Hasanqovoq qişloği qayerda? Öpka yoki Kaltapöstin degan joyni-çi, bilasizmi?
1989 yilning 21 oktyabrida mamlakatimizda “Davlat tili haqida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinişi köpçilik uçun kutilmagan, lekin xalqimizning asriy orzusi uşalgan kun bölgan edi. Istiqlolga erişganimizdan keyin esa özbek tili davlat tili sifatida ustuvor imkoniyatlarga ega böldi. Ammo …
Pandemiya tufayli karantin çoralari belgilanişidan oldinroq edi. Ölkamizga sayyoh sifatida kelgan ispaniyalik jurnalistlardan biri bilan tanişib qoldim. Ismi-şarifi Federik Garsiya, Özbekistonga birinçi kelişi ekan. Birgalikda Toşkentning gözal va tarixiy joylarini aylandik. Keyin u Samarqand, Navoiy, Buxoro, Xivaga sayohat qildi. Ikki haftalardan keyin yana Toşkentda uçraşdik. Uning sayohat taassurotlari bir olam edi. Körganlarini zavq-şavqqa tölib gapirib berdi. Faqat söz orasida “Nima, sizlarda rus va ingliz tillari ham davlat tili hisoblanadimi?” — deb sörab qoldi. Tabiiyki, unga özbek tili davlat tili ekanligini, barça işlar özbek tilida olib borilişini, şu bilan birga yurtimizda rus va ingliz tilini örganişga eʼtibor berilişini aytdim. “U holda şaharlaringizdagi korxonalar, dökonlar, maişiy xizmat uylari nomlari, reklamalarning aksariyati nega rus va ingliz tillarida yozilgan?
Ularni özbek tilida yozsa bölmaydimi? Til örganiş uçun bunday qilinmaydi. Bu davlat tiliga, millatga, xalqqa nisbatan hurmatsizlik, bizda esa xiyonat hisoblanadi”, dedi u.
Mehmon haq edi. U biz har kuni köp martalab yuzma-yuz keladigan, axborot va matbuot sahifalarida doimo bong uradigan, ammo hayotda amaliy yeçimi topilmayotgan jiddiy muammoga eʼtiborni qaratgandi. Toşkent şahrining xohlagan köçasidagi yozuvlarga — xususiy korxonalar, bannerlarga bir nazar taşlang. Har qadamda “Beanty salon”, “La Perla Cosmetics”, “Golden River”, “Dark hall”, “Elegant”, “Creative Master”. “Viva”, “Savio”, “Star Med Center”, “Avisa Med Servis”, “Salus Vita” larga duç kelasiz. “Mini market”, “Pich market”larning esa son-sanoği yöq. Şular qatorida aksariyat binolarning peştoqlari “Dver”, “Sentr obuvi”, “Uçebnыy sentr”, “Podgotovka abituriyentov”, “Yazыkovыe kursы”, “Doşkolnoye obuçeniye”, “Zelenыy bazar”, “Sroçnoye foto”, “Svetnaya peçat” kabi rus tilidagi nomlar bilan bezalgan. Oşxonalar nomi yonidagi “milliy taomlar” “multi taomlar”ga, palov degan nom “plov”ga aylangan. Yurtimizning “Özbekiston” deb atalgan gözal nomi esa “Uzbekistan”ga aylanib ulguribdi.
Endilikda ingliz, rus tilidagi nomlar yoniga nemis, fransuz, koreys, xitoy va boşqa tillardagi turli-tuman atamalar ham kelib qöşilmoqda. Xullas, poytaxtning xohlagan köçasiga kirsangiz, 50-60 foiz xorijiy tillardagi, 30-40 foiz özbek tilidagi nomlarga, atamalarga, şiorlarga duç kelasiz. Özingizni Toşkent şahri köçalarida emas, Parij, London, Moskva şaharlari köçalarida yurgandek his qilasiz. Göyo yurtimizda özbek tili emas, boşqa tillar davlat tiliga aylangandek taassurot tuğiladi.
Nafsilambrini aytganda, bunday afsuslanarli holat nafaqat mamlakatimiz poytaxtida, balki respublikamizning barça viloyatlari, ulardagi şaharlar, tumanlar markazlari va qişloqlarda ham davom etmoqda. Turli joylarga borsangiz köplab “CHP GOLD EXCIUSIVE”, “La Femma”larni, önlab “Ravnaq Textil”, “Lavida trast”larni, yuzlab “Trast invest”, “Global”, “Elizabeth industrial Sofety”, “GREEN AGRO EXPORT”larni va boşqa ğaroyib nomlarni körasiz. Yaqinda Xiva şahriga bordim. “Içon qalʼa”da sayyohlik tizimi uçun yaratilayotgan imkoniyatlarni körib xursand böldim. Afsuski, bu yerdagi restoranlar, maişiy xizmat uylari, xususiy mehmonxonalar nomlarining aksariyati davlat tilida emas, xorijiy tillarda bitilgan. Göyo “Içon qalʼa” Özbekistonda emas, Yevropada faoliyat yuritayotgandek. Yoki respublikamizning olis nuqtasidagi qişloqlardan birida tadbirkor akamiz dökonini “Rich market”, oşxonasini “Schloss”deb nomlabdi. Undan bu nomlarning maʼnosini söradim. “Bilmayman, — dedi u. — Bu nomlar közimga çiroyli qörindi. Yozib borgandim. Yuqori taşkilotlar tasdiqlab berişdi. Şundan keyin nomlarni yozdirib qöyaverdim”.
Mana, sizga joylarda davlat tili haqidagi qonunga “eʼtibor”, ana sizga ona tilimizga nisbatan “munosabat”, “hurmat-ehtirom”. Sobiq şörolar davrida yurtimizda biror yangi korxona, muassasa, maydon yoki köça barpo etilib, unga özbekça nom beriş taklifi aytilsa, bunday taklif bildirganlar millatçilikda ayblanar, öşa barpo etilgan yangi maskan yoki taşkilot rus tilidagi nom bilan atalardi. Endi esa mustaqil mamlakatmiz, özbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Köplab yangi korxonalar, inşootlar, maişiy xizmat uylari, muassasalar qurayapmiz. Birov bizga ularga unday yoki bunday nom ber, deb buyruq bermayotibdi. Lekin biz öz xohişimiz bilan yurtimizdagi yangi maskanlarni xorijiy nomlar bilan atab yotibmiz. Oyoğimizdagi zanjir heç yeçilmayotganiga açinasan kişi.
Eʼtibor bering, bugungi kunda özini işbilarmon ataydiganlar şaxsiy mablağlariga restoran, maişiy xizmat uyi, dorixona, dökon, kiçik muassasa yoki biror xususiy korxona, fermer xöjaligi şifoxona va hokazolarni barpo etmoqda. Uni xohlagan xorijiy nomda atab hujjatlaştirmoqda. Xorijiy nomda atalgan bu yangi maskanlarning, korxonalarning nizomlarini esa respublikamizning tegişli vazirliklari, viloyatlari, şaharlari, tumanlarida faoliyat yuritayotgan mutasaddilar heç bir qarşiliksiz röyxatdan ötkazib bermoqdalar. Albatta, kelişuv asosida.
Şunday ekan, xususiy muassasalarga qöyilayotgan bunday nomlar töğrisida, davlat tili qonuniga amal qilmaslik holatlari haqida işbilarmonlarni qöyaturing, davlat taşkilotlarida ötirgan mutasaddilar ham öylab körişmaydi. Göyo nom ajnabiy bölsa, odamlar kovuşini kötarib çopib keladigandek, nafaqat mutasaddilar, hatto ularning faoliyatini nazorat qiladigan viloyatlar, şaharlar, tumanlar, vazirliklar rahbarlari ham bu muammoga mutlaqo eʼtibor qaratayotgani yöq. Joylarda nom qöyiş bilan boğliq davlat tili qonuni buzilişlari yildan-yilga bolalab bormoqda.
Bunday jarayonda, millatimizga zid bölgan turli fikrlarning, ajriq kabi yer yorib çiqişi turgan gap. Ötgan yili bir guruh kimsalarning “Özbekistonda bir tilni emas, ikki tilni davlat tiliga aylantiraylik”, degan taklif bilan çiqişlari ham yurtimizda Davlat tili haqidagi qonunga töla amal qilinmayotganligini körsatdi. Bu taklifga ziyolilarimiz keskin qarşi çiqdilar. Bu yaxşi, albatta! Lekin amalda-çi? Axir amalda joylarga, maskanlarga, hatto bir-ikki tilda emas, tört-beş tilda nom berib yotibmiz-ku! Bu tört-beş til qonuniy asosga ega bölganda özbek tili davlat tili emas degani emasmi?
Ayni paytda davlat tiliga eʼtiborsizlik, unga amal kilmaslik, ona tilimizga hurmatsizlik nafaqat bugungi yozuv madaniyatimizda, balki oğzaki muloqotlar, kundalik faoliyat tarzimizda ham yaqqol sezilib turadi. Bunga istagança misol keltiriş mumkin. Yaqinda viloyatlardan biridagi sanoat mahsulotlari işlab çiqaradigan qöşma korxonada böldim. Korxonada xitoylik mutaxassislar ham işlar ekan. Ular bilan suhbatlaşiş maqsadida tarjimonga murojaat qildim. Tarjimon “Ular rus tilini bilişadi, bemalol gaplaşavering”, dedi. Xitoyliklar bilan suhbatimiz rus tilida böldi. Suhbat yakunida ulardan “Bu tilni qayerda örgandingiz?” — deb söradim. “Şu yerga işga kelganimizdan keyin örgandik”, deyişdi. “Özbek tilini örganiş qiyinmi?” — söradim ulardan. “Yöq, qiyin emas, — deyişdi ular. — Lekin bu yerda rus tilida gaplaşişadi. Şu sababli bu tilni örganişga majbur böldik. Özbek tilini bilişga qiziqamiz. Ammo jonli muloqot qiladigan odam yöq”. Uyatdan yer yorilmadiyu, yerga kirib ketmadim. Nahotki, Özbekistondagi korxonada özbek tilida muloqot qiladigan odam bölmasa, özbekman degan har bir fuqaroga, yaʼni faqirga uyat emasmi, bu.
Korxonada işlaydiganlarning milliy tarkibi bilan qiziqdim. Ularning 90 foizi millatdoşlarimiz ekan. Men bu holatni nima deb şarhlaşni bilmayman. Baribir ğoyalar kuraşida milliy ruh ğolib keladi. Bunga vaqt kerak.
Toşkentda bölayotgan xalqaro anjumanlarda, teleekranlarda xorijlik elçilarning, olimlarning, sayyohlarning va turli kasb egalarining özbek tilida ravon gapirayotganini körib, tilimizning jozibasidan, uning xalqaro miqyosda eʼtirof etilayotganidan, boşqa xalqlar vakillarining hurmat-eʼtiboridan qalbimizda ğurur, iftixor uyğonadi. Tilimizga nisbatan bunday ehtiromdan faxrlanamiz, ammo mamlakatimizda 50-60 yil, hatto butun umr yaşab, özbek tilini mutlaqo bilmaydiganlar, rosti, bilişni istamaydiganlar, davlat tilini pisand qilmaydiganlar borligidan könglimizda oğriq paydo böladi.
Bunga, birinçi navbatda, özimiz aybdormiz. Bizning mehmondöstligimizni, tavozemizni kimlardir mutelik deb tuşunmoqda. Qölimizni köksimizga qöyib salomlaşsak, ular boş egiş deb bilmoqda Keling, öz ona tilimizni, avvalo, özimiz hurmat qilaylik. Bugun ölkamizda odamlar örtasidagi muloqotlarda, anjumanlarda xorijiy tillarning ustuvor bölişi, yurtimizdagi taşkilotlar, muassasalar, fermer xöjaliklari, korxonalarga çet tillardagi nomlarning qöyilişi davlat tili haqidagi qonunni mensimaslik bilan birga, tilimizga nisbatan hurmatsizlikning amaliy körinişlari hamdir.
Şunday paytda öz-özidan savol tuğiladi. Xöş, ijtimoiy hayotimizda davlat tili töğrisidagi qonun bilan boğliq bunday kamçiliklarning yuzaga kelayotganini mamlakatimizning qonun çiqaruvçi organi — Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va Senatidagilar, qonunlar ijrosi bilan şuğullanadigan Vazirlar Mahkamasidagilar bilişmaydimi? Bilişadi! Nega ular jim?!
Bu xususda haq va adl sözni aytiş yana Prezidentimiz zimmasiga tuşdi. Ötgan yilning 21 oktyabrida özbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining öttiz yilligiga bağişlangan marosimdagi maʼruzasida mamlakatimiz rahbari “Davlat tili haqida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni asosida yurtimizda qölga kiritilgan yutuq va kamçiliklarga haqqoniy baho berdi.
Yurtboşimiz: “Davlat tili masalasi milliy ğoyamizning asosiy tamoyillaridan biri bölişi zarur”, degan fikrni örtaga taşladi va bu borada yöl qöyilayotgan kamçiliklarni keskin tanqid qildi. “Afsuski, — deyiladi maʼruzada, — jamoat joylarida, köçalarda, binolar peştoqida toponomik belgilar, turli lavha va reklamalar köpinça xorijiy tillarda, maʼnaviyatimizga yot mazmun va şakllarda aks ettirilmoqda. Bu davlat tili talablariga, milliy madaniyat va qadriyatlarimizga bepisandlikdan, umumiy savodxonlik darajasi esa tuşib ketayotganidan dalolat beradi”.
Ayni şu maʼruzada: “Har birimiz davlat tiliga bölgan eʼtiborni mustaqillikka bölgan eʼtibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilişimiz, şunday qaraşni hayotimiz qoidasiga aylantirişimiz lozim”, degan sözlar ham alohida taʼkidlandi.
Davlat tili haqidagi qonunga amal qilmaslik holati yoxud bu sohadagi kamçilik faqat korxonalarga, muassasalarga nom beriş, reklamalarni yoziş jarayonidagina emas, joylarning toponomik nomlarini belgilaş borasida ham közga taşlanadi. Bir gal Samarqand viloyatiga xizmat safari bilan borganimda Nurobod tumanida ajabtovur holatga duç kelgandim. Tuman markazi Nurobod şaharçasidan ğarb tomonga boraverişda bir qişloq bor ekan. Yölning çekkasidagi betonli körsatkiçga qişloq nomi bitilgan: “Muso qoq”. Körsatkiçning ikkinçi tomonida şu nom rus tilida “Musa kak” deb yozilgan. Çalasavodlik sabab “Muso qoq” qişloği rus tilida “Muso qanday?” qişloğiga aylanib qolgandi. Olimlarimiz, soha mutasaddilari qaçon eʼtiborli bölişarkin-a?!
Maʼlumotlarga köra, geografik obʼyektlarni nomlaş va ularni özgartiriş masalalari böyiça baʼzi hududiy komissiyalarning aholi punktlari va aholi punktlarining tarkibiy qismlarini nomlaşdagi faoliyati talab darajasiga mutlaqo javob bermas ekan. Masalan, Andijon viloyatida hududiy komissiya tavsiyasiga muvofiq Hasanqovoq, Asfalt, Garaj, Stadion, DAN orti, Xirabek, Çoyfuruş kabi aholi punktlari paydo bölibdi. Jizzaxda esa yangi turar-joy maskanlari Janon, Puçuğoy, Çaqir-Çuqur singari nomlarni körib, ol-a, Qalam qoşi yöqmikin, devorganingni bilmay qolasan.
Samarqand viloyatidagi komissiya aʼzolari esa nom qöyişda hammadan oşib tuşgan. Viloyatda Çigirtkali, Öpka, Tentak, Enamyaxşi, Damqorin, Kampiröldibuloq, Galaqassob, Yöğontayoq, Rayimqulkösa, Kaltapöstin, Mirzabaçça kabi nomdagi aholi punktlariga qarab kulişingni ham, yiğlaşingni ham bilmaysan. Surxondaryodagi aholi punktlariga esa Qizil dehqon, Gazköça, Ximiya, Şağal, Puştivaraq, Kekirdak singari yangi nomlar berilibdi. Bunday “antiqa nomlar”ni kimlar öylab topar ekan-a?!
Uzr-ku, savodsizlik, nodonlikning çegarasi yöq ekan-da! Şularni eşitib, körib, öylab qolasan, nahotki, bugungi kunda yangi joylarga şunday nomlar beriş mumkin bölsa? Agar ular obʼyektlarga berilgan eski nomlar bölganida ham bu nomlarni davr talabi nuqtai nazaridan yangilariga almaştiriş kerak-ku! Axir endilikda yaşab turgan qişloqlarimizni Qizil dehqon, Öpka, Tentak, Yöğontayoq, Galaqassob, Damqorin kabi nomlar bilan atab böladimi? Yoki ovullarimizga Puçuğoy, Janon, Mirzabaçça kabi nomlarni beriş uyat esasmi? Bunday holatlar “Davlat tili haqida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga, hamda urf-odatlarimiz, anʼanalarimiz, tarixiy qadriyatlarimizga ham mutlaqo ziddir.
Şuning uçun endilikda geografik obʼyektlarga nom beradigan joylardagi hududiy komissiyalarning faoliyatini tubdan qayta körib çiqiş va özgartiriş kerak. Mamlakatimiz Prezidenti “Milliy özligimiz va mustaqil davlatçiligimiz timsoli” deb atalgan maʼruzasida bu masalaga alohida eʼtibor qaratib: “Jamiyatimizda til bilan boğliq eng köp muhokama qilinayotgan, haqli eʼtirozlarga sabab bölayotgan mavzu — bu joy nomlarini belgilaş masalasi, desak, xato bölmaydi. Çunki ijtimoiy obʼyektlarga nom beriş — bu şunçaki şaxsiy yoki xususiy iş emas. Bu barçamizning vatanparvarlik va maʼnaviy saviyamizni yaqqol körsatadigan öziga xos mezondir. Buni heç kim, heç qaçon unutmasligi kerak”, deya taʼkidlagan edi.
Donişmandlar “Til — millatning közgusi” deya unga nihoyatda uluğ taʼrif berganlar. Şunday ekan, bu uluğlik darajasiga muvofiq iş tutaylik. Millatning tiniq közgusiga ğubor tuşirmaylik!
Kamol MATYOQUBOV
