Nahotki közböyamaçilik şunça avj olgan bölsa?

Xalqimiz: “Xudodan  qörqmagandan  qörq”, deb bejiz aytmaydi.  Mamlakatimizda pandemiya boşlangan kundanoq Prezidentimiz bozorlarda, katta-kiçik savdo markazlarida narx-navoni sunʼiy oşiriş töğri yöl emasligini taʼkidlagan edi. Albatta, vaziyatdan foydalanib, odamlarni aldab topilgan  daromad halol emas, bu  bizning urf-odatlarimizga, qadriyatlarimizga ham xilof. Ammo…

Afsuski,  ayrim özini tadbirkor deb atagan olibsotarlar bunga  amal qilmayapti. Körilgan çora-tadbirlarga qaramasdan oziq-ovqat mahsulotlari, quriliş materiallari, xizmat körsatiş sohasida  narxlar  bir neça  baravarga oşdi. Surxondaryodagi  savdo dökonlarida şiferning bir donasi  55-60  ming, bir qop sement 58-62 ming, 6 metrlik  (4x25sm) strapila 125-170 ming sömga  çiqdi. Nega  bunday, desangiz, “işbilarmon  tadbirkor”lar:  “Biz nima  qilaylik,  karantin  şaroiti, qimmat olayapmiz-da”, deyişmoqda.

Bunga ham bir amallab çidasa bölar, ammo bunisiga nima deysiz?

Yaqinda   imorat  qurayotgan bir  tanişim zorlanib:

— Uyni taʼmirlaşga ikki  tonna sement olib keluvdim. Arzonlaşgan ekan,  xaltasi 48  mingdan, xalta sirtiga “Ohangaron sement. 50 kg.” deb  yozib  qöyilgan.  Odamlarga insof kirib qolibdi-ku, deb quvondim. Uyga kelib ustalar bilan  taroziga  qöysak, xaltalarda  44-45 kilo sement bor ekan. Soddaligimdan ustalar ham rosa kulişdi, — deydi.

Kasbim yuzasidan zavodning bunga aloqasi bormi-yöqligiga qiziqdim:

— Nima deb öylaysiz, aytişingizga qaraganda, sement zavodi ham aldar ekan-da…

— Yöq, quriliş materiallari savdosi bilan  şuğullanadigan  “tadbirkor”  (çayqovçi)ning  dökoniga  bordim. Buni qarangki, “Şerobod  sement  zavodi”dan ikki  “KamAZ”da 50 tonna mahsulot olib kelinibdi. Panada önga yaqin  yigitlar sementni qopga soliş bilan  maşğul. Tadbirkorning  omborxonasida esa  Turkmaniston,  Tojikiston  va respublikamizdagi sement zavodlari   yorliği tuşirilgan yap-yangi xaltalar şiftga  qadar  taxlangan. Ust-boşi çangga  botgan yollanma işçi  yigitdan sörasam: “Boşliğimiz injiq, u aytadi, biz bajaramiz. Aytganini qilmasak pulimizni bermaydi. Xaridorlar ham bizdan xursand, negaki kelib “menga 5 tonna “Navoiy sement”  kerak”,  deydi. Manzilni ayting, ertaga olib boramiz deymiz. U şunisiga rozi. Hamma  turdagi xaltalarimiz bor. Istagança yuklay olamiz”, desa yoqamni uşladim… Dökon mudirini esa topolmay qaytdim, — dedi.

Şu örinda, özim guvoh bölgan bir voqea esimga tuşdi, bir gal yengil  avtomobillarga texnik  xizmat  körsatadigan  şahobçalardan biriga  işim tuşgandi. Maşinaning motor moyini almaştirmoqçi edim, moy unçalik sifatli emasdek tuyuldi. Sekin borib kuzatib turdim. Bilganim, toza va sifati kafolatlangan  motor moyining  bir litri 60 mingdan 180  ming sömgaça. Buning ustiga, har 8-10 ming kilometrdan söng  almaştirilişi lozim.

Agar maşinaga sifatsiz moy quyilsa nari borsa 2  ming  kilometr  yöl bosadi. Undan keyin yana şunça  mablağ sarflaş kerak. Meni hayratlantirgani, bu “işbilarmonlar” buning ham yölini topişibdi. Şahobça yertölasida litri 8-10 ming söm turadigan, qayta (atrabotka) işlangan moydan  istagança  bor ekan. Şunday ustamonlik bilan aralaştirişar ekanki, xaridor sezmay ham qolarkan. Ana sizga közböyamaçilik. Dardim içimda qolib, boşqa şahobça axtargandim.

Lekin birdan xayolimga ularni nazorat qiladigan taşkilot-çi, degan gap keldi. Ularning nima bilan maşğul ekanini biliş maqsadida Surxondaryo  viloyat isteʼmolçilar huquqlarini himoya  qiliş  jamiyatlari hududiy  birlaşmasi raisi örinbosari, ijroçi direktor  Hamdam Jumayev huzuriga bordim.

— Afsuski, bunday voqealar tez- tez  uçrab  turibdi. Biz  vakolatimiz  doirasida  fuqarolar tomonidan murojaatlar tuşgandagina holatni örganib  çiqamiz. Joriy  yil 1  oktyabr  holatida   bizga 194 ta murojaat kelib tuşdi. Şundan 70 tasi  savdo va xizmat körsatiş sohasiga,  qolganlari gaz, elektr energiyasi, içimlik suvi, kadastr singari tizimlarga tegişli.  Murojaatçilarning huquqlari himoya  qilinib, isteʼmolçilarga 17 million 866 ming söm mablağ  qaytarilişiga erişildi.

Şuningdek, “Işonç telefoni”ga ötgan oyda  viloyatimiz böyiça 162  ta   murojaat bölgan.  Ularning  65  tasi savdo va  xizmat  körsatiş tarmoqlariga taalluqli. Albatta, isteʼmolçilar  huquqlari böyiça monitoring olib borayapmiz, — deydi H. Jumayev.

Mahsulot sifati, tannarx haqida  gapirsang gap köp. Bir tanişim aytib qoldi: “Dam oliş kuni  oilam bilan Angor  tumanidagi buyum bozoriga bordik. Rastalarni  körib, közingiz qamaşadi. Rözğorga kerakli buyumlar oldik. Közimga oq-sarğiş çiziqli şlang issiq körindi. Bilasiz tokzorimiz bor, şirasini yuvib turiş kerak.

Uyga keliboq toklarning şirasini  yuvmoqçi böldik. Motorga ulangan şlang iş yarimiga  yetmasdan yorilib ketdi. Ulagandan, yamagandan esimiz  ketdi. Bir kelsa qöşşa kelarkan-da, qizimiz: “Olgan paxta gulli çoynaklaringiz içida darz ketgan ekan, dastasi qiyşiqlari bor ekan”, dedi dard ustiga çipqonday.  Xullas, buyum bozor desa, xöş deydigan  böldik”.

Nima deyişni bilmadim. Xarid qilayotganda, albatta, sifatiga eʼtibor qaratiş kerak edi, desam xafa bölişi mumkin. Axir hozir ham koronavirus pandemiyasi avjidan tuşgani yöq. Işlab çiqaruvçi arzon matodan mahsulot tayyorlab köproq foyda körgisi keladi. Axir katta “biznesmen-tadbirkor”lar ham xalqning çöntagiga köz tikayotgan paytda, yarim-yorti işbilarmon çetda qolarmidi…

Özimça: “Ey soddalar, özi oladigan narsasini körib, qarab olmaydi bular”, deb yuruvdim, voajab, özim ham çuv tuşdim. Nabiralarimni olib köçaga çiqdim. Xarxaşa qila boşlaşdi, “vafli olib bering”, deb dökonga kirib, bejirim gulli qoğozga öralgan, narxi naq qirq beş ming söm turadigan vaflidan yarim kilo olib kelib berdim, ular xursand talaşib yeya boşlaşdi. Şunda olti  yoşli nabiram: “Bobo, bu vafli aççiq  ekan”, deb qoldi. Hayron bölib, özim yeb körsam, çindan ham açimtir taʼm, yoqimsiz hid kelayapti. Könglimdan keçganini bir Xudoyim biladi, bir özim bilaman.

Köp qatori biz ham har bir işlab çiqaruvçining, tadbirkorning, fuqaroning  faoliyati davlatimiz,  millatimiz   manfaatiga,  kelajagiga  xizmat qilişini istardik. “Sifatni nazorat qiliş qömitasi taşkil bölganiga neççi yil bölgani odamlarning esidan ham çiqib ketdi, adaşmasam. Negaki, çekka hududlarda biror tuzuk-quruq iş qilganini hali eşitmadik”, deydi hamkasbim.

Ötgan yillarda “işbilarmonlar” Xitoydan arzon narxga sotib olib kelgan qölbola uskunalar bugun işlab çiqarişga yaramay qolgani rost. Sifatsiz mahsulotlar savdoga çiqayotgani şundan. Bozorlarni, savdo dökonlarini tekşirib yurgan Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik markazining işi bölak, ammo işlab çiqariş uskunalarini kim nazorat qiladi? Bunisi qoronği…

Balki, qölbola uskunalar, daqqiyunusdan  qolgan   moslamalar bilan  yaşirin  sexlarda  işlab çiqarilayotgan  oziq-ovqat va  nooziq-ovqat  mahsulotlari  savdosiga barham  beriş vaqti kelgandir. Axir ularning sifatiga kafolot yöq-ku!..

Yana bir gap, hammamiz bilamiz, lekin indamaymiz, deylik, sotuvga çiqarilayotgan turli konfetlar,  “snickers”ga öxşaş şokoladlar kimyoviy kukun  (poroşok)dan tayyorlanadi. Çunki, xomaşyo arzon, eng muhimi, nainki Özbekistonga, balki qöşni davlatlarga eksport qiliş uçun yetarli mahsulot işlab çiqarişga qulay. Bu ketişda bora-bora sifati inson organizmiga foydali mahsulotlar anqoning uruği bölib ketmasaydi…

   Safar OMON,

“Hurriyat” muxbiri

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan