Hayrat va hayajon közgusida

Yurtimizda “Yangi Özbekiston va Milliy kinematografiya” şiori ostida milliy kino sanʼati oyligi iş boşladi

Maşhur nemis faylasufi Valter Benjamin: “Kinokamera jamiyatdagi hamma narsaga qaratilgan bölsa, omma öziga taşqi tomondan qaraş imkoniga ega böladi”, degan ekan. Darhaqiqat, jamiyat hayotida kino sanʼatining örni nihoyatda beqiyosdir. Odamlar dunyo­qaraşiga, maʼnaviyatiga kitoblarning taʼsir kuçi qançalik bölsa, kino ham şunday ulkan imkoniyatga ega.

Hayotda ijobiy özgarişlar, ulkan natijalar bölişi uçun, albatta, kinematografiya sohasida ham sifatli, saviyali, eng yaxşi ijod namunalari, sanʼat asarlari möl bölişi kerak. “Yangi Özbekiston va Milliy kinematografiya” şiori ostida 11 yanvar sanasidan 11 fevralga qadar davom etadigan milliy kino sanʼati oyligi özbek kino sanʼatining imkoniyatlarini körib, baho beriş uçun ayni muddao böldi.

Milliy kino sanʼati oyligi doirasida ötkaziladigan “Özbek milliy kino sanʼati haftaligi”ga ham 11 yanvarda ilk qadam qöyildi. “O`zbekkino” Milliy agentligi tomonidan taşkillaştirilayotgan haftalikning dastlabki kuniyoq yuqori saviyada ötdi. Yorqin va taassurotli lahzalarga boy böldi. Kun avvalida boş vazir örinbosari Behzod Musayev hamda kinoijodkorlar bilan soha oldidagi vazifalar yuzasidan suhbat bölib ötdi. Qizğin iştiyoq bilan boşlangan kun yoşlar uçun ssenariynavislik böyiça mahorat dars­lari, yangi loyihalar kastingi, maşhur aktyor va aktrisalarning qizil yölakçadan ötiş marosimi bilan davom etdi.

Yangi boşlangan yilning yirik miqyosda ötkazilayotgan birinçi tadbiri kişiga zavq bağiş­lovçi va kayfiyat ulaşuvçi ruhda boş­landi. Kun söngida Muhammadali Iskandarov rejissyorligida olingan “Men terrorçi emas­man” filmining premyerasi taqdim etildi. Öziga xos yangiça usulda suratga olingan harbiy drama tomoşabinlarga ham manzur keldi. Namoyişdan söng “O`zbekkino” media-klubi aʼzolari va jurnalistlar bilan film böyiça fikr almaşinuvi va muhokamalar uyuştirildi.

Birinçi kun taassurotlarining taʼsiri bilan tadbirning ikkinçi kuni Yoşlar ijod saroyiga qanday borib qolganimizni ham sezmay qolibmiz. Haftalikning ikkinçi kunida respublikamizning barça viloyatlarida uyuştirilgan tadbirlarda 13 ta ijodiy guruh iştirok etayotganidan xabar topdik.

Yoşlar ijod saroyining birinçi qavatidagi media hollda “Zumraşa” kinojurnalining istiqbolli rejalari va “yöl xaritasi”ni tuziş mavzusida Özbekiston xalq artisti, “Zumraşa” kinojurnalining badiiy rahbari Xayrulla Saʼdiyev iştirokida davra suhbati bölib ötdi. Unda yuzga yaqin yoş kinoijodkorlar, ssenariynavis va rejissyorlar, Özbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti talabalari iştirok etdilar. Davra suhbatida yoş kinorejissyor Erkin Bozorov ham öz bilim va taj­ribalarini, ustozlardan örgangan saboqlarini iştirokçilar bilan örtoqlaşdi. Suhbatdan söng “Zumraşa” kinojurnalining qisqagina, ammo bir-biridan qiziqarli hajviy filmlari namoyiş etildi. Bunday filmlar bolalar tarbiyasida muhim rol öynamasdan qolmaydi. Eʼtiborlisi, kiçik-kiçik kinolavhalar zamiriga töğrilik, intizom, bilimga intiliş kabi ğoyalar mohirona singdirib yuborilgan.

Yoşlar ijod saroyining turli zallarida bir vaqtning özida uçta tadbir bölib ötmoqda. Ikkinçi qavatda multiplikatsion studiyasi animatorlari tomonidan “Özbekiston — bizning diyorimiz” mavzuida bolalar uçun ijodiy tanlovlar, turli öyinlar taşkillaştirildi. Bu tadbirda ixtisoslaştirilgan maktab öquvçilari qatnaşdilar. Bu yerda bolalar uçun çinakam ertaknamo muhit közga taşlandi. Yalmoğiz kampir, böri, quyon singari obrazlarga kirgan aktyorlar bolalar bilan turli hazillar qilib, ularga rasm çizdirişmoqda edi. Bolalar özlarini ertak qahramonlari kabi his etgan bölişsa, ajabmas.

Ijod saroyining konferensiya­lar zalida “Yangi Özbekiston va Milliy kinematografiya: 2021 işga tuşiriladigan kinoloyihalar, 2022 yilning yangi ğoyalari” mavzuida davra suhbati taşkil etildi. Davra suhbatida “Uzbeçka”, “Jizzax qözğoloni”, “Ayol qismati”, “Ayol qalbi”, “Söng­gi darveş”, “Pahlavon Mahmud”, “Puankare” kabi kinoloyihalarning taqdimoti böldi. Loyihalar tarixiy, ilmiy, jangovar va boşqa bir qança mavzularda edi. Davra suhbatida kinoloyihalarni amalga oşirişdagi rejalar, janr xilma-xilligi, ko-praduksiyalar, yangi formatdagi animatsiyalar işlab çiqiş va boşqa masalalar muhokama qilindi. Uşbu davra suhbatini ötkazişdan maqsad, milliy kino sanʼatimizda yangi mavzu, yangiça nomlar, özgaça uslub hamda yangi çehralarni kaşf etiş ekanligi maʼlum böldi.

“Özbek milliy kino sanʼati haftaligi”ning ikkinçi kuni ham taassurotlarga boy keçdi. Ötkazilayotgan tadbirlar maşhur aktyor va aktrisalar bilan tomoşabinlarni bir yerda jamladi, deya bemalol ayta olamiz.

Kun söngida Tatariston va Özbekiston kinoijodkorlari hamkorligida Zifa Qodirovaning “Sumbul” asari asosida suratga olingan şu nomdagi badiiy film ilk marta katta ekranda namoyiş etildi.

Taʼkidlaş kerakki, uşbu haftalik davlatimiz rahbarining noyabr oyida yangilangan “O`zbekfilm” studiyasiga taşrifi davomida berilgan topşiriqlarining ijrosi yuzasidan ötkazilmoqda. Prezident Şavkat Mirziyoyev taşrif davomida kinoijodkorlar oldiga bir qator topşiriq va vazifalarni belgilab bergan edi.

Kino haftaligi doirasida yoş kinoijodkorlar uçun Butunrossiya davlat kinematografiya ins­titutining Toşkentdagi filialini oçiş, Toşkent Xalqaro kinofestivalini tiklaş, çet elda saqlanayotgan özbek filmlarini qaytariş, yoş kinoijodkorlarga şaroit va imkoniyat yaratiş kabi muhim topşiriqlar böyiça ekspertlar hamda mutaxassislar bilan “O`zbekkino” Milliy agentligining 2021 yilgi “yöl xaritasi” qabul qilinişi rejalaştirilgan.

Taniqli rejissyor va aktyor Roman Polanskiy: “Kino tomoşabinni kinoteatrda ötirganini unuttirişi kerak”, degan edi. Kinematografiyaga sanʼat sohalarining biri sifatida qarar ekanmiz, albatta, unda ham muxlisni öziga butkul mahliyo qiliş, butun xayollarini band qilib oliş xususiyati, hatto köproq ekanini aytişimiz lozim.

Faqat bunda sanʼatkor rejissyor va aktyorlar kinoga jon kirita olişi muhim ahamiyatga ega. Yoş kinoijodkorlar buning uddasidan çiqib, zamon talablariga mos, xalqimiz sevib tomoşa qiladigan, kişining “kinoteatr­da ötirganini” unuttiradigan filmlar işlaşiga işonamiz. “O`zbekkino” Milliy agentligi taşkilotçiligida amalga oşirilayotgan haftalik doirasidagi tadbirlarga qatnaşib bu işonçimiz yana ham mustahkamlanmoqda.

Şahzod ŞODMONOV,

“Hurriyat” muxbiri

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan