Kelajakni şaxslar yaratadi yoxud ğildirak hodisasiga munosabat
“Hurriyat” gazetasida jamoatçilikni beparvo qoldirmaydigan, dolzarb mavzudagi maqolalar ketma-ket berilayapti. Faqat köz tegmasin, deymiz. Jumladan, respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining masʼul xodimi, yozuvçi Hakim Sattoriyning “Tinimsiz ğildirak” (“Hurriyat”, 2020 yil 30 dekabr) sarlavhali maqolasida hamma öylab körişga arziydigan masala – maktablarda davom etayotgan islohotlarning ahvoli yuzasidan asosli va öz vaqtida taşvişga töla fikrlar bayon qilinibdi. Muallif bilim dargohlarida tarix fanining öqitilişi borasida söz yuritib, tizimdagi, umuman, jamiyatimizdagi mudroq qalblarni uyğotişga bong urgandek, ğiyqillab aylanayotgan sohadagi muammolarni borligiça oçiqlagandek.
Ğildirak hodisasi insoniyat tomonidan bir neça ming yillar avval kaşf etilgandir, ammo yer, tiriklik va koinot ana şu hodisa asosida yaratilmişidan beri harakatda edi. Odamzod buni anglab yetişi uçun birgina ğölaning aylanişiga boqişi kifoya qildi. Tafakkurimiz bugun ne-ne ğildiraklardan özib, raqamlar va vaqtlarni aylantiradigan darajaga yetdi. Axborot jamiyati allaqaçon öz taraqqiyot nuqtasidan oşib, yangi — bilim va tafakkur asri boşlanayotgan bir paytda, biz hamon taʼlimda tarix fanining öqitilişi haqida boş qotirmoqdamiz. Bu mavzuda söz oçiş Yangi Renessans davri deb baholanayotgan Özbekistonimizga munosib emasdek tuyulsa-da, nailoj, uyğoniş uçun ham tarixni haqiqatligiça bilişga ehtiyojimiz katta.
“Ikki tomçi suv bir-biriga qançalik öxşasa, bir millatning ötmişi kelajagiga şunday öxşaydi” degan edi taniqli arab tarixçisi va faylasufi (1332-1406 y.y.) Ibn Haldun. Bu hikmatda çuqur maʼno bor. Qani öşa ötmişga öxşagan kelajak? Biz yagona xalq bölib, şu yölda izlanişdamiz.
Ötgan asrning boşlarida ham xalqimizning uyğoq vakillari taʼlim va maktab islohotlari uçun “yongan” edilar. Öz xalqi taraqqiyotini maʼrifatda, uning siyosiy maqomi yuksalişida, milliy mustaqillikni qölga kiritişida deb bilgan, “Haq olinur, berilmas!” şiori bilan yaşagan maʼrifatparvar bobolarimiz yetakçisi Mahmudxöja Behbudiy ham publitsistik maqolalarida tarix faniga alohida urğu berib, “Moziy – istiqbolning tarozusidir”, degan edi. U tarix fanining millatning özligini anglaşi hamda milliy birlikni mustahkamlaşdagi örnini teran his etib, Turkistonning mukammal tarixini yaratişni orzu qilgan. “Kutubxonai Behbudiya”ning ham 70 foizdan köp kitoblari tarix faniga tegişli bölib, allomaning özi ham sohaga oid bir qator maqolalar va kitoblar yozganligi maʼlum.
“Biz öz qismatimizni bilamiz… Agar bizning hayotimiz hurriyat va xalqning baxt-saodati uçun kerak bölsa, biz ölimni ham xursandçilik bilan kutib olamiz… Mumkin qadar köproq yaxşi maktablar oçiş, şuningdek, maorif va xalq saodatini taʼminlaş sohasida tinmay işlaş bizga eng yaxşi haykal böladi” (M.Behbudiyning qatl oldidan yozgan “Vasiyatnoma”sidan). Bir asr oldin ham Uyğoniş — Renessans davri va maktab — buyuk iş edi. Bugun ham şunday bölib turibdi. Prezidentimiz “Yangi Özbekiston maktab ostonasidan boşlanadi” degan ğoyani takrorlab turgan paytda taʼlim islohotlari mutlaqo yangiça bölişi haqida olimlar, tarixçilar, pedagogu jurnalistlar, ota- onalar birgalikda boş qotirişimiz kerak, nazarimda.
Ehtimol, boş qotirişga ham hojat yöqdir. Hammasi oddiy. Zero, “Buyuklik — oddiylikda” degan gap bor. Ğildiraklar aylanaveradi. Faqat falak gardişi insoniyatga har yangi tongni, yangi fasllaru yangi yil kabi yangi avlodlarni tuhfa etaveradi.
NIMA UÇUN FARZANDLARIMIZDA
MAKTABGA BORIŞ VA BILIM OLIŞGA BÖLGAN IŞTIYOQ PAST?
Respublika taʼlim Markazi direktori Şuhrat Sattorov özining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida şunday yozadi:
— Tahlillarga diqqat qaratsak, 2018 yilga qadar umumtaʼlim maktablarida 23 ta fan öqitilgan bölsa, ötgan ikki yil mobaynida fanlar soni maqbullaştirilişi evaziga 17 taga tuşirildi. Xalqaro tajribaga nazar taşlaydigan bölsak, misol uçun, Buyuk Britaniyada öquvçilar umumtaʼlim davrida 6 tadan 12 tagaça fanlarni özlaştiradilar. Fanlar sonining köpligi öquvçining fanni özlaştirişi uçun ajratadigan vaqt meʼyorini oşirib yuboradi”.
Demak, fanlar qisqartirilsa, sifatga eʼtibor qaratiladi, degan umid paydo bölmoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi “Özbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni asosida tayanç öquv rejasini takomillaştiriş hamda özaro uzviy boğliq fanlarni birlaştiriş hisobiga ularning sonini optimallaştiriş belgilandi. Bunda közlangan asosiy maqsad — endi songa emas, sifatga urğu beriş. Xöş, maktab uçun sifat özi nima? Sifat — bu darsliklar. Sifat — bu saviya. Sifat — bu ustozlar. Pedagog emasman, ammo xorijda bölganimda boşlanğiç sinf öquvçisiga baho qöyilmasligini, “ikki”, “uç” baholar bilan, umuman, tabaqalaş bilan uning iştiyoqlari sindirilmasligini kuzatdim. Bilimni özlaştirolmasa, toki özlaştirgunga qadar öquvçi darsga qatnaşi, bu vaqtda boşqa özlaştirgan bolalar maktabga kelmasligi mumkinligini kuzatdim. Hammasi oddiy va soddaligi, öquvçilar yozmadan köra köproq oğzaki tafakkur qilişga yönaltirilganini, mantiqiy fikrlaşlari uçun ijodiy ixtirolarga ahamiyat qaratilganligini angladim. Şonli tarixiy voqealar, qahramonlar multfilm holida yoş öquvçilarga taqdim etilganini kördim. Metodika uçun heç bölmasa xorij tajribalarini butunlay qöllaylik, degan fikr tuğiladi.
Bugunni boşqara oliş va kelajakni köriş uçun tarixiy xulosalarga muhtojmiz. Uni “qirqiş” yoki bekitiş kerak emas. Boriça idrok qiliş, xato va yutuqlaridan xulosa oliş kerak. Öquvçilarga ötmişdagi taraqqiyotning yoki tanazzulning mohiyati, taʼsirini tuşuntirib, bugungi dunyoni anglaş, şu orqali ötmiş va bugun örtasidagi aloqalarni boğlay olişga yordam beriş lozim.
Xalq taʼlimi sohasi mutasaddilarida ayni yangi Özbekiston davrida “tarix”ni özgartiriş, yaʼni darsliklarda haqiqatlarni aks ettirib, tarixda qoliş imkoni katta. Taklif bölsa, olimlarimizu boşqa soha vakillari bajonidil maktab va millat taqdiri uçun birlaşişga tayyor yoki şunday emasmi!?
Mahzuna KAMOLOVA,
jurnalist
