Özini bilmagan quyuşqondan çiqadi

Ötgan hafta ijtimoiy tarmoqlarda özbek rok guruhi FLYIN UPning 24 yanvar kuni poytaxtimizning Alişer Navoiy nomidagi Akademik teatri oldida bölib ötadigan konserti haqida post (afişasi) tarqatildi (FLYIN UP Ploщad imeni A.Navoi 24.01/20:45).   Postda yuqoridagi rusça yozuvlardan keyin buyuk bobomiz Mir Alişer Navoiyning gitara uşlab turgan rasmlari joylaştirilgan.

Söz mulkining sultoni Alişer Navoiy bobomiz asarini köçirişda bitta nuqtani tuşirib qoldirgani bois arab imlosida yozilgan köz sözi körga aylanib qolgani uçun xattotdan qançalar norozi bölgan ekanlar. Biz körib turgan, ming-­minglab odamlarga taqdim etilayotgan postdagi rasm – ilmsizlik, befarosatlik va nönoqlik kasridan uluğ bobomiz qöliga gitara tutqazib qöyilişi millatimizga nisbatan behurmatlik, davlatimizni tan olmaslik oqibatidir. Oqbilaklarga munosib keladigan yoqut közli tilla uzukka balo bormi?! Yana öşa davr libosida qölida gitara tutib turişi bir beaqlning işi, yöq-sa, Navoiy davrida gitara bölganmi?! Nahotki heç bölmasa, şunga aqli yetmagan bölsa?..

Hazrat Mir Alişer Navoiy – başariyat tarixida turkiyzabon adabiyotning tamal toşini mustahkam qöygan, öşa davrgaça saroy şoirlari “temirçi bosqonga bolğa urganda çiqadigan tovuş”ga öxşatib istehzo bilan kamsitgan bizning qadim ona tilimizda botiniyu zohiri gözal, dunyo madaniy-maʼaviy merosining durdonalaridan bölib qolgan asarlar yaratgan mutafakkir ijodkor. Alişer Navoiy – dunyoviy va uhroviy ilmlar sohibi va ularga amal qilib yaşagan, Alloh martabasini baland etgan pokiza zot. Alişer Navoiy ham badiiy asarlaridagi ğoyalari, ham faoliyati bilan mamlakatda tinçlik barqaror bölişi, toj-taxt uçun qonli kuraşlarning oldini oliş, mehnatkaş el-ulusning ofiyatda yaşaşi uçun aqlu donişmandlik bilan kuraşgan arbob. Alişer Navoiy – hayoti davomida orttirgan boyliklarini yöllar, köpriklar, masjid va madrasalar qurişga, ilmu iqtidor ahli, tolibi ilmlarni qöllab-quvvatlaşga, ehtiyoj­mandlarning oğirini yengil qilişga sarf etgan saxovatpeşa, maʼrifat va madaniyat homiysi…

Navoiy Hazratlarining qöliga gitara tutqazib qöyganlar buni bilişarmidi? Yöq, ular özbekona tarbiya olmagan, köça odamlari bölsalar kerak.

Örta asrlarda qalamkaşlar orasida “Xamsa” yoziş anʼana bölgani bois önlab “Xamsa”lar yaratildi, ular orasidan Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy va Alişer Navoiy yakqalam etgan “Xamsa” asarlari badiiy-ğoyaviy yuksakligi bilan noziktaʼb öquvçilar qalbini özgaça rom etib kelmoqda. Olimlar, adabiyotsevarlar ijodkorlarning beş dostonlari orasida Alişer Navoiy “Xamsa”sini yana alohida eʼtirof etadilar. Bu haqda ularga gapirgandan foyda yöq, Özi adaştirganni bandasi yölga sololmaydi…

Keling, eʼtiboringizni bir rivoyatga qaratsak:

XIX asr ikkinçi yarmida Marğilonning “Çahorçinor” mahallasida yaşagan, Umidiy va Çahorçinoriy taxalluslari bilan ğazallar bitib yurgan şoir navbatdagi “Navoiyxonlik”ka yiğilganlarning eʼtiborini öziga qaratib:

“Men bir narsaga juda hayron qoldim, – deb gap boşlabdi. – Navoiyning bir ğazali:

Kökragimdur subhning pirohanidin çokrok,

Kirpikim şabnam tökulgan sabzadan namnokrok, –

bayti bilan boşlanadi. Qarang-a, insonning köksi subhdagi osmondan ham qontalaşroq, çokroq bölişi mumkinmi? Nazarimda, hazrat mubolağani aqlbovar qilmaydigan darajada oşirib yuborganga öxşaydilar”…

Umidiyning bu gapi, yaʼni Navoiyga eʼtirozi yiğilganlarning kayfiyatini buzibdi. Şu kuni davraga fayz kirmabdi. Ixlosmandlar Umidiyning fikriga munosabat ham bildirmabdilar, ortiqça söz ham aytmabdilar…

Umidiy qançalar notöğri iş qilganini tuşunsa-da, endi keç… U ham kulbasiga qaytib, iztirobga ğarq bölib, bedor yotibdi, tongoldi közi ilinibdi.

…Katta gulzor… Yaproqlari şovullab turgan daraxtlar soya solgan yölakdan Mir Alişer Navoiy yurib kelaveribdilar. Özini befarosatlikda ayblab xoki turob bölib yotgan Umidiy ustodi komilni uzoqdan köribdi-da, huzurlariga peşvoz borib, çoponlarining etagini köziga surtib uzr­lar ayta boşlabdi.

“Tur, bötam, tur!” – deya Umidiyning boşini silabdilar Navoiy.

Xuddi şu yerda hayajonu titroq bilan közini oçgan Umidiy anglabdiki, körganlari tuş ekan. Sapçib örnidan turibdi, tahorat olib ikki rakat nafl namozini öqibdi. Söngra tokçada turgan Navoiy “Devon”ini olib, yuqorida tilga olingan ğazalni oçibdi va beixtiyor unga muxammas boğlaşga tuşibdi. Köziga yoşlar, diliga misralar quyilib kelibdi. Umidiyning bizga yetib kelgan öşa muxammasi mana bunday boşlanadi:

Ayo, Umidiy quling befahmu beidrokrok…

Qarangki, şoir xuddi şu keça özi bilmagan holda adabiyotning bu janriga yangilik kiritgan ekan. Yaʼni, öşa paytgaça (va undan keyin ham) biror ğazalga muxammas boğlagan şoirlar öz taxallusini faqat asarning oxirgi bayti oldidan keltirgan bölsa, qilib qöygan hatosi, “befahmu beidrok­rok” ekanligini imkon qadar tez tan olişga şoşilgan Umidiy “Men aybdor, men nodon qulingiz…” deb boş egib uzr söragan kabi öz taxallusini muxammasning birinçi baytidayoq keltirgan ekan.

Demoqçimizki, qalblar obi rahmat kabi bahramand bölayotgan, eʼzozlagan, faxru iftixor etgan milliy-maʼnaviy çaşmalar, buloqlarga… keçirasizlar-u, yuviqsiz qöl-oyoq bilan yaqin boriş ham juda xunuk, maʼnaviy basirlikka öxşaydi. Ona özbek tilimiz boyligini jamlab, ularning qiyofa-yu mağzini öz asarlarida marjon kabi jilolantirib; xalqimizning fazilat, fasohat, ilmu kamolot, saxovatini insoniyatga mangu ibrat bölib qoladigan saodatbaxş merosida barhayot gullar kabi yaşnatib-yaşartirib ketdi. Mir Alişer Navoiyning asarlari, xotirasi va xuddi şuning­dek, asl mutaxassislar u zotning içki va taşqi olamini çuqur örganib yaratgan badiiy, madaniy asarlar, yodgorliklar, tasviru esdaliklarga öz ixtiyorimiz bilan bir nuqta qadar özgartiriş yoki yangilik kiritişga, ularni zamonasoz etiş uçun urinişga, millat va uluğlarimiz ruhiyatiga yot nimalarnidir tirkaşga heç kimning, heç kimning!.. ayniqsa, Özbekiston zaminida yaşab turib rok guruhiga odamlarning tili aylanadigan, el tuşunadigan nom topişni ham öziga munosib körmagan FLYIN UP kabilarning na haqqi, na huquqi bor!

Sözimizni şu örinda tugatmoqçi edigu, ammo bu holat ustozlar ögitlariga xilof… Beixtiyor Navoiy hazratlarining “El netib topkay menikim, men özimni topmasam” degan satrlari dilga keladi. Özini bilmagan, bilişga ham intilmay, osonu arzon “karamşörva”larga bök­kanlarning taqdiriga uluğlarimiz soçib ketgan ziyolardan qat­ra-qatra, zarra-zarra bölsa-da, nasib etişini çin dildan tiladik. Zero, Navoiy merosining qatra-yu zarralari ham anglagan qalblarni ezgulik, çin insoniylik, ikki dunyo saodati yöliga muhabbat, özlikka sadoqat tuyğulari bilan nurlantirmoqqa qodir.

Muhtarama ULUĞOVA,

Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi masʼul xodimi

 

Tahririyatdan:

Har bir millatning madaniy-maʼrifiy himoyasi maʼnaviy buzruk­lar va bugungi avlod orasidagi yölning qay darajada tutaşligi bilan dalillanadi. Zero, har bir xalqning olimu fuzalolari uning maʼnaviy tumoridir.

Muhtaram Prezidentimiz şu yil 19 yanvar kuni maʼnaviy-maʼrifiy işlar tizimini tubdan takomillaştiriş yuzasidan video­selektor ötkazib, bu mavzuga alohida töxtaldi, muammolar ildizini qalb közlarimiz bilan körişga çorladi. Biroq…

Biroq sönggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda qölida gitara uşlagan Navoiy bobomiz surati keskin muhokamalarga sabab böldi. Axir Zahiriddin Muhammad Bobur hazratlarining pitssa uşlab turgan katta qilib işlangan surati aks etgan reklama taxtaçasini Qarşi şahridan olib taşlanganiga hali u qadar köp vaqt ötgani yöq edi. “Hurriyat” gazetasining 2020 yil 8 martda çop etilgan “Bobomiz pitssa sotganmi?” maqolasidan söng endigina Qaşqadaryo viloyati mutasaddilari tomonidan   tahqirlangan buyuk ajdodimiz suratini olib taşlaşga erişilgan edi. Ehtimol, ertaga Amir Temur bobomizning tamakini tarğib qilayotgan, Nodirabegimning rok musiqasiga raqs tuşayotgan suratlari aks etgan tasvirlar paydo bölsa ham bir tukimiz qilt etmas. Butun dunyo bizning ilmimizni olib ketib, amalda tatbiq etayotgan, salla-çopondagi bobolarimiz haykallarini örnatib ehtirom körsatayotgan bir paytda, biz öz qiblamizni yöqotib qöymayapmizmi? Tarixga nopisandlik, uluğ ajdodlarimizga nisbatan nayrangbozlik bu özimizni tahqirlaş emasmi? Yuqorida havola etilgan maqolada ana şu kabi oğriqli savollarga   javoblar izlangan.

Bu masalada Madaniyat işlari vazirligi va sohaga tegişli boşqa masʼullar ne deyişar ekan?

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan