Vasvasagin! Yoxud ayrim omadi yurişgan boyvaççalar haqida

Aslida hamma davr va zamonlarda ham muşohadaga undovçi, dunyoqaraşingizni tiniqlaştirib, nigohingizni teranlaştiradigan sanʼat asarlari yuqori baholangan. Halollik, bağrikeng­lik, saxovatpeşalik kabi umuminsoniy fazilatlar uluğlanib, boylikka ruju qöyiş, xasislik, özbilarmonlik kabi çirkin illatlar doim qoralangan. Ammo ming afsuski, bugun inson pulni emas, balki pul insonni boşqarib, uning közini şamğalat qilayotgani açinarlidir.

Maʼlum bölişiça, avstriyalik rassom Gustav Klimtning 1907 yilda çizilgan “Oltin Adel” yoki “Avstriya Mona Lizasi” deb ataluvçi kartinasi dunyo auksionlarida 135 million dollarga sotilgan. Ispan rassomi Pablo Pikassoning “Trubka kötargan bola” kartinasi esa 104 million 100 ming dollarga baholangan ekan.

Ha, dunyo kimoşdi savdolarini kuzatsangiz, noyob buyumlar, inja sanʼat asarlaridan tortib, “antik­var” aşqol-daşqollarning aqlga siğmas narxlarini körib yoqa uşlaysiz. Oddiygina misol, bahosi 22 million dollar bölgan amerikalik dunyoga maşhur qöşiqçi Maykl Jeksonga tegiş­li ranço, 50 ming dollarlik Stalinning bloknoti, 31,8 million dollarga baholangan AQŞdagi dinozavr skleti…

Albatta, yuqoridagi holatlarni tuşunsa böladi. Masalan, bitta kartinani olamjahon pulga sotib olgan boyvaççani “Sanʼatning çinakam şaydosi ekan-da, qandini ursin!” — deyiş mumkin. Hatto özimizda ham köplab yurtdoşlarimiz “kimoşdi” savdolarida iştirok etib, “pulning yuziga qaramay” sotib olişmoqda. Lekin…

Ayniqsa, Vazirlar Mahkamasining ötgan yil 4 iyundagi “Jismoniy va yuridik şaxslarga avtotransport vositalari uçun röyxatdan ötkaziş davlat raqami belgilarini oşirilgan tölov stavkalari böyiça berişda “Özbekiston Respublika tovar-xomaşyo birjasi” AJ axborot tizimida auksion ötkaziş tartibi töğrisidagi nizomga özgartiriş kiritiş haqida”gi qarori qabul qilinişi bilan savdo tizimida avtoraqamlar onlayn sotuvlarining kes­kin ösişi kuzatildi.

Internet sahifalariga köz yugurtirsangiz, “Onlayn auksionda 3 milliard sömlik “çiroyli” avtoraqamlar sotildi”, “Onlayn auksionda 4,5 milliard sömlik “çiroyli” avtoraqamlar sotildi”, “Ötgan haftada 2,4 milliard sömlik avtomobil raqamlari sotildi”, “Auksionda “çiroyli raqam” 50 millionga sotildimi?” kabi xabarlarni öqib, hayronu lol bölasiz.

4 dona “777” çiroyli avtoraqamlar qariyb 350 million sömga sotilganini eşitgandik. Bir neça haftadirki, ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalar markazida turgan qariyb 600 million sömlik “30 Z 777 ZZ” avtoraqami haqida, uni sotib olgan odam haqida ne deyişga oçiği, til ojiz…

Mazkur avtoraqam ötgan yil 14 dekabr kuni savdoga qöyilib, boş­lanğiç narxi 111 million 500 ming söm (boşlanğiç bahoning “suv tekinligi”ni ayting. A.A) etib belgilanibdi.

Joriy yilning 4 yanvarida esa u 596 525 000 söm (qariyb 60 ming AQŞ dollari)ga baholangan. Ğolib hali bunga qöşimça ravişda 29 993 500 söm vositaçilik yiğimini ham tölaydi.

Uşbu oldi-sotdi yurtdoşlarimiz tomonidan qizğin bahslarga sabab böldi.

— Afsus! Şunça pul topib, aql topmagan kaslar bilan zamondoş bölib, bir havodan nafas olayotganinga açinib ketasan. Axir, bu pullarga qança yetim-yesirning könglini kötariş, oilaviy şaroiti oğir oilalarga yordam beriş, çekka tumanlarda öquvçilar sovuqda zor qaqşab taʼlim olayotgan maktablarning neçtasini taʼmirlaş, heç bölmaganda, bir-ikkita qişloqni içimlik suvi bilan taʼminlaş mumkin edi. Axir, eşakning töqimini almaştirsang, u gijinglagan tulpor bölib qolmaydi-ku! Yöq, bu gaplar befoyda — qorni töqning qorni oç bilan nima işi bor? — deyiladi ijtimoiy tarmoqlardagi munosabatlarning birida.

“Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasining 2021 yil 1 yanvar sonida eʼlon qilingan ustoz jurnalist Ahmadjon Meliboyevning “Sinovli kunlarda ulğaygan xalqmiz” sarlavhali maqolasida esa “…Pandemiya paytida dunyo boylarining şaxsiy mablaği 2 trillion dollarga köpaygani aytiladi, turli mamlakatlarda ellik nafar yangi milliarderlar paydo bölgan. Kimning va nimaning hisobiga? Koronavirus tufayli jahon iqtisodiyoti har kuni 400 milliard dollar ziyon körayotgan bir paytda, şunça boylik qayerdan keldi? Boyligi tinimsiz ortayotganlarni bildik, ammo iş joyidan, tirikçilik manbaidan judo bölganlarning hisobi bormi? Endilikda ularning ahvoli qanday keçadi?” Şubhasiz, bu fikrlar har bir imonli kişini insoniylik haqida öylaşga majbur qilişi tabiiy.

Xöş, avtoraqamlar auksionidagi milliardlab pullar qayerdan kelyapti, axir, dunyoning köpgina gegemon davlatlari inqiroz yoqasiga kelib qolgan, ayrim xalqlar bir burda nonga zor bölib kun körayotgan pandemiya davrida yaşayotgan bölsak. Bu paytda baʼzi bir odamlarning minib yurgan avtomobilining narxidan ham qimmatga avtoraqam sotib olişi, ortiqça dabdabayu asʼasaga mukkasidan ketişi sa-al ğalatiroq emasmi?..

Eʼtibor qiling, Res­pub­lika tovar-xomaşyo birjasi maʼlumotiga köra, ötgan   yilda eng qimmat avtoraqam qiymati 206 million 700 ming sömni taşkil etgan. Şuning­dek, sinovli va yöqotişlarga boy bölgan 2020 yilda onlayn-auksionlar orqali 262 milliard 600 million sömlik 106 mingdan ziyod avtoraqam sotilgan. Pandemiyaga qaramay, avtoraqamlar sotuvi son jihatdan avvalgi yildagiga nisbatan 2,6 barobarga, haj­mi böyiça esa 71,2 foizga ösgan…

Nima ham derdik, qoyil!

Samarqand viloyati Içki işlar boş­qarmasi Axborot xizmati xodimi: “Z 777 ZZ” avtoraqamini sotib olgan fuqaro samarqandlik. Ammo biz unga avtoraqam sotib olişi uçun pulni kim berganini bilmaymiz. Uşbu fuqaroning ism-familiyasi özining ruxsatisiz oşkor qilinmaydi. Lekin u Ahad Qayum emas”, deya maʼlumot bergan.

Albatta, qariyb yarim milliard sömdan ziyodroq mablağ sarflab, avtouloviga “nomer” sotib olgan şov­vozga bir narsa deyolmaysiz. Pul topibdimi, nima uçun xarj etişi uning işi. Lekin… baribir, köngildan turli öy-u muşohadalar ötadi-da.

Bunday özibölarçilik, kibr va maqtançoqlik ortida nima bor? Yuz millionlab mablağni heç ikkilanmay öz orzu-havasi uçun sovurayotgan bu kimsalar boşqa birovga yaxşilik qiladimi, qila oladimi? Qaçonki, yuqorida aytganimizdek, biror sanʼat asarini asrab qoliş yoki savob iş uçun katta mablağdan voz keçilsa, ehtimol yanada yaxşiroq bölmasmidi, deysiz.

Bir neçta raqam tuşirilgan “bir parça temir”ni aql şoşadigan mab­lağlarga xarid qilayotgan yurtdoşlarimizni qöllab-quvvatlayotganlar ham yöq emas, albatta: “Nima böpti, puli bölsa, qandini ursin, axir byudjetga pul tuşyapti-ku!”.

Töğri, bu pullar davlat ğaznasiga tuşadi. Lekin şu odam, yaʼni 600 million sömga davlat avtoraqami sotib olayotgan mard, uşbu mablağini yanada töğri yönaltirsa, aytaylik, bir kiçikroq korxona oçsa, unda 5-10 kişini işli qilsa, köproq savobli, samaraliroq bölmaydimi?! Şunda ham davlat ğaznasiga pul tuşadi-ku! Qolaversa, biz uluğ maʼnaviyat ildizlariga ega xalqmiz. Hatto bir umr muborak Haj safari uçun pul yiğib, ammo Hajga bormasdan, ana şu topgan-tutgan pulini kambağal, beçora bir qöşnisining uyini tiklaş yoki bemor biror insonning şifo topişiga sarf etgan kişilarning avlodi emasmizmi?! Qolaversa, şunday saxovatli kişilar hozir ham yöq emas-ku!

Albatta, öziga töq, boy odamlarimiz köpayayotgani yaxşi. Biroq yuqoridagi gap: ular haşamat orqasidan quvib, özini köz-köz qilişdan boş­qasiga yaramasa, bu bizning fojia­m­iz emasmi? Xalqimiz töğri aytgan ekan. Insofni har kimning öziga bersin!

Abdulaziz AHMEDOV

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan