Qorboboga maktublar

Qorbobojon!

Örtoqlarim: “Sening Qorbobong faqat xoxolab kulişni biladi, xolos. Uning qölidan boşqa heç iş kelmaydi”, deyişadi. Lekin men bunga işonmayman. Sen rostdan ham sehrgarsan-ku, töğrimi? Mening işonçim uçun sen özingning nimalarga qodir ekaningni körsatişing kerak! Örtoqlarimning adabini berib qöyişingni söramayman. Axir buni xohlasam, özim ham qilişim mumkin. Sendan söraydigan eng katta tilagim: qişloğimizda elektr tokini öçmaydigan qilib qöy. Buni qila olasan-ku, a?!

Odamlar çiroqni yoqiş uçun elektro… degan taşkilotga telefon qilişadi. Men “Keling, birga Qorboboga xat yozaylik!” — dedim, lekin ular senga işonişmaskan. Men esa ular murojaat qiladigan idoralarga işonmayman…

Keça dadam zarur iş qilayotgan payti yana tok öçib qoldi. Uning juda ham jahli çiqdi. Kimlarnidir sökdi. Bu juda köp takrorlanadi. Men esa boşqa bunday bölmasligini istayman.

Sendan, birinçi, yangi yil bayrami kuni çiroq öçib qolişining oldini olişingni söramoqçi böldim. Lekin bu juda ham oson-ku, şuning uçun qişloğimizda umuman elektr tokini öçmaydigan qilişingni sörayman. Yangi yil kunidan boşlab tilagimning natijasini kutaman.

Hurmatli Qorbobo, unutma, sen bizning işonçimiz sabab mavjudsan.

Umid.

Samarqand viloyati,

Payariq tumani.

***

Qorbobo!

Bizning qişloqda bahorning örtalarigaça öz vataningdagidek yaşaşing mumkin. Erib ketişdan aslo taşvişlanma. Bu yerlarda sen juda yayrab yurasan. Lekin özimiz sal qiynalib qolayapmiz-da. Televizorda körib qoldim, gaz degan narsa bor ekan. Töğri, bu haqda avvallari ham eşitib yurardim. Lekin odamlar sovqotganidan özini ovutiş uçun öylab topgan xayoliy narsa bölsa kerak, deb öylab yurardim. Çindan ham bor ekan.

Öşa narsa bölsa, ötin yoqmasdan uylarni isitsa, ovqat pişirsa, çoy qaynatsa bölarkan. Bu juda ham zör-ku. Şunda onam tong qoronğisidan qaltirab-dirillab kul olib, ötin taşib yurmaydi. Peçkamiz tutab ketsa, sovuqda taşqariga çiqib turişga majbur bölmaymiz. Mehmon kutişdan uyalmaymiz. Ehh, qanday maza.

Qorbobo! Sen bolalarni baxtli körişni istaysan-ku, şundaymi? Bizning qişloqqa ham öşa gaz degan narsadan olib kelib bersang, dunyoda mendan baxtli bola bölmasdi, işon. Hatto barça orzularimni bir çetga surib, sendan boşqa heç narsa söramaslikka ham tayyorman.

Bizga gaz olib kelib ber!

Murod.

Qaşqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani,

Baytqörğon qişloği.

***

Aziz Qorbobo!

Senga birinçi marta xat yozyapman. Bundan heç kimning xabari yöq. Kimdir bilib qolsa, xatim sengaça yetib bormasligi mumkin. Balki seni biroz qiynab qöyişim mumkindir. Lekin mening tilagimni amalga oşiriş qölingdan keladi, deb öylayman. Axir sen sehrgarsan. Tilagimni sehrgardan boşqa odam amalga oşirolmasligiga iqror bölganim sababli sendan yordam sörayapman.

Esimni taniganimdan beri ijarama-ijara köçib yaşaymiz. Singillarim, ukamga, ayniqsa, onamga juda ham rahmim keladi. Şu köç-köçlar sabab tayinli döstim ham, işonadigan odamim ham yöq. Öqişim ham çatoq.

Mayli, men sendan aʼlo baholar söramayman. Mening eng katta tilagim — öz uyimiz bölişi. Boşqa köçib yurişlarga, ijara qöyuvçilarning zardalariga, oiladagi janjallarga çiday olmayman. Bitta uyimiz bölsa edi, hammasi yaxşi bölardi. Sen şu yangi yilda bizga uy olib kelib ber. Keyin rosa maqtanaman. Endi bizning ham uyimiz bor, deyman, sizlarnikiga öxşamaydi, uni Qorbobo sovğa qilgan, deyman.

Keyin öqişlarim ham yaxşilanib ketsa kerak…

Tilak.

Navoiy viloyati.

***

Qorbobo, Qorbobo! Yangi yil kuni sen dunyoning hamma joyini kezib çiqasan, a? Ha-amma davlatlarga borasan-ku, töğrimi? Rossiya degan joyda dadam bor ekan. Ayam aytgan. Men kiçkinaligimda ketib qolgan. Dadamni topib ayt, uyga kelsin. Men katta qiz böldim, yiğlamayman ham. Ayam ustimdan qulflab işga ketgan paytlari qörqmay ötiraman. Lekin dadamni soğindim. Sen uni olib kelsang, dugonalarimning hammasiga maqtanaman. Ayamdan “Dadam qaçon keladi?” — deb sörasam, “Köp pul topsin, keyin keladi, qizim”, deydilar. Menga ularning puli kerakmas. Jon Qorbobo, dadamga ayt, özi kelsa böldi. Agar bormayman, desa, qopingga solib kel. Meni körsalar, qaytib ketolmay qoladi. Keyin hammamiz baxtli yaşaymiz.

Hayronman, Rossiyaga ketmaganida köp pul topolmasmidi dadam?

Maqsuda.

Andijon şahri.

***

Qorbobo!

Bilaman, hamma bolalar öz tilaklarini aytaveradi, aytaveradi, senga ham qiyin. Mening ham maktubimni bir öqib körişga vaqting bölar. Biz çekka bir qişloqda yaşaymiz. Dadam har doim: “Bizning umrimiz bor, hayotimiz yöq”, deydilar. Oçiği, bunday gaplarning maʼnisini tuşunmayman. Lekin yaxşi gap emasligini iç-içimdan his qilib turaman. Dadam ham, ayam ham sen bu yerlarda yaşamasliging kerak, deyişadi. Poytaxtga ketişing kerak, ketiş uçun yaxşilab öqişing kerak, deb takrorlayverişadi. Özimning ham juda öqigim keladi. Lekin şu yil sinfimizda 3 ta bolaga umuman kitob berişmadi. Öşalardan bittasi menman.

Menga maktab darsliklarini olib kelib ber. Kutubxonaçimizga aytdim, eski kitoblar topib kelib berdi. Dadam kelib, yangi kitob beringlar, deganida, topolmayapmiz, şundan foydalanib tursin, deb qaytarib yuborişdi. Men bilaman, ötgan yili ham bir döstim bilan şunday bölgan. Yilning oxirigaça eski kitoblarni işlatgandi. Lekin men buni xohlamayman. Kel, öşa kutubxonaçi opani ham ovora qilmaylik. Çindan topolmayotgandir. Yaxşisi, özing menga yangi kitoblar olib kelib ber. Men yaxşi öqişim kerak.

Safar.

Buxoro viloyati, Qorovulbozor tumani.

***

Qorbobo! Men 8 yoşdaman. Şu paytgaça öyinçoq öynamay katta böldim, endi ham kerak emas. Şirinliklarga ham öç emasman. Yoki uçiş uçun yelkamga taqiladigan qanot ham, malikalarga öxşaş uçun boşimga oltin toj ham istamayman sendan. Men oilam tinç-totuv bölişini istayman, dadam ayamni urmasligini, ayam dadamni qarğamasligini xohlayman. Bilaman, birovlarning oilasiga aralaşiş sening işing emas. Biroq…

Dadamning biror yaxşiroq iş topişiga yordam ber. Uyimizdagi hamma janjallar dadamning işsizligi sabab. Aslida dadam ham, ayam ham yaxşi odamlar. Lekin uyimizdagi kamçiliklarni deb, uruşib qolaverişadi-da. Hamma narsamiz joyida bölsa edi, tinçgina yaşagan bölarmidik…

Orzigul.

Toşkent şahri,

Olmazor tumani.

 

Qorboboga maktublarni Şahzod Şodmonov yozib oldi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan