Mahalliy amaldorlarga bir savol: qaçon xalqqa yaqin bölasiz?

Tan olaylik, bundan tört yil oldin hayot qanaqa edi, odamlar qanday yaşar edi? Erkinlik, oçiqlik bormidi? Gap ötganni yomonlaşda emas, aksinça, borini aytişda. Saboq çiqarişda.

Prezidentimizning şaxsiy irodasi tufayligina juda köp masalalar, xalqimizni qiynab kelgan yuzlab muammolar barham topdi. Yurtdoşlarimiz emin-erkin yaşaş, işlaş baxtiga muşarraf böldi. Birgina uzoq viloyatdan poy­taxtga kelgunça, masalan, aytaylik, Surxondaryodan Toşkentga maşinada kelguningizça, lof bölsa ham, 15-20 ta joyda tekşiruvdan ötilardi. Hatto viloyatning özida, bir tumandan ikkinçi tumanga borguningizça, ikki-uç joyda “post”lar taşkil qilingan edi.

Ular kimni uşlar edi, nimadan bunça xavfsirar edi? Işonasizmi, tumanlar tugul sekin-asta mahalla-posyolkalarga ham yöltösar-şlagbaumlar örnatila boşlagandi. Hammasi Yurtboşimizning bitta topşiriği bilan barham topdi. Endi bemalol, yöl qoidasini buzmasangiz, heç kim bilan birovning işi yöq.

Ha, ming şukrki, oçiqlik zamoni keldi.

Oddiy oylik-maoşni naqd pulda oliş masalasini ayting, plastik kartadan pul yeçtiriş masalasi-çi, kimlargadir 20-30 foizini berişga majbur bölinardi.

Bularning bari keçagi kunimiz. Tört yil oldingi hayot manzaralari. Prezidentimiz şu bois hamişa odamlarni rozi qiliş, xalq içida böliş kerakligini taʼkidlaydilar.

Ammo köpgina mahalliy amaldorlar hamon xalqdan özini olib qoçayotganini ham aytişimiz kerak. Buning ustiga öşa “yillardan” qolgan rusum, mahalliy hokimliklar, yaʼni tuman, şahar hokimliklari, sud, prokuratura idoralari öz işxonalarini baland qora panjaralar bilan örab olişayotgani, ğalati emasmi?

Çunki, davlat ahamiyatiga molik strategik obʼyektlar bölsa, tuşunarli. Davlat qöriqxonalari bölsa, boşqa gap. Ammo odamlar öz taşviş-muammolari bilan boş urib boradigan joylar xalqqa yaqin bölişi kerak emasmi? Ayrim tuman hokimliklariga oddiy odamlar tugul, OAV vakillarining kirib-çiqişi ham oson emas. Şu bois, har gal   xizmat yuzasidan   baland   qora panjaralar bilan öralgan   davlat idora va muassasalariga borganimda panjara ortidagi   amaldorning qabuliga   kirolmay ovvo­ra-yu sarson bölayotgan turnaqator   fuqarolarni körib muhtaram, Prezidentimiz   Şavkat Mirziyoyevning “Xalq   davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilişi kerak”, degan bugungi içki va taşqi siyosatimiz mazmun-mohiyatini özida töla   mujassam etgan daʼvatlari esimga keladi.

Rahmatlik padari buzrukvorim oddiy çöpon — çorvador edilar. Bor-yöği 7-sinfni   bitirgandi. Kimdir hayotdan,   davlatdan nolisa, bir gapni   köp takrorlardi: “Davlat va xalq — danakning pös­ti va mağzi, bolam.   Bitta-ikkita odam   davlat ham, xalq ham bölolmaydi”.   Darhaqiqat, davlatsiz xalqni,   xalqsiz   davlatni tasavvur etib bölmaydi.

Ötgan yil oktyabr, noyabr oylarida Surxon vohasidagi bir qança tuman va şahar hokimliklarida bölişga töğri keldi.

Safarimizni Şeroboddan boşladik. Temir panjara yonidagi kiriş joyiga borganimizda IIB qorovullik xizmati xodimlari: “Hujjatingiz? Hm-i, kimga kirasiz? Ha, bu masalalar böyiça   örinbosarlari qabul qiladi”, deyişdi. Agar iloji bölsa, hokimga uçraşimiz   zarurligini aytdik. Avvaliga: “Hokimning qabul kuniga keling”, deyişdi. Söngra: “Hokim heç kimni qabul qilmaydi,   agar   sizni kiritib   yuborsam, meni   işdan haydab   yuborişadi”, deb rostini aytib qöya qolişdi. Hokimning telefoniga qayta- qayta   qönğiroq   qildik, qani göşakni   kötarsa?..

Nima ham derdik,   niyatimiz amalga oşmay, temir panjaradan   ötolmasdan, Boysun qarab   yöl oldik. Xullas, qaysi tuman   yoki şaharga bormang, şu hol, şu manzara. Xöş, joylardagi hokimliklarda, davlat idora va muassasalarida “törtinçi hokimiyat” vakillariga   munosabat şunday ekan, oddiy fuqarolar qanday qilib bu idoralarga boş suqadi? Mahalliy rahbarlarga dardini qanday tuşuntiradi? Nega   ular öziga bunçalik bino   qöygan, kibr va manman,   faqat öz gapini juftlaydigan?..

Şunda bir narsaning mo­hiyatiga yetganday böldim. Töğrisi, aholi tomonidan internetdagi ijtimoiy tarmoqlarga yozilayotgan bölar-bölmas murojaatlarni şunçaki bekorçilikdan yozişadi, deb öylardim. Imonim komil böldiki, dahmazalardan bezgan odamlar oddiygina mahallada hal böladigan muammolari uçun ham ijtimoiy tarmoqlarga, Prezident portaliga yozişga majbur bölişarkan.

Hazrat Muqimiy aytganidek:   “Qilmang yomon andişalar,   yaxşilari ham bor ekan”.   Muzrabot, Bandixon,   Sariosiyo   tumanlari hokimlari   qabulida böldik. Eng muhimi, ular bizning taşrif va rejamizdan xursand   bölişdi. Hatto, muhim maslahatlar ham berişdi.

Aslida gap   qaysidir   tuman yoki şahar hokimining   qabuliga kirişda emas. Gap kundan-kunga qatʼiy urf bölib   borayotgan rutubatli   qora panjaralar xususida! Afsuski, qaysi davlat idora va muassasasi   joriy yoki   töla taʼmirga tuşadigan bölsa,   albatta, 3-4 metrlik qora panjara bilan öraladigan böldi. Yangitdan quriladigani-ku, bölsa bölmasa! Axir, bu qora panjaralarga respublikamiz bö­yiça sarflanayotgan noyob materiallar va milliard-milliard söm mab­lağlar amaldorning çöntagidan emas, davlat byudjetidan   ketayapti-ku? Davlat xazinasi bu xalq mulki va xalq rizqi. Agar buni   mamlakat böyiça aqçaga   çaqadigan bölsak, toğ bölib ketadi-ku?

Ança yillar avval Surxondaryoning sobiq rahbarlaridan biri viloyat markazidagi “Bolajon” boği atrofidagi     haşamdor temir panjaralarni oldirib taşlatgandi. Bunga   hamma tasannolar aytgandi. Çunki “Bolajon” boğiga bobo va momolar nabiralarini, ota-onalar   bolalarini olib kirişi uçun salkam 500   metr masofadan aylanib kelişiga töğri kelardi. Bundan taşqari, bu boğda bittagina kiriş joyi bölib, köpinça bekitilib qöyilardi. Bolalar boği bölsa-da, qaysidir “tadbirkor” uçun daromad   manbai   edi. Sal   ötmay     viloyat hokimligi atrofidagi   jimjimador   panjaralarni ham köçirtirib taşlagandi.

Aslida bunday panjaralar mahalliy hokimiyatlarga,   fuqarolarning huquq hamda   manfaatlarini himoya qiluvçi   idoralarga   emas, yuqorida aytganimizdek, davlat ahamiyatiga molik strategik obʼyektlarga, qöriqxonalarga yoki qatʼiy belgilangan binolargagina örnatilsa, kifoya, emasmi?

 

Ötgan yil yozda elektr haqini tölaş uçun majburiy   ijroning   Muzrabot tuman bölimiga bordim. Maşinamdan tuşmasdan   forma kiygan bir yigit baqirib keldi: “Bu yerda töxtaş, maşina qöyiş mumkin emas. Körmayapsizmi, töxtaşni taqiqlovçi belgi qöyilgan”. Nima qiliş kerak, ikki çaqirim nariga   maşinani qöyib kelsam, oyoğim singan, qöltiqtayoqda zörğa yuribman. Köçaning boşida IIB idorasi, haqiqatan ham taqiqlovçi belgi   qöyilgan. Undan söng prokuratura, keyin sud, departament, hammasi baland, sovuq panjara bilan öralgan, qayerda töxtasang   ham dakki yeysan. Oxiri maşinadan tuşolmay, qaytib ketişga majbur bölgandim. Mana sizga   INSON   omili!

 

Öylamang, birgina Muzrabot tumanida deb, deyarli barça tumanlar va şaharlardagi amaldorlarning   idorasida   şu ahvol. Poy­taxtdan kelgan bir hamkasbimga hamrohlik qilib, bir-ikki   mahkamaga bordik. Ortiqça   rasmiyatçilikdan qon bölib ketgan bölsa   kerak: “Nega bu idoralar, bu amaldorlar   bunçalik   zirxlangan, xuddi “gestapo”dan qörqqanday!” — deb yubordi. Rasmiyatçilik, siyosat öz yöliga, hamkasbim yuragining tub-tubidan   çiqqan bu nidoda ertangi kunga işonç   va oçiq köz bilan qaraydigan   xalqimizning, millatimizning sasini   his   qildim. Bizni davlatimiz,   hukumatimiz, şonli Qurolli Kuçlarimiz köz qoraçiğidek hamma narsadan himoya qilib turgan bölsa, buning ustiga, öz uyimiz,   öz yurtimiz, öz elimizda bölsak. Endi mahalliy   amaldorlarga bir haqli savolni berişga töğri keladi: bu erkin jamiyatda biz nimani yaşiramiz, nimadan va kimdan özimizni bunça himoya qilib qöriqlaymiz?!

Axir mahalliy hokimiyat, IIB, prokuratura, sud, majburiy ijro, departament, kadastr kabi davlat idoralari harbiy zavod, maxfiy baza, tanga va qoğoz pul çiqaradigan zarbxona yoki öta sir saqlanadigan biror laboratoriya emas-ku?!

Ayniqsa, mahalliy davlat idoralarini baland qora   panjaralar bilan öraş, ortiqça haşamlarga   ketayotgan quriliş materiallari va mablağni eng çekka qiş­loqlardagi maktab hamda bolalar boğçalariga, qabristonlarga, mahalla   yöllariga, aholini içimlik suvi bilan taʼminlaşga sarflasak ham yurtimiz, ham xalqimiz uçun foydali bölardi. Agar yuqoridagi mahalliy idoralarning mab­laği oşib-toşib ketgan bölsa, xodimlarini özlari qiziqqan jurnalga, gazetaga obuna qilsin yoki öşa   mahkamada möʼjazgina kutubxona taşkil etsin. Bu Prezidentimiz ilgari surgan ğoya­larga, bugungi zamon talabiga mos va xos bölardi.

Xulosa örnida yaqinda muhtaram Prezidentimizning Oliy   Majlisga   Murojaatnomasida alohida   taʼkidlangan quyidagi sözlarni   yana bir karra eslatişni lozim   topdik: “Ommaviy axborot vositalari   mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli özgarişlarni xolis yoritiş bilan birga, joylardagi mavjud dolzarb muammolarga davlat idoralari va   jamoatçilik eʼtiborini qaratib, ularni bartaraf etişga   barça darajadagi   rahbarlarni daʼvat etib, undab   kelayotganini alohida taʼkidlab   ötmoqçiman. Ular tom maʼnoda “törtinçi hokimiyat”ga   aylanib bormoqda.

Aççiq va tanqidiy materiallar   joylardagi köplab amaldorlarga   yoqmasligi, ularning tinçi va halovatini buzayotgani bor gap. Lekin oşkoralik va söz erkinligi bu — davr talabi, bu — Özbekistondagi   islohotlarning talabi”.

Safar OMON,

“Hurriyat” muxbiri

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan