Qalb bedorligi Buyuk Uyğonişga olib boradi
Keyingi paytlarda, asosan, xalqaro mojarolar, kosmosga parvoz, buyuk qurilişlar, şov-şuvli voqealar haqida köproq gapirilib, zamondoşlarimiz: odam (fiziologik mavjudlik sifatida) va inson (ijtimoiy mavjudlik sifatida) töğrisida kam fikr yuritiladigan bölib qoldi. Hisobotlar, maqolalar ğij-ğij raqamlar bilan töla, ularda odam mehnatining simfoniyasi, inson içki keçinmalarining tuğyonlari deyarli uçramaydi. Aslida, astronomlar yer öz öqi atrofida aylanadi, deydilar. Faylasuflar esa yer inson atrofida aylanadi, yaʼni inson koinot gultoji, deydilar. Albatta, birinçi qaraş sof ilmiylikka asoslangan bölib, dunyoni mantiqiy tafakkur orqali tuşunişga yöl oçadi, ikkinçi muşohada esa afkor ommaning har bir aʼzosini şu qavm (odam, inson) vakili sifatida borliqni obrazli tafakkur bilan idrok etişga undaydi. Birinçi yöldan borgan olimlar va hakimlar moddiy olamning ming turli özgarişlarining içki qonuniyatlarini kaşf etdilar va oqibatda inson koinotga parvoz qildi, boşqa olamşumul kaşfiyotlar yuzaga keldi. Ikkinçi yöldan borganlarga maydon yana ham keng edi, negaki, tafakkur zabt eta olmagan kengliklarni xayol kaşf etiş qudratiga ega edi. Şuning uçun baʼzan ilm ojizlik qilgan örinlarda xayolga, fantaziyaga murojaat qilinadi. Xayol esa yer kurrasini kaftimizda bir dona anor kabi namoyon etiş qudratiga ega.
Yerning yaralişi va uning Galaktikada namoyon bölişi milliard yillar bilan ölçanadi. Biz buyuk Xayol qudrati bilan bu miqdorni inkişof eta olamiz va aytmoqçi bölgan fikrimizni şu ölçamda aks ettirsak, mohiyat yorqinroq namoyon böladi, degan töxtamga keldik. Şunday qilib, eng odmi yöldan borib, Zamon – Makon – Inson uçligini nazarda tutib mulohaza yuritsak, dastlab hali xayol ham qamrab olişga ojiz, yaralişi oldida Quyoş ham ança “yoş” bölib qoladigan Vaqt (zamon; hozirça böşliq holatida) mavjud edi. U “bordan yöq bölmaydi, yöqdan bor bölmaydi”, bu hikmat abadiy mavjud, qolaversa, u abadiylikning aynan özi. Barça jarayonlar unda keçadi, yaşaydi — yöq böladi, qaytadan dunyoga keladi. Hali uning qonuniyatlari, qolaversa, mavjudlik haddi va çegaralari haqida töliq tasavvur ham yöq. Yer odami qölga kiritgan ilmlar boşqa Galaktikalar ham borligini faraz qilayapti, xolos.
Ana şu mangu borliqda boşqa sayyoralar qatori Yer (makon) ham yaraldi va Vaqt (zamon) hududida joy oldi. Maʼlumki, yerda hayot birdaniga paydo bölmagan, buning uçun ehtimol million yillar kerak bölgan. Şu ikki mavjudlik (zamon, makon)ning harakat qonuniyatlari, qolaversa, yaşab qoliş qistovi uçinçi unsur (inson)ni ham talab qilganki, bu Inson hazrati oliylaridir. Inson öz örnida Vaqtning ham, Makonning ham “erkatoyi”ga aylandi, çunki uning paydo bölişi bilan yer (tabiat) va vaqt (borliq) örtasida aloqa vujudga keldi.
Endi bevosita Inson janobi oliylariga qaytamiz hamda bugun yurtimizda uluğ va sof niyat bilan tilga olingan hamda amal qila boşlagan Uyğoniş (Renessans) jarayonida, umuman, ijtimoiy taraqqiyot jabhasida bu qudratning tabiati qanday bölganligi (garçi hamma gaplar aytilgan bölsa-da; Hadislarda baʼzi haqiqatlarni har kuni qayta-qayta takrorlaş va esga oliş foydadan xoli emasligi taʼkidlangan ekan) yuzasidan fikrlaşamiz. Agar insonning yaralişi haqidagi miflarga quloq tutadigan bölsak, Buyuk Yaratuvçi Uni Yerning xojasi sifatida dunyoga keltiraman, deganida möʼtabar fariştalarning köpçiligi qöllab-quvvatlagan bölsa-da, bu fikrga qarşi turganlari ham bölgan va şunda Olamlar sarvari “Bu xilqatimni tafakkur bilan boşqaraman”, deb javob bergan. Şunda ham qarşi taraf öz fikridan qaytmagan. Mana şu nozik nuqtadagi zarif maʼnoga urğu berilsa, “olam xojasi”ni — insonni faqat tafakkur (bu örinda keng maʼnoda: madaniyat, maʼrifat, ilm-bilim va nihoyat, mafkura) bilan boşqariş mumkinligi aniq haqiqat bölib qoladi va şunday bölişi Buyuk vasiyat va yöl-yöriq ekanini anglaş qiyin emas. Istisno holatlar — aynan fikr quroli işlatilmaganda yoki tafakkurdan uzoqlaşganda inson boşqarib bölmaydigan vahşiy maxluqqa aylanib qolişini keksa dunyo tajribasi köp bora tasdiqlaydi.
Aslida ham saltanatlar tarixida inson qalbi uçun kuraş asosiy muhoraba maydoni bölib kelgan. Negaki, buyuk qudrat va isteʼdod sohibi inson faoliyatida keçadigan jami xatti-harakatlar qalb amri bilan yuzaga keladi; agar u özini-özi boşqaradigan darajada ruhoniy qudratga ega bölmasa, uni heç qanday taşqi kuç idora qila olmaydi. Odam qörquv yoki manfaat tazyiqida zohiran taklif qilingan haqiqatni tötiquşdek takrorlab turişi mumkin (masalan, xojasiga sadoqatini har lahzada tilida aylantirar), biroq botinida, yaʼni qalbida şu haqiqatni tan olmasa, baribir, qalb amriga böysunadi, tan olinmagan nafratini, albatta, izhor etadi. “Qalb” sözining maʼnodoş şakllari köp: köngil, dil, yurak… Ammo aynan qalb tuşunçasida eng baland rutba muhrlangan (uning markaz, örta kabi maʼnolari ham bor). Qalbni inson vujudida Ollohning maskani, deb taqdim etişadi (yaʼni, Olloh har bir bandasida yaşaydi, har bir odamda uning ulgusi bor va öşa mavjudlik joyi qalbdir). Baʼzi mutafakkirlar qalbni xuddi yurak yoki öpka singari mavjud uzv ham deyişadi. U vujudning maʼlum qismida kiçkina xalta şaklida bölar ekan va qop-qora qon bilan tölib turar ekan. Agar odam nojoiz işlarga ruju qöysa, qon rangi oqarib (bu uning qalbining ölgani alomati) boraverar ekan. Xuddi şu örinda qalb şifosi ham, qalbni zabt etuvçi yöl ham faqat tafakkur orqali amalga oşişini oşiğiç taʼkidlab qöyişga majburiyatlimiz.
Bu mulohazalarga Prezidentimizning joriy yil Öqituvçi va murabbiylar kuniga bağişlangan tantanali marosimdagi nutqida: “Hammamiz tuşunamiz, Uçinçi Renessans poydevorini yaratiş … uçun, avvalo, yuzlab-minglab isteʼdodli kadrlar, fidoyi şaxslar kerak”, degan sözlari turtki böldi. Darhaqiqat, har qanday işning, taşabbusning oqibati kadrlar (bu örinda maʼlum maqsadga yönaltirilgan xizmatçilar)ga boğliq. Sir emas, yurtimiz isteʼdodlar vatani, bu haqiqatni tarix ham, bugungi kun ham tasdiqlaydi. Agar ana şu çöng haqiqatni ayni paytda dadil örtaga taşlangan Renessans ğoyasi bilan baqamti qöyib, mulohaza yuritilsa, öylab köradigan köplab masalalar yuzaga çiqadi. Axir buyuk maqsadga yetişiş uçun buyuk azmu şijoat ham kerak-da! Ana şu azmu şijoat kadrlar, yaʼni Vatanimiz farzandlarining ğayrati, saʼy-harakati bilan yuzaga çiqadi. Bu hol ham oçiq eʼtirof etilgan: “Yangi Özbekiston ostonasi maktabdan boşlanadi”. Albatta, nima qiliş lozimligi, qanday yumuşlarni amalga oşiriş soha kişilariga yaxşi maʼlum, bu örinda heç kim aql örgatişni maqsad qilayotgani ham yöq, muddao aslida bitta: Renessans ğoyasi butunlay böş joyda paydo bölmaganligini va uni yuzaga çiqarişda asoslar mavjudligini taʼkidlaş, şu maqsad yölida tarix tajribasidan samarali foydalaniş zaruratini börttirib körsatişdir. Zero, ikki marta dunyoni hayratga solgan yurtimiz uçinçi marta ham tamaddun osmonida porlaşga qodir.
Şu örinda “Renessans” tuşunçasida mujassamlaşgan maʼnolarni bir qur esga oliş va bugungi kunda unga murojaat etiş zarurati nimadan paydo bölgani yuzasidan şaxsiy mulohazalarni bayon etişga örin bor, deb öylayman. Avvalo, Prezidentimiz öz nutqida Renessans masalasini “strategik vazifa sifatida” amalga kiritilganini va uni “milliy ğoya darajasiga” kötarilayotganini alohida taʼkidladi. Demak, bu tuşunça qandaydir moddiy borliqni ifodalamaydi, yaʼni ulkan toğ yoki yangidan barpo etiladigan mahobatli imorat emas, balki tafakkurdagi, fikrdagi va albatta, amaliyotdagi evrilişdir (xuddi buyuk kitobimiz “Avesto”da taʼkidlanganidek, “Ezgu söz, ezgu amal, ezgu niyat”). Tabiatimizda bunday olijanoblikka örin bor. Xalqimiz “Niyatni xolis qiling, maqsadni baland oling”, degan pand-nasihatlarni köp va har doim takrorlaydi. Yana dilga quvvat beradigan tomoni — tariximizda röy bergan ikki Buyuk kötariliş bu harakatga tag-zamin böladi.
Maʼlum böladiki, Renessans — uyğoniş mudroqlik, hafsalasizlik va boşqa loqaydliklardan voz keçiş, borliqqa uyğongan, huşyor tortgan odam nazari bilan qaraş, şuningdek, har bir voqelikni, unsurni tiyrak nigoh bilan baholaş va albatta, harakat — amalni ham özgartiriş degani. Şunday tasavvur qilişimiz kerakki, Renessans — Uyğoniş degan sözlar tilga olindimi, ayniqsa, bu missiyani davlat rahbari bajardimi, demak, öşa lahzadan renessans — uyğoniş boşlandi. Endi jami saʼy-harakatlarimiz, amallarimiz, fikr-xayolimiz ana şu mezon bilan ölçanadi. Mening nazarimda, Renessans tuşunçasi qandaydir burçakli, statik, barqaror turadigan moddiy unsur emas, aksinça, doimo harakatdagi, ğildiraksimon tuşunça (xuddi “tarix ğildiragi”, “taraqqiyot ğildiragi” degandek). Renessansni bu holatda tasavvur qilişning özi mazkur jarayon tinimsiz harakatni taqozo etişini ham tasdiqlaydi. Masalaning bitta istisno tomoni — bu ğildirak nuqul joyida aylanadigan emas, faqat olğa harakat qiladigan bölişi şart. Zero, olğa harakatgina mohiyatni ifodalaydi.
Bunday ezgu niyat yaqin tariximizda bölgani eʼtiborli dalil. Bu haqda öylaganda, köz oldimizga atrofga najot istab jovdirab qarayotgan jadid bobolarimizning umidvor nigohlari keladi. Eh, ular nimalarni orzu qilmagandi, qanday saʼy-harakatlarni boşlamagandi?! Davlatimiz rahbari amalga oşirilajak ezgu işlarda jadidlar, umuman, yaqin tariximizda ötgan ilğor kişilarning ğoyalarini tayanç dasturilamal qilib olişni qayta-qayta taʼkidlayaptiki, bu hol ham tarixiy adolatning tiklanişi, ham bemavrid xazon bölgan orzularning yangidan yaproq yozişiga fatvodir. Qolaversa, bu boradagi saʼy-harakatlarga öşa kunlar ğayratini vobasta qiliş, ularning azmu şijoatini mustaqil yurt bağridan turib davom ettiriş ham merosimizga muhabbat, ham avlodlar davomiyligining ramzi bölardi.
Alalxusus, Renessans umummilliy ğoya darajasiga kötarilsa, u turli tabaqalar va qaraşdagi vatandoşlarimizni birlaştiriş qudratiga ham ega böladi. Axir har qanday maqsadga birlaşgandagina töla erişiş mumkinligi, birlaşiş orqaligina yuksak marralarni egallaş mumkinligi isbotlangan haqiqat. Birlaşiş olğa harakatni taʼminlar ekan, olğa yuriş uçun hamma bir tomonga qaraşi (xuddi namoz payti jami muslimlar qiblaga yuz burgandek) talab etiladi. Hamma manzilni bir tarafga qarab olsa, saf olğa siljiydi. Bu örinda Renessans ğoyasini ana şunday barçaning nigohini bir tarafga qaratadigan va ilgari çorlaydigan mayoq örnida tasavvur qiliş mumkin.
Jadidçilik harakatining paydo bölişi ham kuçlarning birlaşuvi mahsuli edi. “Bir yomonning bir yaxşisi” deganlaridek, Çor bosqinining boşlanişi bilan uçga bölinib yotgan çegaralar oçildi, zulm qiliçi ostida qon qaqşagan xonlik va amirliklar özaro içki arazlardan voz keçib, imkoniyatlarni yagona duşmanga qarşi yönaltiriş zaruratini sezdilar. Ana şu harakatning boşida turgan ilğor ziyolilar “jadidlar”, yaʼni yangiça qaraşdagi kişilar nomini oldi. Ularning maqsadi xurofot va bidʼatga öralgan eski tartiblarni sindirib, dunyoda keçayotgan jarayonlarga hamohang yangiliklarni ijtimoiy hayotga olib kiriş edi. Ayni öşa kunlar haqida birmunça aniq va xolis tasavvur uyğotişga yordam beradigan Nalivkinning “Tubjoylilar: oldin va hozir” kitobida XX asr boşida Örta Osiyoda yuzaga kelgan biqiq va mazlum hayot tarzi yuzasidan dalillar keltirilgan. Mahalliy amaldorlar, mutaassib din peşvolari aholini oğir balolarga giriftor qilgan, zulm haddidan oşgan, dard ustiga çipqon degandek, Çor istibdodi ham xalqning sillasini quritgan şaroitda hamma najot istardi. Şunday vaziyatda jadidlarning paydo bölişi zulmat qöynidagi momaqaldiroqdek taʼsir qilgan. Ular qariyb ikki ön yillikdagi saʼy-harakati bilan köp narsalarga erişgandi.
Qizillarning paydo bölişi bilan erk istagidagi har qanday harakatlarga çek qöyildi. Şöro tartiblari öz mohiyati bilan çorizm istibdodidan ham qonxörroq çiqadi; uning tazyiqi bilan ilğor qaraşlar barbod böldi, jadidlar ham, ularning izdoşlari ham şafqatsiz jazolandi. Şunday qilib, boşlangan tölqin sohilga yetmay, pörtanalar qaʼrida mahv böldi. Şukronalar bölsinki, xuddi qişda uyalarini tark etan quşlar yana bahorda maskanlariga qaytgani kabi, pörtanalar bosilib, ozod tölqinlar qirğoqqa şoşgani kabi, yuksak olijanob maqsadlar bilan yaşayotgan yurtimizda öşa kunlar şukuhi paydo böldi. Bugungi avlod bobolar qölidan tuşgan tuğni mahkam tutib, oydin manzillar sari borişga jahd qildi. Şubhasiz, Uçinçi Renessans tölqini ötgan asrlarda şu orzu bilan yaşagan bobolar amalidan kuç oladi, öşa harakatning mantiqiy davomi böladi. Mustaqil va ozod yurtimizda buning uçun barça imkoniyatlar muhayyo. Zero, tarixiy tafakkur ildizi qançalik çuqur bölsa, haqqa şunça yaqinlaşiladi, haq va botilni şunça tez va aniq ajrata oliş mumkin böladi.
Jadidçilik harakatining rahnamosi Mahmudxöja Behbudiyning keyingi avlodlarga qoldirgan vasiyatidan sönggisi “Bolalarni maktabga bering!” degan qatʼiy talab bölgan. Zero, maktab — maʼrifat maskani, tafakkur parvoz oladigan dargoh. Axir dunyoning özgarişi, aslida, tafakkurning özgarişi emasmi? Yuqorida taʼkidlangan Uç buyuk birlikda Zamon abadiylik singari boqiy va sirliligiça qolaveradi, Makon esa toğ va daryolar, boşqa moddiy mavjudliklar şaklida sobit turaveradi. Inson esa avlodlar almaşgani singari muttasil özgarişlar doirasida yaşaydi. U buyuk yangiliklar ijodkori, ammo istisno tariqasida holat şuki, odam fiziologik mavjudot sifatida yaralgandan beri ikki qöl-oyoq, öşa köz-quloq bilan özgarmasdir, faqat uning tafakkuri özgargan va mana şu özgariş borliqda ham ulkan yangiliklarni yuzaga keltirgan. Hammasining fikrdan boşlanişi, ruhoniyatdan boşlanişining mantiği şu. Demak, insonning fikri özgarsa, yangilansa, uyğonsa, u yaratiş, bunyod qilişga qodir böladi. Yurtimizda keçayotgan uçinçi Renessansning asosi ham şu: qalbni uyğotiş bilan tafakkurni yangilaş va şu orqali Vatanimiz salohiyatini namoyiş etiş.
Hakim SATTORIY
Uşbu maqola Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat-notijorat taşkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş Jamoat fondi tomonidan ajratilgan davlat granti “Inson manfaati — taraqqiyot poydevori” loyihasi asosida çop etilmoqda. (S/1)
