Uçinçi Renessans sari yana bir qadam

Erişayotgan har bir yutuğimizda, amalga oşirayotgan ezgu işlarimizda, albatta, soğliqni saqlaş xodimlarining öz örni, mavqei bor. Bu esa hozirgi pandemiya davrida yanada yaqqolroq közga taşlandi, desak xato bölmaydi.

Şu bois, mamlakatimizda aholiga tibbiy xizmat körsatişning töliq va mukammal tizimini yaratiş, yurtdoşlarimiz tibbiyot markazlari va şifoxonalarda xorijga çiqmasdan davolanişlari uçun kerakli barça şaroitlarni muhayyo qiliş bugungi kunda boş maqsadga aylanmoqda.

Bundan taşqari, yurtimizda Rossiya, AQŞ, Germaniya, Hindiston, Turkiya kabi qator xorijiy davlatlarning investorlari iştirokida köp tarmoqli zamonaviy şifoxonalar taşkil etildi. Çekka hududlarda faoliyat olib borayotgan qişloq vraçlik punktlari va qiş­loq oilaviy poliklinikalarida ayollar maslahatxonalari, qizlar salomatligi xonalari, tez tibbiy yordam şaxobçalari va ijtimoiy dorixonalar taşkil etilmoqda.

Şu kunlarda Sirdaryo viloyatida soğliqni saqlaş tizimining yangi modeli va Davlat tibbiy suğurtasi mexanizmlari böyiça tajriba-sinov loyihasini işga tuşiriş uçun tayyorgarlik işlari hamda oilaviy şifokor, terapiya va pediatriya böyiça yordamçi, hamşira va doyadan iborat guruhlarni tuziş işlari boşlab yuborildi.

Prezidentimiz 2020 yilning 12 noyabrida “Soğliqni saqlaş tizimini taşkil etişning yangi modeli va Davlat tibbiy suğurtasi mexanizmlarini Sirdaryo viloyatida joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzolagandi. Qarorga muvofiq Davlat tibbiy suğurta tizimini 2021 yilning 1 iyulidan 2022 yilning oxiriga qadar Sirdaryo viloyatida tajriba-sinov tariqasida aprobatsiyadan ötkaziş böyiça soha xodimlariga muhim vazifa va topşiriqlar berilgan edi.

Bu borada Soğliqni saqlaş vazirligi, qolaversa, viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi xodimlari tomonidan tegişli milliy va xalqaro taşkilotlar, ilm-fan muassasalari, malakali ekspertlar bilan hamkorlikda işlar boşlab yuborildi. Uşbu hamkorlik natijasida “Tibbiy suğurta töğrisida”gi qonun loyihasi işlab çiqildi.

Muhimi, mamlakatimizda qonunçilik asoslarini işlab çiqiş jarayonida jahonda şakllangan modellar puxta va atrofliça örganib çiqildi. Natijada Singapur, Janubiy Koreya, Yaponiya, Fransiya, Germaniya, Norvegiya, Estoniya, Latviya, Isroil, Turkiya, Qozoğiston, Rossiya, Ozarbayjon kabi davlatlar tajribasiga eʼtibor qaratildi. Özbekistonda aholini ijtimoiy himoya qiliş maqsadida bandlik darajalari, soliq stavkalari, oylik daromadlar ham atrofliça örganilib, Davlat tibbiy suğurtaning optimal va ijobiy baholanib kelinayotgan byudjet modeli tanlab olindi.

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge ötgan   yili mamlakatimizga taşrifi çoğida yurtimizda soğliqni saqlaş sohasidagi islohotlar, jumladan, Davlat tibbiy suğurta tizimini joriy etiş borasida amalga oşirilayotgan tizimli işlarni eʼtirof etgan edi.

Xans Klyuge janoblari bilan ötkazilgan özaro muloqotlar çoğida Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ekspertlari tibbiy xizmatlarning yangi modellari böyiça boşlangan qöşma pilot loyihasini töliq joriy etişda har tomonlama amaliy kömak berişga tayyor ekanini bildirgan edi.

Qolaversa, uşbu uçraşuvda nafaqat Davlat tibbiy suğurtasini joriy etiş, balki tibbiyot sohasini moliyalaştiriş jarayonini takomillaştiriş, hududlarda soğliqni saqlaşni taşkil etişning klaster modelini şakllantiriş, sohani raqamlaştiriş, yuqumli bölmagan kasalliklar profilaktikasini yanada kuçaytiriş borasida ham JSST Yevropa mintaqaviy byurosi bilan davomli hamkorlik qilişga kelişib olingandi.

Şunga binoan, tajriba-sinov tariqasida tanlangan Sirdaryo viloyatidagi şahar va tuman tibbiyot birlaşmalarida yangi suğurta tizimi va uni tatbiq etiş işlari boşlab yuborildi. Uşbu loyihani işga tuşiriş maqsadida ötgan yili turkiyalik va germaniyalik mutaxassislar bilan özaro kelişuvlar imzolandi.

Xöş, endi suğurtalaş tizimi bizga nima beradi? Aniq, lönda qilib aytganda, birinçidan, aholiga körsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va kafolati yanada oşadi. Ikkinçidan, xavfli kasalliklarga çaliniş ehtimoli kamayib, aholining örtaça umr köriş darajasini uzaytiriş imkonini beradi. Qolaversa, tez tibbiy yordam tizimining transport, barça tibbiyot muassasalarining dori-darmon bilan taʼminlanişi sezilarli darajada yaxşilanadi va buning natijasida, tibbiyot xodimlarining oylik maoş­lari bosqiçma-bosqiç oşirilib boriladi.

Yana bir jihati, tibbiy suğurtalaşda suğurtalanuvçi suğurta taşkiloti bilan kelişilgan suğurta mukofoti evaziga tibbiy xizmatdan foydalanadi. Suğurtalanuvçi esa şartnomada kelişilgan summani suğurta taşkilotiga ötkazadi. Suğurta taşkiloti suğurtalanuvçining tibbiy xarajatlarini şartnomada körsatilgan miqdorda qoplab beradi.

Davlat tibbiy suğurta uç bosqiçda amalga oşirilib, birinçi bosqiçda Sirdaryo viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi tizimidagi elektronlaştirilgan tarzda tibbiyot muassasalarida joriy etiladi. Buning natijasida bemor va soha xodimlari örtasida yuz berişi mumkin bölgan har xil tuşunmovçiliklarning oldi olinib, kafolatlangan tibbiy xizmat yölga qö­yiladi.

Ikkinçi bosqiçda 2023 yilga kelib tibbiy xizmat körsatişning kafolatlangan turi Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent, Samarqand, Navoiy, Surxondaryo hamda Farğona viloyatlarida, uçinçi bosqiçda, yaʼni 2025 yildan butun mamlakatni qamrab oladi.

Bu tizimni yurtimizda joriy qiliş natijasida davlat va xususiy tibbiyot muassasalari örtasida raqobat muhiti vujudga keladi. Qolaversa, bemorni bitta tibbiy muassasaga boğlab qöymaydi. Agar fuqaroning qölida tibbiy suğurta polisi bölsa, mamlakatdagi özi xohlagan klinikada davolanişi, özi istagan şifokordan tibbiy maslahat olişi mumkin. Xastalik böyiça qaysi şifo maskaniga murojaat qiliş, vraç qabuliga yoziliş, mutaxassis yozib bergan dorilarni topiş kabi masalalarga ham oson yeçim topiladi. Eng asosiysi, fuqarolarda sifatli tibbiy xizmatdan foydalaniş uçun zarur pul jamğarmalari paydo böladi.

Yana bir quvonarli tomoni, Respublikamizda Davlat tibbiy suğurta jamğarmasi taşkil etildi. U dastlabki iş faoliyatini Sirdaryoda boş­laydi. Sirdaryo viloyat hokimi uşbu yangi bölim uçun Guliston şahar hokimligi binosidan maxsus xona ajratib berdi.

Sirdaryolik tibbiyot xodimlarining boş maqsadi yangi joriy qilinayotgan Davlat suğurta tibbiyoti tizimi orqali sohada samaradorlikka va yaxşi natijalarga erişiş, aholiga körsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada oşirişdir.

Ğulom PRIMOV

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan