“Yolğonga örgatmang bizni!”

Özbekiston Ryespublikasi Energetika vazirligi diqqatiga!

 

Millatimizning ölmas şoiri Çölpon hazratlari “Xalq dengizdir, xalq tölqindir” deya yuragidagi bor alam-hasratlarini bor böyiça tökib taşlagan edi bir zamonlar. Oradan qariyb bir asr ötyapti hamki, yana şu xalq endi ozod böldik, erkimiz qölimizda, mustaqil davlatmiz, deb kökrak kerib, butun dunyoga maqtanib yurgan bir mahalida yangi, 2021 yil oğir sinovlar bilan boşlanayotgani köngilga ğaşlik solayapti. Ötgan yilning, yerdan çiqdimi, osmondan tuşdimi, nomaʼlum hamon, koronavirus degan balo-qazolarning aççiq asoratlari tugar-tugamas, yurtdoşlarimizni ayni qiş çillasida bugungi muşkul turmuş zahmatlari kutib turgan ekanmi yo?

Töğriroği, gap 4 yanvardan boşlab mamlakatimizning qator hududlari, avvalo, Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida energetika tizimida röy bergan jiddiy uzilişlar haqida ketyapti. Menga öşa kuni kunduzi Kitob tumanidan sinfdoşim qönğiroq qilib yozğira ketdi: “Avvalroq, qiş arafasida kunlar sal-pal sovib kelayotgan mahal peş emasdi-ku, lekin sovuq rosa zabtiga olayotgan kunlarda, yaʼni keça saharda svet öçuvdi. Biror kor-hol röy bergandir, yonib qolar deb peşingaça kutdik. Yolğonmas, bir-ikki marta lipillab qöydi. Keyin umuman yöqoldi. Xayriyatki, qişloqda yaşaymiz, oz-moz ötin, tappi ğamlagandik. Bitta xonada hammamiz jon saqlayapmiz. Ön kunça böldi, havo şu darajada sovuqki, anavi “Axborot”dagi ob-havoçilarning maʼlumotiga mos kelmayapti…”

Şu zahoti ijtimoiy tarmoqqa çiroqsiz yaşaş azob ekanligi haqida kiçkinagina izoh qoldirdim. Xoh işoning, xoh işonmang, yurtimizning turli burçaklarida yaşayotgan yuzlab taniş-begona kişilar bu mavzuga oid dardlarini dasturxon qilişib ketişdi. “Şahrisabz markazida qurilgan 4 qavatli uyda yaşaymiz, ertalabdan beri çiroq yöq, domçilik, ötin, peçka qurib bölmasa. Qalin kiyinib, yoş bolalarimni körpaga örab zörğa ötiribmiz”, deb yozdi Maʼrufjon ismli yigit. Boysunda yaşaydigan Ismoil aka degan çorvador fermerning diydiyosini öqing: “Esimda, ötgan yil yoz oyi oxirlarida Surxondaryoda umuman svetsiz, televizorsiz yaşayotgan qişloq borligi haqida şov-şuvlar tarqalgandi. Hozir kelib körişsin, deyarli hamma qişloqlarda ahvol şunday, amal-taqal qilib kun keçiryapmiz. Bu ahvolda bolalarimiz qanday taʼlim oladi, maktablar ham muzlab yotibdi. Internet zör, deb maqtanişadi yana Toşkentda ötirib olgan kattakonlar. Qani, biror mardi bölsa şu kunlarda bizning toğli qişloqlarga kelib yaşasin ikki kungina, köradiganini köradi-ya!”

“Daryo” saytida eʼlon qilingan “Özbekiston böylab elektr taʼminotida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etilayotgani maʼlum qilindi” degan xabarçaga közim tuşdi:

“Özbekistonda 4 yanvar kuni elektr energiyasi taʼminotida uzilişlar kuzatilmoqda. Energetika vazirligi yuzaga kelgan muammo soat 23:00 ga qadar bartaraf etilişini maʼlum qildi.

Qayd etilişiça, soat 06:59 da va 10:10 da “Muborak neft va gaz qazib çiqariş boşqarmasi”ga qaraşli neft va gaz qazib çiqariş konlarini elektr energiyasi bilan taʼminlab turgan “Neftçi” podstansiyasidan çiquvçi L-Zevarda 1-, 2- elektr uzatiş tarmoqlari rele himoyasidan öçgan.

Oqibatda elektr energiyasini işlab çiqaruvçi issiqlik elektr stansiyalariga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz soatiga 140-175 ming metr kubga qisqargan. Buning natijasida elektr energiyasi taʼminotida respublika hududlari böylab 600-800 MVtgaça çeklovlar kuzatilmoqda.

“Uşbu yuzaga kelgan nosozlik maxsus brigada tomonidan soat 12:15 da bartaraf etilib, Zevarda, Janubiy Kemaçi, Janubiy Örtabuloq, Dengizköl, Samontepa siquv kompressor stansiyalaridagi gaz haydaş agregatlari qayta işga tuşirilmoqda. Natijada magistral gaz quvurlariga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz sarfi qayta tiklana boşladi”, deyilgandi xabarda.

Avvaliga soat roppa-rosa keçqurun 23da Çiroqçida yaşayotgan bir tanişimdan çiroq yondimi, deb söradim. U ham 4 yanvar kuni keçroqqa borib, bir-ikki marta öçib-yonganini aytdi. Ğuzor tumanidagi 9-umumtaʼlim maktabi öqituvçilaridan birining aytişiça, kunduzi soat 11 larda öçgan çiroq keçasi töqqizlar atrofida yongan, lekin dars ötiş imkoniyati umuman bölmabdi. Deyarli har kuni ahvol şunday, dedi muallim. Qaşqadaryo viloyati markazi Qarşi şahrida yaşovçi tadbirkor Baxtiyor Törayevning izoh berişiça, bu yerda elektr taʼminotida uzilişlar kam ekan…

Qaşqadaryolik filolog-öqituvçi Aşraf Adinayevning uşbu fikrlariga alohida eʼtibor qaratişingizni sörayman: “Mantiqiy savol: kim köp keçirim söraydi? Albatta, muttaham, kazzob va öğrilar. Bundan 4-5 yil avval keçirim söraş u yoqda tursin, hatto xalqni mensimas edi bu taşkilot. Bizda energetika tarmoği rivojlanmas ekan, faqat yaşaş uçun kuraş davom etaveradi xolos. Taraqqiyot, madaniyat, maʼnaviyat degan tuşunçalar ikkinçi darajaga tuşib qoladi. Bir haftadan köp böldi, vohamizda bulduriq-sovuq havo oqimi hukmron. Suv trubalari muzlaşi hamda elektr toki yöqligi bois suv ham muammo. Tabiiy oqma gazdan-ku Kitob tumanimiz umidini ham uzgan, menimça. Gaz ballonni ham bir oyga eplab, tejab işlatib bölmayapti. Kimga, qayerga murojaat qilişni ham bilmaydi kişi. Çunki keçirim sörab turgan (aybdordan) tizimdan qanday qilib najot söraymiz? Prezidentimiz: “Yangi Özbekiston — maktab ostonasidan, taʼlim-tarbiya tizimidan boşlanadi”, deya taʼlim sohasida islohotlar olib borayotgan bir paytda, energetikamiz hamon eskiça qoliplardan voz keçolmayotgani açinarlidir.

Ikki kundan buyon “Özbekiston tarixi” telekanalidan xattotlikka oid Navoiy “Xamsa”larining kitobatiga doir körsatuvni kutib kelayotgandim. Bir soat içida uç marotaba çiroq öçdi. Bunaqa keçirim söraşlik kulgilimasmi? Xöş, energetika tarmoğida sodir bölayotgan nosozlikka nimalar sabab bölyapti? Muammolarning qaçon, qaysi hudud, qanday holatda va qay tarzda bartaraf etilganligi haqida aniq, jöyali axborot tarqatib, aholi noroziligini bartaraf etiş nahot şu darajada qiyin bölsa?! Aholi qaçongaça bunday oğir holatda kun keçirişi mumkin?

Xorijda bu masala qanday hal etilgan deysizmi? Rossiyaning Çita va Nerçinsk şaharlarida şaxsan özim guvohi bölgan vaziyatni misol keltiraman. Kul rangli kök çiziqli furgondan bir neçta kök kostyumdagi energetika xodimlari qöllaridagi qoğozlarni xonadon eşiklariga yopiştirib ketişdi. Borib öqisam, ertaga soat 11.00 dan 11.20 gaça tarmoqda yuzaga kelgan nosozlik uçun tarmoqda uziliş bӯladi, deb yozilgan. Bu ön-ön beş yil avvalgi vaziyat. Hozirda esa viloyat televideniyesi orqali qaysi tuman yoki hududda qaçondan qaçongaça, nima sababdan uziliş bölişini bir kun oldin yoki öşa kuni teleekran pastida “beguщiy strok” lar bilan ogohlantirişadi.

Bizda-çi, “beguщiye lyudi” — odamlar nima qilişi, nima deyişini bilmay sarson-sargardon. Taklifim, dunyoning qaysi bir çekkasidagi bölar-bölmas axborotlarni, behuda, bemaʼni narsalarni tomoşa qilgandan köra, öz yurtimiz bilan hamnafas yaşaganimiz maʼqul emasmi?”.

Telejurnalist Jöra Boborahmatovning aytişiça, Çiroqçi tumanidagi Çiyali qişloğida ham yangi yildan keyin elektr umuman yonmayotgan ekan. Hatto mol-hollarniyam suğorişga suv yöq, deyişibdi çiyaliliklar. Muzlagan suvni içgan qöy-qözilar nobud bölayotgani haqida ham taşvişli xabarlar kelyapti, deydi hamkasbim.

Ayon bölişiça, gaz va çiroqsiz yaşaşga mahkumlar asosan qişloq aholisi ekanligi yanada ayançlidir. Ana endi vazirlik tizimidagilar qanday bahonalarni töqişlari mumkin? Ustiga ustak, Energetika vazirligi uyalmay-netmay noqulayliklar uçun isteʼmolçilardan uzr söraşi ortiqça emasmi? Bular kimning ustidan kulişyapti? Tağin yana ayrim kazo-kazolar odamlarning elektr energiyasidan qarzdorliklari tufayli tizimda şunday kutilmagan uzilişlar bölayotgani haqida ayyuhannos solayotgani-çi? Yil ötib-ötmay şaharlarni qöyavering, olis-yaqin qişloqlardagi elektr ölçagiç asboblarini paypoq singari almaştiraveriş qaçongaça davom etadi? Nima, oddiy xalq sizning bunday “öyin”laringiz ortida nimalar yotganini bilmaydi deb öylaysizmi?

Ötgan yilning 21 dekabr kuni hukumatda iqtisodiyot tarmoqlari, köp kvartirali turar-joylar, ijtimoiy soha obʼyektlarini qiş mavsumiga tayyorlaş va mavjud muammolarni bartaraf etişga bağişlangan yiğiliş bölib ötganligi haqida axborot tarqatilgan va ana şu yiğilişda Qaşqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev: “Viloyatimizning Ğuzor, Çiroqçi, Qamaşi, Şahrisabz va Kitob tumanlarida elektr energiyasi taʼminotida 8-12 soatgaça rejasiz uzilişlar kuzatilmoqda. Natijada aholi tomonidan haqli eʼtiroz va noroziliklar köpaymoqda. Sababi, uşbu hududlarda köpçilik aholi toğli va qişloq joylarda yaşaydi” deya bu borada amaliy kömak söragandi. Kötarilgan muammoga Boş vazir alohida eʼtibor qaratib, 2 kun içida vaziyatni önglaşga, rejasiz 8-12 soatlab uzilişlarni bartaraf etiş böyiça masʼullarga topşiriq berganligi köpçilikni quvontirgan edi. Tabiiyki, şundan söng ahvol ijobiy tomonga özgarganligi haqiqat. Lekin oradan köp ötmay, oçiği, yangi yilning ilk kunlari yana Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining köpgina tumanlarida elektr tizimida uzluksiz uziliş boşlangani haqida açinarli xabarlar tarqaldi.

Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Bandixon, Angor, Muzrabot tumanlarida ham bu borada ahvol beşbattar. Har kuni çiroq ayni keçki ovqat payti öçirib taşlanmoqda. Ayniqsa, Qiziriq tumanidagi “Istara”, “Kunçiqiş”, “Yakkaterak” mahallalarida qiş boşlangandan buyon elektr çiroğidan yurak öynoği bölib qoldik, deya yozadi şu qişloqlarda yaşovçi önlab fuqarolar. Hatto içimlik suvi, tabiiy gaz, elektr toki bölmagaç, zimiston qiş keçalaridagi ahvolni bir köz oldingizga keltiring-a!

Bunday oğriqli dardu hasratlarni qoğozga tuşirişdan yurak oğrib, maqolamizga sönggi nuqta qöyilayotgan mahal, 5 yanvar kunduzi soat uçda Kitob tuman hokimligi bilan boğlandik. Mutasaddilardan biri şunday izoh berdi: “Afsuski, bu muammoning yeçimini topolmayapmiz. Keçagi vazirlik axborotidan bölak heç qanday jöyali maʼlumot yöq. Vazirlikka neça marta boğlanişga urinyapmiz. Foydasi bölmayapti. Odamlar 4 yanvar çiroq öçganidan beri tinimsiz qönğiroq qilyapti, mahalla oqsoqollari, keksalar, ayollar hokimlikka kelyapti najot istab. Eng taşvişlanarlisi, şahar markazida qurilgan namunali hovlilar va köp qavatli uylarda yaşayotganlarga juda oğir bölyapti. Qişloqlarda ham ahvol bundan-da çatoq.

Yana bir dahşatli tomoni şuki, bilasiz, Özbekistonda Qaşqadaryo va Surxondaryoning toğli hududlarida örmonzorlar, yaşil zonalar, ekologik toza maydonlar köp. Şu vaqtgaça aholi imkon qadar qiş mavsumiga ötin ğamlaşda qiynalmasdi. Lekin bu yilgi qahratonda jabrlanayotgan odamlarga mömaygina daromad topişni közlayotgan olğirlar toğ yon bağirlaridagi köp yillik arçalar, dölanalar va boşqa eng foydali daraxtlarni şafqatsizlarça kesib, falon pulga sotib yubormasligiga kim işonadi? Hozir ayrimlar imkonsizlikdan öz hovlisidan taşqariga çiqib, boğlar va köça-köylardagi qarovsiz tut va boşqa mevali daraxtlarni ham ötinlik uçun kesib, çopib ketiş hollari uçrayapti. Oqibatda ekologik tanazzulga yuz tutamiz bu ahvolda ”.

Bilamiz, boşqa uç faslda ham har qanday qiyinçilik va muşkulliklarni mardona yengib kelayotgan xalqimiz ayni qişli-qirovli şu kunlarda duç kelayotgan oğriqli muammolari va javobsiz qolayotgan ayrim savollariga yeçim izlaş bitta vazirlik va mutasaddilar qölidan kelmasligi ayon. Lekin taşqarida qiliç qayrab turgan qiş faslining ötişini turli xil vaj-korsonlar bilan kutib turganlarga aytar sözimiz bitta: Prezidentimiz qayta-qayta taʼkidlab çarçamayotgan xalqni rozi qilişdek muqaddas burç va vazifani uddalaş uçun zarur çora-tadbirlarni köriş lozim. Qolaversa, qiş mavsumiga tayyorgarlikni qişda emas, yozda, kuzda közda tutişni qaçon örganadi soha mutasaddilari? Uşbu savolni berişga majburmiz. Zero, şoir kuyinib yozganidek, “yolğonga örgatmang bizni!”.

Norqobil JALILOV,

Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan