Endi Toşkentning “oqşomi” yöqmi?
Matbuot uyi. Ikkinçi qavatda na bir qadam tovuşi, na qöliga gazeta sahifalarini kötargança yelib-yugurgan musahhihu maqola yozayotgan muxbirlarning ovozlari eşitilmaydi. Qop-qoronği. Sukunat. Qiziqib, töğriga yurganimni bilaman, boşim qulflangan eşikka borib urilayozdi. Beixtiyor tepaga qaradim — “Toşkent oqşomi” va “Veçerniy Taşkent” gazetalari tahririyati degan yozuvlar bitilgan. Ançadan buyon oçilmagan yopiq xonalar munğayib turibdi, göyo…
2020 yil 1 yanvar kuni çop etilgan markaziy gazetalarning adadi haqidagi maʼlumotni izladim. Muassisi Toşkent şahar hokimligi bölgan “Toşkent oqşomi” – 1 ming 162 ta, “Veçerniy Taşkent” – 793 ta adadda çop etilgan ekan. Xuddi şu kuni Toşkent viloyati hokimligi muassisligidagi “Toşkent haqiqati” gazetasining adadi 10 ming 435 tani taşkil etgan…
Toşkent şahri. Juda ham gözal, töğrimi? Bir tomonda qöşa-qöşa qurilayotgan “City”lar, osmonöpar binolar, gözal xiyobonlar… Qişloqda keç tuşişi bilan çiroq öçib, zarur iş bilan yurak yutib köçaga çiqsangiz, zim-zimistonda tizzangizgaça loyga botadigan bir paytda, Toşkentda hayot qaynaydi. Işonavering, hamqişloq, bu yerda oqşom kunduzlardan-da yoruğ böladi!
Lekin “Matbuot uyi”ning ikkinçi qavatida esa kunduzi ham zim-ziyo qoronğilik hukmron.
Afsus, yarim asrdan ziyod tarixga ega, qançalab jurnalist, şoir-yozuvçilarga maktab vazifasini ötagan gazeta köpdan buyon çop etilmayapti. Vtopoytaxt.uz rasmiy veb-saytida “Toşkent oqşomi” gazetasining 2020 yil 11 martda çop etilgan 36-sonigaça elektron nusxasi joylangan. Ijtimoiy tarmoqlarda esa “Mamlakatimizda koronavirus tarqalişining oldini oliş maqsadida joriy etilgan karantin sababli “Toşkent oqşomi” va “Veçerniy Taşkent” gazetalarining çop etilişi vaqtinça töxtatilgan. Gazetada berilişi möljallangan maqolalarni tahririyatning telegram kanali hamda rasmiy veb-sayti, şuningdek, feysbukdagi sahifasi orqali kuzatib borişingiz mumkin” degan qisqa xabar joylangan, xolos.
Naşrning telegram kanali obunaçilari (podpisçik) soni 700 nafardan ziyod. Ammo ayni kungaça bu özanda eʼlon qilinayotgan materiallarni atigi 50-60, oşib borsa 100 kişi körgan(prosmotr).
Rasmiy veb-saytga kirib, “Toşkent oqşomi”ning 2020 yil 1 yanvar soniga köz yugurtirdim. Deyarli barçasi — ÖzA maqolalari. Kamiga, ÖzAda eʼlon qilingan 7 qismli “Yangi tarixning bir yili: ulkan maqsadlarga katta jasorat kerak” degan maqola töliğiça, lekin şu ham sarlavhada xatolik bilan çop etilgan. Yaʼni, gazetada “Yangi tarixning bir yili: ulkan maqsadlarga ka7tta jasorat kerak” tarzida ketgan…
Ha aytgança, gazetaning 2020 yil 8 yanvardagi sonida ham ÖzA muxbirlari tomonidan yozilgan maqolalarda faqatgina mualliflarning ism-familiyalari körsatilgan, xolos. Öşa vaqtlarda “Gazetalar şarhi” telegram kanalida eʼlon qilingan “Toşkent oqşomi”ning baxtiga ÖzA, ÖzAning baxtiga esa “Toşkent oqşomi” soğ bölsin” degan kinoyali postning maʼnosini endi tuşuna boşlagandayman.
Bu bilan, aççiq bölsa-da, aytmoq kerak: gazeta faoliyati töxtab qolganiga faqatgina muassis emas, balki tahririyat ijodiy jamoasining ham aybi borga öxşaydi. Çunki bugun öquvçi faqatgina rasmiy yoki turli elektron naşrlarda eʼlon qilingan maqolalarni qoğozga qayta bosgan bilan öqimaydi. Öqimagandan keyin kim ham obuna bölardi. Obuna bölişmagaç, har qanday naşr töxtab qolişi tabiiy-da!
— Adaşmasam, 2007-2008 yillar. Talabaligimda “Toşkent oqşomi”ni köp öqirdim. Har holda, ne-ne buyuk ustozlarga maktab bölgan naşr, kunlik gazeta edi. Hozir uning çiqmayotganini töğrisi bilmas ekanman. Gazeta keyinroq çop etilarkanmi? — deydi Olmaliq şahrida istiqomat qiluvçi muştariy Dildora Abdurahmonova.
“Toşkent oqşomi” gazetasining muassisi bölmiş şahar hokimligi bu borada nima derkin?
— Gazeta boş muharriri bilan boğlandinglarmi? Avval Akmal aka bilan (boş muharrir A.Akromov) gaplaşinglar, keyin biz munosabat beramiz. Gazeta çiqmaganiga sabab — u mablağ qidiryapti, — deydi Toşkent şahar hokimligining axborot xizmati rahbari Furqat Mahmudxöjayev, — telefon orqali muloqotda.
Xöp dedik. Gazeta boş muharriri Akmal Akromov bilan boğlandik:
— Boşida kam adad bilan bölsa-da gazetani çiqarib turişga harakat qildik. Reklamalar tuşirdik, xarajatlarni qoplaş yöllarini izladik. Özimizni oqlamoqçi emasman, lekin jamoamiz bilan imkon qadar harakat qildik.
Pandemiya sababli byudjetda uzilişlar böldi. Muassisimizga xat bilan çiqqanmiz. Ular tez orada bizga yordam berişmoqçi. Hozir naşriyotdan 2 milliard sömdan ortiq qarzimiz bor, ayni kunda şu masalaga yeçim izlayapmiz. Ozgina sabr qilaylik-çi, özgariş bölib qolar…
Ammo “Ommaviy axborot vositalari töğrisida”gi qonunda: “Ommaviy axborot vositasini çiqarişga kirişiş huquqi guvohnoma olingan kundan boşlab olti oy davomida saqlanib turadi. Belgilangan muddat içida ommaviy axborot vositasining birorta ham soni (dasturi) eʼlon qilinmagan taqdirda röyxatdan ötkazilganlik töğrisidagi guvohnoma öz kuçini yöqotgan deb hisoblanadi”, deya belgilab qöyilgan. Afsuski, gazeta naşr etilmayotganiga allaqaçon yarim yildan oşgan…
Nahotki uzoq tarixga ega bölgan öz naşrini mamlakat poytaxti bölgan Toşkenti azimdek şahar asrab qololmasa? Qaçonki, ayrim viloyat hokimliklarining gazetalari 20 ming adadga yaqin nusxada çop etilib turganda, poytaxt naşri nega bu ahvolga tuşib qoldi? Uni önglaşning imkoni yöqmi?
Bu haqda şahar hokimi J.Ortiqxöjayev nima der ekanlar?
… Matbuot uyi. Ikkinçi qavatda na bir qadam tovuşi, na qöliga gazeta sahifalarini kötargança yelib-yugurgan musahhihu maqola yozayotgan muxbirlarning ovozlari eşitilmaydi. Qop-qoronği. Sukunat…
Ha, aytgança, poytaxtda “Toşkent oqşomi” gazetasi çiqmayotgan bölsa-da, şu nomdagi spirtli içimlik çiqayotgan ekan. 0,5 l., 0,75 l. va 1 l. hajmda. Aytişlariça, gazetadan köra juda qimmat, lekin bozori çaqqon emiş!
Abdulaziz AHMEDOV
