sşoirlarning, ayniqsa Alişer Navoiyning asarlari XIV—XV asrlardagi eski özbek adabiy tilining xususiyati, uning oğzaki va yozma şakllari…”

Yoki uşbu saytda eʼlon qilingan Omon Matjon şeʼrlarini oling:

“…Boşqalardek sevişdik biz ham,

Kuyib yurdik boşhalar kabi.

Bu savdoni baxt bildik biz ham,

Baxtdir, dedik visol, yor labi.

Boşhalardek duç kelib qolsak,

Olislardik ming bor hayrilib.

Mana, biz ham bebaxt, beharsak

Boşqalardek ketdik ayrilib…”

Yoki mana bu satrlarga eʼtibor qiling:

“Asli, qayda bölsang, men köngli töqman,

Kunçiqarim işqtsir, nur öçsa — yöqman…”

Bular-ku texnik nosozlikdir, lekin ustozning “Sendan xabar keltirsa” sarlavhali maşhur şeʼrining bir bandi butunlay tuşib qolganiga nima deysiz?! “Ayolga maqtov” şeʼrini esa, öqib, tuşunişning özi insondan katta maşaqqat talab etadi:

“Şoirga yöl bölsin, sizli çizay deb,

böyoq quyultirib turar rassomlar!

Mukammal husningiz yoğdusi uçun

oy ham navbatçilik qilar oqşomlar!

 

Şoirga yöl bölsin!

Kuylan dsb sizni…”

Saytga kirsangiz, avvalo, dizayn eʼtiboringizni tortadi. Va ekran markazida “Özbek tilini örganamiz — Online darslar” yozuvi “yonib-öçadi”. Bunaqa saviyadagi saytning özbek tilini örgatişiga kim işonadi?

Biz faqat misol uçun 3–4 nafar ustoz ijodkorlar şeʼrlariga eʼtibor qildik, xolos. Hijjalab körilsa, bunaqa xatolar son-sanoqsiz, son mingta! Xöş, şunday ekan, saytlarni, qolaversa, ADABIY-MAʼRIFIY saytlarni jiddiyroq nazorat qilib, xatoliklarni tuzatiş vaqti kelmadimikan? Axir ularning ayrimlari jamoatçilikka yolğon va notöğri maʼlumotdan boşqa heç narsa bermayapti!

Sönggi yillarda elektron kutubxona va adabiy saytlarimiz soni ortib borayotgani quvonarli hol, albatta. Lekin mualliflik huquqi va adabiyot mezonlariga rioya qilinmasa, mualliflar ijodini kitob bilan soliştirmay, pala-partiş joylayverilsa, bu sohaning oxiri baxayr böladimi? Töğri, bu sahifalar internet tarmoğida elektron bölişi mumkin, lekin ular ADABIY sayt, elektron NAŞR degan zalvarli nomni yelkalab yuribdi-da. Masʼuliyatni ozgina his qilişsa, ehtimol ozgina epaqaga kelgan bölarmidi?

Mening esa fikrim yanada qatʼiylaşdi: yaxşisi, ha eng yaxşisi kitob ekan. Uni varaqlab, qölimga olib mutolaa qiliş baridan zavqli, foydali, eng muhimi işonçli ekan!

Abdulaziz AHMEDOV

 

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan