Baxtning qiyofasini kim çizadi?

“Hurriyat” gazetasining 2020 yil 16 dekabrdagi 47-sonida iqtidorli jurnalist Hakim Sattoriyning “Dunyo taqdirini maʼnaviyat hal qiladi” sarlavhali maqolasini öqib, bu maqola eskirmaydigan dolzarb mavzuda yozilganligini his etdim va bu haqda özimning ham fikr-mulohazalarimni bildirişni niyat qildim.

Keling, gapni yaxşilikdan boşlaylik. Bu dunyoda har kim baxtning qiyofasini turliça tasavvur qiladi. Kimdir uni boylikdan, kimdir mansab-martabadan, boşqa birov esa şohona hoyu havasdan qidiradi. Yoşi bir joyga borib, çinakam halovat nimadaligini anglab yetganlar esa haqiqiy saodat farzandlar kamolida ekanligini anglaydilar.

Tan oliş lozim, bunday tolega erişmoq uçun bir umr kuraşişga töğri keladi. Zero, şirin meva umidi ila köçat ekkan boğbon uning parvarişi uçun yillab zahmat çekkani kabi, farzandlar rohat-faroğatini köriş umididagi mehnat xuddi igna bilan quduq qaziş kabi oğir va maşaqqatlidir. Ana şu ozorlarga çidaganlar, alal-oqibat, baxtiyorlik vodiysiga taşrif buyuradilar. Nuridiydalarining ajib mehr-oqibati, elga, yurtga, jamiyatga nafi tegayotganidan qoniqiş hosil qiladilar.

Mabodo buning aksi bölsa-çi? Bunday körgulikni duşmanga ham ravo köriş duşvor. Yaqinda öqituvçini haqorat qilgan öquvçiga şapaloq tuşirgan muallim bilan boğliq voqea ijtimoiy tarmoqlarda ançagina muhokamaga sabab bölgandi.

Bironta daraxtning singan şoxidagi mevalariga közim tuşganida ajablanaman, ayni paytda uning qudratiga qoyil qolaman: u majruh bölsa-da, mevalarini pişiradi va keyin özi quriydi. Yetti muçasi soğ böla turib, farzandlariga odob-axloq, ilmu maʼrifat örgatmayotgan baʼzi ota-onalarga esa hayron qolaman. Agar farzandlarimizga yoşligidan tarbiya bermasak, ular ulğaygan sari tarbiya­sizligi ham kattalaşib boraveradi-ku.

Xalqimizda “Ustoz otangdek uluğ”, degan hikmatli naql bor. Bu ustoz maqomining neçoğli uluğligiga işoradir. Buyuk bobokalonimiz Alişer Navoiy bir köçadan ötayotganida otidan tuşib, yölida otni yetaklaganiça davom etibdi. Undan buning sababini söraşganida, “Bu köçada mening ustozim yaşaydi”, degan ekanlar.

Ustozi Abdurahmon Jomiy esa:

Ustoz, muallimsiz qolganda zamon,

Nodonlikdan qaro bölurdi jahon, —

deb bejiz yozmagan.

Ha, ustozlar öçmas çiroq yangliğ hamişa umr yölimizni çaroğon qilib turadi. Şunday ekan, nafaqat ustozni haqorat qiliş, balki unga tik boqib, gap qaytariş ham gunoh hisoblanadi.

Bola tarbiyasi kiçik muammo emas, balki har biri önlab sahifalarga jo böladigan, bahslarni, munozaralarni talab qiladigan dolzarb masaladir. Dastlabki eʼtiborsizlik, loqaydlik va notöğri tarbiyaning taʼsiri umrbod saqlanib qoladi.

Keyingi paytlarda “Mahallang — ota-onang”, “Bir bolaga yetti qöşni — ota-ona”, degan hikmatlarning maʼnosini unutib qöygandekmiz. Qöşnining bolasi tarbiyasida qusurlar paydo bölayotgan bölsa, vaqtida uni ogohlantirmaymiz. Çunki aksariyatimiz oila uniki, farzand uniki, degan tuşunçaga örganib qolganmiz.

Yana bir gap, farzandini telefon, kompyuter va boşqa qimmatbaho zamonaviy texnologiyalar bilan siylayotgan ota-onalar dilbandlari bu möʼjizalardan qanday maqsadlarda foydalanayotganliklarini nega nazorat qilmaydilar? Hozirgi ayrim yoşlarning telefonidagi yozuvlar, videotasvirlarga közingiz tuşganida, hayrat va hayodan terga botasiz. Aqlli odam uçun bu çindan ham axloqsizlik, fojia. Ammo ayrim dilbandlarimiz uçun esa şunçaki ermak, köngilxuşlik, odatiy holatga aylanib borayotgani nega jamoatçilikni taşvişga solmayapti?

Yuqorida qayd etilgan barça körgulik­larning davosi esa şubhasiz, kitobdir. Bolalarda badiiy adabiyotga, ilmga mehr uyğotişimiz kerak. Kitob har bir oila “taomnomasi”ning muqaddimasidan joy olmoği, farzand tarbiyasida eng birinçi hayotiy ehtiyojga aylanmoği lozim.

Norböta ĞOZIYEV

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan